Muallif Mavzu: Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 210793 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari
« : 14 Yanvar 2009, 01:18:47 »
Horun Yahyo

ALLOHNING QUR’ONDAGI
MO’JIZALARI


Inglizchadan Lutfullo Jo‘rayev tarjimasi

Mas’ul muharrirlar:
Shayx Abdulaziz Mansur - Toshkent Islom universiteti prorektori,
M. Maxmudov - Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti sovrindori,
falsafa fanlari nomzodi,
M. Ulug‘bek nomidagi O’zMU falsafa fakulteti dotsenti,
A. Hamraev - Tibbiyot fanlari doktori, professor.

«O’qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent — 2006


MUNDARIJA

Nashriyotdan
Muhtaram o‘quvchilarga
Muallif haqida
So‘zboshi

BIRINCHI KITOB:
Allohning Qur’ondagi ilmiy mo‘jizalari


Koinotning yaratilishi
Kengayib borayotgan koinot
Koinotning yakun topishi va halokatli siqilish
Issiq tutundan yaralish
Osmonlar va Yerning ajralishi
Osmonlar va Yer o‘rtasidagi narsalarning yaratilishi
Koinotdagi mukammal muvozanat
Koinotdagi uyg‘unlik
Quyosh, Oy va yulduzlar orasidagi strukturaviy farqlar
Orbitalar va aylanayotgan koinot
Quyoshning harakat traektoriyasi
Oyning orbitasi
Qamariya (Oy) yilini hisoblash
Tortishish kuchi va orbital harakatlar
Yerning sharsimonligi
Yerning geoid shakli
Yer va fazoning diametrlari
Atmosfera qatlamlari
Yaxshi himoyalangan osmon
Gumbaz qilib yaratilgan osmon
Qaytaruvchi osmon
Yerning qatlamlari
Yerning o‘zidagi yukni yuzaga chiqarishi
Tog‘larning roli
Harakatdagi tog‘lar
Quyoshning chiqishi va botishidagi turli nuqtalar
Yerning atrofidan yemirilishi
Yorilayotgan yer
Mo‘jizaviy temir
Neftning paydo bo‘lishi
Vaqtning nisbiyligi
Olti kunda yaratilish
Taqdir haqiqati
Yaratilishda juftliklar
Atomdan kichik zarralar
Qora tuynuklar
Pulsarlar: pulsar yulduzlar
She’ro yulduzi
Yorug‘lik va zulmat
Olovsiz yonish
Bulutlarning og‘irligi
O’lchovli miqdordagi yomg‘ir
Yomg‘irning paydo bo‘lishi
Yerning harakatga kelishi va ko‘pchishi
O’lik yerga qayta hayot bag‘ishlaydigan yomg‘irlar
Do‘l, momaqaldiroq va chaqmoqning paydo bo‘lishi
Urug‘lantiruvchi shamollar
Shamol paydo bo‘lishining bosqichlari
Ertalab fotosintez jarayoni qanday boshlanadi?
Qo‘shilmas dengizlar
Dengizlarning qorong‘i tublari va ichki to‘lqinlar
Bizning harakatlarimiz uchun mas’ul hudud
Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur
Islom odobiga ko‘ra kechirimlilik va uning sog‘likka foydasi
Ibodat qilish bemorning sog‘ayishini tezlashtiradi
Stress va ruhiy tushkunlik: dinga amal qilmaslikning oqibatlari
Insonning yaratilishi
Insonlarning suvdan yaratilishi
Loydan yaratilish
Genni programmalashtirish
Hayz ko‘rish davri
Homiladorlik va tug‘ilish
Inson tana a’zolarining rivojlanish ketma-ketligi
Sutning paydo bo‘lishi
Mo‘jizaviy qorishiq ona suti
Barmoq izida yashiringan shaxsiyat
Urg‘ochi asalari
Asaldagi mo‘jiza
Xurmo va uning Qur’onda tasvirlanganidek iste’mol qilinishi
Anjir: mukammalligi yaqindagina kashf qilingan meva
Baliq: ozuqaning bebaho manbai
Cho‘chqa (go‘shti) va uning sog‘likka zarari
Zaytun: shifobaxsh o‘simlik
Yurak tomirlari jarrohligi
Harakat, yuvinish va suv ichishning sog‘likka foydalari
Mikroskopik hayotning mavjudligi
Hayvon jamoalarining mavjudligi
Biomimetika: jonzotlar loyihasidan g‘oya olib
Gala bo‘lib harakatlanadigan chigirtkalar
Chumolilar aloqa tizimi
Oziq-ovqat sikli
Uyqu paytida quloqlar faol
Uyqu paytida harakatlanishning muhimligi
Tundagi kamharakatlilik
Yuqoriga ko‘garilgan sari nafasning siqilishi

IKKINCHI KITOB:
Qur’ondagi bashoratlar


Kirish
Vizantiya imperiyasining g‘alabasi
Fir’avn jasadining saqlanishi
Makkaning fath etilishi
Isroil qavmining kibrga berilishi
Fazoning tadqiq etilishi
Oyga sayohat
Zamonaviy transport vositalari
Samolyot texnologiyasi
Tasvirning uzatilishi
Hidning uzatilishi
Elektrdan foydalanish
Artezian buloqlari
Texnikada chumolilar armiyasi
Atom energiyasi va parchalanish

UCHINCHI KITOB:
Qur’onda qayd etilgan tarixiy dalillar


«Homon» va Qadimgi Misr yodgorliklari
Muso Payg‘ambar (a.s.) va dengizning ikkiga bo‘linishi
Fir’avn va uning atrofidagilari boshiga tushgan kulfatlar
Qur’onda «Fir’avn» so‘zi
Muso Payg‘ambar (a.s.)ning sehrgarlikka yo‘yilishi
Nuh to‘foni
Iram shahri
Sodom va Gomorra shaharlari
Saba’ xalqi va Arim seli
Al-Hijr xalqi

TO’RTINCHI KITOB:
Allohning Qur’ondagi matematik mo‘jizalari


Qur’onda so‘zlar takroriyligi
Qur’onda raqamli hisoblar (Abjad hisobi)
Qur’onda 19 mo‘jizasi

