TAFAKKUR...  ( 127255 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 18 B


Muhammad Amin  20 Sentyabr 2009, 07:13:22

Kechqurun esa bizni yoniga olib, coatlab «Go'ro'g'li» dan baxshiyona ohangda kuylar, so'ngra yana kitob o'qishga, yozishga kirishardi. Biz esa u kishining atrofida parvona bo'lib, uxlab qolganimizni bilmasdik.

Katta otamning qanday dars berishini, o'quvchilarga munosabatini ko'rmaganman. Men birinchi sinfga borganimda, katta otam nafaqaga chiqdi. Maktabga borgach, o'qituvchi nima ish qiladi, nima uchun har tongda kitob varaqlaydi, kechasi o'qish, yozish bilan band bo'ladi, hammasi oydinlashdi.

Uyda «Fan va turmush», «Saodat», «Yoshlik», «Sharq yulduzi» kabi bir nechta gazeta-jurnallar taxlami haligacha saqlanadi. Kitob javoni esa turli xil kitoblarga to'la. Undan amakilarim ham, men ham, ukalarim ham bahramand bo'lganmiz. Ayniqsa, qishning rutubatli kechalari chiroq yorug'ida o'zbek xalq ertaklarini, dostonlarini ovoz chiqarib o'qirdik. Katta otam, katta onam, onam, ukalarim - butun oilamiz vujudi quloqqa aylanib tinglashardi.

Elu xalqning katta otam haqida aytgan fikrlari, ularning o'zaro munosabatlari menda «muallimlik - ulug' kasb» degan tushunchani shakl­lantirgan. Men yuqori sinflarda o'qiyotgan kezlar katta otam bilan ko'p joylarga birga borardik. Shogirdlarining bildirayotgan ehtiromini ko'rgach, men ham muallimlarimni shunday hurmat qilaman, deya o'zimcha ahd qilganman.

Odam bu dunyoda nimani izlasa o'shani topadi. Odamlarga yaxshilik qilishda hikmat bor.  Nimaki qilsang, bari o'zingga ziyodasi bilan qaytarkan. Katta otam nafaqaga chiqqaniga, mana, qariyb yigirma yil bo'layapti, u kishining eng ko'p boradigan tadbirlari - shogirdlariniki. Mabodo, kechikkudek bo'lsa, o'zlari kelib olib ketishadi. Bundan tashqari, falon shogirdining yubileyi, falon yilgi bitiruvchilarning falon yilligi... kabi tadbirlar katta otamsiz o'tmaydi.

Bir kuni katta otam bilan qo'shni Nurota tumanidagi qishloqlardan biriga to'yga borayotgandik. Ortimizdan bir yengil mashina signal berib, tezlikda o'tib ketdi. Bir oz yurgach, chang-to'zonga belanib to'xtadi. Shofyor qo'l silkitib, bizni ham to'xtashga ishora qildi.

Mashinadan bashang kiyingan uch kishi tushib kelib katta otam bilan xushxandon quchoq ochib ko'risha ketdi. «Mashinada siz borligingizni bilmabmiz, domla, oldinga o'tib ketganimiz uchun ming bora uzr», deya xijolat tortishdi. Va katta otamni o'zlarining mashinasiga olib, yo'lda davom etishdi.

 Bu voqea menga juda qattiq ta`sir qilgandi. O'sha voqeani eslasam, mashhur shoir Abdulla Oripovning shunday satrlari yodimga tushadi:

Shoirga dedilar:

- Siz baxtli inson,

Xalqingiz ardoqlar, hamma taniydi.

Shoir javob qildi:

- Menda bir armon:

Muallim desalar meni, qaniydi!

Shogirdlari ustozlari bilan, o'z navbatida ustozlar ham o'quvchilari bilan faxrlanishadi. Katta otam shogirdlari haqida ko'p gapiradi. Gapirganda ham to'lqinlanib, yayrab gapiradi. Ularning bugungi yutuqlaridan xursand. Biri bu vazirlikda, biri u universitetda, yana biri viloyatda mas`ul vazifada, deya g'ururlanib so'zlaydi. Nomlarini sanab yuradigan shogirdlarining hammasi qishloqqa borganida katta otam bilan, albatta, ko'rishib, dildan suhbatlashib ketishadi. Ko'p kuzatganman, bunday paytlarda katta otamning kayfiyati yanada ko'tariladi, dili yayraydi.

