Muallif Mavzu: TAFAKKUR...  ( 71363 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: TAFAKKUR...
« Javob #60 : 25 Fevral 2011, 14:35:28 »
Hech qo'zilarni onalari bilan qovushgan onlarini tomosha qilganmisiz. Onalari yaylovdan kelgandan keyin qo'zilar onalariga qarab yugirishadi, buni qarangki hech bir qo'zi onasini adashtirib emmaydi. Onalari ham qo'zilarini tanishadi, begonaga sutini bermaydi.

Bu ham bo'lsa Yaratganning inoyatidir. Har kimning rizqini bergan ham U'dir. Alhamdulillah...


<a href="http://www.youtube.com/watch?v=ina9StZb7XI" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=ina9StZb7XI</a>


<a href="http://www.youtube.com/watch?v=o1KNcYe275U" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=o1KNcYe275U</a>

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: TAFAKKUR...
« Javob #61 : 04 Mart 2011, 10:51:54 »
Bugungi kun…

Barcha bilimlar va hikmatlar egasi bo’lgan Alloh taolo o’zining so’zida ya’ni qur’oni karimning Yasin su’rasi 40 oyatida mazmunan, “Hammasi o’z falakida suzib yurishadi” deb aytadi. Bu oyatdan ilgarigi oyatlarida esa, quyosh va oyning harakati haqida gap ketadi. Iymonimiz komilki, qur’oni karim Alloh taoloning buyuk ustozimiz payg’ambar s.a.vga ato etgan ulug’ mo’jizalardan biri. Boshqa payg’ambarlarga berilgan mo’jizalar o’sha davrning o’ziga tegishli bo’lsa, ya’ni bo’lib o’tgan boshqa qaytarilmaydigan bo’lsa, qur’oni karim abadiy mo’jisa hisoblanadi. Demak, har bir davr insonlari Alloh taolo nasib qilgancha qur’onning mo’jizalarini, hikmatlarini, bashoratlarini o’rganib ketaverishadi. Bu jarayon bizgacha ham bo’lib kelgan, bizdan keyin ham to qiyomatgacha davom etaveradi. Shunda ham uning hikmatlari to’liq, batafsil kashf qilinib tugamaydi. Bu mutlaq haqiqat! Biz ham Parvardigorning madadi va mehribonchiligiga suyanib, yuqorida zikr qilingan oyatning ba’zi oshkora hikmat va mo’jizalari haqida fikr yuritib, mulohazalarimiz bilan o’rtoqlashishga jur’at qildik. Maqsadimiz mashhurlik yoki shov-shuv davosi emas, balki fikrlovchi mo’min bandalardan qilib qo’yganligining shukuronasini keltirish, bildirganlarini bildirish sari harakat qilmoqdir.
“Hammasi o’z falakida suzib yurishadi” (Yasin 40 oyat). Oyatdagi zohiriy va birlamchi ma’no yuqorida aytildi. Fasohadu balog’atga boy arab tilining ser ma’noligi qolaversa qur’onu karimning hikmatlarga to’la ekanligi, fikrlash kengligiga imkon beradi. Oyatning arabiy matniga qaralsa falak so’zi aniqlik va birlikni bildiruvchi artikl hisoblanadigan “alif” va “lam” birikmasi bilan kelmagan. Ya’ni “falak” kalimasi faqatgina osmon yoki koinot ma’nosi bilan cheklanib qolayotgani yo’q. Bu yerda “falaklar” ya’ni ko’plik ma’nosi ham bor degan oddiygina gapni aytmoqchi ham emasmiz, vaholanki shunaqa ma’no chiqarsa ham bo’ladi. Chunki bu arab tili. Ko’pincha, faylasuflar insonni tariflashda olam ichra bir  olam, dunyo ichra bir dunyo degan iborani ishlatishadi. Demak, olam bir katta olam bo’lsa, har bir insonning o’zi ham bir olam yoki dunyo bir katta dunyo bo’lsa, har bir insonning o’zi bir dunyo. Maqul va topib aytilgan yaxshi gap. Biz esa, Alloh yaoloning “Biz insonni mukarram qilib yaratdik” oyatini istifoda qilib, har bir insonni bir falak mislicha deb talqin qilmoqchimiz.
“Hammasi o’z falakida suzib yurishadi”. Oddiy bir insonning tanasida nechta bir hujayra bor, milliontami, milliarttami?! Uning hisobini o’sha zot azza va jalladan boshqa hech kim bilmaydi, bilolmaydi ham. Demak har birimizning jismimizda necha-necha millardlab hujayra suzib yuribti. Ya’ni vujudimiz hujayralar suzib yuradigan kattakon bir falak. Agar “suzish” “suzmoq” so’zining haqiqiy va o’z ma’nosi deganda, insonning yoki biror jonivorning suvda yohud boshqa biror suyuqlikda suzib yurishini tushunadigan bo’lsak, mazkur oyatdagi “suzib yurishadi” so’zini ko’chma ma’noda ishlatilgan deb qabul qilishimiz mumkun. Qizig’i shundaki, vujudumizda hujayralarning suzib yurishi haqida gap ketganda, u so’z o’z ma’nosida ishlatilgan desak ham bo’ladi, ko’chma ma’noda ishlatilgan desak ham bo’ladi. Agar ko’chma ma’noda ishlatadigan bo’lsak, hujayralar tanamizda aylanib yuradi deb tushunamiz, agar o’z ma’nosida ishlatilgan desak, misoli baliq suvda suzgandek hujayralar ham, bizning qonimizda suzib yuribti deb tushunamiz.
“Hammasi o’z falakida suzib yurishadi”. Ko’pincha insonligimizga borib, -“falon do’xtir yaxshi qaraydi, men falon tabib yoki shifokordan shifo topdim”, deganga o’hshash gaplarni aytib qolamiz. Ho’p, to’g’ri gap noto’g’ri emas, asl haqiqat esa sal boshqacharoq. Shifokor igna sanchib dori jo’natadi, ichishga dori berib, bemordan ichishini talab qiladi. Jiddiy nazoratni amalga oshiradi, lekin vujudning ichiga kirib dorini hujayrama-hujayra, a’zoma-a’zo kerakli joyga yetkaza olmaydi. Buni bir-u bor tanho mehribonimiz jalla jalollohu bajaradi. Bu narsa mazkur oyatda Rabboniy orqali o’rnatilgan qonunning amaliyoti tufayli bajariladi. Kengishroq aytadigan bo’lsak, jismimizda suzib yurgan hujayralar va a’zolar dorini malekulalarga, atmlarga parchalab kerakli joylarga yetkazadi. Agar hujayralar suzib yurmaganda edi, dorilar badanimizga igna suqilgan joyda qolib ketar edi.
