Donolar bisotidan  ( 377103 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 75 B


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:26:27

Haqiqatdan qo`rqmaydigan odamning yolg`ondan qo`rqishiga asos yo`q.
Jeferson


Fan favqulodda zarur, aytish mumkinki, nondek azizdir.
Konstantin Siolkovskiy

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:27:07

Ezgulikdan bir qal’a barpo aylang¬kim, mahkamlikda anga hech narsa teng bo‘lolmas.
Jaloliddin Rumiy


Xalq qonunni o‘z tayanchi, o‘zini muhofaza qiluvchi devor sifatida himoya etmog‘i lozim.
Geraklit

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:28:18

Iymon — ko’rolmaganimizga ishonmoq, bu iymonning mokofoti esa, ishonganlarimzni ko’rishligimizdir.
Avgustin


Johil dovulga o’xshaydi, ovozi juda kuchli, ammo ichi bo’shdir.
Sa’diy Sheroziy

Qayd etilgan


Abdusalom  20 Iyun 2006, 03:29:42

Kitob — mashg’ullik paytingda o’zi so’z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko’rinishing shart emas. Kitob — senga laganbardorlik qilmaydigan o’rtoq, seni aldamaydigan do’st, malol kelmaydigan yo’ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo’ydir.
Ahmad ibn Ismoil


Juda ko’p insonlarni ko’rdimki, hech biri bu dunyodan rozi emas va ayni chog’da hech biri bu dunyodan ketishni ham istamas.
Namiq Kamol

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:20:06

Berilgan har narsangni ajal bilan yuzlashmasdan oldin berib qolishing lozim.
Jaloliddin Rumiy


Sukut insonning eng harir libosidir.
Umar ibn Xattob

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:20:30

Juda ko’p odamlarni ko’rdim, ular o’tayotgan kunlaridan ko’ra dirhamlariga ko’proq bahillik qilishadi.
Xasan Basriy


Ne’matning zavol topishiga uning qadriga etmay, mensimaslikdan ko’ra kattaroq sabab yo’q.
Umar ibn Xattob

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:21:10

Tilingni avayla - omondir boshing,
So’zingni avayla — uzayar yoshing.
Kishi so’z tufayli bo’ladi malik,
Ortiq so’z bu boshni qiladi egik.
"œQutadg’u bilig"dan


Yo madhing yozaymi iftihor bilan,
Ko’ksimda barq urgan navbahor bilan,
Oh, aziz tilginam, shirin so’zginam,
Joningga tasadduq bo’lay o’zginam,
Har so’zing bir quyosh, kel, bir nurlan!
Shuhrat

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:21:42

Hech kimning xabari yo'q, yoshlikning o'tginchiligidan,
Ammo hamma xabardor uning o'tib bo'lganligidan.
Lt. Senka


Gozallik qariyani ham yosh ko'rsatadi.
V. Shekspir

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:22:13

Har doim yoshimizga doir ish tutaylik.
Goratskiy


Xushbichimlik badanga qanday darkor bo'lsa, ma'nolilik ham shunday zarur.
F. Laroshfuko

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:22:52

Sharm-hayodan yaxshiroq bezak yo'q.
Suqrot


Yoshlikda adashishlik ham bo'ladi, ammo uni qarilikka ham hamroh qilib bo'lmaydi.
I.V. Gyote

Qayd etilgan