U kishi qariyb qirq yil umrini yosh avlod ta`lim-tarbiyasiga baxshida etgan. Nurota tumanidagi 16-o'rta maktabda matematika fanidan saboq berdi. Ko'p yillar maktabga rahbarlik qildi...

Yaqinda qishloqqa to'yga bordim. Ustozlar bilan diydorlashdik, u yoqdan-bu yoqdan suhbat qildik. To'yda kelib-ketuvchi mehmon ko'p, taniganlarimiz bilan quchoq ochib ko'rishamiz, ba`zilari bilan yengil salom-alik qilamiz. Bir kishi yonida turgan o'qituvchimdan mening kimligimni so'radi. Katta otamning nomini eshitgach:

- Ey, ha, domlaning nevarasimi, - deya men bilan qaytadan ko'rishdi. - Bir yili o'quvchilik paytimizda, qahraton qish edi, qishloq bilan maktab orasi olti-etti chaqirim keladi, yo'llar yarim metr qor bilan qoplangan, to'qqiz-o'nta bola edik chamamda, domla oldinga tushib, maktabgacha bizga yo'l ochib borgan edilar...

Katta otam qishlog'imiz keksalaridan, yoshi saksonni qoralab qolgan. Donoboy Shodiyev desa ellikka yaqin qishloqlarni birlashtirgan Qo'shrabot tumanining Jo'sh qishloq fuqarolari yig'ini, Nurota tumanining Chuya qishloq fuqarolari yig'ini hududida yashovchi ko'plab insonlar taniydi, hurmat qiladi.

Bu satrlarni yozishimdan maqsad, katta otamni ko'klarga ko'tarib maqtash emas, balki oddiy bir muallimning katta hayot yo'lida o'zim guvohi bo'lgan ba`zi qirralarni yod etish, xolos.  Zotan, el ishiga, inson tarbiyasiga umrini bag'ishlagan olijanob o'qituvchilarni, mo'`tabar muallimlarni jamiyatning o'zi boshiga ko'tarar ekan.

Mamlakatimiz Prezidentining «Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch» kitobida shunday ta`kidlanadi: «Inson o'z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta`lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo'lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz».

Darhaqiqat, o'qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg'ak qalblarga ezgulik yog'dusini baxsh etadigan, o'z o'quvchilariga haqiqatan ham hayot sabog'ini beradigan mo'`tabar zotdir.

***

Biz har tongda katta otamning iliq erkalashlaridan uyg'onar edik, u kishi bergan ilm saboqlari esa yuzlab shogirdlar qalbini uyg'otgan, hayotga yo'llagan...

 Hozir ham qishloqqa borganda, ayniqsa, yoz pallasida tunlari hovlida yotamiz. Subhidam beixtiyor uyg'onib ketaman. Katta otam sokin saharlab bog' kezadi, rizq-ro'z, nasiba kirsin deya darvozani ochadi, yana teraklar uchiga nur ina boshlaydi, daraxt shoxlarida qushlar chug'urlaydi...

Nurali SHODIYEV

Jamiyat gazetasi

Qayd etilgan


Hadija  30 Sentyabr 2009, 15:45:15

Dunyoda hech qanday dalil qolmagan taqdirda ham, bir mikrobning hayoti Allohni anglash va anglatish uchun yetarlidir.
PASTERNAK.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Oktyabr 2009, 06:53:51

