Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338952 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 B


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:20:28

Ko‘plab yillardan buyon, o‘n minglab muhandislar uch o‘lchovli televizor yaratishga va ko‘zning ko‘rish sifatiga erishishga harakat qilib kelmoqdalar. Ha, ular uch o‘lchovli televizor sistemasini yaratdilar ham, ammo uni maxsus uch o‘lchovli ko‘zoynaksiz ko‘rishning imkoni yo‘q; bundan tashqari, u faqat sun’iy uch o‘lchovlidir, xolos. Orqa fon ancha xira, oldingi fon esa xuddi qog‘oz bezaklar kabi ko‘rinadi. Ko‘zniki kabi aniq va ravshan tasvirni ishlab chiqishning hech qachon imkoni bo‘lmagan. Kamera va televizorlarning har ikkalasida ham tasvir sifati yo‘qoladi.
Evolyutsionistlarning da’vosiga ko‘ra, bunday aniq va ravshan tasvirni keltirib chiqaradigan mexanizm tasodifan yuzaga kelgan. Agarda kimdir xonangizda turgan televizor tasodiflar natijasida paydo bo‘lgan, uning barcha atomlari birgalashib, tasvir ko‘rsatadigan bu qurilmani hosil qilgan desa, nima deb o‘ylagan bo‘lardingiz? Minglab odamlar qila olmagan narsani shuursiz atomlar qanday amalga oshira olardi?
Modomiki ko‘zga nisbatan ancha ibtidoiy tasvirni ko‘rsatadigan qurilma tasodifan paydo bo‘lmagan ekan, unda ayonki, ko‘z va ko‘z ko‘radigan tasvir ham tasodifan paydo bo‘lmagan. Xuddi shu holat, quloqqa ham tegishlidir. Tashqi quloq mavjud tovushlarni quloq chanog‘i orqali tutib oladi va ularni o‘rta quloqqa yo‘llaydi, o‘rta quloq tovush tebranishlarini kuchaytirib uzatadi va ichki quloq bu tebranishlarni elektr signallarga o‘girib miyaga jo‘natadi. Xuddi ko‘zdagi kabi, eshitish faoliyati miyadagi eshitish markazida yakunlanadi.
Ko‘zdagi holat quloq uchun ham ayni haqiqatdir, ya’ni miya xuddi yorug‘liqda bo‘lgani kabi, tovushdan ham ajratib qo‘yilgan. U hech qanday tovushni ichkariga kiritmaydi.
Shuning uchun, tashqari qanchalik shovqin bo‘lmasin, miyaning ichkarisi batamom sokin bo‘ladi. Shunga qaramay, eng aniqtovushlar miyada his etiladi. Butunlay sokin miyangizda siz simfoniyalar tinglaysiz va g‘ala-g‘ovur joydagi barcha shovqinlarni eshitasiz. Ammo o‘sha onda aniq bir qurilma miyangiz ichidagi tovush darajasini o‘lchagudek bo‘lsa, u yerda butunlay sokinlik hukm surayotganligi ma’lum bo‘lar edi.
 

Darvin ko‘z haqida hatto o‘ylashni ham xohlamagan edi. Ko‘zning tasodifiy ravishda sodir bo‘lishi mumkin emas, chunki ko‘z mukammal va juda murakkabdir. Ko‘zni Alloh yaratganligi ochiq haqiqatdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:21:24

Tasvir xususidagi holat kabi, aslidek aniqtovush ishlab chiqish va uning nusxasini yaratishga o‘nlab yillar davomida harakat qilib ko‘rildi. Bu urinishlarning natijasi ovoz yozish jihozlari, yuqori sifatli tovush chiqaruvchi sistemalar va tovushni his etuvchi sistemalardir. Bu texnologiyalar va ular ustida ishlayotgan minglab muhandis hamda mutaxassislarning borligiga qaramasdan, quloq orqali idrok etiladigan tovushning aynan o‘zidek tiniq va aniq bo‘lgan hech qanday tovushga erishilgani yo‘q. Musiqaviy asboblar sanoatidagi eng katta korxona tomonidan ishlab chiqarilgan eng yuqori sifatli tovush chiqaradigan sistema haqida o‘ylab ko‘ring. Hatto bu qurilmalarda ham ovoz yozilganda uning bir qismi yo‘qoladi yoki bo‘lmasa, yuqori sifatli tovush chiqaruvchi sistemani qo‘shganingizda musiqa boshlanishi oldidan har doim pishillagan tovushni eshitasiz. Ammo inson vujudi texnologiyasining mahsuli bo‘lgan tovush o‘ta tiniq va aniqdir. Inson qulog‘i hech qachon yuqori sifatli tovush chiqaruvchi sistemada bo‘lgani kabi pishillagan tovush yoki atmosfera shovqinlari jo‘r bo‘lgan bir tovushni idrok etmaydi, aksincha, u tovushni qanday bo‘lsa o‘shanday, tiniq va aniq his qiladi. Bu inson yaratilgan kundan buyon shu zayldadir.