“Hammasi o’z falakida suzib yurishadi” O’z navbatida inson ham, qush ham, hayvon ham, boshqa son-sanoqsiz jonivorlar ham o’z falaklarida suzib yurishadi. Yursakda-yugursakda, ot-mashina, samalet kabi biror ulovda kezsakda, onamiz yer bag’rida suzib yurgan bo’lamiz. Hatto qabrga kirganda ham oyatdagi “suzish” haqiqati to’htab qolmaydi. Chunki, ona yer aylanganidan keyin, bag’rida yotgan qo’shtirnoq ichidagi “farzand” ham, qo’shtirnoq ichidagi “ona”si bilan qo’shilib aylanadi, suzadi. Ya’ni atrofimizdagi oy, quyosh, yulduz va yana biz bilmaydigan qancha-qancha osmon jismlariga nisbatan, qabrda yotgan mayitning kordinatasi ham har sekundda o’zgarib turadi. Demak, o’lganlar ham oyatda aytilganidek, hamma suzadiganlar qatorida suzadi.
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: TAFAKKUR...
« Javob #62 : 04 Mart 2011, 10:54:56 »
“Hammasi o’z falakida suzib yurishadi”, uyda yonboshlab choy ichayotganingizda, to’satdan ko’zingiz derazadan tushayotgan quyosh nurining qilayotgan ishiga tushib qoladi. Hech qanaqa shamol surmasa ham, chang zarralari xonada bemalol uchib, suzib yurganini ko’rasiz. O’sha vaqt mazkur oyat esingizga tushib qolsa, -“SubhanAlloh”, deb qo’yasiz.
“Hammasi o’z falakida suzib yurishadi” Hammamiz maktabda fizika o’qiganmiz, o’qituvchimiz aytgan: -“ko’zimizga jim turganga o’hshab ko’rinib turgan mana but emir yoki tosh faqat sirtdan qaraganda jim turadi, aslida esa undagi malekula va atomlar kecha-yu kunduz to’htamasdan harakat qilib turadi. Ya’ni o’z falaki bo’lgan sirtiga nisbatan, atom va malekulalar suzib yuradi”. “Eee” deyapsiz hozir, mazkur oyatdagi qonuniyat hamma joyda va hamma vaqt amal qilar ekanda, “La ilaha Illa Alloh” deb qo’ying. Go’zal ismlarga ega Egamiz azza va jalla bizning atrofimizda turli havo va gazlar bilan o’rab qo’yibti. Ular esa doimiz ravishda to’lqinlanib turadi. Demak ular ham o’z falakida suzib yuribti. Havo bizning ichimizga kirib ham o’sha sayohat va ishini davom ettiradi. Havo to’lqinlanib suzib yurmaganda edi, biz bir-birimizning ovozimizni eshitolmagan bo’lardik. Uyali telefon ham bo’lmas edi. Olov ham yoqa olmagan bo’lar edik.
“Hammasi o’z falakida suzib yurishadi” biluvchi zot Alloh taolo mana shu oyatdagi qonuniyatni o’rnatib qo’yganiga qancha zamonlar bo’lgan bo’lsa ham, insoniyat yaqin-yaqinlardagina, nisbiylik nazaryasi, moddalar massasining saqlanish qonuni, butun olam tortishish qonuni, teleradio va kosmanavtikaga oid qonunlar va boshqa-boshqa tabiat qonunlarini kashf qildi. Insonlarga emas, o’sha Zotga hamdu-sanolar bo’lsin!
“Hammasi o’z falakida suzib yurishadi” Shu qonuniyat o’rnatib qo’yilganligi uchun ham, ko’z-oldimizda harakatsizga o’hshab turgan daraxt o’sadi, gullaydi, barg chiqaradi, meva tugadi va shu meva pishib yetiladi. Daraxt yer bilan qo’shilib falakda suzayotgan bo’lsa ham, o’z navbatida barglari, gullari va mevasi bilan shu barg, shu gul, shu mevaning ichidagi hujayralar uchun falak vazifasini bajaradi.
“Hammasi o’z falakida suzib yurishadi”. Jonli va jonsiz hayotning asosiy mavjudligini tashkil qiluvchi va ta’minlovchi suv ham, falakda suzib yurishi bilan birgalikda, o’z bag’rida suzayotgan odamzot, hayvonot va boshqa jonivorlar uchun falak vazifasini bajaradi. Ya’ni suv osmonga chiqadi, yerga qaytib tushadi va boshqa harakatlarda bo’ladi. Demak, u ham o’z falakida suzadi. Ko’zimizning nuri ulug’ muallimimiz payg’ambarimiz s.a.vning marhamat qilishlaricha, qur’oni karimning qalbi yasin surasidir. Yasin su’rasi 83 oyatdan tashkil topgan. Bizning mavzuimizga sabab bo’lgan oyat bu oyat suraning 40-oyatidir. Ya’ni taqriban, markazi desa ham bo’ladi. Risolamizning mavzui markazi o’laroq zikr qilingan “Kullufi falak” so’zlarining arabiy asliyatda joylashishi ham, bir go’zallik asaridir. “kof, lom, fe, yo, fe, lom, kof” ya’ni sirtdan markazga va markazdan sirtga qarab harflar ham mutanosib shaklda joylashgan. O’shal mukammal Zotga hamdu-sanolar, jo’natgan do’stiga salomlar, salovotu durudlar bo’lsin!
Холислик саридан...
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: TAFAKKUR...
« Javob #63 : 04 Mart 2011, 10:58:54 »
Oxiratni o’ylang!
Biz bir umr nimanidir qo’lga kiritish yoki nimagadir etishish uchun intilib yashaymiz. Jamiyatda o’z o’rnimizni topishga urunamiz. Shu bilan birgalikda moliyaviy tomondan mukammal hayotni ham orzu qilamiz. Siz ham bir yoshligingizni o’ylab ko’ring-a?!
