Donolar bisotidan  ( 375819 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 ... 75 B


_NOSTRA_  21 Noyabr 2009, 21:37:19

Bechora din... g‘ar-o‘g‘rilar uchun qalqon bo‘ladi. Bechora din...maraz-muttahamlar uchun qalqon bo‘ladi. Bechora din...ablahlar uchun qalqon bo‘ladi. Din, baloga qolgan din!
Ishdan haydalgan ojiz banda—o‘zini shariatga uradi. Ish topolmagan qo‘li kalta—xudojo‘y bo‘ladi. Qo‘lidan foydali ish kelmasa—namozxon bo‘ladi. Yegani non topolmay qolsa qo‘liga tasbeh oladi. Boradigan joy topolmay qolsa—machitga boradi. Yurar yo‘lini bilmay qolsa—shariat yo‘lidan yuradi. Muslim bo‘ladi! Muslima bo‘ladi!
Tog'ay Murod
***
Kimdir ko'lmakga qarab osmondagi yangi to'lgan oyni ko'radi kimdir esa loy balchiqlarni...

Qayd etilgan


Nurzoda  22 Noyabr 2009, 02:36:49

Parvoz shunchalik yuksak bo'lsa,
Qulash shunchalik dahshatlidir.
                     
                           (Abulqosim Firdavsiy)

Qayd etilgan


Nurzoda  22 Noyabr 2009, 02:40:16

Men insoniy ahloqning as mohiyatini anglab yetdim. bu qimmat baho ne'mat sukut saqlamoqdir

                          (Al-Maarriy Abul Ala)

Qayd etilgan


Sardor.  25 Noyabr 2009, 16:52:42

Boy boyga boqar suv soyga oqar.

Eramizdan bir necha yillar avvolgi maqol.

Yiqilmoqlik emas yiqilib qolmaqlik ayb hisoblanadi.

Xitoy xalq maqoli.

Qayd etilgan


AL_laziz87  06 Dekabr 2009, 10:24:48

Sevib sevgisidan ajragan inson emas, sevishni bilmaydigan inson baxtsizroqdir.

Qayd etilgan


Ummu Muslima  06 Dekabr 2009, 11:37:22

 :as:
Olim bo'lish oson ,Odam bo'lish qiyin.

muallifini bilmayman
(Dadamni bisotlaridan))

Qayd etilgan


MSJON  17 Dekabr 2009, 15:28:43

"Farzandlaringizga tilini tiyishni o'rgating. Gaplashishni o'zi ham o'rganib oladi".
 Benjamin Franklin.

Qayd etilgan


Ansora  17 Dekabr 2009, 15:32:47

"Yaxshi do'sti bo'lgan insonning oynaga qarashga ehtiyoji yo'q"....

Jaloliddin Rumiy Hazratlari.

Qayd etilgan


Ansora  17 Dekabr 2009, 15:35:00

Jaholat bilan daholikning o'rtasidagi haqiqiy farq nima bilasizmi?

Dahoning chegarasi bor, johilning esa hech qanday chegarasi yo'qdir....

                                                                                  Whoopi Goldberg

Qayd etilgan


Ansora  17 Dekabr 2009, 15:35:37

"Bekorchi vaqt yo'qdir, bekorga o'tgan vaqt bordir "

                                                                         Tagor

Qayd etilgan