BESHINCHI KITOB:
Qur’onning adabiy jihatdan mukammalligi


Qur’onning taqlid etilmasligi
Turli olimlarning Qur’on haqida bildirgan fikrlari

XOTIMA:
Qur’on Allohning vahiysidir

ILOVA:
Evolyutsiya nazariyasining yanglish ekanligi
« So'nggi tahrir: 19 Yanvar 2012, 14:46:36 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: ALLOHNING QUR’ONDAGI MO’JIZALARI. Horun Yahyo
« Javob #1 : 14 Yanvar 2009, 01:20:24 »
  :bs1:

Bismillahir rohmanir rohim

Albatta bu (Qur’on) olamlar Parvardigorining nozil qilgan (kitob)idir. («Shuaro» surasi, 192-oyat)


NASHRIYOTDAN

«Allohning Qur’ondagi mo‘‘jizalari» deb nomlangan ushbu kitob 14 asr muqaddam nozil bo‘lgan oyatlarda zikr qilingan noyob ilmiy dalillar, bir qator tarixiy hodisalar haqidagi ma’lumotlarning faqat bugunga kelibgina fan-texnika taraqqiyoti tufayli kashf qilinib, o‘rganib chiqilayotganligi haqida hikoya qiladi.
Noshir sifatida xalqimizga ilm, ziyo, ma’rifat ulashishdek xayrli ishga qo‘l urar ekanmiz, biz ushbu kitobni o‘quvchilarimizga yetkazishni va ularni Qur’on hikmatlaridan oz bo‘lsa-da bahramand qilishni lozim deb bildik. Inglizchadan qilingan mazkur tarjimada imkoni boricha muallifning matnini so‘zma-so‘z yoritishga harakat qilindi. Albatta, ushbu tarjima ayrim kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi tabiiy. Tarjima haqida bildirilgan fikr-mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz.
Tarjima jarayonida Qur’oni Karimga oid bo‘lgan oyatlar quyidagi manbalardan olindi:
1) Qur’oni Karim: ma’nolarining tarjima va tafsiri, Abdulaziz Mansur. «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2004 y.
2) Qur’oni Karim: o‘zbekcha izohli tarjima, Alouddin Mansur. «Cho‘lpon» nashriyoti, 1992 yil.
3) Koran: perevod smislov i kommentarii, Valeriya Poroxova. Al Furqon ma’rifat markazi, Damashq - Moskva, 1995 y.
4) The Nobel Qur’an: a New Rendering of its Meaning in English,  Hajj Abdalhaqq an Aisha Bewley. Bookwork nashriyoti, Norij, Buyuk Britaniya. 1420 SYe/ 1999 AN.
   
Qo‘llanilgan qisqartmalar:
(s.a.v. - sollallohu alayhi va sallam): Unga Allohning saloti va salomi bo‘lsin (Muhammad Payg‘ambarning ismidan keyin qo‘llaniladi)
(a.s. - alayhissalom): Unga Allohning salomi bo‘lsin (barcha payg‘ambarlarning ismlaridan keyin qo‘llaniladi)
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: ALLOHNING QUR’ONDAGI MO’JIZALARI. Horun Yahyo
« Javob #2 : 14 Yanvar 2009, 01:21:32 »
MUHTARAM O’QUVCHIGA

Mazkur kitobning maxsus bir bobi evolyutsiya nazariyasining barbod bo‘lishiga bag‘ishlangan, chunki bu nazariya barcha dinlarga qarshi dahriy falsafalar asosida tuzilgan. Darvinizm olamning yaratilganligini, shu jumladan, Allohning mavjudligini inkor qilishi bois, u keyingi 140 yil mobaynida ko‘plab insonlarning o‘z dinidan voz kechishiga yoki shubha ostida qolishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun bu nazariyaning yolg‘on ekanligini isbotlash qat’iy xizmat hamda juda muhim burchdir. Biz kitobning bitta bobida bu mavzuni qisqacha yoritishni maqsadga muvofiq deb bilamiz.
Muallifning barcha kitoblari Qur’on oyatlari asosida diniy masalalarni tushuntiradi va o‘quvchilarni Allohning kalomini o‘rganish hamda unga tayanib yashashga undaydi. Kitoblarda Allohning oyatlariga taalluqli barcha mavzular shunday tushuntirilganki, o‘quvchilarning ongida gumon yoki savollarga o‘rin qoldirmaydi. Ular samimiy, sodda va ravon uslubda yoritilgan bo‘lib, har qanday yosh yoki har qanday ijtimoiy guruhdagi insonlar tomonidan osonlik bilan idrok etiladi. Shuning uchun ularni bir o‘tirishda o‘qib qo‘yish ehtimoldan xoli emas. Hatto dinni pisand qilmay uni rad etuvchilar ham bu kitoblardagi hujjatlarda ifodalangan dalillardan ta’sirlanadilar va ularning mazmunida yotgan haqiqatni inkor eta olmaydilar.
Muallifning bu va barcha boshqa kitoblari yakka o‘qilishi yoki davralarda muhokama qilinishi mumkin. Bu kitoblardan oziq olishga intiluvchi o‘quvchilar uchun muhokamalar juda foydali, chunki bu muhokamalarda ular o‘z taassurotlari va tajribalarini boshqalar bilan o‘rtoqlashish imkoniga ega bo‘ladilar.
Jumladan, yolg‘iz Alloh yo‘lida yozilgan bu kitoblarni nashr qilish va ularning o‘qilishiga hissa qo‘shish Islom dini uchun ko‘rsatilgan buyuk xizmatdir. Muallifning barcha kitoblari o‘ta ishonchli. Shu bois, boshqalarga haqiqiy din haqida tushuncha berishda eng samarali uslublardan biri bu kitoblarni o‘qishga ularni ruhlantirishdir.
Boshqa kitoblarga nisbatan bu kitoblarda Siz muallifning shaxsiy qarashlariga, ishonchsiz manbalarga asoslangan tushuntirishlarga, ilohiy mavzularni hurmatlash va ulug‘lash maqsadida kuzatishlarsiz qo‘llangan uslublarga, shu bilan birga, kishi ongida va qalbida shubha uyg‘otadigan foydasiz yoki tushkunlikka solib qo‘yuvchi dalillarga duch kelishdan yiroqsiz.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: ALLOHNING QUR’ONDAGI MO’JIZALARI. Horun Yahyo
« Javob #3 : 14 Yanvar 2009, 01:25:50 »
MUALLIF HAQIDA