Talabalik davrlarini, sinov imtihonlariga qattiq tayyorlanganingiz esingizdami? Undan ham oldingi davrni hech qachon unutolmasangiz kerak? Chunki siz o’shanda talaba bo’lish uchun kirish imtihonlariga qattiq hozirlik ko’rgansiz. Ko’pchilik aynan ana shu onlarni, hayotning burilish davri deb hisoblaydi. Universitetga kirish bilan kelajak ishlari hal bo’ladi degan noto’g’ri e’tiqod paydo bo’ladi. Shuning uchun bo’lsa kerak yosh o’spirin oilygohga kirish uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Tinmasdan kitoblar o’qiydi, shirin uyqusidan ham voz kechadi. Anashu tayyorgarlik davrida talabalik ostonasidagi yigit o’yin-kulguni ham tark etadi.
Ko’ryapsizmi, birgina universitetga kirish uchun oddiy yigitdan yuksak sabr va qanoat talab qilinmoqda. Agar orzumand qalb egasida, shu xususiyat topilmasa imtihondan o’ta olmasligi turgan gap. Imtihondan muvofiqiyatli o’ta olgan o’spirin endi xotirjam bo’ladi deb o’ylaysizmi? Yo’q endi hayot uchun kurashish kerak. Uy-joyni yaxshilash uchun yanada ko’proq mehnat qilish talab etiladi undan. Chunki go’zal maskanlar katta pullar evaziga qo’lga kiritiladi. O’zining ustida qattiq ishlay boshlaydi. Talabalik davriga qaraganda yanada sabr va matonatli insonga aylanadi. Shular bilan bir qatorda inson jamiyatda obro’ qozonmoqchi bo’lsa yoki mashhur shaxs sifatida tanilishni istasa, oldingi davrlardan ham kattaroq chidam hamda sabotini namoyish etishi lozim. Bu maqsadni oldiga qo’ygan har qanday kishi talabalik davrida e’tiborida bo’lmagan bekorchi vaqtlarini ishga sarflaydi. Uy-joy izlayotganda yo’l qo’ygan ba’zi kamchiliklarini takrorlamaslikka urinadi, ya’ni butun fikru hayoli ish bo’lib qoladi sabrning yanada yuksakroq ko’rinishi aks eta boshlaydi unda. Shundagina orzu qilgan hayotiga erishadi. Afsuski bularning birortasiga ishonib bo’lmaydi. Ular davr o’tishi bilan yo’q bo’lib ketadigan narsalardir. Bu holat bir muddatlik yonib-o’chadigan shamga o’hshaydi. Shamning o’chishi bilan xonani qorong’ulik qurshab olgani kabi, insonning o’limi yuqorida ta’kidlangan kattadan-katta mahoratlar vaziga qo’lga kiritilgan muvofiqiyatlarni chilpar-chin qilib tashlaydi. Birgina voqea tufayli inson dunyodagi hamma narsasidan mahrum bo’lib qolishi hech gap emas. Misol uchun, universitetga kirish uchun qattiq tayyorlangan yigit imtihondan bir kunoldin avtohalokatga uchrab vafot etishi mumkun emas-mi? bundan uni hech kim kafolatlab qo’ymagan yoki bir umr uy-joy qilish uchun mehnat qilgan odam, kichkina ehtiyojsizlik tufayli bor budidan mahrum bo’lganini eshitmaganmisiz?! Ammo yana bir haqiqat mavjudki, arzimagan sabab bilan yo’q bo’lib ketadigan dunyodan keyin boqiy hayot bizni qarshi oladi. Dorilbaqo uchun to’plangan zahiralarni dunyoning eng katta to’fonlari ham to’htata olmaydi. Bu o’limdan keyingi hayotdir. Bu dunyo Alloh taoloning sinov dunyosi halos. Vaqtinchalik juda oz muddatga berilgan dunyo. Bir muddat ichida olamlar Robbisi har birimizni abadiy dunyo uchun sinaydi, shu bois biz ana o’sha abadiy dunyoyimizning obod bo’lishligi uchun yashashimiz darkor. Aks holda Allohning huzuriga borganimizda pushaymon bo’lib qolishimiz mumkun. Alloh taollo har bir mavjudotni o’ziga yarasha maqsad bilan yaratgan. Odamlar haqida so’z borar ekan, qur’oni karimning Az-Zoriyat su’rasi 56 oyati mazmunan tarjima qilinsa: “Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim” degan, ma’nolarni o’qishimiz mumkun. Demak faqat Alloh taolloga ibodat qilish uchun yaratilgan mahluqot cheklangan muhlat ichida hayot kechirishi iroda qilingan ekan. O’rtacha 60, 70 va 80 yoshlar davomida yeb-ichib, imtihon dunyosini boshidan o’tkazmog’i lozim bo’ladi. Qumsoatga o’hshab o’tib borayotgan umrimiz biror lahza ham to’htab qolmaydi. Bu qumsoat yashayotgan hayotini mangu deb o’ylaydiganlar ustidan kuladigan soatdir. Bu soat bizning nazdimizda to’g’ri aylanayotgan bo’lsa-da, o’lim uchun teskari yo’nalish hosil qilgan. Faqat oldinga harakatlanadi har bir daqiqa o’tar ekan manzilga shuncha yaqinlashayotganimiz isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Qu’roni karimda Parvardigorimiz bu dunyoni abadiy hayot oldida oz muddat ekanligi haqida habar beradi: “Bu dunyo hayoti ohirat oldida faqat bir arzimas matohdir”(Ra’d su’rasi 26 oyat).
Aqli bor, esi-hushi joyida, Alloh bergan insofdan ozgina ulushi bor kishilar insoniyat mukammal yaratilganini tan olishadi. Ular yana shuni idrok qilishadiki, mukammal insonni yaratilish maqsadi faqat uy-joy qilish, farzand orttirish yoki boshqa maishiy manfaatlarga qaratilmagan. Inson bu dunyoda faqat sinaladi. Haqiqiy hayotini go’zal qilishlik uchun kurashadimi yoki yo’qmi buni o’zi belgilab oladi.
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Shoxruh Mirzo

