Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338470 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 31 B


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 01:35:29

Halokatli siqilish haqidagi bu ilmiy gipoteza Qur’onda qanday ta’riflanganini quyidagi oyatdan bilib olasiz:
U kunda Biz osmonni xuddi maktub yozilgan sahifani o‘ragan kabi o‘rab, birinchi marta qanday yaratgan bo‘lsak, (o‘sha yaxlit holiga) qaytarurmiz. (Bu) Bizning zimmamizdagi va’dadir. Albatta, Biz (shunday) qiluvchidirmiz. («Anbiyo» surasi, 104-oyat)
Boshqa bir oyatda, falak haqidagi bu holat shunday tasvirlanadi:
Ular Allohni haqqoniy (ravishda) qadrlamadilar (tanimadilar). Butun Yer qiyomat kunida Uning bir tutamidir. Osmonlar esa, Uning «qo‘li»ga yig‘iluvchidir. U ularning keltirayotgan shirklaridan pok va yuksakdir! («Zumar» surasi, 67- oyat)
Halokatli siqilish nazariyasiga ko‘ra, koinot sekinlik bilan yig‘ila boradi va so‘ng bu juda tezlashib ketadi. Bu jarayonning oxirida koinot cheksiz zichlikka erishadi va o‘ta issiq hamda kichik bo‘lib qoladi. Bu ilmiy nazariya, Qur’onning shu ilmiy g‘oyani tushuntirishi bilan barobardir. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)



Halokatli siqilish nazariyasi shu narsani ta’kidlaydiki, Katta portlash bilan kengayishi boshlangan koinot o‘z-o‘zidan katta tezlikda yig‘iladi. Bu nazariyaga ko‘ra, koinotning bunday yig‘ilishi koinot o‘zining bor massasini yo‘qotguncha va cheksiz zichlikdagi bitta nuqtaga aylanib qolguncha davom etadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 01:38:05

ISSIQ TUTUNDAN YARALISH

Bugungi kunda olimlar yulduzlarning issiq gaz bulutlardan paydo bo‘lishini kuzata oldilar. Gazning issiq massasidan yaralish hodisasi koinotning yaratilishiga ham taalluqlidir. Qur’onda tasvirlanganidek, koinotning yaratilishi, bu ilmiy kashfiyotni quyidagi oyatda tasdiqlaydi:
U (Yerning) ustida to‘la to‘rt kunda tog‘larni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda o‘sha (er)da uning yemishlarini belgiladi (taqsimladi). (Bu tafsilot Yeru osmonlar haqida) so‘rovchilarga mosdir. So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni (yaratishni) qasd etib, unga va Yerga: «(Farmonimga) ixtiyoriy yoki majburiy holda kelingiz!» - degan edi, ular: «O’z ixtiyorimiz bilan keldik», - dedilar. («Fussilat» surasi, 10-11- oyatlar)
Bu yerda «osmon» deb tarjima qilingan arabcha so‘z «samaa» butun koinotga nisbatan ishlatilgan. «Tutun» deb tarjima qilingan «duxaanun» so‘zi esa koinotning o‘z shaklini olishidan oldingi materiya, ya’ni koinotning yaratilishi davomida mavjud bo‘lgan issiq, kosmik tutunni tasvirlaydi va bu hozirgi kun olimlari tomonidan o‘z tasdig‘ini topgan.5 Qur’ondagi bu so‘z, shu tutunning issiq jismli gaz ekanligini va uning qattiq moddaga bog‘langan harakatlanuvchan zarralarni o‘z ichiga olishini ma’no jihatdan aniq ifodalaydi. Bu yerda koinot paydo bo‘lishining mana shu bosqichini tasvirlab berish uchun Qur’on arab tilidagi eng maqbul, mos so‘zni qabul qilgan. Olimlar koinotning tutun shaklidagi issiq gazdan paydo bo‘lganligini faqatgina XX asrga kelib kashf qilganligini qayd qilib o‘taylik.
Bundan tashqari, «So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni (yaratishni) qasd etib» jumlasidagi «so‘ngra» deb tarjima qilingan «summa» so‘zi «shu asnoda, bundan tashqari, shuningdek, qo‘shimcha ravishda (tarzda), yana, tag‘in, yana bir bor» kabi ma’nolarni ham o‘z ichiga oladi. Bu yerda «summa» so‘zi vaqt ifodasi sifatida emas, balki qo‘shimcha tushuntirish sifatida ishlatilgan.6
Koinotning yaratilishi haqida Qur’onda bunday ma’lumotning berilganligi, Qur’on mo‘‘jizakorligining shubhasiz dalilidir.


Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 01:38:39

OSMONLAR VA YERNING AJRALISHI

Osmonlarning yaratilishi to‘g‘risida bir oyatda quyidagicha xabar beriladi:
Kofir bo‘lganlar osmonlar ham, Yer ham (avvalda) yaxlit bo‘lganini, bas, Biz ularni yorib yuborganimizni va barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko‘rmadilarmi?! Endi ham imon keltirmaydilarmi?! («Anbiyo» surasi, 30- oyat)
«Yaxlit» deb tarjima qilingan «ratq» so‘zi arablarning ona tilida «bir-biriga aralashgan, qorishgan» degan ma’noni anglatadi. U umumiy bir butunni tashkil etuvchi ikki turli moddaga nisbatan qo‘llaniladi. «Biz yorib yuborganmiz» jumlasi esa arabchadagi «fataqa» fe’lidir va u ajralish yoki bir-biriga boglovchi narsalar tuzilmasini buzish orqali biror narsaning vujudga kelishini nazarda tutadi. Tuproqdan urugning unib chiqishi ham bu fe’lning ma’no doirasidagi harakatlardan biridir.
Keling, yana bir bor yuqoridagi oyatga nazar tashlaymiz. Oyatda osmon va yer avvalo «ratq» holatida turibdi. Ularning biri boshqasidan chiqib, ular ajratiladi (fataqa). Qizigi shundaki, agar biz Katta portlashning dastlabki holatini ko‘z oldimizga keltirsak, biz koinotning jamiki materiyasi bitta nuqtaga jamlanganini ko‘ramiz. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, hamma narsa, shuningdek, hali yaratilmagan «osmonlar va yer» ham bir-biriga o‘ralib ketgan va ajralmas holatda edi. So‘ngra bu nuqta juda qattiq portladi va o‘z materiyasining qismlarga ajralib ketishiga sabab bo‘ldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 01:39:35

OSMONLAR VA YER O’RTASIDAGI NARSALARNING YARATILISHI

Qur’onda Yer, osmonlar va ularning o‘rtasidagi narsalarning yaratilishiga oid ko‘plab oyatlar mavjud:

(Biz) osmonlar va Yerni hamda ularning o‘rtasidagi narsalarni faqat haq (hikmat) bilan yaratdik. Qiyomat ham, shaksiz, keluvchidir. Bas, (shunday ekan, johillarning aziyatlariga sabr qiling va ularni) chiroyli yuz o‘girish bilan tark eting! («Hijr» surasi, 85- oyat)

Osmonlardagi, Yerdagi va ularning orasidagi hamda zamin ostidagi bor narsa Unikidir. («Toho» surasi, 6- oyat)

Biz osmon va Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni (shunchaki) o‘inab (behuda) yaratganimiz yo‘q. («Anbiyo» surasi, 16- oyat)

