Donolar bisotidan  ( 378088 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 ... 75 B


shoir  05 Noyabr 2009, 12:42:42

Kim aql yo‘lida tutsa ma’vo oxir,
Tong yo‘q, el ichinda bo‘lsa dono oxir.
Alisher NAVOIY

Dono so‘zi go‘yo oqar suv erur,
Suv oqsa, yer uzra ko‘p ne’mat unur.
Yusuf Xos HOJIB

Qayd etilgan


shoir  05 Noyabr 2009, 12:42:50

Bolam tutsin desang donolik yo‘lin,
Kichiklikdan tegiz bilimga qo‘lin.
Yusuf Xos HOJIB

Ilm ila kimning dili ravshan erur,
U zamon ichra salomat tan erur.
Farididdin ATTOR

Qayd etilgan


shoir  05 Noyabr 2009, 12:42:58

Jahon ravshan ziyoyi ilmdandur,
Ko‘ngil sofi safoyi ilmdandur.
Anbar OTIN

Ishlari darsu saboq, ilmu adab takrordur,
Ofarin, ming ofarin, bu ilm bir asrordur.
Nodim

Qayd etilgan


shoir  05 Noyabr 2009, 12:43:09

Zakovatli uqadi, bilimli biladi,
Bilimli, zakovatli tilakka yetadi.
Yusuf Xos HOJIB

Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayhon BERUNIY

Qayd etilgan


shoir  05 Noyabr 2009, 12:43:19

Aql faqat insongagina xos bo‘lgan tug‘ma quvvat — ruhiy kuch bilan bog‘liqdir.
Abu Nasr FOROBIY

Ilm andoq ganji nofe’dur bani odamg‘akim,
Kimda ul bo‘lsa, ikki olam bo‘lur obod ango.
Ogahiy

Qayd etilgan


shoir  05 Noyabr 2009, 12:43:26

Ko‘rgin, turli yaxshiliklar o‘quv-idrokdan keladi,
Kishi bilim tufayli ulg‘ayadi, mashhur bo‘ladi.
Yusuf Xos HOJIB

Bolam tutsin desang donolik yo‘lin,
Kichiklikdan tegiz bilimga qo‘lin.
Yusuf Xos HOJIB

Qayd etilgan


shoir  05 Noyabr 2009, 12:43:37

Ilm andoq ganji nofe’dur bani odamg‘akim,
Kimda ul bo‘lsa, ikki olam bo‘lur obod ango.
Ogahiy

Ko‘rdimki, eng yaxshi do‘st ilm ekan.
Najmiddin KUBRO

Qayd etilgan


shoir  05 Noyabr 2009, 12:43:43

O‘qib o‘rganilgan har bitta hunar,
Hunarmandga bir kun foyda keltirar.
Nizomiy GANJAVIY

Uquvli-idrokli bo‘lsa qay odam,
Kishi deb atagin, maqtagin har dam.
YuSUF XOS HOJIB

Qayd etilgan


shoir  05 Noyabr 2009, 12:43:58

Bilim kimyo misol: u turadi jam,
Zakovat saroyi kabi o‘zi ham.
Yusuf Xos HOJIB

Muruvvat birla jonni nisor et,
Hamisha yaxshilikni shior et.
Sayqaliy

Barchadin ashrafki, ul inson erur —
Kim, kamolida xirad hayron erur.
Alisher NAVOIY

Qayd etilgan


_B_E_K_  17 Noyabr 2009, 14:00:54

Лайлак юришини киламан деб чумчукнинг чатаноги йиртилибди

Qayd etilgan