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 232
  • -oldi: 507
  • Xabarlar: 163
  • ALLOHu la ilaha illa huval hoyyul qoyyum!
Re: TAFAKKUR...
« Javob #64 : 10 Mart 2011, 19:06:04 »

ҚАЛАМНИ ЯРАТУВЧИСИ

Қаламни Яратувчиси уни яратиб, қутига солиб қўйишдан олдин уни бир томонга қўйди.  

«ÐœÐµÐ½ сени дунёга чиқаришимдан олдин, - деди У қаламга, - мана шу 5 нарсани билишинг лозим. Уларни эсингда тут ва ҳеч қачон эсингдан чиқарма. Шундагина сен бўлиши мумкин бўлган энг яхши қалам бўласан.

Биринчиси:  Ð¡ÐµÐ½ жуда кўп буюк ишларни амалга оширишинг мумкин, фақат агар сен кимнингдир қўлига ўзингни бошқаришига имкон берсанг;

Иккинчиси:  Ð’ақÑ‚-вақти билан сен ўткирланиш дардини ҳис қиласан, аммо бу сенинг яхши қалам бўлишинг учун лозим;

Учинчиси:  Ð¡ÐµÐ½Ð´Ð°, йўл қўйган хатоларингни тузатиш имкони бор;

Туртинчиси:  Ð¡ÐµÐ½Ð´Ð°Ð³Ð¸ энг муҳим нарса бу сени ичингдагидир;

Бешинчиси:  Ð¡ÐµÐ½ қайерда пайдо бўлсанг (қайси сатҳда, юзада) ўз изингни қолдиришинг лозим, нима бўлишидан қатий назар сен ёзишни давом эттиришинг керак»

Қалам тинглади ва бу шартларни эсдан чиқармасликни ваъда берди. Ўз яратилиш мақсадини англагандан сўнгра қутига жойлаштирилди.
 