Olimlarning aniqlashicha, avvalo, issiq gaz massasining zichligi ortib ketgan. Bu massa keyinroq galaktik materiya va yanada keyinroq yulduz va sayyoralar hosil qiluvchi kichikroq qismlarga bo‘linib ketgan. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, Yer va uning atrofidagi yulduzlarning barchasi yaxlit gazli jismdan ajralib chiqqan qismlardir. Mana shu qismlardan ba’zilari quyosh va sayyoralarni hosil qildi, shu taxlitda, ko‘plab quyoshli sistemalar hamda galaktikalar paydo bo‘ldi. Mazkur kitobning oldingi mavzularida yoritib berganimizdek, koinot avvalo «ratq» (birlashgan, qo‘shilgan, o‘zaro bog‘langan) holatda edi, so‘ng «fataqa» (qismlarga ajratilgan) holatga keldi. Qur’onda koinotning paydo bo‘lishi juda mos so‘zlar bilan va shunday usulda tasvirlanganki, ularni ilmiy asoslar ham tasdiqlaydi.7
Har bir bo‘linish arafasida, samoda shakllanayotgan yangi, asosiy jismlar tashqarisida bir qancha zarralar qolgan. Bu ortiqcha zarralar «yulduzlararo galaktik materiyalar» degan ilmiy nom olgan. Yulduzlararo materiya 60% vodorod, 38% geliy va 2% boshqa elementlardan iborat. Yulduzlararo materiyaning 99% i yulduzlararo gazdan, 1% i esa yulduzlararo changdan iborat. Bu chang juda kichik - diametri 0,0001 dan 0,001 mm gacha bo‘lgan og‘ir elementli zarralardan tashkil topgan.8 Olimlar bu moddalarga astrofizik o‘lchamlar nuqtai nazaridan juda ahamiyatli deb qarashadi. Bu moddalar shunchalik maydaki, ularga chang, tutun yoki gaz deb qarash maqsadga muvofiqdir. Ammo bu moddalar bir butun deb qaralsa, ular koinotdagi barcha galaktikalarning jami massasidan kattaroq massani hosil qiladi. Garchi yulduzlararo galaktik materiyaning mavjudligi 1920 yilda kashf kilingan bo‘lsa-da, bu zarralarning mavjudligiga bir ming to‘rt yuz yil oldin Qur’onda «maa baynahuma» («Ular o‘rtasidagi (orasidagi) narsalar») deb tasvirlash orqali ularga alohida e’tibor qaratilgan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 01:41:55

KOINOTDAGI MUKAMMAL MUVOZANAT

(U) yetti osmonni qatma-qat qilib yaratgan zotdir. (Ey inson!) Rahmonning yaratishida biror tafovutni (nuqsonni) kurmaysan. Bas, ko‘zingni yana (samoga) qaytargin-chi, (unda) biror yoriqni ko‘rarmikansan? So‘ngra ko‘zingni qayta-qayta (samoga) qarat, ko‘zing senga xor va toliqqan holda qaytur. («Mulk» surasi, 3-4- oyatlar)

Koinotdagi milliardlab yulduzlar va galaktikalar ular uchun tayinlab qo‘yilgan yo‘llardan mukammal bir muvozanatni saqlagan holda harakat qiladi. Yulduzlar, sayyoralar va yo‘ldoshlar nafaqat , o‘z o‘qi atrofida, balki ular kiradigan sistema bilan ham birgalikda aylanadilar. Ba’zida 200-300 milliard yulduzdan iborat galak-tikalar bir-birlarining yo‘llarini kesishgan holda harakatlanadi. Hayratga solarli tomoni shundaki, koinotdagi bunday ajoyib tartibni barbod qilishi mumkin bo‘lgan biror to‘qnashuv yuz bermaydi. Bu shunday mo‘‘jizaki, u bizning hech birimizni befarq qoldirmaydi.
Koinotda tezlik tushunchasi yerdagi kattaliklar bilan taqqoslaganda juda katta o‘lchamlarni keltirib chiqaradi. Yulduzlar, sayyoralar, galaktikalar va galaktikalarning konglomeratlari (ularning sonli xossalari faqatgina matematiklar tomonidan tushunilishi mumkin) milliardlab yoki trillionlab tonna og‘irlikka ega bo‘lib, g‘ayrioddiy tezlikda harakatlanadilar.
Misol uchun, Yer soatiga 1670 km (1038 milya) tezlikda aylanadi. Agar biz bugungi kunda eng tez uchadigan o‘q soatiga o‘rtacha 1800 km tezlikka ega bo‘ladi deb hisoblasak, biz Yerning ulkan hajm va massasiga qaramasdan qanchalik tez harakatlanayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 01:43:58

