Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338427 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 31 B


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:30:34



Osmonga boqayotgan aksari odamlar atmosferaning himoyalovchi jihati haqida mulohaza yuritmaydilar. Ular deyarli hech qachon agar bu struktura bo‘lmaganda dunyoning qanday makon bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishmaydi. Yuqoridagi fotosurat AQShning Arizona shtatiga tushgan meteorit hosil qilgan bahaybat kraterga oiddir. Agar atmosfera bo‘lmaganida millionlab meteoritlar Yerga tushgan va Yer yashab bo‘lmas xarobaga aylangan bo‘lar edi. Biroq atmosferaning himoyalovchilik jihati tirik jonzotlarning bexatar hayot kechirishiga imkoniyat yaratadi. Bu, shaksiz, Allohning o‘z bandalariga bergan panohi, shuningdek, Qur’onda tantanavor e’lon qilingan mo‘‘jizadir.

Bir necha yillar oldin aniqlangan mana shunday portlashlarning faqat bittasi uzatadigan energiya Ikkinchi jahon urushi oxirida Xirosima ustiga tashlangan bombaga o‘xshash atom bombalaridan 100 milliardiga teng ekanligi hisoblab chiqilgan. Portlash sodir bo‘lgach, ellik sakkiz soatdan so‘ng kompaslarning magnitli millari noodatiy harakatlarni namoyon qilganligi va Yer atmosferasidan 250 km (155 milya) balandlikda temperatura to‘satdan 2500°S (4532'F) ga chiqib ketganligi kuzatildi.
Qisqasi, Yerdan juda balandda mukammal bir tizim ishlab turibdi. U biz yashab turgan dunyoni o‘rab turadi va uni tashqi tahdidlardan himoya qiladi. Ko‘p asrlar muqaddam bu himoyachi qalqon vazifasida xizmat qilayotgan dunyoning atmosferasi haqida Alloh bizga Qur’onda xabar bergan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:33:31

GUMBAZ QILIB YARATILGAN OSMON

U sizlar uchun Yerni «poyandoz», osmonni «bino» qilib qo‘ydi va osmovdan suv tushirib, u sababli sizlarga rizq sifatida mevalar (mevali daraxtlar)ni undirdi. Bas, bilib turib, Allohga (ibodatda) boshqa (soxta ma’buda)larni tenglashtirmangiz! («Baqara» surasi, 22-oyat)

Bu oyatda osmon «as-samaa’ binaa’» deb tasvirlangan. «Gumbaz» yoki «shift» ma’nolarini ham anglatadigan bu so‘z badaviylar tomonidan ishlatilgan chodirga o‘xshab ketuvchi boshpanani ham tasvirlaydi.23 Osmonni chodirga o‘xshash bino deb tasvirlash bilan Qur’on uning tashqi elementlarga qarshi himoya shakli ekanligiga urg‘u bermoqda.
Hattoki biz bexabar bo‘lsak-da, ko‘p sonli meteoritlar xuddi boshqa sayyoralarga tushgani kabi, bizning Yerimizga ham tushadi. Bu meteoritlar nima uchundir boshqa sayyoralarda ulkan kraterlar yasaydi-yu, bizning Yerimizga kelganda biror zarar yetkazmaydi. Bunga asosiy sabab - Yerning meteorit tushishiga qattiq qarshilik ko‘rsatishidadir. Meteorit bu qarshilikka uzoq bardosh bera olmaydi va ishqalanish ta’sirida yonib ketishi bilan o‘zining katta miqdordagi massasini yo‘qotadi. Og‘ir musibatlarga giriftor qilishi mumkin bo‘lgan xavf, atmosferaning mavjudligi tufayli shu yo‘sinda bartaraf etiladi. Atmosferaning himoyalovchi xislati bilan bog‘liq yuqorida qayd etilgan oyatlarga qo‘shimcha ravishda, e’tiborimizni quyidagi oyatda tasvirlangan ataylab yaratilganlikka qaratamiz:
Alloh sizlarga yerdagi narsalarni va dengizda Uning amri bilan suzayotgan kemalarni bo‘ysundirib qo‘yganini hamda o‘zi osmonni Yerga iznisiz qulab tushishdan tutib turishini ko‘rmadingizmi?! Darhaqiqat, Alloh odamlarga nisbatan mehribon va rahmlidir. («Haj» surasi, 65-oyat)
Bundan oldingi bo‘limlarda muhokama qilingan atmosferaning himoyalovchi xislati Yerni kosmosdan, boshqacha aytganda, tashqi elementlardan asraydi. Yuqoridagi oyatda osmonga ishora qiluvchi «gumbaz» so‘zi bilan bizning e’tiborimiz Payg‘ambarimiz (s.a.v.) davrida bilishning imkoni bo‘lmagan osmonning bu jihatlariga qaratiladi.
Bu ma’lumotlarning 1400 yil avval, hali kosmik kemalar va bahaybat teleskoplar bo‘lmagan bir paytda, Qur’onda aytilishi shu narsadan dalolat beradiki, Qur’on hamma narsani bilguvchi Parvardigorimizning so‘zidir.
 