Энди ўзингизни қалам ўрнига қўйиб кўринг! Сиз яхши инсон бўлишингиз учун керак бўлган бу беш шарт устидан бир фикр юритинг!

Inna fi zalika laayatun liqovmiy ya'qilun
Olam bozor o'lmush barcha xaridor,
Har kim ne ilinsa sotishga tayyor,
Kimdur do'stin sotar, kim tashna kim zor
Bu yo'lda iymonin asragan kim bor?!

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Албатта шайтон душмандир
  
   Ð¨Ð°Ð¹Ñ‚он бани Одамнинг ҳаммасига душманлик қилишга сўз берди. Шундан бери одамзотга янги туғилган пайтдаёқ биринчи ҳужумини қиладики, бу билан уни сулҳ-келишувсиз, шафқатсиз урушдан огоҳ этади.

Абу Ҳурайра (Ñ€.а.) ривоятларида Расулуллоҳ (с.а.в.) шундай дейдилар: «Ð‘ани Одамнинг ҳаммаси туғилган пайтда икки ёнига шайтон икки бармоғини ниқтайди. Магар Исо ибн Марямга ниқтамоқчи бўлганда, бармоғи йўргакка тегади». Бухорий ривоятлари.
Шундан чақалоқ чинқириб йиғлайди. Абу Ҳурайра (Ñ€.а.) нақл қилишларича сарвари олам (с.а.в.) айтадилар: «Ð¢Ñƒғилган ҳар бир болани шайтон ниқтайди, бас бу ниқтовдан у чинқириб йиғлайди. Бундан фақат Ибн Марям ва онаси мустасно.
Яна Абу Ҳурайра (Ñ€.а.) Расулуллоҳ (с.а.в.)дан қуйидаги ҳадисни ривоят қиладилар: «Ð¢Ñƒғилгандаги чақалоқнинг чинқириши шайтоннинг васвасасидандир». Муслим ривоятлари.
Шайтоннинг ниқтовидан фақат Исонинг ўзлари омон қолганларми ёки ҳамма пайғамбарлар ҳам шундайми?
Нававий раҳимаҳуллоҳ, қози Иёз айтишларича барча пайғамбарлар бу хусусиятда Исога шерикдирлар, дейдилар.

Тун намозига бепарволик

Инсон тонг отгунча ухласа, озгина вақÑ‚ бўлсада тунда туриб қойим бўлмаса, шайтоннинг унга бўлган ҳукмронлиги янада зиёда бўлади. Расулуллоҳ (с.а.в.)нинг ҳузурларида тонг отгунга қадар ухлаган кишини гапирилганда: «Ð‘у одамнинг икки Ñ‘ бир қулоғига шайтон бавл қилиб қўйибди» - дедилар. Мазкур ҳадис «Ð¡Ð°ҳиҳайн»Ð´Ð° Ибн Масъуд (Ñ€.а.)дан ривоят қилинган.
Ҳофиз айтадилар: «Ð¨Ð°Ð¹Ñ‚оннинг бавли хусусида ихтилоф қилинган. Қуртубий: «Ð‘у ҳақиқий маънода ва бунга монеъ йўқ. Чунки шайтон ейди, ичади ва никоҳланади. Шундай экан бавл қилишига ҳам ишонса бўлади» - деганлар.
Шайтоннинг бавли киноя экани ҳақидаги фикрлар қуйидагича;
- Намозга турмай ухлаган кишининг қулоғини шайтон тўсиб қўядики, ҳатто зикрни эшитмайди.
- Шайтон унинг қулоғини ботил нарсалар билан тўлдириб қўйганидан зикр қулоғига кирмайди.
- Шайтоннинг тақхирлаши, масхаралаши.
- Шайтон унга эга чиқиб, менсимасдан, ҳатто уни бавл учун тайёрлаб қўйилган идишдек санаши. Зеро қадрсиз деб билинган нарса устидан бавл қилинади.
«ÐÐ»Ð±Ð°Ñ‚та унинг бавли, Аллохга қасамки, жуда оғир», дейдилар Ҳасан Басрий.

Давоми

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Re: TAFAKKUR...
« Javob #66 : 22 Aprel 2011, 10:47:16 »
Кўпинча мошинада мозор олдидан ўтар эканман, негадир шу ерга кириб бироз айланиб, ўтириб кейин чиқиб кетишни истайман. Бу хол  менда кўпроқ хаёт ташвишлари қийнаб юборган пайтлари кўпроқ кузатилади.

Рости хам бунинг ўзгача бир давоси бор экан. Инсон танаси каби рухияти хам тез-тез зарарланиб туради.

Танда шамоллаш бўлгани каби, рухда хаволаниш хам бўлади.

Мана шундай пайтда вужудингизни дори билан, ким гиёхлар ёрдамида даволайди, ким эса ўтиб кетишини кутади.