Quyosh atrofida aylanayotgan Yerning tezligi o‘qning tezligiga qaraganda 60 marta katta: soatiga 108000 km. Agar biz mana shu tezlikda harakat qila oladigan mashina yarata olganimizda edi, u yerni 22 daqiqada aylanib chiqa olar edi. Bu raqamlar faqat Yergagina taalluqlidir.
Quyosh sistemasi uchun bu raqamlar undan-da hayratlanarli. Bu sistemaning tezligiga aql bovar qilmaydi: koinotdagi sistemalar qanchalik katta bo‘lsa, ularning tezligi ham shunchalik kattadir. Galaktikaning markazi atrofida Quyosh sistemasining harakat tezligi soatiga 720000 km ga teng. 200 milliard yoki undan ko‘proq yulduzga ega bo‘lgan Somon yo‘li koinot bo‘ylab soatiga 950000 km tezlikda harakat qiladi.
Bunday chigal va tez harakatli sistemada, shak-shubhasiz, juda katta to‘qnashuvlar bo‘lish xavfi bor. Biroq aslida bunga o‘xshash hech qanday voqea yuz bermaydi va biz batamom xavf-xatardan xoli o‘z hayotimizni davom ettiramiz. Chunki koinotdagi har bir narsa Alloh tomonidan o‘lchab qo‘yilgan benuqson muvozanatga ko‘ra amal qiladi. Mana shu sababdan ham, xuddi oyatda xabar berilganidek, bu sistemada «tafovut» mavjud emas.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 01:44:39

KOINOTDAGI UYG’UNLIK

(U) yetti osmonni qatma-qat qilib yaratgan zotdir. (Ey, inson!) Rahmonning yaratishida biror tafovutni (nuqsonni) qo‘rmaysan. Bas, ko‘zingni yana (samoga) qaytargin-chi, (unda) biror yoriqni ko‘rarmikansan? So‘ngra ko‘zingni qayta-qayta (samoga) qarat, ko‘zing senga xor va toliqqan holda qaytur. («Mulk» surasi, 3-4- oyatlar)

Ko‘rmadingizmi, Alloh yetti osmonni qanday qavatma-qavat qilib yaratdi. («Nuh» surasi, 15- oyat)

U (yana) osmonlar va Yerning hukmronligiga ega, farzand tutmagan, podshohlikda sherigi bo‘lmagan va barcha narsani yaratib, (aniq) o‘lchovi bilan o‘lchab qo‘ygan zotdir. («Furqon» surasi, 2- oyat)

Tabiat va koinotdagi barcha sistemalar mashinadek o‘zidan-o‘zi harakat qiladi, ular orasidagi benuqson tartib va muvozanat tasodifiylik hosilasidir, degan da’vo bilan materialistik falsafa paydo bo‘lgan edi. Ammo bugun, materializm va darvinizmning noto‘g‘ri ekanligi (u ilmiy asos deb atalar edi) ilmiy jihatdan isbotlab berildi. (Qarang: Horun Yahyo. Evolyutsiya yolg‘oni. 8-nashr, Darvinizm rad etildi, 2003.)

XX asrda astrofizika va biologiya sohalarida birin-ketin jadal sur’atlar bilan qilingan ilmiy kashfiyotlar hayot va koinotning yaratilganligini isbotladi. Darvinizmning asoslari barbod bo‘lgach, Katta portlash nazariyasi koinotning yo‘qlikdan yaratilganini ko‘rsatdi. Kashfiyotlar moddiy dunyoda buyuk bunyodkorlik va hamohanglik mavjudligini aniqladi va materializm da’volarining asossiz xususiyatlarini uzil-kesil isbotladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 01:45:05