Horun Yahyo taxallusi ostida ijod qiluvchi muallif 1956 yilda Anqarada tavallud topdi. Anqarada boshlang‘ich va umumta’lim maktablarini bitirgach, u Istanbul Me’mor Sinon universitetida nafis san’at va Istanbul universitetida falsafa yo‘nalishida tahsil oldi. 1980 yildan buyon u ko‘plab siyosiy, ilmiy va diniy nashrlarni chop etgan. Horun Yahyo evolyutsionerlarning soxtaligini, ularning behuda da’volarini, darvinizm va fashizm hamda kommunizm deb atalmish illatli g‘oyalar o‘rtasidagi mash’um rishtalarni fosh qiluvchi muhim asarlar muallifi sifatida ma’lum va mashhurdir.
Muallifning taxallusi o‘z qavmining dinsizligiga qarshi kurashgan ikki aziz Payg‘ambar - Horun va Yahyo ismlaridan tuzilgan bo‘lib, uning kitoblari muqovasidagi Muhammad Payg‘ambar (s.a.v.)ning muhri ramziydir va u kitoblarning mazmuniga bog‘langandir. Bu muhr oxirgi Muqaddas Kitob bo‘lgan Qur’on va Payg‘ambarlarning eng oxirgisi Muhammad (s.a.v.) degan ma’noni anglatadi. Muallif Qur’onning yo‘riqlari va sunnat amallari (Payg‘ambar (s.a.v.) ning hadislari) ostida Allohni inkor etuvchi g‘oyaviy aqidalarning har biri asossiz ekanligini tubdan isbotlash va eng so‘nggi yangiliklar bilan xulosalash, shuningdek, dinga qarshi ko‘tarilgan e’tirozlarga batamom barham berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. U yuksak donolik va ma’naviy barkamollikka erishgan oxirgi Payg‘ambar (s.a.v.) ning muhridan eng so‘nggi yangiliklarni e’tiborga havola etish maqsadida, o‘z ko‘ngliga tugib qo‘ygan niyatining ramzi sifatida foydalanadi.
Horun Yahyoning barcha asarlari bitta ezgu maqsad sari, ya’ni Qur’onning xabarlarini yetkazish, Allohning mavjudligi, uning yagonaligi va o‘limdan keyingi hayot kabi asosiy diniy masalalarni mulohaza qilishga o‘quvchilarni ruhlantirish va Xudosiz tuzumlarning zaif asoslari hamda noto‘g‘ri g‘oyalarini fosh qilishga qaratilgan. Horun Yahyo Hindistondan tortib Amerikagacha, Angliyadan tortib Indoneziyagacha, Polshadan tortib Bos niyagacha va Ispaniyadan tortib Braziliyagacha keng kitobxonlar ommasiga ega. Uning ba’zi kitoblari ingliz, frantsuz, nemis, ispan, italyan, portugal, urdu, arab, alban, rus, serb, polyak, malayi, uyg‘ur va indonez tillariga tarjima qilingan.
Butun dunyoda juda qadrlanib kelinayotgan bu kitoblar ko‘plab insonlarni Allohga imon keltirishga va yana ko‘plarga esa o‘z dinlariga chuqurroq, qalban nazar tashlapglariga yordam beruvchi manba vazifasini o‘tab kelmokda. Uning kitoblaridagi donolik va samimiyat hamda tushunishga oson va aniq uslub har qanday kishiga bevosita ta’sir qiladi. Bu kitoblar ustida jiddiyroq mulohaza yuritgan shaxs dahriylik yoki boshqa bir noto‘g‘ri goya, yoki materialistik falsafani ortiqcha olg‘a sura olmaydi, chunki bu kitoblar o‘zining tez ta’sirchanligi, aniq natijalari va inkor qilib bo‘lmaydigan dalillari bilan xarakterlidir. Hatto shunda ham bu shaxs o‘z tutgan yo‘lida davom etsa, bu bor-yo‘g‘i uning o‘z qarashlarini o‘jarlik bilan o‘zgartirmasligidan dalolatdir, chunki bu kitoblar soxta goyalarni butunlay rad etadi. Dinni inkor etuvchi barcha zamonaviy harakatlar hozirgi kunda Horun Yahyo tomonidan yozilgan kitoblar sharafi bilan goyaviy jihatdan bartaraf etildi.
Bu, shubhasiz, Qur’ondagi donolik va zukkolik natijasidandir. Muallifning kamtarona niyati Allohning haq yo‘lida insoniyatning izlanish vositasi sifatida xizmat qilishdir. Bu kitoblarni nashr qilishdan u biror moddiy manfaat ko‘zlagani yo‘q.
Shu asnoda, insonlar ongida chalkashliklarni yuzaga keltiradigan, ularni goyaviy tartibsizliklarga boshlaydigan, shu bilan birga, odamlar qalbidagi shubha-gumonlarga barham berolmaydigan, zaif va aniq ta’sir kuchiga ega bo‘lmagan boshqa kitoblarni targib qilish behuda vaqt hamda kuch sarflashdan boshqa narsa emas. Horun Yahyo qalamiga mansub kitoblar esa aksincha. Bunga gumon ko‘zi bilan qarovchilar Horun Yahyo yozgan kitoblardagi yagona maqsad - ishonchsizlikni bartaraf qilish va Qur’onning ma’naviy qadriyatlarini yoyish ekanligini birdan fahmlab olishi tabiiy. Bu xizmatning yutugi va nufuzi o‘quvchining e’tiqodida yaqqol aks etadi.
Shu narsani doim yodda tutmoq lozim: ko‘pchilik odamlar tomonidan to‘xtovsiz davom ettirilayotgan jabr, zulm, shafqatsizlik, ixtilof va boshqa ogir musibatlarning bosh sababi dahriylikning keng g‘oyaviy yoyilganligidadir. Bu jaholat faqat dahriylikni goyaviy jihatdan barbod qilish va olam ajoyibotlari hamda Qur’on o‘gitlarini insonlar ongiga singdirish, ularni bu fazilatlar bilan yashashga undash orqaligina tugatilishi mumkin. Zo‘ravonlik, fahsh va nizolar chuqur ildiz otib borayotgan bu dunyoning bugungi holatini nazarda tutgan holda, albatta, bu xizmat zudlik hamda samaradorlik bilan ko‘rsatilishi darkor, aks holda ancha kech bo‘lishi mumkin.
Horun Yahyoning kitoblari yuqorida qayd etilgan ezgu niyatlar yo‘lida xizmat qiladi. Allohning xohish-irodasiga ko‘ra, bu kitoblar XXI asr insonlarining Qur’oni Karimda va’da qilingan tinchlik, adolat va baxt-saodatga erishuvida yordam beradi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: ALLOHNING QUR’ONDAGI MO’JIZALARI. Horun Yahyo
« Javob #4 : 14 Yanvar 2009, 01:27:20 »
SO’ZBOSHI