Biz butun hayotimizni miyamizda kechiramiz.Bizko‘radigan odamlar, biz hidlaydigan gullar, biz tinglaydigan musiqalar, biz tatib ko‘radigan mevalar biz ko‘llarbilanhisqiladigan namliklar - bularning barchasi miyada «haqiqat»ga aylanadigan taassurotlardir. Ammo u yerda hech qanday rang, tovush yoki suratlar mavjud emas. Biz elektr impulslari muhitida yashaymiz. Bu nazariya emas, balki biz tashqi dunyoni qay tarzda idrok etishimizga beriladigan ilmiy bir izohdir.

Bugungi kunga qadar inson qo‘li bilan yaratilgan hech qanday tasvirli yoki tovushli apparat hissiy ma’lumotlarni idrok etishda ko‘z va quloq kabi sezuvchan hamda muvaffaqiyatli bo‘lmagan. Ammo har qachon ko‘rish va eshitish haqida gap ketar ekan, bularning zamirida juda buyuk bir haqiqat borligini ta’kidlashimiz joiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:21:49

Miyaning ichida ko‘radigan va eshitadigan shuur kimga oid?

Miya ichida rang-barang dunyoni kuzatadigan, simfoniyalar, qushlarning xonishlarini tinglaydigan hamda atirgullarning muattar hidlarini hidlaydigan kim?
Insonning ko‘zlaridan, quloqlaridan va burnidan keladigan stimulyatorlar elektrokimyoviy nerv impulslari sifatida miyaga safar qiladi. Biologiya, fiziologiya va biokimyo kitoblarida bu tasvirlarning miyada qanday hosil bo‘lishiga doir ko‘plab tafsilotlarni o‘qishingiz mumkin. Ammo siz ularda hech qachon eng muhim bo‘lgan bir haqiqatga duch kelmaysiz. Bu elektrokimyoviy nerv impulslarini tasvirlar, tovushlar, hidlar va hissiy voqealar sifatida miyada idrok etadigan kim?
 

Miyaning ichida ko‘z, quloq va burunga hech qanday ehtiyoj sezmasdan bularning barchasini idrok etadigan shuur mavjud. Bu shuur kimga oid? Albatta, bu shuur nervlarga, yog‘ qatlamiga va miyani tashkil etadigan neyronlarga oid emas. Shu sababdan ham hamma narsa materiyadan tashkil topgan, deb ishonuvchi darvinchi materialistlar bu savollarga javob bera olmaslar.
Chunki bu shuur, Alloh tomonidan yaratilgan ruhdir. Ruh tasvirlarni kuzatmoq uchun na ko‘z, tovushlarni eshitmoq uchun na quloqqa ehtiyoj sezar. Bundan tashqari, u o‘ylash uchun miyaga ham ehtiyoj sezmas.
Bu oshkora va ilmiy haqiqatni o‘qigan har bir inson miyaning ichidagi bir necha santimetr kublik qop-qorong‘i makonda butun koinotni uch o‘lchovli, rangli, soyali va charog‘on qilib sig‘dirgan zot, hamma narsaga Qodir Alloh ekanligini anglamog‘i, Undan qo‘rqmog‘i va Undan panoh izlamog‘i darkor.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:22:05

