Donolar bisotidan  ( 377947 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 75 B


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:06:37

Yuragida o`ti yo`qni harorati yo`q.
O`zbek maqoli

***

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:07:02

Odam yuragi bilan, daraxt ildizi bilan baquvvat.
Gruzin maqoli

***
Dili ochiqqa yo`l ham ochiq.
Turkman maqoli

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:07:41

Qalb ko`zdan oldin sezadi.
Arab maqoli

***
Bir-biriga o`xshagan aft bo`lmaganidek, bir-biriga o`xshagan qalb ham bo`lmaydi.
Xitoy maqoli


Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:08:26

Barmoq og`rig`ini qalb sezadi, qalb dardi esa pinhon kezadi.
Habash maqoli

***
Keng qalb qarimaydi.
Kurd maqoli

***

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:08:57

Yurak bamisoli shishadan yasalgan qasr, sinsa yamab bo`lmaydi.
Turk maqoli

***
Yurak dardga to`lmaguncha ko`zdan yosh kelmaydi.
Arman maqoli

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:09:38

Yuragi sog`ni ko`zi yoshli bo`lmaydi.
Turk maqoli

***
Tosh yurak temirdan ham qattiq.
Hind maqoli

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:11:00

 

 Odamga joy tor bo`lsa mayli, ammo yuraka emas.
Kombodj maqoli

***
Qalb sezmasa ko`z ham sezmaydi.
Gruzin maqoli



Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:11:35



Yoshlik hayot guli



Go`zal bordir go`zallardan ziyoda,
Uning xizmatida turging keadi.
Odobli, ikromli, xushxulq, ozoda,
To o`lguningcha birga yurging keladi.

Maxtumquli

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:12:08

***
Hech kimning xabari yo`q, yoshlikning o`tginchiligidan,
Ammo hamma xabardor uning o`tib bo`lganligidan.
Lt. Senka

***
Gozallik qariyani ham yosh ko`rsatadi.
V. Shekspir

***
Har doim yoshimizga doir ish tutaylik.
Goratskiy

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Sentyabr 2007, 18:12:49

Besh xil ayollar uchun aziyat cheksa arziydi:

olijanob, pokiza va go`zallar uchun;
aqlli, qanoatli, iffatli, vafolililar uchun;
butun harakatlarini o`ylab qiladigan, erning borida ham yo`g`ida ham xurmatlab, o`zini va nomusini saqlaganlar uchun;
yaxshi va yomon kunlarda fidokor bo`lishni o`ziga shior qilib olganlar uchun;
yuzidan kulgi arimaydigan, tili shirin, qo`li barakali, qadami qutlug` bo`lganlar uchun.
'Kalila va Dimna' dan

***
Xushbichimlik badanga qanday darkor bo`lsa, ma`nolilik ham shunday zarur.
F. Laroshfuk

Qayd etilgan