Donolar bisotidan  ( 236485 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 75 B


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:45:24

Iymon bir muazzam saroy desak, uning ichiga kirmoq uchun yurib borish kerak, balki tikanzorni yalangoyoq bosib o‘tishga to‘g‘ri kelar.
Tohir Malik


Tananing qayta tirilishiga ishonmoq uchun shu tananing istaklarini yenga bilish darkordir. Tanning istaklarini suiste’mol qiladiganlar, uning qayta tirilishini tasavvur ham qila olmaydiganlardir, bu ularga yuborilgan jazodir.
Jon Milton

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:46:33

Xullas qanday holatda bo`lishingdan qat'iy nazar o‘zingni shunday tutki, aql o`rganmoq uchun biron soatingni ham zoye ketkizma, axir aqlni nodondan ham o`rganish mumkin.
Qobus


Bechora din... g‘ar-o‘g‘rilar uchun qalqon bo‘ladi. Bechora din...maraz-muttahamlar uchun qalqon bo‘ladi. Bechora din...ablahlar uchun qalqon bo‘ladi. Din, baloga qolgan din!
Ishdan haydalgan ojiz banda—o‘zini shariatga uradi. Ish topolmagan qo‘li kalta—xudojo‘y bo‘ladi. Qo‘lidan foydali ish kelmasa—namozxon bo‘ladi. Yegani non topolmay qolsa qo‘liga tasbeh oladi. Boradigan joy topolmay qolsa—machitga boradi. Yurar yo‘lini bilmay qolsa—shariat yo‘lidan yuradi. Muslim bo‘ladi! Muslima bo‘ladi!
Tog'ay Murod

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:48:26

Ko'z toshni yoribdi desa yolg'on diyishdan avval o'ylab ko'r
Ibn Sino


Tabiat ayolga shunday deydi: uddasidan chiqsang go'zal bo'l, hohlasang oqila bo'l, ammo idrokli bo'lmog'ing shart.
P.Bomarshe
 

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:49:12

Jondan sevmagan odam uchun hayotning yarmi va buning ustiga eng go'zal qismi mavhumligicha qolaveradi.
Stendal'


Ayolning vazifasi — erkakning qalb shuurini, undagi oliyjanob ehtiroslarni alangalatish, burch tuyg'usi va yuksaklik hamda buyuklikka bo'lgan intilishini qo'llab-quvvatlashdan iboratdir — ayolning qismati shu va bu qismat buyuk va muqaddasdir.
V. G. Belinskiy

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:50:03

Vafodorlik - muhabbatning doimiy orzusidir.
L. Voverang


Sevgi - ajib bir gul, ammo tubsiz jar yoqasida o'sgan bu gulga yaqin bormoq va uzmoq uchun jasorat kerak.
Stendal'

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:50:51

Muhabbat! Bu barcha ehtiroslarning cho'qqisi va eng g'olibidir. Ammo uning adadsiz zabtkorlik kuchi cheksiz-chegarasiz oliyjanoblik va deyarli tasavvurga sig'maydigan darajadagi beg'arazlikdan iboratdir.
H. Heine


...Nahotki insoniyat o'z kashfi bilan o'zini o'zi vayron etadi.
Javoharla'l Neru

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:52:07

Inson bolasining ming bir qusurlaridan biri shulki, u o‘zining qusurlaridan ko‘ra begona kimsaning qusurlarini sanashni afzal ko‘radi.
Jon Milton


Biri mahv bo‘layotgan joyda ikki kishi birlashib biri-birini qutqarishi mumkin.
O. Balzak

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:52:50

Kim o‘z vataniga daxldor bo‘lmasa, u insoniyatga ham daxldor emas.
V. G. Belinskiy


Insonni bilish uchun uni sevish kerak.
L. Feyerbax

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:53:24

Oqila qiz qilgan ishni husndor qiz hech qachon qilolmaydi.
P. A. Povlenko


Buyuk ishlarni amalga oshirish uchun kishi xuddi hech o‘lmaydigandek yashashi kerak.
L. Vovenar

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:53:59

Bittagina bugun ikkita ertaga arziydi.
B. Franklin


Hamma narsa boy berilgan taqdirda ham hali oldinda kelajak bor.
K. Bouvi

Qayd etilgan