Har yili dekabr oyining ikkinchi haftasida Geminid meteorit yomg‘irining eng kuchaygan payti kuzatiladi. Fotosuratdagi qisqa chiziqlar yulduzlarga tegishli izlardir; uzunroq chiziqlar esa meteoritlarga tegishli. Suratda ko‘rinib turgan yomg‘irdagi meteoritlar soatiga 58 tagacha tushadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:36:03

QAYTARUVCHI OSMON

Qur’ondagi «Toriq» surasining 11-oyati osmonning qaytaruvchanlik funktsiyasi haqida xabar beradi:
Qasamyod etaman qaytaruvchi osmon bilan. («Toriq» surasi, 11-oyat)
Qur’on tarjimalarida «qaytarmoq» deb berilgan arabcha «raj’» so‘zi «orqaga jo‘natuvchi» yoki «qaytaruvchi» kabi ma’nolarga ega. Ma’lumki, Yerni o‘rab turgan atmosfera ko‘p qatlamlardan tashkil topgan. Har bir qatlam Yer yuzida hayotni ta’min etishdek muhim maqsad sari xizmat qiladi. Tadqiqotlar bu qatlamlarning duch kelingan material yoki nurlarni qaerdan kelgan bo‘lsa, o‘sha yoqqa, agar kosmosdan kelgan bo‘lsa, yana kosmosga, agar Yerdan kelsa, yana Yerga qaytarib yuborish funktsiyasiga ega ekanligini aniqladi. Endi keling, Yerni o‘rab turgan qatlamlarning bunday qaytaruvchanlik funktsiyasini bir necha o‘rinli misollar orqali tekshirib ko‘ramiz.
Yerdan 13-15 kilometr (8-9,3 milya) balandlikda bo‘lgan troposfera Yer yuzidan ko‘tariladigan suv bug‘larini suyultirib, orqaga yomg‘ir qilib jo‘natadi. Yerdan 25 kilometr (15,5 milya) balandlikdagi stratosferaning quyi qatlami bo‘lgan ozon qatlami kosmosdan kelayotgan zararli radiatsiyalar hamda ultrabinafsha nurlarni aks ettirib, har ikkalasini ham qaytarib kosmosga jo‘natadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:38:12

Ionosfera Yerdan uzatiladigan radioto‘lqinlarni, xuddi passiv aloqa tizimi bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlar kabi aks ettirib, dunyoning turli burchaklariga qaytaradi. Shu yo‘sinda, u elektr simisiz aloqa, radio va televizion eshittirishlarni juda uzoq masofalarga yetkazish imkoniyatini ta’minlaydi. Magnitosfera qatlami Quyosh va boshqa yulduzlardan chiqadigan zararli radioaktiv zarralarni Yerga yetib kelmasidanoq kosmosga qaytarib yuboradi.
Bor-yo‘g‘i yaqin o‘tmishdagina aniqlangan atmosfera qatlamlarining bu xislati ming yillar burun Qur’onda xabar berilgan ediki, u yana bir bor Qur’on Allohning kalomi ekanligini tasdiqlaydi.
 

Yerdagi hayot uchun suvning bo‘lishi juda zarur. Suvning hosil bo‘lishida rol o‘ynaydigan omillarning biri atmosferaning qatlamlaridan biri bo‘lgan troposferadir. Troposfera qatlami Yer yuzidan ko‘tarilgan suv bug‘larini suyultiradi va o‘sha zahotiyoq Yerga yomg‘ir shaklida qaytaradi.


