Bosh sahifa
Yordam
Qidiruv
Kirish
Registratsiya
B
Y
Q
K
R
forum.ziyouz.com
Ilm va ziyo
Ma'rifat
Donolar bisotidan
Donolar bisotidan ( 367276 marta o'qilgan)
Chop etish
1
...
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
...
75
B
shoir
05 Noyabr 2009, 12:42:42
Kim aql yo‘lida tutsa ma’vo oxir,
Tong yo‘q, el ichinda bo‘lsa dono oxir.
Alisher NAVOIY
Dono so‘zi go‘yo oqar suv erur,
Suv oqsa, yer uzra ko‘p ne’mat unur.
Yusuf Xos HOJIB
Qayd etilgan
shoir
05 Noyabr 2009, 12:42:50
Bolam tutsin desang donolik yo‘lin,
Kichiklikdan tegiz bilimga qo‘lin.
Yusuf Xos HOJIB
Ilm ila kimning dili ravshan erur,
U zamon ichra salomat tan erur.
Farididdin ATTOR
Qayd etilgan
shoir
05 Noyabr 2009, 12:42:58
Jahon ravshan ziyoyi ilmdandur,
Ko‘ngil sofi safoyi ilmdandur.
Anbar OTIN
Ishlari darsu saboq, ilmu adab takrordur,
Ofarin, ming ofarin, bu ilm bir asrordur.
Nodim
Qayd etilgan
shoir
05 Noyabr 2009, 12:43:09
Zakovatli uqadi, bilimli biladi,
Bilimli, zakovatli tilakka yetadi.
Yusuf Xos HOJIB
Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayhon BERUNIY
Qayd etilgan
shoir
05 Noyabr 2009, 12:43:19
Aql faqat insongagina xos bo‘lgan tug‘ma quvvat — ruhiy kuch bilan bog‘liqdir.
Abu Nasr FOROBIY
Ilm andoq ganji nofe’dur bani odamg‘akim,
Kimda ul bo‘lsa, ikki olam bo‘lur obod ango.
Ogahiy
Qayd etilgan
shoir
05 Noyabr 2009, 12:43:26
Ko‘rgin, turli yaxshiliklar o‘quv-idrokdan keladi,
Kishi bilim tufayli ulg‘ayadi, mashhur bo‘ladi.
Yusuf Xos HOJIB
Bolam tutsin desang donolik yo‘lin,
Kichiklikdan tegiz bilimga qo‘lin.
Yusuf Xos HOJIB
Qayd etilgan
shoir
05 Noyabr 2009, 12:43:37
Ilm andoq ganji nofe’dur bani odamg‘akim,
Kimda ul bo‘lsa, ikki olam bo‘lur obod ango.
Ogahiy
Ko‘rdimki, eng yaxshi do‘st ilm ekan.
Najmiddin KUBRO
Qayd etilgan
shoir
05 Noyabr 2009, 12:43:43
O‘qib o‘rganilgan har bitta hunar,
Hunarmandga bir kun foyda keltirar.
Nizomiy GANJAVIY
Uquvli-idrokli bo‘lsa qay odam,
Kishi deb atagin, maqtagin har dam.
YuSUF XOS HOJIB
Qayd etilgan
shoir
05 Noyabr 2009, 12:43:58
Bilim kimyo misol: u turadi jam,
Zakovat saroyi kabi o‘zi ham.
Yusuf Xos HOJIB
Muruvvat birla jonni nisor et,
Hamisha yaxshilikni shior et.
Sayqaliy
Barchadin ashrafki, ul inson erur —
Kim, kamolida xirad hayron erur.
Alisher NAVOIY
Qayd etilgan
_B_E_K_
17 Noyabr 2009, 14:00:54
Лайлак юришини киламан деб чумчукнинг чатаноги йиртилибди
Qayd etilgan
Chop etish
1
...
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
...
75
T
SMF 2.0.7
|
SMF © 2011
.
Ziyo istagan qalblar uchun © 2004-2013
ModernStyle theme by Bloc