Donolar bisotidan  ( 234005 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 67 68 69 70 71 72 73 74 75 B


UzMuslim  04 Dekabr 2010, 17:19:48

Yolg‘on — xoinlik belgisidir. U bilimning ayniganini, fikrning soxtalashganini ko‘rsatadi. Yolg‘on qalbning noaniq orzularga hakalak otishi, to‘g‘rini egri qilib ko‘rsatish, adolatdan og‘ishdir.

Bir faylasuf aytgan ekan: "œYolg‘onchi — murdaga o‘xshaydi, zero, tirik odamning ustunligi nutqidadir. Agar uning so‘zlariga ishonib bo‘lmasa, demak, uning umri bekorga o‘tayapti".

Yolg‘onchi — bilan bir go‘r. Faqat o‘g‘ri sening buyumingni o‘marsa, yolg‘onchi aqlingni o‘g‘irlaydi.

Kimdir sening foydang uchun aldagan bo‘lsa, boshqa safar yolg‘ondan senga qarshi foydalanadi. Kimdir sening oldingda birovni yomonlayotgan bo‘lsa, boshqa joyda seni yomonlashdan toymaydi.

Qayd etilgan


braupov  08 Dekabr 2010, 22:34:50

 :as:

Bir qarashdayoq kishi haqida xukm chiqarish yaramaydi, fazilatlar odamda, kamtarlik pardasi bilan o’ralgan, kamchiliklar munofiqlik pardasiga yashiringan.
                              J. Labryuer

Qayd etilgan


braupov  08 Dekabr 2010, 22:37:12

Seni kimdeb hisoblashlari emas aslida kimligin muhim.          
                           Publiliy Sir   

Qayd etilgan


yoqutxon  17 Yanvar 2011, 23:15:13

 :as:

Yursang yakka , dev boshingni yanchar,
Qaroqchi to'ppidan ayrilganni sanchar.


So'ffi Olloyor.


Yanikim jamotdan ajralib yolg'iz yursang, shayton-layn boshingni yanchibb, ahllinngdan ozdiradi. Qaroqchilar ham karvondn ajragan yakkalarni boshini olib, sanchadi degan ma'noda.

Qayd etilgan


Nurdinboy  18 Yanvar 2011, 00:28:49

Agar yaxshi kishining yomon bo'lsa bolasi,
Gunohkordir o'zi ham behuda oh nolasi.
Abulhasan Ro'dakiy.

Qayd etilgan


Nurdinboy  18 Yanvar 2011, 00:31:39

Jo'yali savol - yarim bilimdir.

Jaloliddin Rumiy

Qayd etilgan


Nurdinboy  18 Yanvar 2011, 00:34:13

Kapalak ham qarchig'ay ham qanot qoqib uchadi, ammo ikkovining uchishi birday emas.

Az Zamahshariy

Qayd etilgan


Nurdinboy  18 Yanvar 2011, 00:41:52

Sening kerakligingni hamisha his etsinlar, bu sening kundalik qoidang bo'lsin.
***
Fikrda ozchilik bilan, so'zda ko'pchilik bilan bo'lgin.
***
Aqlsizlik qilgan ahmoq emas, balki aqlsizlik qilib uni yashirmagan odam ahmoq.
***
Oson ishga qiyin ish kabi, qiyin ishga oson ish kabi kirishgin.

Baltasar Grasian.

Qayd etilgan


braupov  30 Yanvar 2011, 21:08:27

Maloxatli xurlar sening qoshingda oshiyon qurmog'in istasang, tiling o'z oq qalasiga bandi qamalsin (AYOLLAR XIKMATI kitobidan)

Qayd etilgan


Rustamova  22 Sentyabr 2011, 12:09:25

O'ylash oson, harakat qilish qiyin, fikrni harakatga keltirish - dunyodagi eng mushkul ish. 
                                               
I.Gyote

Qayd etilgan