Yerdagi hayot uchun falokatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan nurlarning o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi atmosfera qatlami ozonosferadir. Ozonosfera ultrabinafsha kabi zararlik osmik nurlarni qaytarib yana kosmosga jo‘natadi va shu tarzda bu nurlarning Yerga yetib kelishi va hayotga zarar yetkazishining oldini oladi.


Atmosferaning har bir qatlami insonlar uchun foydali xislatlarga ega. Misol uchun, ionosfera qatlami ma’lum bir markazdan uzatilayotgan radio to‘lqinlarni aks ettirib, Yerga qaytaradi va shu yo‘sinda tele va radioeshittirishlarni uzoq masofalardan qabul qilinishiga imkon yaratadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:38:54

YERNING QATLAMLARI

Qur’onda Yer haqida berilgan ma’lumotlardan biri uning yetti qatlamli osmonga o‘xshatilganligidadir.
Alloh yetti osmonni va Yerdan ham o‘shancha miqdorni (etti qavatni) yaratgan zotdir. (Allohning) amri (farmoni) ularning (osmon va Yer) o‘rtasida nozil bo‘lib turar. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanini va Alloh barcha narsani (O’z) bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun (U shunday qildi). («Taloq» surasi, 12-oyat)
Yuqorida berilgan oyatdagi ma’lumot ilmiy manbalarda o‘z tasdig‘ini topgan. Bu manbalarda aytilishicha Yer yetti qatlamdan tashkil topgan. Olimlar tomonidan aniqlangan bu qatlamlar quyidagichadir:
1-qatlam. Suv litosferasi.
2-qatlam. Yer litosferasi.
3-qatlam. Astenosfera.
4-qatlam. Yuqori mantiya.
5-qatlam. Ichki mantiya.
6-qatlam. Tashqi yadro.
7-qatlam. Ichki yadro.
Litosfera so‘zi grekcha «litos» so‘zidan yasalgan bo‘lib, «tosh» ma’nosini anglatadi va bu Yerning ustki qatlamini tashkil etuvchi qattiq qatlam hisoblanadi. Bu qatlam boshqa qatlamlarga nisbatan ancha yupqa. Okeanlar tubidagi litosfera undan-da yupqaroq bo‘lib, vulqon harakatlari ko‘p sodir bo‘ladigan hudud hisoblanadi. Uning o‘rtacha qalinligi 80 km (49,7 milya) ga teng. U boshqa qatlamlarga qaraganda sovuqroq va qattiqroq bo‘lgani bois, Yerning qobig‘ini hosil qiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:39:44

Litosferadan keyin keluvchi qatlam astenosfera bo‘lib, u «kuchsiz, zaif» ma’nolarini anglatuvchi astenes so‘zidan kelib chiqqan. Bu qatlam litosferaga qaraganda yupqaroq va ko‘chuvchan. U geologik vaqt davomida yuqori temperatura va bosim ostida qo‘yilganda eriydigan issiq, yarim qattiq moddalardan tashkil topgan. Shu sababli ham, qattiq litosfera sekin ko‘chayotgan astenosfera uzra suzadi yoki siljiydi.24 Bu qatlamlar ostida 2900 km (1800 milya) qalinlikdagi yarim qattiq toshli jinslardan iborat mantiya deb nomlanuvchi yuqori temperaturali qatlam yotadi. Bu qatlam Yer qobig‘iga nisbatan ko‘proq temir, magniy va kaltsiyni o‘z ichiga oladi, shuningdek, u issiqroq va zichroqdir, chunki Yerdagi temperatura va zichlik chuqurlashgan sari o‘sib boradi.
Yerning qoq markazida yadro joylashgan bo‘lib, u mantiyaga nisbatan taxminan ikki barobar zichroqdir. Bunday zichlikka sabab, uning toshli jinslarga qaraganda yuqori nisbatli metallar (temir-nikel qotishmasi)dan tashkil topganligidadir. Yerning yadrosi ikki qismdan iborat. Ularning biri 2200 km (1370 milya) qalinliqdagi suyuq tashqi yadro va ikkinchisi 1250 km (777 milya) qalinlikdagi qattiq ichki yadrodir. Suyuq tashqi yadro Yer aylanganda, sayyoraning magnit maydonini ta’minlab beradi.
Yer va osmon qatlamlari o‘rtasidagi o‘xshashlik haqidagi bu haqiqat faqatgina XX asr texnologiyalari orqali aniqlanganligi shubhasiz, Qur’onning boshqa bir ilmiy mo‘‘jizasidir.


Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:40:01

YERNING O’ZIDAGI YUKNI YUZAGA CHIQARISHI

Qachonki, Yer o‘zining zilzilasi bilan qimirlaganida, Yer «yuk»larini (yuzaga) chiqarib tashlaganida va inson: «Unga ne bo‘ldi ekan?» - deb qolganida - ana o‘sha kunda Yer o‘z xabarlarini so‘zlar. («Zalzala» surasi, 1-4-oyatlar)

Arab tilidagi «zilzaal» so‘zi yer qimirlashi yoki silkinishini anglatadi, «asqoalahaa» so‘zi esa «yuk, og‘ir yuklar» degan ma’noni beradi. Agar yuqoridagi oyatlar birinchi ma’no nuqtai nazaridan olib qaralsa, gap zilzilalar haqidagi muhim bir ilmiy haqiqat xususida ketayotganligi yaqqol ko‘rinadi.
«Zalzala» surasining 2-oyati Yerning o‘z yuklarini yuzaga chiqarishini qayd etgan. Rostdan ham, keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, Yerning markazida og‘ir metallar mavjud va bu metallar Yer yuzasiga harakatlar tufayli chiqib keladi. Geolog mutaxassislarning hisoblashlariga ko‘ra, Yer soviganda, og‘ir va zich moddalar ularning markaziga cho‘kkan, yengil moddalar esa yuzasiga chiqib qolgan. Shu sababdan, Yerning qobig‘i uncha og‘ir bo‘lmagan moddalar (bazalt, granit toshlar) dan tashkil topgan. Og‘ir metall (nikel va temir) lar esa yadroda to‘plangan. Demak, erigan metallardan tashkil topgan yer ostidagi qatlam yuzadagiga qaraganda og‘irroq va zichroq materiallardan iborat.
Zilzilalar davomida yuza ostidagi og‘ir moddalar yuqoriga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi va Yer shu yo‘sinda o‘zining yuklarini, Qur’onda zikr etilganidek, yuzaga chiqarib tashlaydi. Jumladan, metall zaxiralari eng ko‘p jamlangan hududlar vulqon faoliyati eng ko‘p kuzatiladigan hududlar hamdir. Keng ko‘lamda olib borilgan tadqiqotlar natijasida yaqinda paydo bo‘lgan bu ilmiy topilmalar Alloh tomonidan Qur’onda ko‘rsatib o‘tilgan ilmiy dalillardan bir shingildir, xolos.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:40:23

TOG’LARNING ROLI

Qur’on diqqatni tog‘larning juda muhim geologik funktsiyalariga tortadi:
Yer ularni (odamlarni) tebratmasligi uchun unda mustahkam turuvchi tog‘larni (paydo) qildik ... («Anbiyo» surasi, 31-oyat)
Oyatda xabar berilishicha, tog‘lar Yerdagi silkinishlarning oldini olish funktsiyasini bajaradi. Qur’on nozil qilingan paytda bu chin haqiqatni hech kim bilmas edi. Bu haqiqat olib borilgan zamonaviy geologik tadqiqotlar natijasida yaqindagina ochildi.
Ilgarilari tog‘lar Yer yuzasida qad ko‘targan bo‘rtmalar xolos, deb tushunilar edi. Ammo olimlar uning aslo bunday emasligi va tog‘ ildizi nomini olgan qismlar pastga qarab tog‘larning balandligidan 10-15 barobar ko‘proq kirib ketganligini kashf qilishdi. Mana shu xususiyati bilan tog‘lar chodirni mustahkam tutib turuvchi mix yoki qoziqqa o‘xshash rolni ijro etadi. Misol uchun, cho‘qqisi Yer yuzasidan taxminan 9 km baland bo‘lgan Everest tog‘ining 125 km (77,7 milya)dan chuqurroq ildizi bor.25
Tog‘lar Yer qobig‘ini tashkil etuvchi juda katta tektonik plitalarning ko‘chishi va to‘qnashuvi natijasida hosil bo‘ladi. Ikkita tektonik plita to‘qnashganda ulardan kuchlirog‘i bosh-qasining tagiga sirg‘alib kiradi, tepada qolgani esa qayriladi va tepaliklar hamda tog‘lar shaklini oladi. Pastda qolgan qatlam yer tagiga kirib borishda davom etadi va pastga qarab chuqur uzaytma yasaydi. Pirovardida, oldinroq aytib o‘tganimizdagidek, tog‘lar Yer yuzida ko‘rinib turuvchi qismi kabi pastga tomon cho‘zilgan katta qismga ega bo‘ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:42:10

