Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338405 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 31 B


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 02:18:05

QAMARIYA (OY YILI)NI HISOBLASH

U quyoshni ziyo (taratuvchi) va oyni nur (sochuvchi) etgan hamda yillarning adadini va (vaqt va zamonga doir) hisobni bilishlaringiz uchun uni (oyni) manzillarga (bo‘lib) o‘lchab qo‘ygan zotdir. Buni Alloh faqat haq (hikmat) bilangina yaratdi. Biluvchi qavm uchun oyatlarni (U) batafsil bayon qilur. («Yunus» surasi, 5-oyat)

Biz oyni ham, toki u eski xurmo butog‘idek bo‘lib (egilib) qolgunicha, manzillarga (botadigan qilib) o‘lchab qo‘ygandirmiz. («Yosin» surasi, 39-oyat)

Yuqoridagi oyatlarning birinchisida Alloh Oyning odamlar uchun yilni hisoblashlarida o‘lchov vositasi bo‘lishini ochiq-oydin vahiy qilgan. Shuningdek, bizning diqqatimiz bu hisoblashlar Oyning o‘z orbitasida aylanayotib, tutgan o‘rinlariga binoan amalga oshirilishiga qaratiladi. Yer va Oy hamda Oy va Quyosh o‘rtasidagi burchaklar muntazam o‘zgarib turishi bois, biz Oyni turli paytda turli shakllarda ko‘ramiz. Jumladan, bizning Oyni ko‘ra olishimiz uning Quyosh tomonidan yoritilishi tufaylidir. Biz Yerdan turib ko‘radigan Oyning yarmidagi yoritilish miqdori o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlarni yodda tutib, insonlarga yilni o‘lchash imkoniyatini beruvchi bir qancha hisoblashlarni amalga oshirish mumkin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 02:18:31

O’tmishda bir oylik vaqt miqdori ikki to‘lin oy o‘rtasidagi vaqt yoki Oyning Yerni aylanib chiqishida ketgan vaqtidan kelib chiqib hisoblangan. Shunga ko‘ra, bir oy vaqt 29 kun, 12 soat va 44 daqiqaga to‘g‘ri kelar edi. Bu «qamariya oyi» sifatida ma’lum. Hijriy taqvimga binoan, o‘n ikki qamariya oyi bir yilni tashkil etadi. Ammo Hijriy taqvim va Georgiy taqvimi o‘rtasida o‘n bir kunlik farq bor bo‘lib, Georgiy taqvimidagi bir yil Yerning Quyoshni bir marta aylanib chiqishida ketadigan vaqtga tengdir. Endi e’tiborimizni boshqa bir oyatda bu farq haqida aytilgan xabarga qaratamiz:

(Ular) g‘orlarida uch yuz yil turdilar va yana to‘qqiz (yil)ni ziyoda qildilar. («Kahf» surasi, 25-oyat)

Biz oyatda ishora qilingan vaqtga shu tarzda oydinlik kiritamiz: 300 yil X 11 kun (har yili yuzaga keladigan farq) = 3300 kun. Bir quyosh yili 365 kun, 5 soat, 48 daqiqa va 45,5 soniyadan iborat ekanligini hisobga olsak, 3300 kun : 365,24 kun = 9 yil. Buni boshqacha qilib ifodalasak, Georgiy taqvimiga ko‘ra 300 yil Hijriy taqvimi bo‘yicha 300+9 yilga tengdir. Guvoh bo‘lganimizdek, bu oyat aniq hisoblab chiqilgan 9 yil farqni nazarda tutmoqda. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) Vaqt to‘g‘risidagi har kungi bilimdan ortiq bunday ma’lumotni o‘z ichiga olgan Qur’on g‘ayritabiiy vahiydir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2009, 02:19:02

TORTISHISH KUCHI VA ORBITAL HARAKATLAR

Bas, qasamyod eturman qayta-qayta chiqib turuvchi bilan, yashirinuvchi sayyoralar bilan, ... («Takvir» surasi, 15-16-oyatlar)

«Takvir» surasining 15-oyatidagi «xunnas» so‘zi «tortilmoq va orqagatisarilmoq», «ichiga tortmoq va iziga qaytmoq» ma’nolarini o‘z ichiga oladi. 16-oyatda «yashirinuvchi» deb tarjima qilingan arabcha jumla «kunnas» («kaanis» so‘zining ko‘plik shakli) bo‘lib, u harakatdagi jismning uyi, makoniga kirish yoki uyasiga kiruvchi va u yerda yashirinuvchi narsalarning muayyan bir yo‘lini nazarda tutadi. Yana 16-oyatdagi «javaar» («jariyah» so‘zining ko‘plik shakli) so‘zi ko‘chadigan va oqadigan biror narsani anglatadi. Shu ma’nolarni nazarda tutgan holda, bu oyatlar sayyoralarning tortishish kuchlari va ularning o‘z orbitalarida harakat qilishlariga ishora qilyapti deb tushunish mumkin.