Bir kuni men deb hikoya qiladi bir yosh yigit ko'chadan o'tib ketar ekanman devor chetida g'arq pishib to'kilib yotgan yong'oqlarga ko'zim tushdi. Ulardan olib endi cho'ntagimga solmoqchi edim. Bir qarya kishi kelib to'xta tegma ularga dedida yon'g'oqlarning hammasini devordan nargi tarafga otib chiqdi. Devorning bu tomonida bironta yong'oq qolmaganiga ishonch hosil qilgach menga qaradi va yur o'g'lim senga boshqa yongog'oq beraman deb ichkariga olib kirdi. U erda savat to'la yong'oq edi. Ulardan hovuchlab olib menga berdi. Shunda ajablanib otaxon buning sababi nima deb so'radim. Shunda otaxon menga qarab "U devorning bu tomoniga qo'shnimning ham yong'oq daraxti chiqib turadi shuning uchun bu tarafga uning ham yong'oqlari tushgan bo'lishi mumkin. U yani sen olgan yong'oqlarda uning yong'oqlari bor bo'lishi mumkin" deya javob berdi.

Kunlar o'tdi bir kuni men yana bir tarjimon va yapon elchisi Samarqan ko'chalari bo'ylab ketardik. Shunda yo'l chekkasida g'arq pishgan shaftolilar yo'l chekkasiga to'kilib yotardi. Mehmon ularga qarab nimalardir dedi. Shunda men moshinani to'xtaddim va u shaftolilardan oldim va buni qarangki o'sha erda top toza vodapravod suvi ham bor ekan. Birdan yuvib kelib mehmonga uzatdim. U menga nimadir dedi. Shunda tarjimon "bo'lmaydi" deyapdi dedi. E olavering yuvilgan toza dedim. U yana nimalardir dedi. Shnda tarjimon "bo'lmaydi birovniki bu birovning narsasini beso'roq olish to'g'ri kelmaydi" deyapdi dedi. Shunda mening xayolimga haligi otaxonning gaplari keldi. O'z o'zimga dedim ha bu dunyoda bir xil dunyoqarashga ega bo'lgan insonlar ham bo'larkanda . . .

Xolislik sari dasturidan

Qayd etilgan


siddiqa  14 Oktyabr 2009, 07:33:46

Bir kuni men deb hikoya qiladi bir yosh yigit ko'chadan o'tib ketar ekanman devor chetida g'arq pishib to'kilib yotgan yong'oqlarga ko'zim tushdi. Ulardan olib endi cho'ntagimga solmoqchi edim. Bir qarya kishi kelib to'xta tegma ularga dedida yon'g'oqlarning hammasini devordan nargi tarafga otib chiqdi. Devorning bu tomonida bironta yong'oq qolmaganiga ishonch hosil qilgach menga qaradi va yur o'g'lim senga boshqa yongog'oq beraman deb ichkariga olib kirdi. U erda savat to'la yong'oq edi. Ulardan hovuchlab olib menga berdi. Shunda ajablanib otaxon buning sababi nima deb so'radim. Shunda otaxon menga qarab "U devorning bu tomoniga qo'shnimning ham yong'oq daraxti chiqib turadi shuning uchun bu tarafga uning ham yong'oqlari tushgan bo'lishi mumkin. U yani sen olgan yong'oqlarda uning yong'oqlari bor bo'lishi mumkin" deya javob berdi.

Kunlar o'tdi bir kuni men yana bir tarjimon va yapon elchisi Samarqan ko'chalari bo'ylab ketardik. Shunda yo'l chekkasida g'arq pishgan shaftolilar yo'l chekkasiga to'kilib yotardi. Mehmon ularga qarab nimalardir dedi. Shunda men moshinani to'xtaddim va u shaftolilardan oldim va buni qarangki o'sha erda top toza vodapravod suvi ham bor ekan. Birdan yuvib kelib mehmonga uzatdim. U menga nimadir dedi. Shunda tarjimon "bo'lmaydi" deyapdi dedi. E olavering yuvilgan toza dedim. U yana nimalardir dedi. Shnda tarjimon "bo'lmaydi birovniki bu birovning narsasini beso'roq olish to'g'ri kelmaydi" deyapdi dedi. Shunda mening xayolimga haligi otaxonning gaplari keldi. O'z o'zimga dedim ha bu dunyoda bir xil dunyoqarashga ega bo'lgan insonlar ham bo'larkanda . . .

Xolislik sari dasturidan

ikki marttalik saboq esdan chiqmasa kk .