Рухиятимизни хам даволовчи турфа йўлллари бўлгани билан,   ÐºÑžÐ¿Ñ€Ð¾қ шу вақÑ‚ ўтишига ишонамиз. Лекин шу вақÑ‚ ўтиши учун хам вақÑ‚ керакку. Тана касалини вақтга ишониб ўтказсанг асорати ўша касалига қараб ёмонлашаверади. Рухиятда хам худди шундай.

Вахоланки ўша намоз, дуо деган нарсалар билан бир қаторда, муқобил турлари хам бор.

Севгидан куйганмисиз, мансабга интилиш, бойликдан айро қолдингизми, рости бир мозорга бориб 10-15 дақиқа айланиб кўринг. Майли зиёрат ўз йўлига, мен даъват қилаётган жойим йўқ, шунчаки бориб айланиб чиқинг, натижасини кўрасиз.

Ана ўша ердагина қадр-қиммат тушунчаларини фарқлаб, таққослаб хаётингиз қай йўлда, қайси қадриятларга интилиш билан вақтни ўтказаётганини тушуниб етасиз.

У ерга ўша куйган мухаббатингиз билан хам,  интилаётган мансабингиз билан хам, куйиб қолаётган молингиз билан хам келмаслигингизни фақат ўша ердагина хис қила оласиз.

Қараб турсангиз хеч бир гўр данғиллама участкадан иборат эмас, хеч бир лахаддан кўчага қўйиб кирган ласеттийингиз кўриниб тургани хам йўқ.

Билмадим тушунтира оляпманми йўқми, ниятим бу дуне  тартиблари, ундаги манфаат ва бошқа нарсалардан совитиш эмас. Лекин унга мухаббат қўйиш  хам эмас аслида!

Инсонни маънавий ғарибликдан асрасин экан. Минг бой бўлинг, хамма нарсангиз бўлсину лекин оғзингизни очсангиз маънавий "хиди”дан пашшалар ёпириладиган бўлса нима кераги бор яшашни? Шунчаки кимнингдир фойдали ўрнини эгаллаб, атмосферани ортиқча булғаб туриш холос.

Қанчадан қанча буюк инсонлар фақир бўлгани билан хануз хурматда. Чунки уларга бойликни кераги бўлмаган. Асрлар оша ўз бойлигини гўрига орқалаб эмас, тарихга мухрлаб кетган. Бу дунёдаги интилиб орттираётганингизни тарихга мухрлаб кўрингчи. Қай бир тарихга Мальдив оролларига бориб ўйнаб келганингизу, кўчадаги фалончи хайдаган мерседеси  кираркин?
 

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Re: TAFAKKUR...
« Javob #67 : 22 Aprel 2011, 10:48:05 »
Хаётда терапия сўзи бир қанча нарсаларга уланиб бормоқда. Аввал тиббиётда кенг қўлланиладиган нарса бора-бора ароматерапия, фитотерапия яна нимадиртерапия...

 Ð¥Ð°Ñ€ куни кимдир қаергадир шошади, хаммамизнинг хаёлимизда турфа хил муаммолар ва барининг тубида ўша қорин муаммоси, кийим илинжи, бойлик орзуси, мухаббат нафси ва хоказолар бўлиши аниқ.

Нима хам қилардик ахир бу дунёга келишимизни ўзимиз хал қилмаганмиз, яшаш керак дерсиз.

Тўғри.

Лекин мана шу нарсаларнинг чегараси, онгли мувозанат йўқотиш ва  рухиятдаги хаволаниш касаллигига чалинганда оддий мозоратерапияни тавсия қиламан.

 

Психологни хам кераги йўқ. Шунчаки бориб бироз вақтингизни ўтказинг.

У инкор этиб бўлмас бўлган хақ жой!

Ахир кунига қанчадан-қанча ёлғон йўлларни босиб ўтиб, қанчадан-қанча ёлғон манзилларга интиламиз...


Саййид-ул айём муборак ахли мусулмон!

www.sayyod.com

Best friend

  • Mehmon
Re: TAFAKKUR...
« Javob #68 : 22 Aprel 2011, 12:57:04 »
Хаётда терапия сўзи бир ?анча нарсаларга уланиб бормо?да. Аввал тиббиётда кенг ?ўлланиладиган нарса бора-бора ароматерапия, фитотерапия яна нимадиртерапия...

 Ð¥Ð°Ñ€ куни кимдир ?аергадир шошади, хаммамизнинг хаёлимизда турфа хил муаммолар ва барининг тубида ўша ?орин муаммоси, кийим илинжи, бойлик орзуси, мухаббат нафси ва хоказолар бўлиши ани?.

Нима хам ?илардик ахир бу дунёга келишимизни ўзимиз хал ?илмаганмиз, яшаш керак дерсиз.

Тў?ри.

Лекин мана шу нарсаларнинг чегараси, онгли мувозанат йў?отиш ва  рухиятдаги хаволаниш касаллигига чалинганда оддий мозоратерапияни тавсия ?иламан.

 

Психологни хам кераги йў?. Шунчаки бориб бироз ва?тингизни ўтказинг.

У инкор этиб бўлмас бўлган ха? жой!

Ахир кунига ?анчадан-?анча ёл?он йўлларни босиб ўтиб, ?анчадан-?анча ёл?он манзилларга интиламиз...