Yuqorida qayd etilgan oyatlardagi bu so‘zlar tortishish kuchiga asoslangan orbital harakatlarni to‘liq tasvirlaydi. Bulardan, «xunnas» so‘zi sayyoralarning o‘z markazlari tomon tortilishi va ularning Quyosh sistemasining markazi bo‘lgan Quyosh tomon ham tortilishini anglatadi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) Garchi bu tortishish kuchi XVII va XVIII asrlarda yashab o‘tgan Isaak Nyutonning matematik formulalari bilan kashf qilingan bo‘lsa-da, u koinotda allaqachon mavjud edi. 16-oyatdagi «javaar» so‘zi tortishish kuchiga qarshi bo‘lgan markazdan qochma kuch ta’sirida yuzaga keladigan orbital harakatlarga urg‘u beradi. Shubhasiz, «javaar» so‘zining «xunnas» (markaz tomon tortilish, tortilish) va «kunnas» (harakatdagi jismning uyi, makoniga kirish yo‘li) lar bilan birga ishlatilishi, 1400 yil avval biror kishining bilishi dargumon bo‘lgan muhim ilmiy haqiqat to‘g‘risida dalolat beradi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) Bundan tashqari, mazkur oyatlar Qur’onda qasamyod etilgan mavzulardan biri bo‘lib, bu mavzuning ahamiyatliligidan darak beruvchi boshqa bir nishonadir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 02:51:44

YERNING SHARSIMONLIGI

U osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratgandir. U kechani kunduzning ustidan o‘rar, kunduzni kechaning ustidan o‘rar. («Zumar» surasi, 5-oyat)
Qur’onda koinotni tasvirlash uchun ishlatilgan so‘zlar juda nodirdir. Yuqoridagi oyatda «o‘ramoq» deb tarjima qilingan arabcha so‘z «yukavvir» dir. O’zbek tilida bu so‘z biror narsa ustidan boshqasini aylantirib o‘rash, atrofidan bir necha bor aylantirib joylash, bog‘lash degan ma’nolarni anglatadi. Arab tili lug‘atlarida esa bu so‘z xuddi sallani boshga o‘ragandek, biror narsani boshqa narsa atrofida o‘rash faoliyatini ifodalash uchun ishlatilgan. Oyatda kun va tunning bir-birini o‘rashi haqida berilgan ma’lumot dunyoning shakli to‘g‘risidagi aniq ma’lumotni o‘z ichiga oladi. Bu haqiqat Yer faqat sharsimon shaklda bo‘lsagina haqdir. Bu shundan dalolat beradiki, VII asrda nozil qilingan Qur’onda dunyoning aylana shaklda ekanligiga ishora qilingan.
Biroq shu narsani yoddan chiqarmasligimiz lozimki, o‘sha paytlarda astronomik tushunchalar dunyoni o‘zgacha talqin qilar edi. O’shanda hamma odamlar dunyoni yassi tekislik deb o‘ylar va hamma il-miy hisoblash va tushuntirishlar mana shu aqidaga asoslanar edi. Ammo muqaddas Qur’on koinotni tasvirlashga kelganda eng aniq so‘zlarni topib ishlatgan. Faqatgina bizning asrimizda to‘g‘ri idrok etiladigan bu faktlar Qur’onda juda uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lib kelgan.


Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:14:51

YERNING GEOID SHAKLI

Shundan keyin Yerni (tuyaqush tuxumi shaklida) yoyib, tekislab qo‘ydi. («Noziot» surasi, 30-oyat)
Yuqoridagi oyatda, «dahaa» so‘zi asl arab tilida ishlatilgan. «Yoyib, tekislab qo‘ydi» deb tarjima qilingan bu so‘z «yozmoq, yoymoq, to‘shamoq» ma’nosini anglatuvchi «dahav» so‘zidan kelib chiqqan. Garchi «dahav» so‘zi surtmoq yoki tartibga solmoq ma’nolarini ham anglatsa-da, u oddiygina qilib tartibga solishni emas, balki doira shaklida tartibga solishni tasvirlaydi.
Aylana tushunchasi «dahav» so‘zidan yasalgan boshqa so‘zlarda ham uchraydi. Masalan, «dahav» so‘zi o‘yin maydonidagi teshikka bolalarning to‘p tushirishini, toshlarni teshikka tushirish bilan bog‘liqo‘yinlar va yong‘oqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlarga nisbatan ham ishlatiladi. Bu so‘z o‘zagidan yasalgan so‘zlar tuyaqushning uya qurishi, o‘zi yotadigan, tuxum qo‘yadigan joylarini toshdan tozalashi va tuxumining o‘ziga nisbatan ham ishlatiladi.
Darhaqiqat, Yer tuxumga o‘xshab ketadigan tarzda dumaloq shaklda. Yerning bir oz yassilangan sharsimon shakli geoid nomi bilan ma’lum. Mana shu nuqtai nazardan, «dahaa» so‘zining ishlatilishi Alloh Yerga bergan shakli haqida muhim ma’lumotni o‘z ichiga oladi. Uzoq asrlar davomida odamlar Yerni butunlay yassi deb tasavvur qilishar edi va faqatgina yaqindagina yangi texnologiyalar sharofati bilan haqiqatni bilib olishdi. Darvoqe, bu haqiqat Qur’onda o‘n to‘rt asr ilgari vahiy qilingan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:15:30

YER VA FAZONING DIAMETRLARI

Ey jinlar va insonlar jamoasi! Agar sizlar osmonlar va Yer hududlaridan o‘tib ketishga qodir bo‘lsangiz, o‘tib ketaveringiz! Kuch-qudratsiz sira o‘tib keta olmagaysiz! («Ar-Rahmon surasi, 33-oyat)
Yuqoridagi oyatda «hududlar» deb tarjima qilingan arabcha so‘z «aqtoor»dir. Bu diametr degan ma’noni anglatuvchi «qutr» so‘zining ko‘plik shaklidir, u osmonlar va Yerning ko‘p diametrlari borligini anglatadi. Arab tilvda ishlatilgan so‘zning shaklvdan uning birlik, ko‘plik (ikkitadan ko‘p) yoki ikkilik shaklida ishlatilganligini aytib berish mumkin. Shuning uchun bu yerda ishlatilgan so‘zning shakli ko‘plik bo‘lib, u yana bir mo‘‘jizaviy ma’lumotni nazarda tutadi.
Uch o‘lchovli jism, u faqat bekam-ko‘st sharsimon bo‘lgandagina bir diametrli bo‘ladi, deyish mumkin. «Diametrlar» atamasi faqatgina nosimmetrik, lekin, asosan, sharsimon shaklni bildiradi. Qur’onda tanlangan «diametrlar» so‘zi Yerning geoid shakli haqvda alomat berishi nuqtai nazaridan juda ahamiyatlidir. Oyatdagi ikkinchi diqqatga sazovor mavzu Yer va osmonlarning diametrlar jihatdan alohida-alohida eslatib o‘tilganligidadir.
Albert Eynshteynning «umumiy tortishish nazariyasi»ga binoan, koinot kengayib bormoqda. Lekin bu galaktikalar va boshqa samoviy jismlar kosmosda to‘zg‘ib yuribdi, degan ma’noni anglatmaydi. Bu kosmosning kengayayotganligini va galaktikalar orasvdagi masofa o‘sayotganligini anglatadi.
«Ar-Rahmon» surasining 33-oyatidagi «osmonlar hududlari»ning ta’rifi kosmosning sharsimon strukturadan iborat ekanligini ko‘rsatadi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchvdir.) Shu yo‘sinda kosmosning diametrlari kosmosdagi turli nuqtalardan olib qaralganda turlicha bo‘ladi, demak, muntazam kengayib borayotgan kosmosning diametrlari ham farqlanib boraveradi. Mana shu nuqtai nazardan «chegara, hudud» ma’nosini anglatuvchi so‘zning ko‘plik shaklda ishlatilishi donolik timsolidir va bu ham Qur’onning hamma narsadan xabardor Parvardigorimizning vahiysi ekanligidan nishonadir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:21:39

ATMOSFERA QATLAMLARI

Koinot haqida Qur’on oyatlarida xabar berilgan dalillardan biri - osmonning yetti qatlamdan tashkil etilganligidir.
U shunday zotki, sizlar uchun Yerdagi barcha narsalarni yaratdi. So‘ngra samo sari «turdi-da», uni yetti qavat osmondan iborat qilib qo‘ydi. U barcha narsani biluvchi (dono)dir. («Baqara» surasi, 29-oyat)
So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni (yaratishni) qasd etdi. Bas, ikki kunda yetti osmonni barpo qildi va har bir osmonga (unga buyurilgan) ishni (vazifasini) vahiy qildi. («Fussilat» surasi, 11-12-oyatlar)