Hayot uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni nazarda tutsak, faqat Yergina bu sharoitlar talabiga javob berishini ko‘rishimiz mumkin. Hayot kechirishga mos bo‘lgan muhit uchun bizning atrofimizda bir vaqtda va to‘xtovsiz sodir bo‘layotgan hisobsiz sharoitlar mavjud. Har birida o‘rtacha yuz milliard yulduz bo‘lgan bir necha yuz milliard galaktikalar bor. Hamma galaktikalarning, ehtimol, yulduzlarchalik ko‘p sayyoralari bordir. Mana shunchalik katta raqamlar oldida Yerda shunday yagona muhit paydo bo‘lishining ahamiyati to‘g‘risida bir oz mulohaza yuritsak yaxshiroq bo‘lardi.
Katta portlash kuchidan to atomlarning fizik qiymatlarigacha, to‘rt asosiy kuchdan to yulduzlardagi kimyoviy jarayonlargacha, Quyosh tomonidan chiqariladigan yorug‘lik turidan to suvning quyuqligigacha, Oyning Yergacha bo‘lgan masofasidan to atmosferadagi gazlar darajasigacha, Yerning Quyoshgacha bo‘lgan masofasidan to uning o‘z orbitasida og‘ishish burchagigacha, Yerning o‘z o‘qi atrofida qaysi tezliqda aylanishidan to okean va tog‘larning Yerdagi vazifasigacha har bir narsa bizning hayotimiz uchun juda ham mosdir. Bugungi kunda ilm-fan dunyosi bu xususiyatlarni «Antropik printsip» va «Uyg‘unlik» kontseptsiyalari vositasida tasvirlaydi. Bu kontseptsiyalar koinotning maqsadsiz, nazoratsiz, materiyaning tasodifiy to‘plami emas, balki uning inson hayoti tomon qaratilgan maqsadi borligi hamda juda aniqlik bilan bezatilganligini tushuntirib beradi.
Yuqoridagi oyatlarda Allohning yaratishida o‘lchov va uyg‘unlikka diqqat qaratamiz. «Bezatmoq, o‘lchamoq, o‘lchov bilan yaratmoq» ma’nosini anglatuvchi «taqdiir» so‘zi «Furqon» surasining 2-oyatidagi kabi Qur’on oyatlarida ishlatilgan. «Uyg‘unlikda, hamohang ravishda» ma’nosini anglatuvchi «tibaaq» so‘zi «Mulk» surasining 3-oyati va «Nuh» surasining 15-oyatlarida ishlatilgan. Shuningdek, Alloh «Mulk» surasida «farq, nomuvofiqlik, kelishmovchilik, mos emaslik, qarama-qarshilik» ma’nolaridagi «tafaavut» so‘zini vahiy qilganki, nomuvofiqlikni, nuqsonni izlagan kishilar uni topa olmaydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 01:49:09

XX asrning oxirlariga kelib ishlatila boshlangan «uyg‘unlik» atamasi oyatlarda vahiy qilingan bu haqiqatni oshkor qildi. So‘nggi chorak asr yoki undan ko‘proq vaqt mobaynida ko‘pdan-ko‘p olimlar, zakovat egalari va yozuvchilar koinotning tasodiflar majmuasi emasligi, aksincha, unda har bir mayda elementigacha inson hayoti uchun juda mos tushadigan g‘ayrioddiy sharoit va tartib borligini isbotladilar. Koinotdagi ko‘pchilik xislatlar uning ataylab hayotni ta’minlash maqsadida yaratilganligini yaqqol ko‘rsatadi. Fizik doktor Karl Giberson bu dalilni shunday tasvirlaydi:
1960 yillarda, ba’zi fizik olimlar shu narsani kuzatishdiki, bizning koinotimiz inson hayotining mavjud bo‘lishi uchun uyg‘un qilib ko‘yilgan ekan.10
Britaniyalik astrofizik professor Jorj F. Ellis bu uyg‘unlikka quyidagicha izoh beradi:
Ajoyib uyg‘unlik bu chigalliklarni osonlashtiradigan qonunlarda uchraydi. Amalga oshirilgan ishlarning qanchalik murakkabligini tushunib yetgach, «mo‘‘jizaviy» degan so‘zni, uning ontologik xususiyatlarini hisobga olmagan holda ishlatmaslikning iloji yo‘q.11

Katta portlash tezligi:
Katta portlash bilan o‘rnatilgan muvozanat va koinotning bir onda yaratilishi uning tasodifan vujudga kelmaganligini isbotlovchi dalillardan biridir. Adelaida universitetining matematik fizika sohasi bo‘yicha taniqli professori Pol Deyvisning fikriga ko‘ra, agar Katta portlash natijasida sodir bo‘lgan kengayish koeffitsienti bor-yo‘g‘i milliard milliarddan bir kismiga (1/1018) farq qilganda edi, koinot vujudga kelmagan bo‘lar edi.12 «Vaqtning qisqa tarixi» nomli kitobida Stefen Xoking koinotning kengayish koeffitsientidagi bunday g‘ayrioddiy aniqlikni quyidagicha e’tirof etadi:
Agar kengayish koeffitsienti Katta portlashdan bir soniya keyin, hattoki yuz million millionning bir qismigacha kichikroq bo‘lganda edi, koinot o‘zining hozirgi kengligiga yetmasdan oldinroq barbod bo‘lgan bo‘lar edi.13

