Donolar bisotidan  ( 228328 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 75 B


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:16:39

Inson bilim tufayligina barhayotdir. Bilim, tafakkur inson hayoti, barhayotligi negizidir.
GEGEL

* * *

O‘z kuchini ko‘z-ko‘z qilgan, aslida ojizligini namoyon qiladi.
Robindranat TXAKUR

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:16:51

Davron elining jismida ham jon bo‘lg‘il,
Ham jonlarg‘a moyai darmon bo‘lg‘il.
Alisher NAVOIY

* * *

Bilim ham hunar ol, qadrla uni,
Bilim-la hunar ham qadrlar seni.
Yusuf Xos HOJIB

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:17:00

Yoshlik o‘tib borayotganini hech kim sezmaydi, ammo uning o‘tib ketganini hamma his qiladi.
SENEKA

* * *

Hech bir ishni ertaga surma, chunki u ish sendan keyin osonlashib qolmaydi.
Jan POL`

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:17:10

Insonning fazilati favqulodda jasoratlar bilan emas, balki uning kundalik ishlari bilan o‘lchanadi.
Blez PASKAL

* * *

Kamol ahli aro, albatta, topg‘ay izzatu oliy,
Har qaysi kasbida har kimsakim qildi hunar ixlos.
OGAHIY

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:17:19

Do‘stlar fikridin va dushmanlar makridin beparvolig‘ joiz ermas va bu ish nadomatdin o‘zga natija bermas.
Alisher NAVOIY

* * *

Ta’limga ehtiyoj har bir kishida mujassam; xalq nafas olish uchun havoni qanchalik ardoqlasa va izlasa, ta’limni ham shu qadar e’zozlaydi va izlaydi.
Lev TOLSTOY

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:17:26

Kimning xulq-atvori, fe’li yaxshi bo‘lsa,
U tilagini topadi, oyu kun unga kulib boqadi.
Yusuf Xos HOJIB

* * *

Mamlakat tafakkuri butun mamlakat demakdir.
Onore de BALZAK

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:17:36

Maktab, o‘z sistemasida mujassamlangan asosiy predmet va printsiplariga ko‘ra, xalqlar va davlatlar turmushi hamda taqdirini belgilashda bag‘oyat buyuk kuchdir.
Dmitriy MENDELEYEV

* * *

Kelajak bundan buyon ikki xil toifa kishilar: aqliy fikr kishisi va mehnat kishisi qo‘lidadir. Aslida ular bir butunlikni tashkil etadi, zero fikrlash mehnat qilish demakdir.
Viktor GYUGO

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:17:46

Vatanni uning ulkanligi uchun emas, balki o‘zlariniki ekanligi uchun sevadilar.
SENEKA

* * *

O‘zgalar topgan nafosatni sen o‘zing uchun topsang, uni bilib qadriga yetsang — axir, bu ham yaratishdan kam emas-ku?
Iogann GYOTE

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:04:34

Og‘izga kelganni demak nodon ishi,
Olig‘a kelganni yemak hayvon ishi.
Alisher NAVOIY


Bilimsiz kishilarning ko‘ngli xurofotga moyil bo‘ladi.
Abu Rayhon BERUNIY

Qayd etilgan


Mohinur  08 Avgust 2006, 07:04:44

Donishmandlik bizga hayot so‘qmoqlarida ulug‘ saodatni hozirlab, in’om etuvchi vositadir.
Ibn Sino


Saxiylik — bu (biror narsani) boshqa kishiga hech qanday yomonlikni niyat qilmay va tamagirlikni o‘ylamay hamda shu narsaning qaytarilishiga umid bog‘lamay tuhfa qilishdir.
Majid XAVOFIY

Qayd etilgan