Qayd etilgan


Hadija  25 Mart 2010, 21:30:38

Кспдан бери бир сайёҳ ҳақида шарқ масалини айтиб юришади. Сайёҳ дашту биёбонда қаҳру ғазабдан тутаққан йиртқичга рспара келибди. Ундан халос бслиш нистида сайёҳ сувсиз қудуққа сакрабди. Аммо ксрсаки, унинг тубида даҳшатли бир аждаҳо сайёҳни ейман, деб оғзини очиб турибди. Шсрлик сайёҳ нима қилишини билмай қолибди — қудуқдан қайтиб чиқай деса қонсираган йиртқичнинг чангалида ҳалок бслади, қудуқнинг тубига тушса, аждаҳога ем бслади. Қудуқ деворидаги ёриқдан бир бута ссиб чиққан скан — йсловчи шу бутанинг шохига илиниб,
Муаллақ осилиб қолади. Борган сари унинг билакларидан қувват кетади, орадан ксп стмай қисмати тугашини, икки томондан уни кутиб турган хатарнинг бирига рспара келишини ҳис қилади, лекин шундоқ бслса ҳам, у бутани маҳкам чангаллаганича осилиб тураверади. Бир маҳал сайёҳ осилган ҳолида сгирилиб қараса, бири қора, бири оқ иккита сичқон у осилиб турган бутанинг теварагида баравар уймаланиб, тагидан кемираётган смиш. Ана, ксп стмай, шох сз-сзидан қирсиллаб синади-ю, сайёҳ аждаҳонинг оғзига тушади. Сайёҳ буни ксриб турибди, у биладики, муқаррар ҳалок бслади. Аммо ҳозирча осилиб турар скан, у теварак-атрофига аланглайди ва шохнинг баргларида бир неча томчи асал ксради. Сснг бир амаллаб, уни тили билан слай бошлайди. Мен ҳам уулли шу сайёҳга схшайман: мен ҳам ҳаёт бутоғига зср-базср осилиб турибман, биламан мени парча-парча қилиб ташлашга тайёр турган слим аждаҳоси кутспти; нима учун мен бу мислсиз қийноқлар чангалига тушиб қолганимни сзим тушунмайман. Шундай бслса-да, мен авваллари менга тасалли берган асални слашга ҳаракат қиламан, лекин бу асал снди менга ортиқ ҳузур бахш стмайди, оқ сичқон билан қора сичқон, съни тун билан кун мен ушлаб олган шоҳни кемиргандан кемирспти. Мен аждаҳони аниқ-равшан ксриб турибман ва снди асал менга ширин туюлмаспти. Ксзим фақат бир нарсани — муқаррар аждаҳонию сичқонларни ксрспти, холос. Ва мен Улардан нигоҳимни айириб ололмаспман. Бу сса масал смас, бу чинакам, ҳеч қандай шубҳа туғдирмайдиган ва ҳаммага аён бслган ҳақиқатдир..

P.S: Shu mavzuni juda yaxshi ko'raman...

Qayd etilgan


Habib  06 Avgust 2010, 11:03:35


Qo'shni forumdan olindi.