O’n to‘rt asr muqaddam Alloh Qur’onni nozil qildi. Ezgulikka boshlovchi va donolik timsoli bo‘lgan bu kitob insoniyatni haqiqatga chorlaydi va ushbu salohiyatli vahiy o‘z ichiga olgan qadriyatlarga sodiq qolishga yo‘naltiradi. Nozil bo‘lgan kunidan boshlab Oxirat kunigacha bu oxirgi muqaddas kitob insoniyat uchun yagona yo‘riqnoma bo‘lib qoladi. Allohning kitobi «Holbuki, u (Qur’on barcha) olamlar uchun eslatmadir» («Qalam» surasi, 52- oyat) deb xabar qiladi.
Qur’on vahiy qilinganidan buyon barcha insonlarga har qanday vaqtda osonlik bilan tushuniladigan til va ifodaga ega bo‘lib kelgan. Alloh bu uslub haqida Qur’onda shunday karomat qiladi: «Biz Qur’onni zikr (eslatma) uchun oson qilib qo‘ydik ...» («Qamar» surasi, 22-oyat)
Qur’onning adabiy tilidagi mukammallik, uning uslubiy beqiyos xususiyatlari va undagi buyuk donolik bu kitob Parvardigorning kalomi ekanligidan dalolat beruvchi dalillardan biridir.
Jumladan, Qur’on juda ko‘p mo‘‘jizalarni o‘z ichiga olganki, u Allohning so‘zi ekanligini isbotlaydi. Bunday sifatlardan biri undagi ko‘pdan-ko‘p ilmiy haqiqatlardir. O’n to‘rt asr ilgari Paygambarimiz Muhammad (s.a.v.) ga vahiy qilingan bu kitobda son-sanoqsiz ilmiy va falsafiy ma’lumotlardan namunalar keltirilganki, insoniyat ularni XX va XXI asr texnologiyalari orqaligina kashf qilmoqda.
Albatta, biz Qur’onga faqat ilmiy bir kitob sifatida nazar tashlamasligimiz  kerak, chunki u, birinchi navbatda, ma’naviy va diniy yo‘riqnoma hisoblanadi. Ammo Qur’on oyatlarida juda ham aniq va teran ifoda etilgan ko‘plab ilmiy dalillar faqat XX va XXI asrda erishilgan texnologik yutuqlar yordami bilangina olimlar tomonidan kashf qilindi. Bularga qo‘shimcha kashfiyotlar har kuni qilinmoqda. Oddiygina qilib aytadigan bo‘lsak, ayni paytda o‘quvchiga uqtirilayotgan bu dalillarni Qur’on nozil qilingan paytda bilib olishning imkoni yo‘q edi va bu uning Allohning kalomi ekanligini yanada ko‘proq isbotlaydi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: ALLOHNING QUR’ONDAGI MO’JIZALARI. Horun Yahyo
« Javob #5 : 14 Yanvar 2009, 01:28:16 »
Qur’on o‘z ichiga olgan ilmiy mo‘‘jizalarni tushunish uchun biz, avvalo, bu muqaddas kitob vahiy qilingan paytda mavjud bo‘lgan ilmiy bilimlar darajasiga nazar tashlashimiz kerak bo‘ladi. Kimdir Qur’onning qanday mazmunda vahiy qilinganini tushunsa, yana kimdir Islom kitobi aslida qanday gayritabiiy kitob ekanligini aniqroq fahmlaydi. VII asrda, bu ilohiy oyatlar nozil qilingan paytda, Arab qavmlari ko‘plab xurofiy va asossiz tushunchalar bilan to‘lib-toshgan edi. Falak va tabiatni tekshirish uchun texnikaga ega bo‘lmagan bu arablar o‘z ajdodlaridan meros bo‘lib qolgan va isbotlanmagan to‘qima rivoyatlarga ishonishar va bu rivoyatlarga savol nazari bilan qarashmas edi. Misol uchun, boshlari uzra turgan osmonni tog‘lar suyab turadi, deb faraz qilar edilar. Ular Yerni yassi va tog‘lar osmon gumbazini bizdan juda balandda tutib turuvchi ustunlar vazifasini bajaradi deb ishonardilar.
Mana shunday afsona va uydirmalar muhitida Qur’on nozil bo‘ldi. U jaholat o‘rnini ziyo bilan, mantiqsiz farazlar o‘rnini esa yo‘l-yo‘riq va shak-shubhasiz dalillar bilan to‘ldirdi. Qur’on oyatlaridan birida «Alloh osmonlarni, ko‘rib turganingizdek, ustunsiz ko‘tarib qo‘ygan ...» («Ra’d» surasi, 2-oyat) deb xabar beriladi.
Bu oyat tog‘lar suyab turgani uchun osmon balandda turadi, degan aqidani barbod qildi. Qur’on insoniyat tarixining muayyan nuqtasida, hali hech bir insonga ma’lum bo‘lishi dargumon bo‘lgan paytda vahiy qilingan bo‘lib, muhim dalillar bilan to‘la. Astronomiya, fizika yoki biologiyaga oid holat va o‘zgarishlar haqida odamlar juda kam bilimga ega bo‘lgan paytda nozil qilingan Qur’on turli mavzularda shunday asosiy dalillarni o‘z ichiga olganki, bularning barchasi uning Alloh - Olamlar Parvardigori tomonidan vahiy qilinganligidan dalolat beradi. Qur’onda tushuntirilgan va e’tiborga olingan ba’zi mavzular quyidagichadir: koinotning yaratilishi, insonning kichik bir homiladan yaralib to katta odam bo‘lgunicha o‘sib-ulg‘ayishi va mo‘‘jizakorona rivojlanishi, biz yashaydigan atmosferaning tuzilishi va Yerda hayotning mavjudligini ta’minlab turuvchi nafis muvozanat. Bu masalalarning ba’zilarini to‘liqroq tushunib olish uchun, keling, birgalikda Qur’onda vahiy qilingan bu ilmiy mo‘‘jizalardan ba’zilariga nazar tashlaylik.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: ALLOHNING QUR’ONDAGI MO’JIZALARI. Horun Yahyo
« Javob #6 : 14 Yanvar 2009, 01:30:11 »
BIRINCHI KITOB