Ilmiy bir manbada tog‘larning strukturasi quyidagidek tasvirlanadi:
Quruqliklar, tog‘ tizmalariga o‘xshab qanchalik qalin bo‘lsa, o‘sha yerdagi qobiq shunchalik mantiyaga cho‘kadi.26
Jahonga mapghur suv osti geologi professor Siaveda tog‘larda ularni yuzadagi qismga mahkam tutib turuvchi ildizsimon poya borligiga qarata quyidagicha izoh beradi:
 

Tog‘larning yer yuzasi ostida chuqur ildizlari bo‘ladi. (Frank Press va Reymond Siver, Earth (Yer), 3-nashri [San-Frantsisko: W.H.Freeman & Company: 1982], 413.)


Sxematik kesma. Tog‘larning qoziqqa o‘xshab yerni o‘yib kirgan chuqur ildizlari mavjud. (Andre Keylluks va J. Mudi Styuart. Anatomy of the Earth (Yer anatomiyasi). [McGraw-Hill Companies: 1968], 220.)


Boshqa bir rasm, chuqur ildizlari borligi tufayli, tog‘larning shaklan qanchalik qoziqsimon ekanligini ko‘rsatadi. (Eduard J. Tarbuk va Fredrik K. Lutgens. Earth Science (Yer haqidagi fan). [AQSh: Macmillan USA: 1993], 158.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:42:51