Саййид-ул айём муборак ахли мусулмон!

www.sayyod.com
Haqiqatdanam u yerda qalbdan g'uborlar chiqib ketganini his qilasiz. Yozganlariyzi o'qib qabristonga borgim keldi, to'g'ri u sayrgohmas lekin... bilmadim nimaga. Afsuski bunday imkonim yo'q, chunki ayni paytda nasroniylarning mamlakatidaman.
 Ehhh... Yurtimni sog'indim.

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Re: TAFAKKUR...
« Javob #69 : 01 Iyun 2011, 10:22:08 »
Қадимда бир подшоҳ қаср қурдирибди. Вазирига "Кошона пештоқига шундай сўз битгинки, мен сафарлардан қайтаётганимда уни Ñžқиганда тушкун кайфиятим кўтарилсин, шод-ҳуррам кайфиятда бўлсам ўзимни босиб олишимга сабаб бўлсин ўша ёзув" деб буйруқ берибди.
Ёзув шундай ёзилган экан.


Бу кунлар ҳам ўтар-кетар...






Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Re: TAFAKKUR...
« Javob #70 : 01 Iyun 2011, 11:05:36 »
Бекорчилар ҳамманинг назаридан қолган, ҳаммада эътирозгина уйғотадиган, иродаси бўш, ачинишга лойиқ бебахт кишилардир. Инсоннинг энг тубан ва хатарли ҳолатларидан бири унинг бекорчи бўлиб қолиши.

Бундай инсон гўё шитоб билан қуйига тушиб бораётган, ўнг ва чап тарафларга қалқиб кетаётган ҳайдовчисиз машинага ўхшайди. Ҳаётинг давомида бекорчи бўлиб қолар экансан, ўзингни ғам-андуҳ ва қўрқинчлар гирдобига тайёрлаб боравер. Чунки бекорчилик сенга ўтган, ҳозирги ва келажак ҳаётдаги барча паст-баландликлар, озор-ўкинчлар ҳақидаги маълумотлар дафтарчасини олиб келади ҳамда сени бесаранжомлик ва ғурбат чангалзорларига киритиб юборади.
Ўзимга ва сенга қиладиган насиҳатим шуки, ўша таги йўқ, пўк нарсалар ўрнига самара берадиган фойдали ишлар билан шуғуллан. Чунки бекорчилик махфий ўлим ва тинчлантирувчи капсула билан ўз жонига қасд қилишдир.
Бекорчилик худди Хитой қамоқхоналарида маҳбусларга нисбатан қўлланиладиган томчи сув билан жазолаш воситасига ўхшайди. Уларда маҳбус устига ҳар дақиқада бир томчидан сув туширадиган жўмрак ўрнатилади ва у ўша томчи қачон тушар экан, деб кутишдан жиннига бўлиб қолади.
Роҳат — ғафлат, бекорчилик — Ñžғрилик. Ақлинг эса ана шу кулфатни яксон қилувчи ўлжадир.
Демак, ҳозироқ ўрнингдан тургин-да, намозингни Ñžқи, қироат қил, ёки тасбеҳ айт, китоб мутолаа қил ёки бирор нарса ёз, ҳеч бўлмаганда ёзув столингни тартибга сол ёки уйингнинг кам-кўстини тузат. Хуллас, бошқаларга манфаати етадиган нима иш бўлса ўшани қил, фақат ҳаётингда бўш вақтга ўрин қолмасин. Сенга шуни тавсия қиламан.
Бекорчиликни иш пичоғи билан бўғизлаб ташла, шунда дунё шифокорлари сенга эллик фоиз саодат кафолатини беришади. Деҳқонлар, новвойлар, қурувчиларнинг қушларга ўхшаб ўзларининг роҳат-фароғатда, бахтли эканлари ҳақида куйлаб юришганига эътиборингни қарат. Сен бўлсанг, тўшагингда кўз ёшларингни арта-арта изтироб чекиб ётибсан. Бунинг сабаби, сен бекорчилик қопиб олган кимсасан!

А. Турсунов
www.islom.uz


Муслимшухрат

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 45
  • -oldi: 152
  • Xabarlar: 102
Re: TAFAKKUR...
« Javob #71 : 01 Iyun 2011, 11:13:27 »
 Tafakkur qilish yahshi amal albatta.

 Yuruvchi, uchuvchi ,suzuvchi yoki ósuvchi yana qanaqadir  mahluqlar haqida fikr qilsam qórqib ketaman .
 Nima uchun?
Ósha mahluqotlarni harakatlantirayotgan  kim? Ularga hayot bergan kim?
Ularni yvrgizgan, uchirgan, suvda suzdirgan va óstirgan Zotga hamdlar aytamiz.
Endi sizu bizlarga iymon ne'matini berib ,óziga ibodat qiladigan bandalardan qilgani uchun har qancha shukr desak ham kam. Bizlarga tahorat qildirib(Alloh shu amalni biz uchun iroda qilmaganda nima qilar edik), namoz óqitib qóyganiga shukr.
 Agar Alloh bizning taqdirimizga aksini bitganda biz nima ham qila olardik?
 Bizga islomni hohlamaganda nima ham qila olardik?
 ...?
...?