ALLOHNING QUR’ONDAGI ILMIY MO’JIZALARI


KOINOTNING YARATILISHI

XX asrning o‘rtalarigacha koinot cheksiz, u doim mavjud bo‘lgan va abadiy shunday bo‘lib qoladi, degan qarash jahon miqyosida keng yoyilgan edi. «Turg‘un koinot modeli» sifatida ma’lum bo‘lgan bu qarashga ko‘ra, koinotning na avvali va na oxiri bor edi.
Koinotning qo‘zg‘almas, turg‘un va o‘zgarmas moddalar yig‘indisi ekanligini ta’kidlaydigan bu qarash materialistik falsafa asoslarini tashkil etdi va pirovardida, Yaratganning mavjudligini inkor qildi. Biroq XX asr mobaynida, fan va texnika rivojlanib borishi natijasida turg‘un koinot modeli butunlay tag-tomiri bilan sug‘urib tashlandi.
Biz mana XXI asrga qadam qo‘ydik va bizning toleimizga yangi tong otdi. Dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan ayrim mutafakkirlari tomonidan o‘tkazilgan sanoqsiz tajribalar, kuzatuvlar va hisob-kitoblar orqali zamonaviy fizika koinotning chindan ham avvali bo‘lganligini, uning juda katta portlash natijasida, bir zumda vujudga kelganini isbotlab berdi. Bundan tashqari, materialistlar hanuz qat’iy qo‘llab-quvvatlaydigan, ya’ni koinotning qo‘zg‘almas va turg‘un ekanligi noto‘g‘ri, aksincha, unda doimiy harakat, o‘zgarish va kengayish jarayoni kechayotganligi ham aniqlandi. Yaqinda isbotlangan bu dalillarning barchasi turg‘un koinot nazariyasiga yakun yasadi va ular ilmiy jamiyat tomonidan yalpi qabul qilindi. Koinotning kelib chiqishi Qur’onda shunday tasvirlangan:
«(U) osmonlar va Yerning ixtirochisidir». («An’om» surasi, 101-oyat)
Bu xabar zamonaviy olimlarning kashfiyotlari bilan to‘liq mos keladi. Biz oldinroq aytib o‘tganimizdek, bugungi kunda astrofizika xulosa qilgan narsa shu bo‘ldiki, butun koinot, materiya va vaqt o‘lchovlari bilan birgalikda, juda uzoq vaqt oldin ro‘y bergan katta portlash natijasida vujudga kelgan. «Katta portlash» nomi bilan ma’lum bu hodisa, koinotning yo‘qlikdan yaralishi uchun katalizatordir. Bu portlash (buni ilmiy jamiyatlar ham tasdiqlaydi) taxminan 15 milliard yil oldin bitta yolg‘iz nuqtadan kelib chiqqan. (Qarang: Horun Yahyo. The Creation of The Universe (Koinotning yaratilishi). Al-Attique Publishers Inc. Kanada, 2000)


1992 yilda NASA (Milliy Aeronavtika va Fazo Boshqarmasi) tomonidan uchirilgan KOBE sun’iy yo‘ldoshining bortida joylashtirilgan sezgir sensorlar Katta portlashdan darak beruvchi qoldiqlar tasvirini oldi. Bu kashfiyot Katta portlashning tasdig‘i sifatida xizmat qildi hamda koinotning yo‘klikdan yaratilganligini ilmiy jihatdan isbotlab berdi.

Katta portlashdan oldin, materiya degan narsaning o‘zi yo‘q edi. Na materiya, na energiya va na vaqt mavjud bo‘lgan yo‘qlik holatidan, faqat metafizik jihatdan tasvirlash mumkin bo‘lgan materiya, energiya va vaqtlarning barchasi bir zumda yaratildi. Faqat yaqindagina zamonaviy fizika orqali kashf qilingan bu dalil Qur’onda biz uchun 1400 yil ilgari xabar berilgan edi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: ALLOHNING QUR’ONDAGI MO’JIZALARI. Horun Yahyo
« Javob #7 : 14 Yanvar 2009, 01:30:49 »
KENGAYIB BORAYOTGAN KOINOT