Qayd etilgan


Zamiraxon  14 Avgust 2010, 05:29:49

 :as:
 :bsm:
Bu voqeani katta onamlar aytib berganlar. Katta onam uchun duoda bo'lisharingizni iltimos qilib, hikmatli bir voqeani u muborak zot nomidan boshlayman.
"Bu voqea qachonlar bo'lgani esimda yo'g'u, lekin judayam katta shov-shuvga sabab bo'lgan.
Falon viloyatda (qaysi viloyat ekanligini aytmaslikka qaror qildim) bir guruh beodob, iymonsiz odamlar har kuni kechqurun yo'lda uchragan ayol bo'ladimi u, qiz yoki juvon, hammasini bir hovliga yig'ib, erkak ayol aralash raqsga tushishlar, zinolar, faxsh ishlar, majburlashlar kabi behayo ishlar qilgan. Bu hayosizlik shu darajada avj olganki, ko'chada kechqurun, yoki sal kun og'ib qolgan vaqtda o'z hojatlari bilan yuradigan ayollar qolmagan. Bu betamiz odamlarga hech kimning kuchi yetmagan. Ular odam ko'rinishidagi shayton bo'lgan. Bechora qizlar, ularning onalari, ne-ne orzu bilan o'stirgan qizlari shu ahvolga tushib qolsa... Ba'zi qizlar, erkaklar esa boshida qarshilik ko'rsatishgan bo'lishsa ham, keyinchalik o'z xohish-istaklari bilan bunaqa aysh-ishratga qo'shilishgan. Avvalari faqat ko'chadan o'lja "ovlagan" ovchilar endi to'ppa-to'g'ri uylaridan chiroyli qizlar, juvonlaru, ayollarni qon yig'latib olib chiqishgan. U zamonlarda hozir sen qo'lingdan qo'ymay ko'tarib "alo, alo" deb yuradigan matohlar bo'lmaganki, hukumatga yetkazishsa... Ohhh-ohhh, ne kunlarda qolishganaa...
Shunday ayanchli tunlarning birida, "ovchilar" bazm bilan mashg'ul hovlida Allohning adolati o'rnatildi!!! Barchasini yer yutgan, qizim, YER!!!
Allohning sinoviga chidab, duoda bo'lgan jabrlangan ayollarning o'sha paytdagi holatlari haqida o'zlaridan eshitganmiz.
Mana shunaqa, sizlar Allohning kuch-qudratini hali to'la anglab yetmagansizlar, qizim. Ko'proq o'qigin, ilm olgin, qani edi mening ko'zim senikidek o'tkir bo'lganda qancha-qancha kitoblarni o'qigan bo'lardim-a...
Senlar faqat ota-onangning xatosini to'g'irlash, pullarini isrof qilishni bilasizlar. Masalan, mana shu qo'lingdagi sen aytgan telpon uchun dadang qancha ter to'kkan bilasanmi? Yo'q bilmaysan. Senlar hali nonni "nana" deb yuribsanlar.
Senga yana bir boshimdan o'tgan voqeani aytib beray..." deb tepadagi voqealarini tugatdilar. Katta onamdan yashirib ancha vaqtgacha yig'imni to'xtatolmadim. Subhanalloh deyishdan boshqa nima deyin?!

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  14 Avgust 2010, 09:22:13

Mo'min kishining so'zlagani zikr,
Jim turgani fikr bo'lishi kerak...
                                                              Ma'ruzadan....

Qayd etilgan


Ansora  05 Dekabr 2010, 13:59:34

Alloh yaratgan butun mavjudotlar qanchalar mukammal shunday emasmi?

Yetarki, yaqindan ko'ra ol va qarashingdagi hayratni yo'qotma!

Qayd etilgan


Muvahhid  20 Dekabr 2010, 15:34:42

Mol-davlatimiz ortdi,ammo huzur halovatimiz yo'qoldi.
Qulayliklar ortdi,ammo vaqtimiz kamaydi.
Dorilar ko'paydi, kasalliklar ozaymadi.
Kech yotib, saharda charchoq bilan uyg'onamiz.
Kam kitob o'qiymiz, ko'p televizor ko'ramiz.
Ko'p gapiramiz-u, kam e'tibor beramiz.
Pul topishni o'rgandik, sarfni eplolmadik.
Oyga uchib qaytishni bilamiz,lekin qo'shnimiz holidan habar olish uchun ikki qadam bozmaymiz.
Fazoda nima bo'layotganini bilamiz,lek ichki kechinmalarimizdan behabarmiz.
Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir.
Rejalar tuzamiz, natijalar ko'rinmaydi.
Shoshilishni o'rgandik, sabrni esa yoddan chiqardik.
Tanishlarimiz ko'p, do'stlarimiz kam.
Yutuqlarimiz ko'p, quvochlarimiz kam.
Ko'p narsani bilamiz, amalimiz kam.
Doimo labimizda kulgu,lek ko'z yoshimiz kam.
Va nihoyat: umrga yillar qo'shdik, ammo ba yillarga hayot bahshida qilolmadik...

Qayd etilgan