Shukrlar aytib yig'lamoq kerak dóstlar.
 ... !!!

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Дунёнинг моҳияти
« Javob #72 : 01 Iyun 2011, 11:17:54 »
..Қумсоатга ўхшаб ўтиб бораётган умримиз бирор лаҳза ҳам тўхтаб турмайди. Бу қумсоат яшаётган ҳаётини мангу деб ўйлайдиганлар устидан куладиган соатдир. Бу соат бизнинг наздимизда Ñ‚Ñžғри айланаётган бўлса-да, ўлим учун тескари йўналиш хосил қилган. Фақат олдинга ҳаракатланади. Ҳар бир дақиқа ўтар экан, манзилга шунча яқинлашаётганимиз исбот талаб қилмайдиган ҳақиқатдир..

Келинг, сиз билан биргаликда «Ð´ÑƒÐ½Ñ‘ нима», деган саволга жавоб излаб кўрамиз. Сиз бир умр ниманидир қўлга киритиш ёки нимагадир етишиш учун интилиб яшайсиз. Жамиятда ўз ўрнингизни топишга уринасиз, шу билан биргаликда, молиявий томондан мукаммал ҳаётни ҳам орзу қиласиз. Ёшлигингизни бир эслаб кўринг-а. Талабалик даврларини... Синов имтихонларига қаттиқ тайёрланганингиз эсингиздами? Ундан ҳам олдинги даврни ҳеч қачон унута олмасангиз керак?! Чунки сиз ўшанда талаба бўлиш учун кириш имтихонларига қаттиқ ҳозирлик кўргансиз. Кўпчилик айнан ана шу онларни ҳаётнинг бурилиш даври деб ҳисоблайди. Университетга кириш билан келажак ишлари ҳал бўлди, деган нотўғри эътиқод пайдо бўлади.
Шунинг учун бўлса керак, ёш ўспирин олий дарго ҳга кириш учун бор имкониятини ишга солади. Тинмасдан китоблар Ñžқийди, ширин уйқуларидан ҳам воз кечади. Ана шу тайёргарлик даврида талабалик остонасидаги йигит ўйин кулгуни ҳам тарк этади. Кўряпсизми, биргина университетга кириш учун оддий йигитдан юксак сабр ва қаноат талаб қилинмоқда. Агар орзуманд қалб эгасида бу хусусият топилмаса, имтихондан ўта олмаслиги турган гап.

Давоми

Best friend

  • Mehmon
Re: TAFAKKUR...
« Javob #73 : 02 Iyun 2011, 23:17:29 »
Қадимда бир подшоҳ қаср қурдирибди. Вазирига "Кошона пештоқига шундай сўз битгинки, мен сафарлардан қайтаётганимда уни Ñžқиганда тушкун кайфиятим кўтарилсин, шод-ҳуррам кайфиятда бўлсам ўзимни босиб олишимга сабаб бўлсин ўша ёзув" деб буйруқ берибди.
Ёзув шундай ёзилган экан.


Бу кунлар ҳам ўтар-кетар...

  :asl3:

 Men ham shunga o'hshagan bir narsani eshitgnadim, ayam aytib bergandilar aniqrog'i. Amir Temurning bir uzugi bo'lgan ekan, unga qaraganda tushkun kayifiyatda bo'lsa o'zini qo'lga olardikan, hursand bo'lsa hovliqib ketmasdikan. Chunki unda ham yuqoridagi gapga manodosh gap yozilgan ekan. Bu qanchalik rost bilmadim lekin...

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Осмонни Биз қудрат билан барпо қилдик. Дарҳақиқат Биз қудратлидирмиз.
Ерни эса ёйиқ-кенг қилиб қўйдик. Бас, (Биз) нақадар яхши ёйгувчидирмиз.
"Ваз-зариёт" 47-48

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=KyK-p7-zIK8" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=KyK-p7-zIK8</a>

 

Tafakkur durdonasi yoxud adabiyotdan abituriyentlarga yana bir qo'llanma

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 48
Ko'rilgan: 29786
So'nggi javob 25 Yanvar 2009, 13:13:43
muallifi Robiya
Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Tafakkur kitobi)

Muallif AbdullоhBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 85
Ko'rilgan: 33395
So'nggi javob 31 Yanvar 2009, 02:23:23
muallifi AbdulAziz
Iqtisodiy tafakkur tarixidan

Muallif AbdullоhBo'lim Iqtisod saboqlari

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 8283
So'nggi javob 29 Mart 2009, 16:09:24
muallifi Abdullоh
No'mon Rahimjonov. Ilmiy tafakkur jilolari

Muallif AbdulAzizBo'lim Ilmiy-tarixiy, adabiy maqolalar, risolalar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 3697
So'nggi javob 04 Avgust 2012, 10:53:33
muallifi AbdulAziz
Aziz Qayumov. Nazm va tafakkur quyoshi

Muallif AbdulAzizBo'lim Ilmiy-tarixiy, adabiy maqolalar, risolalar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 3707
So'nggi javob 28 Avgust 2012, 14:58:04
muallifi AbdulAziz