Donolar bisotidan  ( 242561 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 75 B


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:54:33

Hatto qabr yoqasida ham umid yashaydi.
I. Gyote


Qanday bo‘lsalar o‘shanday qolishga ahd qilganlargina ­ nodon.
Aflotun

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:55:14

Qanchadan-qancha ishlar to ro‘yobga chiqarilmaguncha mumkin bo‘lmagan narsalar, deb hisoblangan edi.
Katta Pliniy


Boshqa odamlarga hech qachon vosita deb qaramangiz, ularni maqsad deb bilingiz.
Imanuel Kant

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:56:15

Dunyodan ko‘ra, o‘zingni yenganing yaxshiroqdir.
R. Dekart


Inson turmushi uchun abadiy hayot ishonchi shu qadar kerakli ekan, binobarin,bu tuyg‘u bashariyatning aynan sog‘lom-sokin holatidir, shunday bo‘lgach, o‘lmas ingsoniy ruhning mavjudligiga shubha yo‘qdir.
F. Dostoyevskiy

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:57:15

Odam borki, odam aning naqshidir,
Odam borki, hayvon undan yaxshidir.
Alisher Navoiy


Kim ko’p so’zlaydi besharmu hayo,
Topolmas issatu obro’ el aro.
Firdavsiy

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:58:30

Odam ersang demagil odami,
Anikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
Alisher Navoiy


Ziyraklar suhbati etar baxtiyor
Nodon nafidan ham doim zarar bor.
Nosir Xisrav

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:59:51

O’zining aybini bilganda odam,
Boshqalar aybini so’zlamasdi ham.
Nosir Xisrav


Sababsiz jang boshlar ekan qay inson,
Bo’lur jigari qon, rangi zafaron.
Firdavsiy

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:00:56

Uzoq bo’l, yomonlik zaharli ilon.
Yomonlik chiqadi ilondan yomon.
Nosir Xisrav


Mazlumlar dilini og’ritma bir zum,
Balki bir kun o’zing bo’larsan mazlum.
Sa'diy Sheroziy

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:02:01

Agar tarbiyat ko’rmasa odam,
Eshak bo’lib qolur yuzga kirsa ham.
Sadiy Sheroziy

Jahonning shodligi yig’ilsa butun
Do’stlar diydoridan bo’lolmas ustun.
Har qancha bo’lsa olamdan achchiq,
Achchiqroqdir dono do’stdan ayriliq.
Ro'dakiy

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:02:48

O’z nafsini mag’lub etolgan marddir,
G’iybatdan uzoq-uzoq ketolgan marddir.
A. Rudakiy


To’g’ri har fatdan qutilib ketar,
Masal bor: "œTo’g’rilar maqsadga yetar"
K. Binoiy

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:03:23

Tug'ilish - o'limga qo'yilgan birinchi qadamdir.
Gyote


Qabrdagilarni pushaymon qilayotgan narsalar ustida tiriklar qirpichoq bo'lmoqdalar.
Imom G'azzoliy

Qayd etilgan