Donolar bisotidan  ( 375974 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 75 B


AbdulAziz  14 Iyun 2006, 19:55:42

Assalomu alaykum!
Ushbu mavzu orqali siz yoqtirgan aforizmlaringizni kiritishingiz mumkin. Kiritilayotganda, to`liq matn va muallif keltirilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.

Boshladik:

Sevaman, sevilaman.
Yunus Emro

Mavzu arxivi

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:33:47

Yo asling kabi ko`rin yo ko`ringaning kabi bo`l.
Jaloliddin Rumiy


Yutganing o`zingniki, chaynaganing - gumon.
Cho'pon

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:34:55

Keldim, ko`rdim, g`alba qozondim.
Yuliy Sezar


"O'qish,o'qish va yana o'qish"
V.I.Lenin

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:36:40

O'zga yurtda shoh bo'lgandan ko'ra,o'z yurtinda gado bo'lgan afzal.
Z.M.Bobur


Ikki qo'chqorning kallasi bir qozonda qaynamas.
Amir Temur

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:38:12

Kishi o`zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.
Gyote


Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:38:52

Erkaklarning ishonchidan ko'ra ayollarning gumoni to'g'ri chiqadi.
R.Kipling


Madaniyatning qay darajadaligi ayolga bo'lgan munosabat bilan belgilanadi.
M.Gorkiy

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:41:30

Hamma vaqt o‘zingning nimani hohlayotganingni aniq bil. Sahro ichkarisiga kirganingdan so‘ng tamom orqaga yo‘l yo‘q, faqat oldinga yurish kerak. Qolgani Ollohning qo‘lida.
Paolo Koelo


Dunyodagi eng sergap odamlar bekorchilardir.
Pavlenko

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:42:35

O`zgalar sirini oshkor etish — sotqinlik, o`z sirini oshkor etish axmoqlikdir.
Valter


Yuraging bir bo‘lak go‘shtga aylanib qolmasin.
Paolo Koelo

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:43:20

Biz hech qachon o‘zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko‘rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo‘lsak shundayligimizcha ko‘rinadigan bo‘lsak, borligimizcha namoyon bo‘lsak, odamlarning nazarida ko‘p narsa yutgan bo‘lardik.
Larofushko


Inson o`ziga-o`zi bo`ysunishni va o`z qarorlariga itoat qilishni o`rganmog`i lozim.
Sitseron

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 02:44:47

Birovni o`rgatishingga o`zing o`ganishing uchun lozim bo`lgandan ko`ra ham ko`proq aql kerak.
Mishel de Monten


Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi! Bu dunyoda yashab bo‘ladi. Shu boisdan-da bu bunyo otini hayot deydi. Bu dunyoga keldingmi? Endi yasha! Tishni tishga qo‘yib-qo‘yib yasha. Mushtni tugib-tugib yasha. Chidab-chidab yasha. Yashashni chidaganga chiqargan!
Bu dunyoga keldingmi?Endi chida! Dunyo—chidaganniki! Oxirigacha chida, Xudo bergan kungacha chida!
Tog'ay Murod

Qayd etilgan