Donolar bisotidan  ( 375072 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 B


Habib  26 Oktyabr 2010, 09:41:14

Қсл ювиб юрсанг, нима ейишингни биласан,
Тил тийиб юрсанг, нима дейишингни биласан.

                                           Aлишер Аавоий

Qayd etilgan


Hadija  26 Oktyabr 2010, 16:29:53

Biron-bir narsani bajarolmayman deb ko`ngilga keltirdingizmi, shu paytdan boshlab uni amalga oshirish g`oyat mushkul bo`lib qoladi.
Benedikt Spinoza

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  26 Oktyabr 2010, 17:08:14

ALLOHga tavakkul qilgan el,
Na qalqonni va na talqonni g'amini yer.
So'fi Olloyor.

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Oktyabr 2010, 09:20:39

ALLOHga tavakkul qilgan el,
Na qalqonni va na talqonni g'amini yer.
So'fi Olloyor.

To'g'risi:

"Tavakkaltu alalloh"ni degan er,
Na qalqonu, na talqonni g'amin yer.


So'fi Olloyor

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Oktyabr 2010, 23:36:45

Agar ani unutsa banda one,
Tirik ermas, agarchi bo'lsa joni.


So'fi Olloyor

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Oktyabr 2010, 23:40:17

Amal qilmoqlik uchun kirsang, bu yo'lda
Kerakdur shami ilm albatta qo'lda



So'fi Olloyor

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Oktyabr 2010, 23:42:42

Taajub fitnalikdir bu zamona,
Tushubdur erlar ahvoli yomona.


So'fi Olloyor

Qayd etilgan


Aqoid  28 Oktyabr 2010, 07:02:32

 :as: Aqoid bilmagan shaytonga eldir,
       Agar ming yil ibodat qilsa yeldir.
                                                  So'fi Olloyor

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  10 Noyabr 2010, 15:03:24

Bu ummatlar ajab zisht etti xolin,
Yopar bid'at bilan sunnat jamolin
Bahoyimdek ishi, ichmak-yemakdur
Quruq til birla ummatmiz demakdur!



So'fi Olloyor

Qayd etilgan


Hadija  10 Noyabr 2010, 15:29:30

Kishi o`zganing baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.
Gyote

Qayd etilgan