Materialistcha bir ishonch

Shu paytga qadar biz havola etgan ma’lumotlar evolyutsiya nazariyasining ilmiy kashfiyotlarga nomuvofiq ekanligini ko‘rsatadi. Nazariyaning hayotning kelib chiqishi haqidagi da’vosi fan bilan uzviy emas, u ilgari suradigan evolyutsion mexanizmlar evolyutsion kuchga ega emas. Jonzotlarning tosh qotgan qoldiqlari oraliq shakllarning hech qachon mavjud bo‘lmaganligini ko‘rsatadi. Shu bois, albatta, evolyutsiya nazariyasi ilmiy asoslanmagan bir g‘oya sifatida chetga surib qo‘yilishi kerak. Xuddi shu yo‘sinda butun tarihdan Yer-markazli koinot modeli kabi ko‘plab g‘oyalar ilm-fan kun tartibidan chiqarib tashlangan edi.
Ammo evolyutsiya nazariyasi fanning kun tartibida saqlab turilmoqda. Hatto ba’zi insonlar nazariyaga qarshi qaratilgan tanqidlarni «fanga hujum», deb talqin qilishga harakat qiladilar. Nima uchun?
Bunga sabab, evolyutsiya nazariyasi ba’zi doiralar uchun aslo voz kechib bo‘lmas dogmatik bir mafkura ekanligidadir. Bu doiralar materialistik falsafaga ko‘r-ko‘rona berilganlar va ular darvinizmni tabiatning amal kilish usulini tushuntirib berish uchun olg‘a sursa bo‘ladigan yagona materialistik tushuntirish bo‘lganligi sababli qabul qiladilar.
Qiziq tomoni shundaki, ular buni ba’zan ochiqchasiga ham tan oladilar. Garvard universitetida faoliyat yurituvchi mashhur genetik va to‘g‘ri so‘z evolyutsionist Richard S. Levontin o‘zining «avval va birinchi navbatda materialist va so‘ngra esa olim» ekanligini e’tirof etadi: Bizni dunyoga materialistik nuqtai nazardan tushuntirish berishga majbur qiladigan narsa ilmiy uslublar va qoidalar emas, balki aksincha,  materializmga o‘zimizning apriori sodiqligimiz bilan, ichki hisga qanchalikqarshi bo‘lishidan qat’i nazar materialistik tushuntirishlarni ishlab chiqaradigan tadqiqot mashinasi va bir qator kontseptsiyalarni yaratishga majburmiz. Bundan tashqari, materializm mutlaqdir, shunga ko‘ra, biz Ilohiy bir g‘oyaning sahnaga chiqishiga izn bera olmaymiz.322
Bu so‘zlar materialistik falsafaga sodiqlik hakdiga darvinizmning sakdanib kelinayotgan bir dogma ekanligini ochiq e’tirof etadi. Bu dogma materiyadan boshqa hech qanday borliqning yo‘qligini ta’kidlaydi. Shu sababdan ham u jonsiz, shuursiz materiya hayotni yaratgan, deb bahs yuritadi. U millionlab jonli turlar (masalan, qushlar, baliqlar, jirafalar, qoplonlar, hasharotlar, daraxtlar, chechaklar, kitlar va insonlar) yog‘ayotgan yomg‘ir, chaqmoq yashinlari va h.k. kabi materiyalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir natijasida jonsiz materiyadan kelib chiqqan, degan da’voni qattiq turib himoya qiladi. Haqiqatda esa, bu ham aqlga, ham fanga to‘g‘ri kelmaydigan qoidadir. Ammo darvinistlar xuddi yuqorida aytib o‘tilganidek, «Ilohiy bir g‘oyaning sahnaga chiqishiga izn bermaslik» uchun uni himoya qilishni davom ettirmoqdalar.
Tirik jonzotlarning kelib chiqishiga materialistik nuqtai nazardan qaramaydigan har qanday kishi bu oshkora haqiqatni ko‘rishi tabiiy: Barcha tirik mavjudotlar hamma narsaga Qodir Qudratli Zot, barcha narsani Bilguvchi va buyuk akd Sohibi, Yaratganning asarlaridir. Yaratgan - butun koinotni yo‘qdan bor qilgan, unga qusursiz, eng mukammal bir shaklni ato etgan va butun tirik mavjudotlarni yaratib shakllantirgan Allohdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:22:28

Evolyutsiya nazariyasi: Dunyodagi eng kuchli afsun

Bid’atga berilmagan va hech qanday bir g‘oya ta’siri ostida qolmagan, faqatgina o‘z aqli va mantig‘ini ishlatgan har qanday kishi bilim va madaniyatdan yiroq jamiyatning xurofotlarini yodga tushiradigan evolyutsiya nazariyasidagi ishonch imkonsiz bir g‘oya ekanligini yaqqol anglaydi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgani kabi, evolyutsiya nazariyasiga ishonganlar katta bir bochka ichiga tashlangan bir qancha atomlar va molekulalar fikr, aql yuritadigan professorlar va universitet talabalarini, Eynshteyn va Galiley kabi olimlarni, Hemfri Bogart, Frenk Sinatra va Luchano Pavarotti kabi san’atkorlarni, shuningdek, antilopalarni, limon daraxtlari va chinnigullar kabi o‘simliklarni vujudga keltiradi, deb o‘ylaydilar. Ustiga-ustak, bu bema’ni safsataga ishonganlar olimlar, professorlar, madaniyatli va bilimdon kishilardir. Shu bois, bu nazariya uchun «dunyo tarixining eng kuchli afsuni» degan ifodani ishlatmoq joizdir. Chunki dunyo tarixida u kabi insonlarni bu darajada aqlidan ozdirgan, aql va mantiq bilan mulohaza yuritishga ularga imkon bermagan, xuddi ularning ko‘zini bog‘lagandek, haqiqatni ulardan pinhon tutgan biror-bir ishonch yoki g‘oya bo‘lmagan. Bu hatto qadimgi misrliklarning Quyosh tangrisi Raga, Afrikadagi ba’zi qabilalarning totemlarga, Saba’ xalqining Quyoshga, Ibrohim Payg‘ambar (a.s.) qavmining o‘z qo‘llari bilan yasagan butlariga, Muso Payg‘ambar (a.s.) qavmining oltindan yasalgan buzoqqa sig‘inishlaridan ham yomonroq va aqlga sig‘mas darajadagi so‘qirlikdir.
Aslida, Alloh bu aqlsizlik haqida Qur’onda ta’kidlab o‘tgan. Alloh ba’zi insonlarning qalblari yopilajagi va ular haqiqatni ko‘rishga ojiz bo‘lib qolajaklari haqida bir qancha oyatlarda xabar bergan. Bu oyatlardan ba’zilari quyidagilardir:
Haqiqatan, kufr (imonsizlik)dagi kishilar — ularni ogohlantirsangiz ham, ogohlantirmasangiz ham, ularga baribir - imon keltirmagaylar. Ularning dillari va kuloqlariga Alloh muhr urib qo‘ygan. Ko‘zlarida esa parda (bor). Ular uchun ulkan azob (tayyorlab qo‘yilgandir)! («Baqara» surasi, 6-7-oyatlar)
Jahannam uchun jinlar va insonlarning ko‘pchiligini yaratganmiz. Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan «anglamaydilar». Ularda ko‘zlar bor, (lekin) ular bilan «ko‘rmaydilar». Ularda quloklar bor, (lekin) ular bilan «eshitmaydilar». Ana o‘shalar hayvonlar kabidirlar. Balki ular (yanada) adashganroqdirlar. Ana o‘shalar g‘ofillardir. («A’rof» surasi, 179-oyat)
Bordi-yu, ularga osmondan bir darvoza ochib qo‘ysagu, undan (osmonga) ko‘tarila boshlasalar ham, «shaksiz, bizlarning ko‘zlarimiz bog‘lanib qoldi, balki bizlar sehrlanib qolgan qavmdirmiz», - degan bo‘lur edilar. («Hijr» surasi, 14-15-oyatlar)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:22:43