Qur’onning bir qancha oyatlarida uchraydigan «osmonlar» so‘zi yerning yuqorisidagi osmonga hamda butun koinotga nisbatan ishlatilgan. Mazkur so‘zning berilgan bu ma’nosidan shu narsani anglash mumkinki, Yerning osmoni yoki atmosferasi yetti qatlam qilib yaratilgan.
Haqiqatan ham, bugungi kunda shu narsa ma’lumki, bizning dunyoimizning atmosferasi bir-birining ustida yotuvchi turli qatlamlardan iborat.20 Kimyoviy tarkiblar yoki havo temperatura mezonlariga asoslangan ta’riflar Yer atmosferasining yetti qatlamdan iborat ekanligini ta’kidlaydi.21 «Chekli nozik To‘r modeli» (ob-havo holatlarini 48 soat uchun aniqlab beradigan atmosfera modeli) ga ko‘ra atmosferaning ham yetti qatlami bor.
Zamonaviy geologik ta’riflarga ko‘ra, atmosferaning yetti qatlami quyidagilardan iborat:
1. Troposfera
2. Stratosfera.
3. Mezosfera.
4. Termosfera
5. Egzosfera.
6. Ionosfera.
7. Magnitosfera.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:23:30

Qur’ondagi «Fussilat» surasining 12-oyatida «(U) har bir osmonga (unga buyurilgan) ishni (vazifasini) vahiy qildi,» deb ta’kidlanadi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, Alloh har bir osmonga o‘z burchini, majburiyatini yuklaganini ma’lum qiladi. Shubhasiz, keyinroq beriladigan bo‘limlarda ko‘rsatib o‘tilgandek, bu qatlamlarning har biri Yer yuzidagi insoniyat va barcha jonzotlarning yashashi uchun juda muhim vazifani o‘taydi. Har bir qatlamning yomg‘irni shakllantirishdan tortib toki zararli nurlarning oldini olish, radioto‘lqinlarni aks ettirishdan tortib toki meteoritlar halokatli oqibatlarining oldini olishdek o‘ziga xos funktsiyalari bor.
Kuyida qayd etilgan oyatlar atmosfera yetti qatlamining ko‘rinishi haqida bizga ma’lumot beradi:
Ko‘rmadingizmi, Alloh yetti osmonni qanday qavatma-qavat qilib yaratdi. («Nuh» surasi, 15-oyat)
(U) yetti osmonni qatma-qat qilib yaratgan zotdir, ... . («Mulk» surasi, 3-oyat)

Bu oyatlarda o‘zbek tiliga «qavatma-qavat, qatma-qat» deb tarjima qilingan «tibaaq» arabcha so‘zi «qatlam, mos qoplama yoki biror narsa uchun jild» ma’nolarini anglatadi va bu yuqoridagi qatlam quyiroqdagisiga qanday muvofiq moslashtirilganligiga urg‘u beradi. Ushbu so‘z bu yerda ham ko‘plik shaklida ishlatilgan. Osmonning oyatda qatma-qat deb tasvirlanganligi, shubhasiz, atmosfera haqida bildirilgan juda mukammal iboradir.
XX asr texnologiyalarisiz kashf qilishning imkoni bo‘lmagan bu haqiqatlar haqida 1400 yil muqaddam Qur’oni Karimda mufassal xabar berilishi ulkan bir mo‘‘jizadir.
 


Atmosfera faqatgina hayot uchun talab etiladigan nurlarning Yergacha yetib kelishiga yo‘l qo‘yadi. Masalan, u ultrabinafsha nurlarni dunyoga faqatgina qisman yetkazib beradi. Bu o‘simliklarga fotosintez hodisasini amalga oshirishiga va shu jumladan, barcha jonzotlarning yashashiga imkon beradigan eng to‘g‘ri miqdordir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:24:57

