Donolar bisotidan  ( 376019 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 75 B


shoir  27 Iyun 2006, 06:37:42

Fikr - har qanday boylik, har qanday muvaffaqiyat, har qanday moddiy farovonlik, barcha buyuk kashfiyotlar va ixtirolarning birinchi manbasi.
Klord M.Bristol


G'alaba ba'zan kelmasligi kerak; u hamisha kelishga majbur.
Vins Lombardi

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:38:08

Tasavvur faktlardan ko'ra muhimroqdir.
Albert Eynshteyn


Besh yildan so'ng siz bugun qanday inson bo'lsangiz shundayligingizcha qolasiz. Faqat siz uchratadigan odamlar va siz o'qigan kitoblarni hisobga olmaganda.
Charli Jons

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:39:12

Baxt kaliti - bu sog'lom tandagi sog'lom ruhdir.
Teodor Ruzvelt


Agar siz tezroq muvaffaqiyat qozonishni istasangiz, omadsizliklarni ikki baravar ko'paytirishingiz kerak. Muvaffaqiyat omadsizlikning qarama-qarshi tomonida yotadi.
Tomas J. Uotson

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:39:43

Butun hayotingiz davomida o'zingiz qo'rqqan narsalarni qilishga odatlaning. Agar o'zingiz qo'rqadigan ishlarni qilsangiz qo'rquv albatta o'ladi.
Ralf Emerson


Buyuk narsalarni orzu qiling: faqat buyuk orzulargina insolar qalbiga ta'sir qilishi mumkin.
Mark Avreliy

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:40:20

Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l!
Jaloliddin Rumiy


Dunyoni go'zallik qutqaradi
Dostoyevskiy

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 06:40:58

Ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngul.
Jaloliddin Rumiy


Kishi ilm o'rganishda davom etayotgan pallada olimdir."Olim bo'ldim,endi bas"deb xulosa chiqargan chog'idan boshlab johildir.
Abdulloh Ibn Muborak

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:15:48

Baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan xalq — fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga  erishish uchun bir-biriga yordam bersa, butun yer yuzi fazilatli bo‘ladi.
Abu Nasr FOROBIY

* * *

Harakat ta’sir jihatidan har qanday dorining o‘rnini bosishi mumkin. Lekin dunyodagi jamiki dori-darmon harakatchalik ta’sir ko‘rsatmaydi.
T.TASSO

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:16:00

Xalqlar taraqqiy etib, o‘sa olishi, shon-sharafga burkanib, muvaffaqiyatli ravishda fikrlay va ishlay olishi uchun — hayotlarining negizida taraqqiyot g‘oyalari yotishi kerak.
Emilio KASTELAR

* * *

Har bir insonning qadr-qimmati o‘z ishini qoyil qilib bajarishidadir.
ABU RAYHON BERUNIY

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:16:20

Kim hunarni desa, u dono bo‘lur,
Nodonlar qudrat deb boylikni bilur.
Abdurahmon JOMIY

* * *

Faqat bir ezgulik bor — bilim va faqat bir yomonlik bor — jaholat.
SUQROT

Qayd etilgan


Mohinur  05 Avgust 2006, 07:16:30

O‘qish — eng yaxshi ta’lim. Buyuk allomaning fikriga ergashish eng qiziqarli ilmdir.
A.S.PUSHKIN

* * *

Saodatni hunarg‘a yor qilg‘il,
Hunardin bizni xabardor qilg‘il.
XORAZMIY

Qayd etilgan