Bu afsunning shunchalik keng jamiyatni asoratda ushlab turgan-ligi, insonlarni haqiqatdan naqadar yiroqda tutganligi va uning 150 yil mobaynida buzilmaganligi qanchalik hayratlanarli ekanligini so‘zlar bilan ifodalab bo‘lmaydi. Bir yoki bir necha odamning imkonsiz stsenariylarga, bema’nilik va mantiqsizlik bilan to‘la da’volarga ishonishi mumkinligini tushunsa bo‘lar. Ammo shuursiz va jonsiz atomlarning to‘satdan birlashishga qaror qilib tartib, intizom, aql va shuurli bir benuqson tizim bilan ishlaydigan koinotni, hayot uchun uyg‘un, har turli xususiyatlar sohibi bo‘lgan Yer deb atalmish sayyorani va behisob murakkab tizimlar bilan to‘la jonli mavjudotlarni paydo qilganligiga ishonadigan butun dunyo odamlari uchun uning «sehr» ekanligidan boshqabirizohyo‘qdir.
Aslida Qur’on Muso Payg‘ambar (a.s.) va Fir’avn o‘rtasidagi voqeani ateistik falsafalarni qo‘llab-quvvatlovchi ba’zi odamlar haqiqatda boshqalarga afsun orqali ta’sir qilishlarini ko‘rsatish uchun hikoya qiladi. Fir’avnga haqiqiy din haqida aytishganda, u Muso Payg‘ambar (a.s.)ga o‘z afsungarlari bilan bahslashishni buyuradi. Muso Payg‘ambar (a.s.) ular bilan uchrashgach, ularga o‘z qobiliyatlarini birinchi bo‘lib namoyish qilishlarini aytadi. Oyatlar davom etadi:
(Muso): «Tashlangiz!» - dedi. Bas, tashlagan edilar, odamlarning ko‘zlarini sehrlab, ularni cho‘chitib yubordilar - ulkan sehr keltirdilar. («A’rof» surasi, 116-oyat)
Ko‘rib turganimizdek, Fir’avnning afsungarlari Muso Payg‘ambar (a.s.) va unga ergashganlardan tashqari barchani alday oldilar. Ammo Muso Payg‘ambar (a.s.)ning dalili afsunning ta’sirini yo‘qotadi yoki xuddi oyatda ta’kidlanganidek, «ularning soxtalarini komiga torta boshlaydi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:23:02