YAXSHI HIMOYALANGAN OSMON

Qur’onda Alloh bizning e’tiborimizni osmonning juda bir muhim xususiyatiga tortadi:
Osmonni saqlanib turuvchi tom qilib qo‘ydik. Ular (mushriklar) esa ularning alomatlaridan yuz o‘giruvchidirlar. («Anbiyo» surasi, 32-oyat)
Osmonning bu xususiyati XX asrda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar orqali isbotlandi: Yerni o‘rab turgan atmosfera hayotning davom etishi uchun ahamiyatli funktsiyalarni bajaradi. U Yerga yaqinlashib kelgan ko‘plab katta-kichik meteoritlarni yo‘q qilib, ularning Yerga qulab tushishini bartaraf qiladi va mavjudotlarga zarar yetkazishning oldini oladi.
Bundan tashqari, atmosfera jonzotlarga zararli bo‘lgan, kosmosdan kirib keluvchi yorug‘lik nurlanishlarini filtrlaydi. Atmosferadagi bu funktsiyaning eng hayratga qoldiradigan jihati shundaki, u faqatgina xavfsiz va foydali nurlarni ko‘rinadigan yorug‘lik, ultrabinafshaga yaqin bo‘lgan nur va radioto‘lqinlarni o‘tkazadi. Bu radiatsiyalarning barchasi hayot uchun zaruriydir. Atmosfera faqatgina qisman o‘tkazadigan ultrabinafshaga yaqin bo‘lgan nurlar o‘simliklarning fotosintezi hamda barcha mavjudotlarning yashashi uchun juda muhim rol o‘ynaydi. Quyoshdan chiqadigan ko‘pchilik xavfli ultrabinafsha nurlar atmosferaning azon qatlamida filtrlanadi. Ultrabinafsha nurlar spektrining faqat cheklangan va zaruriy qismigina Yergacha yetib keladi.
Atmosferaning himoyalovchi funktsiyasi shu bilan tugamaydi. Atmosfera, shu bilan birga, kosmosning taxminan -270°S (-454°F) bo‘lgan ayovsiz sovug‘idan Yerni asraydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:26:02

Yerni zararli ta’sirlardan yolg‘iz atmosferaning o‘zi himoya qilmaydi. Atmosferaga qo‘shimcha ravishda Van Allen belbog‘i - Yerning magnit maydonidan hosil bo‘lgan qatlam ham bizning sayyoramizga tahdid soluvchi zararli radiatsiyalarga qarshi qalqon bo‘lib xizmat qiladi. Quyosh va boshqa yulduzlardan muttasil chiqadigan bu radiatsiya tirik jonzotlarga halokatli ta’sir qiladi. Agarda Van Allen belbog‘i bo‘lmaganda edi, Quyoshda vaqt-vaqti bilan sodir bo‘ladigan «Quyosh chaqnashlari» deb ataluvchi juda katta energiya portlashlari Yer yuzidagi hayotni barbod kilgan bo‘lar edi. Van Allen belbog‘ining ahamiyati to‘g‘risida Doktor Xyug Ross shunday deydi:
Aslida bizning Quyosh sistemamizdagi sayyoralarning birortasvda ham Yernikidek o‘ta yuqori zichlik mavjud emas. Bu ulkan nikel-temir yadro bizning ulkan magnit maydonimiz uchun mas’uldir. Bu magnit maydon Van Allen radiatsiya qalqoni (belbog‘i) ni hosil qiladiki, u Yerni radiatsiya bombardimonlaridan himoya qiladi. Agar bu qalqon bo‘lmaganda edi, Yer yuzida tiriklikdan nishon bo‘lmas edi. Magnit maydonga ega bo‘lgan boshqa yagona qoyatoshli sayyora bu - Merkuriydir, ammo undagi magnit maydonning quvvati Yernikiga nisbatan 100 barobar kuchsizdir. Hatto bizning singil sayyoramiz bo‘lgan Venera ham magnit maydonga ega emas. Van Allen radiatsiya qalqoni Yerga ato qilingan tanho konstruktsiyadir.22
 

Yerning magnit maydoni tufayli yuzaga keladigan magnitosfera qatlami Yerni samoviy jismlar, zararli kosmik nurlar va zarralardan himoya qiluvchi qalqon vazifasini o‘taydi. Yuqoridagi rasmda Van Allen belbog‘i deb ham ataladigan bu magnitosfera qatlami ko‘rinib turibdi. Yerdan bir necha kilometr yuqorida o‘rin olgan bu belbog‘lar Yer yuzidagi tirik jonzotlarni kosmosdan yetib kelishi muqarrar bo‘lgan falokatli energiyalardan himoya qiladi.
Bu ilmiy topilmalarning barchasi dunyoning o‘zgacha usulda himoya qilinganligidan dalolat beradi. Muhimi shundaki, yaratilgan bu himoya o‘n to‘rt asr ilgari Qur’oni Karimning «Osmonni saqlanib turuvchi tom qilib qo‘ydik», degan oyatida ma’lum qilingan edi.

Qayd etilgan