Donolar bisotidan  ( 377807 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 ... 75 B


Robiya  23 Iyul 2008, 15:29:29

Umrining to’rt yilini o’qishga berib yuqori mansabni egallashni orzu qilmagan odamni uchratish oson emas.

Qadimda o’zlarini takomillashtirish uchun o’qiganlar. Hozir boshqalarni hayron qoldirish uchun o’qiydilar.

Qorong’ilikni la’natlagandan ko’ra, bitta shamni yoqish osonroq.   Konfutsiy



Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 15:39:03

Hech nima hech qachon mavjud emas, biroq, hamisha vujudga keladi.

Avval odamning kimlar bilan do’stligini bil, so’ng u bilan do’stlash.

Umringdan ko’p qoldimi yoki oz — senga baribir bo’lsin.

Yo’q, sen gapingda kuchli emassan,balki, sukut saqlay olmasligingda zaifsan.   Epixarm

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 15:48:41

Bitta daryoga ikki bor kirish mumkin emas.

Odamlarning xohish-istaklari ro’yobga chiqaversa, bu — ular uchun yaxshi emas.

Menga yoqadigan bitta — mingta, agar u eng yaxshi bo’lsa.  Geraklit


Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 15:49:33

Yashayotganimzida — jonimiz o’lik bo’ladi, o’layotganimizda — ular tirila boshlaydilar.

Ajraluvchilar hamisha qo’shiladilar.

Hatto, maymunlardan eng chiroylisi xunukdir.   Geraklit

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 15:52:37

 Falsafa kishiga o’limni nazar-pisand qilmaslikni o’rgatadi.  Zenon

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 15:53:28

Men hech nimani bilmasligimni bilaman.

Faylasuf donishmand bilan nodon o’rtasidagi oraliq o’rinni egallaydilar.

Uylanasanmi yoki uylanmaysanmi — baribir, pushaymon bo’lasan.  Suqrot

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 15:54:39

Go’zallik, bu — umri qisqa qirolicha.

Quyoshda bitta kamchilik bor: u o’zini o’zi ko’ra olmaydi.

So’z kor qilmaganda, kaltak ham yordam bermaydi. Suqrot


Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 15:55:45

Yo’g’idan qayg’uga botmaydigan, boriga shukr qiladigan kishi — aqlli odam.

Kimga yaxshi kuyov uchragan bo’lsa, o’sha o’g’ilga ega bo’libdi, kimga yaramasi uchragan bo’lsa — o’sha qizini yo’qotibdi.  Demokrit

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 16:04:50

Ko’p o’qiyotgan emas, balki foyda bilan mutolaa qilayotgan kishi olimdir.

So’kinmoq sening huquqing, eshitmaslik — mening huquqim.  Aristipp



Qayd etilgan


Robiya  07 Avgust 2008, 16:32:25

Dushmaningga bepisand bo’lma, ular sening xatolaringni birinchi bo’lib payqaydilar.

Antisfen

Qayd etilgan