Musoga: «Asoingni tashla!» - deb vahiy qildik. Birdan u ularning soxtalarini komiga torta boshladi. Bas, haqiqat voqe buldi, ularning qilgan ishlari esa botil bo‘ldi. («A’rof» surasi, 117-118-oyatlar)
Oyatda qayd etilgani kabi, odamlar o‘zlarining afsun ta’siri ostida qolganliklarini va ko‘rgan narsalari bir illyuziya ekanini anglab yetishgach, Fir’avnning afsungarlari bor ishonchni yo‘qotdilar. Bugungi kunimizda ham, shunga o‘xshash afsun ta’siri ostida qolgan va ilmiy niqob ostidagi bu bema’ni da’volarga ishonib, butun umrini ularni himoya qilishda o‘tkazgan kimsalar o‘z xurofiy g‘oyalaridan voz kechmas ekan, ular ham haqiqat yuzaga chiqqanda hamda afsunning kuchi qirqilganda tahqirlanadilar. Aslini olganda, dunyoga mashhur ingliz yozuvchisi va faylasufi Malkolm Maggiridj ham shunday ta’kidlagan edi:
Ishonchim komilki, evolyutsiya nazariyasi, ayniqsa, u tegishli bo‘lgan sohalar, kelajakdagi tarix kitoblarida eng buyuk latifalardan biri bo‘lib qolgusidir. Kelajak avlod bu qadar asossiz va shubhali bir gipotezaning haddan tashqari ishonuvchanlik bilan qabul etilganini hayrat ila qarshi olgusidir.323
Bu kelajak uzoq emas, aksincha, odamlar tez orada «tasodif»ning iloh emasligiga shohid bo‘larlar va orqaga, evolyutsiya nazariyasiga dunyodagi eng yomon yolg‘on va eng dahshatli afsun sifatida nazar tashlarlar. Bu afsun butun dunyo insonlarining gardanidan allaqachon ag‘darilishni boshlagan. Uning haqiqiy basharasini ko‘rgan ko‘plab insonlar bu aldamchi afsunga qay tarzda ilakishib qolganlaridan hayrat va taajjubdalar.
(Ular) dedilar: «Zoti poking haqqi, bizda O’zing bildirganingdan o‘zga ilm yo‘qdir. Albatta, Sen ilmli va hikmatli zotdirsan». («Baqara» surasi, 32-oyat)

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 01:24:23

MANBALAR

1. S. Vaqar Ahmed Husayni, The Quran for Astronomy and Earth Exploration from Space (Astronomiya va kosmosdan turib Yerni o‘rganishda Qur’on), 3-nashri (Yangi Dehli: Goodword Press: 1999), 103-108.
2. «Edvin Xabbl»;  www.time.com/time/time100/scientist/profile/hubble.html
3. Filipp Boll, «Black Crunch Jams Universal Cycle» (Mash’um Halokatli siqilish koinot davrini tig‘izlaydi), Nature, 23 dekabr, 2002; Doktor Devid Uaythaus, «Universe is «doomed to collapse» (Koinotning «yakun topishi muqarrar»), BBC News Online, 22 oktyabr, 2002, http://news.bbc.co.uk/1/hi/sci/tech/2346907.stm; va Mark Shvarts, «Cosmic «big crunch» could trigger an early demise of our universe» (Kosmik «Halokatli siqilish» koinotimizning halokatini boshlab berishi mumkin), Stanford Report, 23 sentyabr, 2002.
4. Mark Shvarts, «Cosmic «big crunch» could trigger an early demise of our universe» (Kosmik «Halokatli siqilish» koinotimizning halokatini boshlab berishi mumkin), Stanford Report, 25 sentyabr, 2002.
5. Mahdi La’li, A Comprehensive Exploration of the Scientific Miracles in Holy Qur’an (Muqaddas Qur’ondagi ilmiy mo‘‘jizalarni har tomonlama o‘rganish), (Kanada: Trafford Publishing: 2003), 35-38.
6. Abu A’la Maududi, «Tafhimul Quran»;  www.enfal.de/tefhim/
7. Doktor Mazhar U. Kazi, 130. Evident Miracles in the Qur’an (Qur’onning 130 yaqqol mo‘‘jizasi), (Nyu-York, AQSh: Crescent Publishing House: 1998), 53.