14 asr ilgari, astronomiya fani hali ibtidoiy bo‘lgan paytda nozil bo‘lgan Qur’onda koinotning kengayishi quyidagi oyatda tasvirlab berilgan edi:
«Biz osmonni kuch-qudrat ila barpo etdik va darhaqiqat, Biz uni muttasil kengaytirib boruvchidirmiz.» («Zoriyot» surasi, 47- oyat)
Yuqorida berilgan «osmon» so‘zi Qur’onning turli joylarida qo‘llangan. U fazoga va kengroq koinotga nisbatan ishlatiladi. Bu yerda ham bu so‘z shu ma’noda ishlatilgan va u koinotning «kengayishi»dan darak bermoqda. Arabchadagi «innaa lamusi’una» jumlasi o‘zbekchaga «Biz uni muttasil kengaytirib boruvchidirmiz» deb tarjima qilinadi. «Lamusi’una» jumlasidan olingan «musi’una» so‘zi «avsa’a» fe’lidan kelib chiqqan bo‘lib, «kengaytirmoq» ma’nosini anglatadi. Old qo‘shimchasi bo‘lgan «la» o‘zidan keyin kelayotgan ism yoki nomga urg‘u beradi va «katta darajada» degan ma’noni qo‘shadi. Demak, bu ibora «Biz osmonni yoki koinotni katta darajada kengaytiramiz», degan ma’noni anglatadi. Bu - bugungi kun fani kilgan xulosaning o‘zginasidir.1
XX asrning boshlarigacha ilm-fan olamida «Koinot o‘zgarmas tabiatli va u cheksiz vaqtdan buyon mavjuddir» degan yagona qarash keng tarqalgan edi. Ammo zamonaviy texnologiyalar vositasida amalga oshirilgan tadqiqotlar, kuzatishlar va hisob-kitoblar koinotning ibtidosi aslida bo‘lganligi va uning muttasil «kengayib» borishini isbotlab berdi.
XX asr boshlarida rus fizigi Aleksandr Fridman va belgiyalik kosmolog Jorj Lemetr koinotning doimiy harakatdaligi va uning kengayib borayotganligini nazariy jihatdan hisoblab chiqdilar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: ALLOHNING QUR’ONDAGI MO’JIZALARI. Horun Yahyo
« Javob #8 : 14 Yanvar 2009, 01:31:51 »
1929 yil bu tushuncha kuzatuv natijasida olingan ma’lumotlar orqali tasdiqlandi. Amerikalik astronom Edvin Xabbl, osmonni teleskop bilan kuzatayotib, yulduzlar va galaktikalar bir-biridan to‘xtovsiz uzoqlashib ketayotganligini kashf qildi. Bu kashfiyot astronomiya tarixida eng buyuk kashfiyotlardan biri hisoblanadi. Kuzatuvlar mobaynida Edvin Xabbl yulduzlarning yorug‘lik chiqarishini va bu yorug‘lik ularning masofasiga ko‘ra qizg‘ish tus olishini aniqladi. Ma’lum fizik qonunlarga ko‘ra, agar yorug‘lik kuzatuv marrasi tomon yaqinlashib borsa, u binafsha rangga kiradi, agar yorug‘lik kuzatuv marrasidan uzoqlashib borsa, u ko‘proq qizg‘ish tus ola boradi. O’z kuzatuvlari davomida E. Xabbl yulduzlardan chiqayotgan yorug‘liklar qizil rangga tomon o‘zgarib borayotganligiga guvoh bo‘ldi. Qisqasi, uning kuzatuvlarida yulduzlar muttasil uzoq-uzoqlarga qarab harakat qilardi. Yulduzlar va galaktikalar nafaqat bizdan, balki bir-biridan ham uzoqlashib borardi. Koinotda har bir narsaning boshqa har bir narsadan doimiy ravishda uzoqlashib borishi koinotning muttasil kengayib borayotganligidan darak berardi. Keyingi yillarda olib borilgan kuzatuvlar koinotning to‘xtovsiz kengayib borayotganligini tasdiqladi.
Bu haqda aniqroq tushuncha hosil qilish uchun koinotni havo bilan shishirilayotgan pufakning yuzasi deb tasavvur qilaylik. Pufak qanchalik shishirilsa, uning yuzasidagi nuqtalar shunchalik bir-biridan yiroqlasha boradi. Xuddi shu yo‘sinda osmon jismlari ham koinot kengaygan sari bir-biridan uzoqlasha boradi. Bu kashfiyot XX asrning eng buyuk olimi sanalmish Albert Eynshteyn tomonidan nazariy jihatdan kashf qilingan edi. Ammo o‘sha paytda umum tomonidan qabul qilingan «turg‘un koinot modeli»ni toptashdan qochib, Eynshteyn bu kashfiyotni bir chetga surib qo‘ydi. Keyinroq, u o‘zining bu qilmishini hayotidagi eng ahmoqona xato deb ta’riflaydi.2
Qur’onda bu dalil hali teleskoplar va shunga o‘xshash fan-texnika ixtirolari xayolga ham kelmagan bir paytda tushuntirib berilgan edi. Chunki Qur’on haqiqatda butun samolar Sarvari va Hukmdori - Allohning kalomidir.



Katta portlash vaqtidan buyon koinot katta tezlikda doimiy kengayib bormoqda. Olimlar kengayib borayotgan koinotni shishirilgan pufak yuzasiga taqqoslashadi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: ALLOHNING QUR’ONDAGI MO’JIZALARI. Horun Yahyo
« Javob #9 : 14 Yanvar 2009, 01:33:28 »
KOINOTNING YAKUN TOPISHI VA HALOKATLI SIQILISH

Biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, koinotning yaratilishi qattiq portlash bilan boshlangan edi. Mana shu paytdan boshlab koinot to‘xtovsiz kengayib bormoqda. Olimlarning aytishicha, koinotning massasi kerakli darajaga yetib borganda bu kengayish koinotning o‘z-o‘zidan yig‘ilishiga sabab bo‘luvchi tortishish kuchi tufayli yakun topadi.3
Shuningdek, qisqarayotgan koinot juda o‘tkir issiqlikda nihoyaga yetadi, deb ham faraz qilinadi va bu qisqarish «halokatli sikilish» nomi bilan ma’lum. Bu biz bilgan barcha turdagi hayot shakllariga yakun yasaydi. Stanford universitetining fizik professorlari Renata Kallosh va Andrey Lind shu mavzuda quyidagicha xulosa qilganlar:
Koinotning taqdiri yig‘ilib kelish va g‘oyib bo‘lish bilan tugashi mumkin. Biz hozir ko‘rib turgan va uzoq masofalardagi biz ko‘ra olmaydigan barcha narsalar proton zarrasidan ham kichik bo‘lgan nuqtaga yig‘ilib keladi. O’sha joyda siz o‘zingizni xuddi «qora tuynuk«ka tushib qolgandek his qilasiz... Agar qora kuchni tasvirlashga bir oz harakat kiladigan bo‘lsak, biz shuni anikdadikki, u asta-sekin salbiy (manfiy) bo‘la boradi, bu esa koinotning beqaror bo‘lishi, so‘ng inkirozga yuz tutishiga sabab bo‘ladi ... Fiziklar qora kuchning salbiy bo‘lishini va koinotning juda yaqin kelajakdagi bir paytda inqirozga yuz tutishini bilib kelishgan... lekin biz endi shunga aminmizki, biz koinot hayot davrining boshida emas, balkio‘rtasidamiz.4
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: ALLOHNING QUR’ONDAGI MO’JIZALARI. Horun Yahyo
« Javob #10 : 14 Yanvar 2009, 01:35:29 »
Halokatli siqilish haqidagi bu ilmiy gipoteza Qur’onda qanday ta’riflanganini quyidagi oyatdan bilib olasiz:
U kunda Biz osmonni xuddi maktub yozilgan sahifani o‘ragan kabi o‘rab, birinchi marta qanday yaratgan bo‘lsak, (o‘sha yaxlit holiga) qaytarurmiz. (Bu) Bizning zimmamizdagi va’dadir. Albatta, Biz (shunday) qiluvchidirmiz. («Anbiyo» surasi, 104-oyat)
Boshqa bir oyatda, falak haqidagi bu holat shunday tasvirlanadi:
Ular Allohni haqqoniy (ravishda) qadrlamadilar (tanimadilar). Butun Yer qiyomat kunida Uning bir tutamidir. Osmonlar esa, Uning «qo‘li»ga yig‘iluvchidir. U ularning keltirayotgan shirklaridan pok va yuksakdir! («Zumar» surasi, 67- oyat)
Halokatli siqilish nazariyasiga ko‘ra, koinot sekinlik bilan yig‘ila boradi va so‘ng bu juda tezlashib ketadi. Bu jarayonning oxirida koinot cheksiz zichlikka erishadi va o‘ta issiq hamda kichik bo‘lib qoladi. Bu ilmiy nazariya, Qur’onning shu ilmiy g‘oyani tushuntirishi bilan barobardir. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)



