Donolar bisotidan  ( 375858 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 75 B


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:04:51

Har qanday ta’lim va tarbiyada eng asosiy narsa muallim, uning tafakkur dunyosidir.
A.DISTERVEG


Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r — mingni.
Amir TEMUR

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:05:02

Donishmand va olimlarning xulqlaridan o‘rnak olish yaxshi xulqni tiriltiradi, yomonni yo‘q qiladi.
Abu Rayhon BERUNIY


Ko‘rdimki, eng yaxshi do‘st ilm ekan.
Najmiddin KUBRO

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:05:09

Har ishda  shitob qilmag‘aysan,
Bu demak murodg‘a yetmagaysan.
Bobur


Tikansiz gul, sadafsiz dur, mashaqqatsiz hunar bo‘lmas.
Boborahim MASHRAB

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:05:22

Hunari va odobi bo‘lmagan kishidan baxt va davlat ketadi.
Mahmud KOSHG‘ARIY


Do‘stlar fikridin va dushmanlar makridin beparvolig‘ joiz ermas va bu ish nadomatdin o‘zga natija bermas.
Alisher NAVOIY

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:05:33

Vatanni uning ulkanligi uchun emas, balki o‘zlariniki ekanligi uchun sevadilar.
SENEKA

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:07:03

Har na yaxshilik qilsang, qilki yurt uchun,
O‘zingdan orttiru o‘zgaga bermak uchun.
Haydar XORAZMIY


Odamiylik zebi-zohirdan demas,
Kim andin faxr etar odam emas.
Alisher NAVOIY

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:07:47

Olimlik, bilim va kasb-hunar orqali haqiqatga erishasan. Qayerdaki saxiyliging va qadr-qimmating ardoqlansa, bilginki, shu yerda seni tan olishadi.
Majid Havofiy

* * *

Odamlar, insonparvar bo‘ling! Bu sizning birinchi burchingiz.
J.J.Russo

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:08:15

Barcha kamchiliklardan qat’i nazar, odamlar har narsadan ham ko‘ra ko‘proq mehrga loyiq.
  I.Gyote

* * *

Odamning hayoti uning saxovati bilan teppa-teng.
R. Emerson

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:08:48

Ezgulik insonning ma’naviy olamidagi quyoshdir.
V. Gyugo

* * *

Men ezgulikdan boshqa biror afzallikni  bilmayman.
L. Betxoven

Qayd etilgan


Abdusalom  12 Sentyabr 2006, 09:09:10

Inson qanchalik dono va saxovatli bo‘lsa, u kishilardagi yaxshilikni shunchalik ko‘proq  payqaydi.
B. Paskal

* * *

Kim chinakam qalb egasi bo‘lmasa, u ezgulik qilishga qodir emas: faqat xushfe’l bo‘la olishi mumkin.
N. Shamfor

Qayd etilgan