8. Digitale Ausgabe LexiRom (LexiRom raqamli ifodalar), Meyers Lexikon in drei Banden (Uch tomli Meyer entsiklopediya) (Manxaym: Bibliographisches Institut &F. A. Brockhaus AG, 1995).
9. Karl Sagan, Cosmos, (Avenel, NJ: Wings Books: aprel, 1983), 5-7.
10. Karl Giberson, «The Anthropic Principle» (Antropikprintsip), Journal of Interdisciplinary Studies 9 (1997). (Og‘ma yozuv qo‘shildi. )
11. Jorj F. Ellis, «The Anthropic Principle: Laws and Environments» (Antropik printsip: qonunlar va atrof-muhitlar), The Anthropic Principle (Antropik printsip), F. BertolavaU. Kuri, (Nyu-York: Cambridge University Press, 1993), 30. (Og‘ma yozuv qo‘shildi. )
12. Pol Deyvis, Superforce: The Search for a Grand Unified Theory of Nature (Oliy kuch: tabiatning ahamiyatli birlik nazariyasini izlash), 1984, 184.
13. Stefen Hoking, A Brief History of Time (Vaqtning qisqa tarixi), (London: Bantam Press, 1988), 121-125.
14. Maykl Denton, Nature’s Destiny: How the Laws of Biology Reveal Purpose in the Universe (Tabiatning taqdiri: Biologiya qonunlari qanday qilib koinotdagi maqsadni ochib beradi), (Nyu-York: The Free Press, 1998), 12-13.
15. Yuqoridagi manbadan, 11.
16. «The Elemental Forces of the Universe» (Koinotning asosiy kuchlari);  www.pathlights.com/ce_encyclopedia/01-ma10.htm#Elemental Forces
17. World Book Encyclopedia (Jahon entsiklopediya kitobi), 2003; hissador: Kennet Brecher, f. f. d. , Boston universitetida astronomiya va fizika fanlari professori.
18. Bilim ve Teknik (Fan va texnologiya jurnali), iyul 1983.
19. «Effects of Rotation (Coriolis Effect)» (Aylanish ta’sirlari (Koriolis ta’siri), Vudrou Uilson Milliy do‘stlik fondi;  www.woodrow.org/teachers/esi/1998/p/weather/Corriolis.htm
20. Maykl Paduirni, «Atmospheric Layers» (Atmosferaqatlamlari), 1996, http://royal.okanagan.bc.ca/mpidwirn/atmosphereandclimate/atmslayers.html
21. «Numerical Prediction Models used by NWS» (Shimoli-g‘arbiy shtatlarda ishlataladigan Raqamli oldindan aytish modellari), Integrated Publishing;  www.tpub.com/weather3/4-27.htm
22. «The Incredible Design of the Earth and Our Solar System» (Ep va Kuyosh sistemamizdaga akl bovar qilmas dizayn);  www.godandscience.org/apologetics/designss.html
23. «The Quran and Modern Physics» (Qur’on va zamonaviy fizika); http://webhome.idirect.com/~alila/Writings/Physics.htm
24. «Inside the Earth» (Ep qa’rida); http://pubs.usgs.gov/publications/text/ inside.html
25. Prof. Zig‘loul Rag‘ib El-Naggar, «The Miraculous Qur’an» (Mo‘‘jizaviy Qur’on);  www.wamy.co.uk/announcements3.html
26. Karolin Shiits, Robert Gardner va Samuel F. Houe, General Science (Umumiy fan), (Nyuton, MA: Allyn and Bacon Inc. , 1985), 305.
27.  www.beconvinced.com/science/quranmountain.htm
28. Frank Press va Raymond Siver, Earth (Ep), 3-nashri (San-Frantsisko: W. H. Freeman & Company, 1982).
29. M. J. Selbi, Earth’s Changing Surface (Yerning o‘zgaruvchan yuzasi), (Oksford: Clarendon Press: 1985), 32.
30. Shiits, Gardner va Haue, General Science (Umumiy fan), 305.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 01:29:25

