TAFAKKUR...  ( 127252 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 B


Lu`lu`  14 Noyabr 2011, 01:38:33

Abu Zarr r.a. Rasulilloh savdan rivoyat qiladilar: "œ Har kuni tong otganida sizlarning har bir bo’g’imingiz uchun sadaqa bordir. Har bir tasbehingiz (ya’ni Subhonalloh), har bir hamdingiz (Alhamdulillah) sadaqadir. Har bir tahlilingiz (La ilaha illalloh), har bir takbiringiz (Allohu Akbar) ham sadaqadir. Yahshilikka buyurishingiz hamda yomonlikdan qaytarishingiz ham sadaqadir.
Choshgoh (Zuho) paytidagi ikki rakaat o’qigan namozingiz bularning barchasiga kifoya qiladi"
                                                 Imom Muslim rivoyati.

Qayd etilgan


Humayro  14 Noyabr 2011, 09:46:05

Mo'min - tijoratchidir. U o'z molini oxiratda Alloh huzrida ko'paytirib olish niyatida Alloh rizoligi uchun sarflaydi. Mo'min har bir xayirli ishni Robbisi bilan mana shunday savdolashadi.

Molini shunchaki odamlarga beruvchi esa axmoqdir.

Qayd etilgan


Humayro  14 Noyabr 2011, 10:22:05

Sputnikda bitta kanal ko’rib qoldim — TOLO degan. Afg'on kanali ekan, Ramazon oyida yaxshi ko'rsatuvlar berishardi fors tilida. Yaxshi ko'rgan kanallarim qatoriga ro’yxatga qo'shib qo'yvudim. Ammo so'nggi paytlar hind va turk seriallarini ham tarjima qilib berishayotganliklarini guvohi bo’lyapman. Bizlarga o'xsharkanlar )).

Bir kuni qoysam hind serialini berayotgan ekan. Ekranga bir muddat tikilib qoldim. Kino qiziq bo’lgani uchunmas. Ko’zimga ekran qanaqadir xiralashgandek ko'rindi. Yaqinroq borib qaradim, televizor ekrani chang bo'libdimikin deb hatto sochiq bilan ham atrib qo’ydim, ammo yo'q... gap boshqa joyda ekan.

Hind ayollarining milliy liboslarini ko’rgansizlar, bechoralning qorinlariga doim mato etmay qoladi  :7. Xullas televideniy xodimlari o’shanaqa avrat joylarini xira qilib tamoshobin ko'ziga ko'rsatmaslikni oylab topishibdi, ya salaam devordim. Ba’zilari shunqa modniy kiyinganki bechora montajchi haligi aktyorni boshdan oyoq xira qilib ko’rsatishga majbur  ;D taqvoni bir ko’rinishida buyam.

Ammo shunaqangi taqvoli insonlar hindlarning hayot tarzidan, etiqodidan, hech bo’lmasa uyini to’rida "savlat to’kib" o’tirgan buddasidan Alloh nazdida taqvo qilmaganliklariga achinasan kishi.

Qayd etilgan


Bobirjon  14 Noyabr 2011, 14:29:54

raxmat sizlarga olloxmi barchamizni adshtirmasin iloxim

Qayd etilgan


Govegastar  20 Noyabr 2011, 19:26:13

  Assalomu alaykum !
 
 "Har bir namozxon miliarder"

Qayd etilgan


azizbek_mx  25 Noyabr 2011, 19:33:46

chala yonib kuya bo'lgandan, butkul yonib kul bo'lgan afzal. Kuyadan ko'ra kulning foydasi ko'pdir

Qayd etilgan


Shuhrat_  25 Noyabr 2011, 21:28:12

chala yonib kuya bo'lgandan, butkul yonib kul bo'lgan afzal. Kuyadan ko'ra kulning foydasi ko'pdir
man unday deb o'ylamayman,
aksincha...

Qayd etilgan


Zamiraxon  26 Noyabr 2011, 03:22:28

Ehhh, falon vaziyatda mana bunaqa deganimda edi, mana bunaqa bo'lmasdi, deb juda ko'p afsuslanamiz. Buning zarracha foydasi yo'q. Bu go'yo qizib turgan temirni yutgan kabi...

Qayd etilgan


Lu`lu`  26 Noyabr 2011, 03:34:12

Ehhh, falon vaziyatda mana bunaqa deganimda edi, mana bunaqa bo'lmasdi, deb juda ko'p afsuslanamiz. Buning zarracha foydasi yo'q. Bu go'yo qizib turgan temirni yutgan kabi...

Фойдаси жуда бор, хакикий тавба афсус-надомат чекиш билан бошланади

Qayd etilgan


Zamiraxon  26 Noyabr 2011, 03:38:01

Ehhh, falon vaziyatda mana bunaqa deganimda edi, mana bunaqa bo'lmasdi, deb juda ko'p afsuslanamiz. Buning zarracha foydasi yo'q. Bu go'yo qizib turgan temirni yutgan kabi...

Фойдаси жуда бор, хакикий тавба афсус-надомат чекиш билан бошланади
Mashaalloh. albatta, men aytmoqchi bo'lganim boshqa narsa. Orqaga qaytarib bo'lmaydiku, "qaniydi o'sha payt qaytib kelsayu mana bunaqa desam" degan bilan?

Qayd etilgan