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 01:49:30

To‘rt kuch:
Koinotdagi fizik harakat Gamonaviy fizika tomonidan e’tirof etilgan to‘rt kuch: tortishish kuchi, elektromagnitik kuch, qudratli (kuchli) atom kuchi va zaif (kuchsiz) atom kuchining o‘zaro ta’siri hamda muvozanati evaziga sodir bo‘ladi. Bu kuchlar bir-biriga nisbatan turli g‘ayrioddiy qiymatlarga egadirlar. Mashhur molekulyar biologiya mutaxassisi Maykl Denton bu kuchlar o‘rtasidagi g‘ayrioddiy muvozanatni shunday ta’riflaydi:
Agar, misol uchun, tortishish kuchi trillion marta kuchliroq bo‘lganda edi, unda koinot ancha kichik va uning hayot tarixi ancha kisqa bo‘lgan bo‘lar edi. O’rtacha kattalikdagi yulduz Quyoshga qaraganda trillion marta kichikroq massaga ega va hayot davri taxminan bir yilcha bo‘lgan bo‘lar edi. Aksincha, agar tortishish kuchi kamroq bo‘lganda edi, hech bir yulduz yoki galaktikalar paydo bo‘lmagan bo‘lar edi. Boshqa shunga o‘xshash xususiyat va qiymatlar ham keskinlik bobida bundan qolishmaydi. Agar qudratli kuch bir oz zaifroq bo‘lganda edi, barqaror turadigan yagona element vodorod bo‘lgan bo‘lar edi. Boshqa atomlar mavjud bo‘la olmasdi. Agar u elektromagnitik kuchga nisbatan bir oz ortiqroq bo‘lganda edi, unda faqatgina ikki protonli atom yadrolari koinotning turg‘un bir bo‘lagi bo‘lar edi, bu esa bunday koinotda vodorod bo‘lmasligini va agar biror yulduz yoki galaktikalar paydo bo‘lsa, ular o‘zlarining hozirgi holatidan bugunlay boshqacha bo‘lishini anglatadi. Shubhasiz, agar bu turli kuchlar va o‘zgarmas kattaliklar o‘zlarining ayni paytdagidek puxta qiymatlariga ega bo‘lmaganida edi, na yulduzlar, na o‘ta yangi yulduzlar, na sayyoralar, na atomlar va na hayot bo‘lur edi.14

Samoviy jismlar orasidagi masofalar:
Samoviy jismlarning kosmosdagi taqsimoti va ular orasidagi ulkan bo‘shliqlar Yerda hayot mavjud bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Samoviy jismlar orasidagi masofalar juda qudratli samoviy kuchlar ta’sirida shunday hisob-kitob bilan belgilanganki, bu Yer yuzida hayotning mavjudligini ta’minlaydi. «Tabiatning taqdiri» nomli kitobida, Maykl Denton o‘ta yangi yulduzlar va yulduzlar orasidagi masofani shunday ta’riflaydi:
O’ta yangi yulduzlar, shuningdek, barcha yulduzlar orasidagi masofalar boshqa sabablarga ko‘ra juda jiddiydir. Bizning galaktikamizdagi yulduzlar orasidagi masofa taxminan 30 million milyaga teng keladi. Agar bu masofa qisqaroq bo‘lganda edi, sayyoralarning orbitalari beqarorlashgan bo‘lar edi. Aksincha, bu masofa kattaroq bo‘lganda edi, unda o‘ta yangi yulduz tomonidan otiladigan parchalar shunday betartib tarqalar ediki, biznikiga o‘xshash sayyoralar sistemasi ehtimol hech qachon paydo bo‘lmagan bo‘lar edi. Modomiki kosmos hayot manbai bo‘lishi kerak ekan, unda o‘ta yangi yulduzlarning miltillashi juda aniq qiymatda sodir bo‘lishi va ular orasidagi, shuningdek, barcha yulduzlar orasidagi masofa hozirda kuzatilgan raqamlarga juda yaqin bo‘lishi lozim.15

Qayd etilgan