31. Powers of Nature (Tabiatning qudrati), (Vashington: National Geographic Society: 1978), 12-13.
32. «Press Release» (Matbuot taqdimoti), Shvetsiya fazo fizikasi instituti, 9 mart, 2001;  www.irf.se/press/press_010309eng.html
33. «Solar Wind Blows Some of Earth’s Atmosphere into Spacemen: shamollari Yer atmosferasidan oz-oz mikdorda kosmosga uchirib ketadi), NASA; http://science.nasa.gov/newhome/headlines/ast08dec98_1.htm
34. Yuqoridagi manbadan.
35. Kazi, 130 Evident Miracles in the Qur’an (Qur’onning 130 yaqqol mo‘‘jizasi), 115.
36. Jon Nobl Uilford, «Ages-Old Icecap at North Pole Is Now Liquid, Scientists Find» (Shimoliy Qutbdagi mangu muz qoplamlari endilikda suyuqlik, olimlar shunday deb topishdi), New York Times, 19 avgust, 2000;  www.planetwaves.net/polar_NYT.html
37. «Earth Fact Sheet» (Ep haqidagi haqiqat); http://nssdc.gsfc.nasa.gov/planetary/factsheet/earthfact.html
38. «Arctic Explorers» (Arkgika tadqiqotchilari), 23 iyun, 2000; http://tea.rice.edu/schauer/6.23.2000.html; Tetsuzo Seno, Satoru Honda, «Mantle Convection and The Global Sea Level: When Did Plate Tectonics Begin on The Earth?» (Mangiya konvektsiyasi va dengizning global darajasi: Yerda plita tektonikasi qachon boshlangan?);  www.eri. u-tokyo. ac. jp/seno/sealevel_abst.html; «Mantle Convection» (Mantiya konvektsiyasi), http://theory.uwinnipeg.ca/mod_tech/node195.html; Prof. Zigloul El-Naggar, «Scientific Signs in the Qur’an: Examples from the Area of Earth Sciences» (Qur’onning ilmiy alomatlari: Yer to‘g‘risidagi fanlar sohasidan misollar);  www.nekkah.com/Main/EngPage/Scientific_Signs_in_the_Quran.htm
39. Kazi, 130 Evident Miracles in the Qur’an (Qur’onning 130 yaqqol mo‘‘jizasi), 110-111; ra  www.wamy.co.uk/announcements3.html, Prof. Zig‘loul Rag‘ib El-Naggarning nutqidan.
40. Yuqoridagi manbadan.
41. Prisilla Frish, «The Galactic Environment of the Sun» (Kuyoshning galaktik muxdti), American Scientist, yanvar-fevral, 2000;  www.americanscientist.org/template/AssetDetail/assetid/21173?fulltext=true
42. Maykl J. Dengon, Nature’s Destiny (Tabiatning taqdiri), (Erkin matbuot: 1998), 198.
43. «Highlights» (Eng qiziq joylar);  www.inm-gmbh.de/cgi-bin/frame/frameloader.pl?sprache=en&url=http://www.inm-gmbh.de/htdocs/technologien/highlights/highlights_en.htm
44. «Nanotechnology successfully helps cancer therapies,» IIC Fast Track, Nanotech News from Eastern Germany, Industrial Investment Council («Saratonni davolashda nanotexnologiya katta yordam beradi,» IIC Tezkor liniya, Sharqiy Germaniyadan nanotexnologiya yangiliklari, Sanoat Investitsiyasi Kengashi), oktyabr, 2003;  www.iic.de/uploads/media/NANO_FT_Nov2003_01.pdf
45. Benjamin Libet, «Unconscious cerebral initiative and the role of conscious will in voluntary action» (Bexabar bo‘lganda miyaning harakati va ixtiyoriy harakatda atayin xohishning roli), Behavioral and Brain Sciences, 1985, 529-566.
46. Melih Kafa, «Conscious» (Ong);  www.genetikbilimi.com/genbilim/bilincbeyninkuklasi.htm
47. «Conscious mind and free will» (Ongli akl va erkin xohish); http://faculty.virginia.edu/consciousness/new_page_8.htm#5.10.%20Free%20will%20as%20the%20possibility%20of%20alternative%20action
48. Henning Genz, «Nothingness: The Science of Empty Space» (Yo‘qlik: bo‘sh fazo haqidagi fan), 205, ww.2think.org/nothingness.shtml
49. C. A. Vanna, «Miracle: Quran: The Living Miracle» (Mo‘‘jiza: Qur’on: tiriklik mo‘‘jizasi), The Revival 5, 2-nashr,  www.therevival.co.uk/Revival_issue/vol5_iss2_quran_miracle.htm
50. L. M. Ledermann va D. N. Shramm, «Demonstration: Die Bausteine der Materie», 1989; http://i115srv.vu-wien.ac.at/physik/ws95/w9560dir/w9561d10.htm
51. «First Double Pulsar Found» (Birinchi qo‘shaloq pulsar topildi), 9 yanvar, 2004;  www.atnf.csiro.au/news/press/double_pulsar/
52. Leysester Fizika va astronomiya ta’limi departamenti;  www.star.le.ac.uk/astrosoc/whatsup/stars.html; Ottava universiteti;  www.site.uottawa.ca:4321/astronomy/index.html#Sirius; Garvard-Smitsoniya Astrofizika Markazi; http://cfa-www.harvard.edu/~hrs/ay45/ Fall2002/ChapterIVPart2.pdf
53. «Exposes Astronomiques, La troisiume loi de KEPLER»; http://www.astrosurf.com/eratosthene/HTML/exposetheoastro.htm
54. http://www.dharma.com.tr/dkm/article.php?sid=87
55. Husayni, The Quran for Astronomy and Earth Exploration from Space (Astronomiya va kosmosdan turib Yerni o‘rganishda Qur’on), 175-182.
56. Digitale Ausgabe LexiRom (LexiRom raqamli ifodalar). 57. Kit C. Heydorn, f. f. d, «Philipp Lenard: Brushing the Teardrops from Rain» (Filipp Lenard: yomg‘irdan ko‘z yoshlarini artib);  www.islandnet.com/~see/weather/history/lenard.htm
58. Richard A. Anges, The Atmosphere (Atmosfera), 3-nashri, (Kolumbiya: Charles E. Merrill Publishing Company: 1981), 268-269; Albert Millers, Jak C. Tompson, Elements of Meteorology (Meteorologiya elementlari), 2-nashri, (Kolumbiya: Charles E. Merrill Publishing Company: 1975), 141.
59. Antes, The Atmosphere (Atmosfera), 269; Millers va Tompson, Elements of Meteorology (Meteorologiya elementlari), 141-142.
60. Brayn J. Ford, «Brownian Movement in Clarkia Pollen: A Reprise of the First Observations» (Klarka changida Broun harakati: dastlabki kuzatuvlar reprizasi), The Microscope (Mikroskop), 1992, vol. 40, no. 4, pp. 235-241; http://www.brianjford.com/wbbrowna.htm