Kontinental tog‘lar va okean tog‘lari o‘rtasidagi asosiy farq ularning materiallaridadir ... Lekin har ikkala tog‘dagi umumiy maxraj ularda tog‘larni tutib turuvchi ildizlarning borligidir. Kontinental tog‘lar misolida, tog‘ning yengil - past zichlikdagi materiali yer qa’riga tomon ildizdek botgan bo‘ladi. Okean tog‘lari misolida, u yerda ham ildiz sifatida tog‘larni tutib turadigan yengil materiallari bor. Shunday qilib, ildizlarning vazifasi, Arximed qonunlariga ko‘ra, tog‘larni tutib turishdan iborat.27
Shuningdek, ko‘plab AQSh universitetlarida darslik sifatida foydalanilayotgan, AQSh Milliy Fanlar akademiyasi sobiq prezidenti doktor Frank Press muallifligi ostidagi Earth (Yer) nomli kitob tog‘lar qoziqqa o‘xshash va ular Yer yuzasining ostida chuqur ko‘milgan deb ma’lumot beradi.28
Boshqa oyatlarda tog‘larning bu roli «qoziqlar» ga taqqoslanib ta’kidlanadi:
Biz Yerni to‘shak qilib qo‘ymadikmi?! Tog‘larni esa (Yerni tutib turuvchi) qoziqlar qilib qo‘ymadikmi?! («Naba’» surasi, 6-7-oyatlar)
Yana bir oyatda esa Alloh «Tog‘larni esa (Yerga) o‘rnashtirdi» («Noziot» surasi, 32-oyat) deb vahiy qiladi. Bu oyatdagi «arsaahaa» so‘zi «ildizli qilindi, o‘rnatildi, yerga mixlab qo‘yildi» kabi ma’nolarni anglatadi. Shunga o‘xshab, tog‘lar yuza qatlamigacha cho‘ziladi va yuza ustidagi hamda ostidagi chiziqlarni birlashtirib, ularni bir-biriga mixlaydi. Yerning qobig‘ini mustahkamlash orqali ular magma qatlami yoki qatlamlarning o‘zlari o‘rtasidagi har qanday sirpanishlar oldini oladi. Qisqasi, tog‘lar yog‘och taxtalarni birga ushlab turuvchi mixlarga taqqoslanishi mumkin. Tog‘larning mahkamlovchilik ta’siri ilmiy adabiyotlarda izostaziya deb yuritiladi. Izostaziya deganda, mantiya qatlami orqali yuzaga keladigan yuqoriga yo‘nalgan kuch va Yerning qobig‘i orqali yuzaga keladigan pastga yo‘nalgan kuch o‘rtasidagi muvozanatlik holati tushuniladi. Tog‘lar yemirilishi, tuproq yo‘qotishi yoki muzliklarning erishi natijasida o‘z massasini yo‘qotar ekan, ular yana bu yo‘qotilgan massa o‘rnini muzliklar paydo bo‘lishi, vulqon portlashlari yoki tuproq paydo bo‘lishi bilan to‘ldiradi. Shu tarzda, agar tog‘lar yengillashib qolsa, yer ostidagi suyuqliklarda hosil bo‘ladigan katta kuch ularni yuqoriga qarab itaradi. Yoki aksincha, agar tog‘lar og‘irlashib ketsa, ular mantiyaga tomon yerning tortishish kuchi ta’sirida bosiladi. Bu ikki kuch o‘rtasidagi muvozanat izostaziya orqali yuzaga keladi. Ilmiy bir manbada tog‘larning muvozanat saqlash xususiyati quyidagicha yoritilgan:
1985 yilda G. B. Eyri Yerning qobig‘ini suv ustida suzib yurgan yog‘och solga o‘xshatish mumkinligi to‘g‘risidagi farazni o‘rtaga tashladi. Yog‘ochning qalin bo‘laklari suv yuzasida yupqa bo‘laklarga nisbatan balandroqtsa suzadi va shunga o‘xshab Yer qobig‘ining qalin bo‘laklari yuqori zichlikdagi suyukdik yoki plastik tuproqosti qatlami ustida suzadi. Eyrining aytishicha, tog‘larda tekislikda uchramaydigan pastroq zichlikdagi tog‘ jinsli chuqur ildizlar mavjud. Eyri o‘z asarini nashr qilgandan so‘ng to‘rt yil o‘tgach, J. H. Pratt boshqa bir muqobil gipotezani taklif kildi ... Bu gipotezaga ko‘ra, tog‘lar ostidagi qalin jinsli ustunlar o‘zlarining juda uzunligi bois, tekisliklar ostidagi kaltaroq jinsli ustunlarga nisbatan pastroq zichlikda bo‘lishi kerak. Eyri hamda Prattlarning har ikkala gipotezasida, yuzaning nosimmetrikliklari qobiqning katta kismlari (tog‘lar va tekisliklar) ostida joylashgan jinslarning zichligidagi farkdar orqali muvozanatga kelishini ko‘zda tutadi. Bu MUVOZANAT holati IZOSTAZIYA tushunchasi kabi ta’riflanadi.29
Bugungi kunda bilamizki, Yer yuzasining tog‘ jinsli qatlami chuqur yoriqlar tomonidan sinadi va erigan lava uzra suzuvchi tektonik plitalarga bo‘linadi. Yer o‘z o‘qi atrofida juda tez aylanishi bois, agar tog‘larning mahkamlovchilik ta’siri bo‘lmaganda edi, bu plitalar siljib ko‘char edi. Bunday sharoitda, Yer yuzasida tuproq to‘planmagan, tuproqda suv yig‘ilmagan, biror o‘simlik o‘smagan va biror yo‘l yoki uylar qurilmagan bo‘lar edi. Qisqasi, Yerda hayotning bo‘lishiga imkoniyat tug‘ilmagan bo‘lar edi. Biroq Allohning marhamati bilan tog‘lar mixlardek faoliyat ko‘rsatadi va katta darajada Yer yuzasining harakatini to‘xtatib turadi.
Zamonaviy geologik va seysmik tadqiqotlar orqali kashf qilingan tog‘larning muhim roli Qur’oni Karimda ko‘p asrlar muqaddam Allohning yaratishida buyuk donolik yotishiga misol qilib vahiy qilingan edi.
... (U) sizlarni tebratmasligi uchun Yerda mustahkam turuvchi tog‘larni barpo qildi ... («Luqmon» surasi, 10-oyat)

Qayd etilgan