Bosh sahifa
Yordam
Qidiruv
Kirish
Registratsiya
B
Y
Q
K
R
forum.ziyouz.com
Ilm va ziyo
Ma'rifat
Donolar bisotidan
Donolar bisotidan ( 369998 marta o'qilgan)
Chop etish
1
...
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
...
75
B
Abdusalom
12 Sentyabr 2006, 09:09:41
Ezgulik hech eskirmaydigan birdan-bir libosdir.
G. Toro
* * *
Ilm — narsalarni inson aqli yordami bilan o‘rganishlikdir.
Abu Ali ibn SINO
Qayd etilgan
Abdusalom
12 Sentyabr 2006, 09:10:04
Odamda bo‘lsa gar yaxshi tilak,
Xalq uchun tebratgusi doim bilak.
Anbar OTIN
* * *
O‘z yurtingda xalq ichida xizmatda bo‘l,
Hushyor bo‘l, o‘sal bo‘lma, sezgir bo‘l.
Yusuf Xos HOJIB
Qayd etilgan
Abdusalom
12 Sentyabr 2006, 09:10:56
Umrni zoe etma, mehnat qil,
Mehnatni saodatning kaliti bil.
Alisher Navoiy
* * *
Jahonda bo‘lmasa muallim agar,
Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.
A.JOMIY
Qayd etilgan
Abdusalom
12 Sentyabr 2006, 09:11:23
O‘quv qunt beradi, bilim — sharaf-shon,
Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson.
Yusuf Xos HOJIB
* * *
Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
A.BERUNIY
Qayd etilgan
Abdusalom
12 Sentyabr 2006, 09:11:41
Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas,
Qo‘lingdan kelgancha tera olsang bas.
Abu Abdullo RO‘DAKIY
Qayd etilgan
shoir
01 Oktyabr 2006, 07:14:43
Ruh va nafs Majnun va uning tuyasi kabi bo‘lib, biri olg‘a, ikkinchisi orqaga ketishni istaydi.
Jaloliddin Rumiy
Qayd etilgan
shoir
01 Oktyabr 2006, 07:15:12
Odamning umri avvalida qilgan ishlari umrining oxiridagi ishlariga ham dalolatdir.
Abulqosim az-Zamaxshariy
Qayd etilgan
shoir
01 Oktyabr 2006, 07:15:42
Hayot zavqini va lazzatini istasangiz, hayotingizni iymon ila hayotlantiringiz, farzand ila ziynatlantiringiz, haromlardan saqlanish ila muhofaza etingiz.
Badiuzzamon
Qayd etilgan
Shahina
20 Oktyabr 2006, 02:43:22
Ko‘z bilan ko‘rgan eshitgandanafzalroqdir.
Abu Rayhon BERUNIY
Ilm insoniyat gavharidir.
Mirzo BEDIL
Qayd etilgan
Shahina
20 Oktyabr 2006, 02:43:58
Ko‘ngul maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalidin so‘z bil.
Alisher NAVOIY
Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayhon BERUNIY
Qayd etilgan
Chop etish
1
...
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
...
75
T
SMF 2.0.7
|
SMF © 2011
.
Ziyo istagan qalblar uchun © 2004-2013
ModernStyle theme by Bloc