Halokatli siqilish nazariyasi shu narsani ta’kidlaydiki, Katta portlash bilan kengayishi boshlangan koinot o‘z-o‘zidan katta tezlikda yig‘iladi. Bu nazariyaga ko‘ra, koinotning bunday yig‘ilishi koinot o‘zining bor massasini yo‘qotguncha va cheksiz zichlikdagi bitta nuqtaga aylanib qolguncha davom etadi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: ALLOHNING QUR’ONDAGI MO’JIZALARI. Horun Yahyo
« Javob #11 : 14 Yanvar 2009, 01:38:05 »
ISSIQ TUTUNDAN YARALISH

Bugungi kunda olimlar yulduzlarning issiq gaz bulutlardan paydo bo‘lishini kuzata oldilar. Gazning issiq massasidan yaralish hodisasi koinotning yaratilishiga ham taalluqlidir. Qur’onda tasvirlanganidek, koinotning yaratilishi, bu ilmiy kashfiyotni quyidagi oyatda tasdiqlaydi:
U (Yerning) ustida to‘la to‘rt kunda tog‘larni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda o‘sha (er)da uning yemishlarini belgiladi (taqsimladi). (Bu tafsilot Yeru osmonlar haqida) so‘rovchilarga mosdir. So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni (yaratishni) qasd etib, unga va Yerga: «(Farmonimga) ixtiyoriy yoki majburiy holda kelingiz!» - degan edi, ular: «O’z ixtiyorimiz bilan keldik», - dedilar. («Fussilat» surasi, 10-11- oyatlar)
Bu yerda «osmon» deb tarjima qilingan arabcha so‘z «samaa» butun koinotga nisbatan ishlatilgan. «Tutun» deb tarjima qilingan «duxaanun» so‘zi esa koinotning o‘z shaklini olishidan oldingi materiya, ya’ni koinotning yaratilishi davomida mavjud bo‘lgan issiq, kosmik tutunni tasvirlaydi va bu hozirgi kun olimlari tomonidan o‘z tasdig‘ini topgan.5 Qur’ondagi bu so‘z, shu tutunning issiq jismli gaz ekanligini va uning qattiq moddaga bog‘langan harakatlanuvchan zarralarni o‘z ichiga olishini ma’no jihatdan aniq ifodalaydi. Bu yerda koinot paydo bo‘lishining mana shu bosqichini tasvirlab berish uchun Qur’on arab tilidagi eng maqbul, mos so‘zni qabul qilgan. Olimlar koinotning tutun shaklidagi issiq gazdan paydo bo‘lganligini faqatgina XX asrga kelib kashf qilganligini qayd qilib o‘taylik.
Bundan tashqari, «So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni (yaratishni) qasd etib» jumlasidagi «so‘ngra» deb tarjima qilingan «summa» so‘zi «shu asnoda, bundan tashqari, shuningdek, qo‘shimcha ravishda (tarzda), yana, tag‘in, yana bir bor» kabi ma’nolarni ham o‘z ichiga oladi. Bu yerda «summa» so‘zi vaqt ifodasi sifatida emas, balki qo‘shimcha tushuntirish sifatida ishlatilgan.6
Koinotning yaratilishi haqida Qur’onda bunday ma’lumotning berilganligi, Qur’on mo‘‘jizakorligining shubhasiz dalilidir.

Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: ALLOHNING QUR’ONDAGI MO’JIZALARI. Horun Yahyo
« Javob #12 : 14 Yanvar 2009, 01:38:39 »
OSMONLAR VA YERNING AJRALISHI

Osmonlarning yaratilishi to‘g‘risida bir oyatda quyidagicha xabar beriladi:
Kofir bo‘lganlar osmonlar ham, Yer ham (avvalda) yaxlit bo‘lganini, bas, Biz ularni yorib yuborganimizni va barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko‘rmadilarmi?! Endi ham imon keltirmaydilarmi?! («Anbiyo» surasi, 30- oyat)
«Yaxlit» deb tarjima qilingan «ratq» so‘zi arablarning ona tilida «bir-biriga aralashgan, qorishgan» degan ma’noni anglatadi. U umumiy bir butunni tashkil etuvchi ikki turli moddaga nisbatan qo‘llaniladi. «Biz yorib yuborganmiz» jumlasi esa arabchadagi «fataqa» fe’lidir va u ajralish yoki bir-biriga boglovchi narsalar tuzilmasini buzish orqali biror narsaning vujudga kelishini nazarda tutadi. Tuproqdan urugning unib chiqishi ham bu fe’lning ma’no doirasidagi harakatlardan biridir.
Keling, yana bir bor yuqoridagi oyatga nazar tashlaymiz. Oyatda osmon va yer avvalo «ratq» holatida turibdi. Ularning biri boshqasidan chiqib, ular ajratiladi (fataqa). Qizigi shundaki, agar biz Katta portlashning dastlabki holatini ko‘z oldimizga keltirsak, biz koinotning jamiki materiyasi bitta nuqtaga jamlanganini ko‘ramiz. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, hamma narsa, shuningdek, hali yaratilmagan «osmonlar va yer» ham bir-biriga o‘ralib ketgan va ajralmas holatda edi. So‘ngra bu nuqta juda qattiq portladi va o‘z materiyasining qismlarga ajralib ketishiga sabab bo‘ldi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: ALLOHNING QUR’ONDAGI MO’JIZALARI. Horun Yahyo
« Javob #13 : 14 Yanvar 2009, 01:39:35 »
OSMONLAR VA YER O’RTASIDAGI NARSALARNING YARATILISHI

Qur’onda Yer, osmonlar va ularning o‘rtasidagi narsalarning yaratilishiga oid ko‘plab oyatlar mavjud:

(Biz) osmonlar va Yerni hamda ularning o‘rtasidagi narsalarni faqat haq (hikmat) bilan yaratdik. Qiyomat ham, shaksiz, keluvchidir. Bas, (shunday ekan, johillarning aziyatlariga sabr qiling va ularni) chiroyli yuz o‘girish bilan tark eting! («Hijr» surasi, 85- oyat)

Osmonlardagi, Yerdagi va ularning orasidagi hamda zamin ostidagi bor narsa Unikidir. («Toho» surasi, 6- oyat)

Biz osmon va Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni (shunchaki) o‘inab (behuda) yaratganimiz yo‘q. («Anbiyo» surasi, 16- oyat)

Olimlarning aniqlashicha, avvalo, issiq gaz massasining zichligi ortib ketgan. Bu massa keyinroq galaktik materiya va yanada keyinroq yulduz va sayyoralar hosil qiluvchi kichikroq qismlarga bo‘linib ketgan. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, Yer va uning atrofidagi yulduzlarning barchasi yaxlit gazli jismdan ajralib chiqqan qismlardir. Mana shu qismlardan ba’zilari quyosh va sayyoralarni hosil qildi, shu taxlitda, ko‘plab quyoshli sistemalar hamda galaktikalar paydo bo‘ldi. Mazkur kitobning oldingi mavzularida yoritib berganimizdek, koinot avvalo «ratq» (birlashgan, qo‘shilgan, o‘zaro bog‘langan) holatda edi, so‘ng «fataqa» (qismlarga ajratilgan) holatga keldi. Qur’onda koinotning paydo bo‘lishi juda mos so‘zlar bilan va shunday usulda tasvirlanganki, ularni ilmiy asoslar ham tasdiqlaydi.7
Har bir bo‘linish arafasida, samoda shakllanayotgan yangi, asosiy jismlar tashqarisida bir qancha zarralar qolgan. Bu ortiqcha zarralar «yulduzlararo galaktik materiyalar» degan ilmiy nom olgan. Yulduzlararo materiya 60% vodorod, 38% geliy va 2% boshqa elementlardan iborat. Yulduzlararo materiyaning 99% i yulduzlararo gazdan, 1% i esa yulduzlararo changdan iborat. Bu chang juda kichik - diametri 0,0001 dan 0,001 mm gacha bo‘lgan og‘ir elementli zarralardan tashkil topgan.8 Olimlar bu moddalarga astrofizik o‘lchamlar nuqtai nazaridan juda ahamiyatli deb qarashadi. Bu moddalar shunchalik maydaki, ularga chang, tutun yoki gaz deb qarash maqsadga muvofiqdir. Ammo bu moddalar bir butun deb qaralsa, ular koinotdagi barcha galaktikalarning jami massasidan kattaroq massani hosil qiladi. Garchi yulduzlararo galaktik materiyaning mavjudligi 1920 yilda kashf kilingan bo‘lsa-da, bu zarralarning mavjudligiga bir ming to‘rt yuz yil oldin Qur’onda «maa baynahuma» («Ular o‘rtasidagi (orasidagi) narsalar») deb tasvirlash orqali ularga alohida e’tibor qaratilgan edi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: ALLOHNING QUR’ONDAGI MO’JIZALARI. Horun Yahyo
« Javob #14 : 14 Yanvar 2009, 01:41:55 »
KOINOTDAGI MUKAMMAL MUVOZANAT

(U) yetti osmonni qatma-qat qilib yaratgan zotdir. (Ey inson!) Rahmonning yaratishida biror tafovutni (nuqsonni) kurmaysan. Bas, ko‘zingni yana (samoga) qaytargin-chi, (unda) biror yoriqni ko‘rarmikansan? So‘ngra ko‘zingni qayta-qayta (samoga) qarat, ko‘zing senga xor va toliqqan holda qaytur. («Mulk» surasi, 3-4- oyatlar)

Koinotdagi milliardlab yulduzlar va galaktikalar ular uchun tayinlab qo‘yilgan yo‘llardan mukammal bir muvozanatni saqlagan holda harakat qiladi. Yulduzlar, sayyoralar va yo‘ldoshlar nafaqat , o‘z o‘qi atrofida, balki ular kiradigan sistema bilan ham birgalikda aylanadilar. Ba’zida 200-300 milliard yulduzdan iborat galak-tikalar bir-birlarining yo‘llarini kesishgan holda harakatlanadi. Hayratga solarli tomoni shundaki, koinotdagi bunday ajoyib tartibni barbod qilishi mumkin bo‘lgan biror to‘qnashuv yuz bermaydi. Bu shunday mo‘‘jizaki, u bizning hech birimizni befarq qoldirmaydi.
Koinotda tezlik tushunchasi yerdagi kattaliklar bilan taqqoslaganda juda katta o‘lchamlarni keltirib chiqaradi. Yulduzlar, sayyoralar, galaktikalar va galaktikalarning konglomeratlari (ularning sonli xossalari faqatgina matematiklar tomonidan tushunilishi mumkin) milliardlab yoki trillionlab tonna og‘irlikka ega bo‘lib, g‘ayrioddiy tezlikda harakatlanadilar.
Misol uchun, Yer soatiga 1670 km (1038 milya) tezlikda aylanadi. Agar biz bugungi kunda eng tez uchadigan o‘q soatiga o‘rtacha 1800 km tezlikka ega bo‘ladi deb hisoblasak, biz Yerning ulkan hajm va massasiga qaramasdan qanchalik tez harakatlanayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Horun Yahyo. Islom terrorni la'natlaydi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 7033
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 00:59:02
muallifi AbdulAziz
Horun Yahyo. Qur'on axloqiga ko'ra mo'minning 24 soati

Muallif Musannif AdhamBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 145
Ko'rilgan: 59427
So'nggi javob 12 Avgust 2008, 11:22:47
muallifi AbdulAziz
Horun Yahyo. Qur'oni karimga ko'ra duo

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 68
Ko'rilgan: 61375
So'nggi javob 27 Yanvar 2009, 07:52:09
muallifi AbdulAziz
Horun Yahyo

Muallif nongolferBo'lim Islom

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3458
So'nggi javob 24 Oktyabr 2013, 17:09:35
muallifi Mo'min Mirzo
Afsungarlik mo'jizalari (hikoya). Agukatava Ryunoske

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4785
So'nggi javob 10 Iyul 2006, 19:15:33
muallifi AbdulAziz