Donolar bisotidan  ( 242560 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 75 B


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:03:52

Umidini yo`qotgan odamning yo`qotadigan boshqa narsasi qolmaydi.
Bayse


Boyning xasis bo`lishi unga berilgan jazodir.
Hazrat Ali

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:08:03

Ey,butun kechani tonggacha uxlab otkazadigan bechora, ertaga yotadigan zim-ziyo qora tuproqqa ham qandil yoq.
F.Attor


Zerikkaniggiz zamon biron ish bilan mashg'ul boling.
Abdulqodir Jiyloniy

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:09:36

Ko'p gapiradiganlarning qalbi kasaldir.
F.Attor


Hech kimga zarar yetkazmaydigan yolg‘onni ham gunohsiz, deb bo‘lmaydi
I.Kant

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:18:01

Улуг одам кичик одамнинг сухбати билан кичик бўлмайди, балки кичик одам улуг одам хизматида улуг бўлади.
Абу Бакр ал-Хоразмий


Акл камтарлик узугида ўзгача нур сочувчи гавхардир.
М. Горький

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:20:30

Tarbiyaning asosiy vazifasi bu faqatgina yaxshilik qilishga o'rgatish emas, balki o'sha qilingan yaxshilikdan lazzatlanishga majbur qilishdir. Xuddi shuningdek, ishlash emas, balki o'z ishini sevishni han o'rgatish lozim.
Jon Ryoskin


Kishini hech qanday iztirobdan xalos qilmaydigan faylasufning so‘zlari quruqdir. Vujuddan kasallikni quvolmagan meditsinadan hech qanday naf yo‘q bo‘lganidek, qalbdan xastalikni quvolmagan falsafadan ham hech qanday foyda yo‘q.
Epikur

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:21:35

Har qanday kasbda ham kasbni sevish muvaffaqiyat garovi hisoblanadi, ayniqsa, bu ilmiy tadqiqot ishlarida ko‘proq qo‘l keladi.
Iren Jolio Kyuri


Insondagi eng yaxshi jihatlar bir qancha kamchiliklar bilangina namoyon bo'lishi mumkin.
Jon Ryoskin

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:22:23

Atrofimda o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishni bilmay, eng bema’ni ish va o‘yin-kulgilarni o‘ylab topayotgan kishilarni ko‘rar ekanman, qo‘limga kitob olaman-da, o‘z-o‘zimga: yolg‘iz shuning o‘zi bir umrga kifoya-ku, deyman.
Fyodor Dostoyevskiy


Insonga baho berishda uning niyatlari majmuini va harakatlari natijasini ko‘rib chiqish joizdir.
Mao Szi

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:23:02

Har qanday mushkul ish aql egalari tufayli isloh qilinur.
Az-Zamahshariy


Aql tarozusida tortib ko‘rilmagan har qanday bilim asossizdir. Shu bois mantiq ilmini o‘rganmoq juda muhim.
Abu Ali ibn Sino

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:23:40

Ezgulik insonning ma’naviy olamidagi quyoshdir.
Viktor Gyugo


Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
Amir Temur

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:25:28

Bilim — kuch! Kuch esa bilimdadir.
Frensis Bekon


Masalaning bilimning butunligida emas, aqlning butunligida.
Demokrit

Qayd etilgan