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2009, 01:34:25

61. C. Donald Ahrens, Meteorology Today: An Introduction to Weather, Climate and Environment (Bugungi kun meteorologiyasi: ob-havo, iklim va muhitga kirish), 3-nashri, (Av. Pol: West Publishing Company: 1988), 437.
62. Athar Lila, «The Quran and Modern Physics» (Qur’on va zamonaviy fizika), 10 dekabr, 1998; http://webhome. idirect.com/~alila/Writings/Physics.htm.
63. Yuqoridagi manbadan.
64. Richard A. Deyvis, Principles of Oceanography (Okeanologiya printsiplari), (Don Mills, Ontario: Addison-Wesley Publishing Company), 92-93.
65. Danni Elder, and Jon Pernetga, Oceans (Okeanlar), (London: Mitchell Beazley Publishers: 1991), 27.
66. M. Grant Gross, Oceanography, A View of Earth (Okeanografiya, Yerga nazar), 6-nashr, (Englvud Klifs: Prentice-Hall Inc. : 1993), 205.
67. Rod P. Siley, Trent D. Stefens va Filip Teyt, Essentials of Anatomy & Physiology (Anatomiya va fiziologiya asoslari), 2-nashri, (Av. Luis: Mosby-Year Book Inc. : 1996), 211; Charlz R. Nobak,N. L. Strominger va R. J. Demarest, The Human Nervous System, Introduction and Review (Insonning nerv tizimi, kirish va sharh), 4-nashri, (Filadelfiya: Lea & Febiger: 1991), 410-411.
68. Siley, Stefens va Teyt, Essentials of Anatomy & Physiology (Anatomiya va fiziologiya asoslari), 211.
69. Patrik Glin, God: The Evidence, The Reconciliation of Faith and Reason in a Postsecular World (Xudo: dalil, imon keltirish va azaliy dunyodan sabab), (Kaliforniya: Prima Publishing: 1997), 80-81.
70. Herben Benson va Mark Stark, Timeless Healing (Umrbod sog‘ayish), (Nyu-York: Simon & Schuster: 1996), 203.
71. Yuqoridagi manbadan, 193.
72. Glin, God: The Evidence, The Reconciliation of Faith and Reason in a Postsecular World (Xudo: dalil, imon keltirish va azaliy dunyodan sabab), 60-61.
73. Jennifer Desay, «Stanford Forgiveness Project’s Dr. Frederic Luskin studies why learning to forgive might be good for the body as well as the soul» (Stanford Kechirimlilik loyihasidagi Doktor Laskin nima uchun kechirimlilikni o‘rganish tana hamda qalb uchun yaxshi bo‘lishi mumkinligini tadqiq qiladi), Almanac, (Almanax) 9 iyun, 1999;  www.almanacnews.com/morgue/1999/1999_06_09.forgive.html
74. Yuqoridagi manbadan.
75. Fredrik Laskin, f. f. d. , «Forgiveness» (Kechirimlilik), Healing Currents Magazine, sentyabr-okgyabr, 1996;  www.stanford.edu/~alexsox/4_steps_to_forgiveness.htm
76. Yuqoridagi manbadan.
77. Klaudiya Kalb, «Faith & Healing» (Imon va sog‘ayish), Newsweek, 10 noyabr, 2003; http://msnbc.msn.com/id/3339654/site/newsweek
78. Uilyam J. Kromi, «Anger is Hostile to Your Heart» (Jahl yuragingiz dushmani), Harvard Gazette;  www.news.harvard.edu/gazette/1996/11.07/AngerisHostileT.html
79. Yukoridagi manbadan.
80. Piter Lavell, «Anger trigger to heart disease found?» (Jahl yurak xastaligini keltirib chiqaradi?), ABC Science Online, 5 avgust, 2003;  www.abc.net.au/science/news/stories/s915243.htm
81. Yuqoridagi manbadan.
82. Yukoridagi manbadan.
83. Mark Henderson, «Anger Raises Risk of Heart Attack» (Jahl yurak xuruji xavfini oshiradi), The Times, London, 24 aprel, 2002;  www.rense.com/general24/anger.htm
84. Yuqoridagi manbadan.
85. Akar Baltas va Zuhal Baltas, Stres ve Basa Cikma Yollari (Stress vauni boshqarish yo‘llari), 15-nashri, 162.
86. Jeyn E. Brodi, «Tool of survival is deadly for heart» (Yashash quroli yurak uchun o‘ta muhim), The New York Times, 23 may, 2002; www.iht.com/articles/58687.html
87. Akar Baltas va Zuhal Baltas, Stres ve Basa Cikma Yollari (Stress vauni boshqarish yo‘llari), 159.
88. Yuqoridagi manbadan, 169.
89. Kit L. Mur va boshq. , Human Development as Described in the Qur’an and Sunnah (Qur’on va Sunnada tasvirlanganidek insonning rivojlanishi), (Makka: Qur’on va Sunnaning ilmiy alomatlari bo‘yicha komissiya, 1992), 36.
90. Kit L. Mur, Developing Human (Rivojlanayotgan inson), 3-nashri (W. B. Saunders Company: 1982), 364a.

Qayd etilgan