Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338475 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 31 B


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:50:49

Davolashning bu uslubi quyidagicha umumlashtirilishi mumkin:
1. Temir oksidi zarralarini o‘z ichiga oluvchi suyuqlik maxsus shprits yordamida o‘simtaga sanchiladi. Bu zarralar o‘simta hujayralari bo‘ylab tarqaladi. Bu 1 sm3li suyuqlik qizil qon tanachalariga qaraganda 1000 barobar kichik yuz millionlab temir oksidi zarralaridan iborat bo‘lib, u barcha qon tomirlari orqali osonlik bilan oqib o‘tishi mumkin.43
2. So‘ngra bemor kuchli magnit maydonli mashinaga solinadi.
3. Tashqi tomondan qo‘llaniladigan magnit maydon o‘simta ichidagi temir zarralarini harakatga keltirishni boshlaydi. Mana shu payt mobaynida temir oksidi zarralarini o‘z ichiga olgan o‘simta tarkibidagi temperatura 45 daraja Selsiy (113'F) gacha ko‘tariladi.
4. Bir necha daqiqadan so‘ng issiqliqdan o‘zlarini himoya qila olmay qolgan saraton hujayralari yoki kuchsizlanib qoladi yoki o‘ladi. So‘ngra o‘simtaga undan keyingi kimyoterapiya bilan to‘liq barham berilishi mumkin.44
Bunday davolashda faqatgina o‘simta hujayralariga magnit maydon tomonidan salbiy ta’sir ko‘rsatiladi, chunki faqatgina ular temir oksidi zarralarini o‘z ichiga olgan bo‘ladi. Bu usulning tarqalishi bunday xavfli kasallikni davolashda qo‘lga kiritilgan yuksak yutuq demakdir. Saraton kabi keng tarqalgan bunday kasalliklarni davolashda Qur’ondagi «...Unda quvvat va odamlar uchun manfaatlar bordir» («Hadid» surasi, 25-oyat) degan so‘zlardan foydalanish, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Rostdan-da, Qur’on temirning inson salomatligi uchun ko‘p foydalar keltirishini nazarda tutayotgandir. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)


«Hadid» surasi Qur’onda 57-bo‘lib hisoblanadi. Arabchadagi «al-Hadid» so‘zining yolg‘iz o‘zvdagi sonli qiymat 26 ga teng. Yuqoridagi davriy jadvaldan ko‘rinib turibdiki, temir atomlarining soni 26 ta. «Hadid» surasida vahiy qilingan oyat bilan Qodir Alloh temirning qanday paydo bo‘lganiga ishora qilmoqda va oyatdagi matematik kod bilan U bizga ilmiy bir mo‘‘jizadan xabar bermoqda.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:51:38

NEFTNING PAYDO BO’LISHI

(Ey Muhammad!) Eng oliy zot bo‘lmish Rabbingizning ismi bilan tasbeh ayting! Zero, U (barcha narsani) yaratib, barpo qilgan, barchaga munosib yo‘lni belgilab, (o‘sha yo‘lga) hidoyat qilib qo‘ygan, o‘tloqni undirib chiqarib, so‘ngra uni qoramtir xazon qilib qo‘ygan zotdir. («A’lo» surasi, 1-5-oyatlar)

Bizga ma’lumki, neft dengizdagi o‘simliklar va hayvonlarning qoldiqlaridan paydo bo‘ladi. Bular dengizning tubida millionlab yillar davomida chirigandan so‘ng u yerda faqat yog‘li moddalargina qoladi. Bu yog‘li moddalarning suv osti quyqasi va qoyalari tagida qoladiganlari keyinchalik neft va gazga aylanadi. Yer qobig‘idagi harakatlar ba’zida dengiz tubining qotishi va minglab metr chuqurlikda ko‘milib ketgan neftni o‘z ichiga olgan qoyalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shakllangan neft ba’zida bir necha kilometr pastlikdagi jinsli qatlamlarning teshiklari orqali sizib chiqib, yuzada bug‘lanadi (gazga aylanadi) va ortda juda ko‘p bitum qoldiradi.
«A’lo» surasining birinchi to‘rt oyatida ko‘rinadigan uchta element neft paydo bo‘lishi bilan o‘xshashdir. «O’tloq yoki yaylov» ma’nosini anglatuvchi «mar’aa» atamasi neft paydo bo‘lishidagi organik asosli moddalarni nazarda tutayotgan ko‘rinadi. Oyatdagi ikkinchi so‘z «ahvaa» qoramtir-yashil, yashilnamo qora, tim qora yoki qorakuya ranglarini tasvirlashda ishlatiladi. Bu so‘z yer ostida to‘plangan tashlandiq o‘simliklar moddasining asta-sekin qora rangga aylanishini tasvirlaydi deb o‘ylash mumkin, chunki bu so‘zlardan keyin «g‘usaa» so‘zi kelmoqda. «Xazon» deb tarjima qilingan «g‘usaa» so‘zi, «ko‘milib ketgan suv o‘simligi, vodiylarda to‘planayotgan va tarqalayotgan tashlandiq modda orqali kelib chiqqan o‘simliklar, chiqindi, barglar yoki ko‘pik» ma’nolarini ham anglatadi. So‘zda nazarda tutilgan «qayt qilish» degan ajralmas ma’noga qo‘shimcha qilib, uni «qayt qilingan moddani chiqarib tashlamoq» deb ham tarjima qilsa bo‘ladi va u yerning neftni «qayt qilib» tashlashini ham bildiradi. Aslida, neftning shakllanishi, uning paydo bo‘lish usuli, ko‘piksimon ko‘rinishi va rangi nuqtai nazaridan olib qaraganda, oyatlardagi so‘zlarning qanchalik donolik bilan ishlatilganligini ko‘rish mumkin.
Muhokama qilganimizdek, oyatdagi o‘simlikning qora va yopishqoq suyuqlikka aylanishi neftning shakllanishiga juda ham o‘xshab ketadi. Ko‘p yillar ilgari neftning paydo bo‘lishi noma’lum bo‘lgan bir paytda bunday ma’lumotning tasvirlanishi, shubhasiz, Qur’on Allohning vahiysi ekanligining yana bir isbotidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:51:54

VAQTNING NISBIYLIGI

Bugungi kunda vaqtning nisbiyligi isbotlangan ilmiy haqiqatdir. Bu XX asrning boshlarida A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi orqali kashf qilingan edi. O’sha paytgacha na vaqtning nisbiy ekanligi, na uning sharoitlarga ko‘ra o‘zgara olishi ma’lum edi. Biroq olamga mashhur olim Albert Eynshteyn bu haqiqatni nisbiylik nazariyasi orqali isbotladi. U vaqtning massa va tezlikka bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berdi.
Ammo Qur’on vaqtning nisbiyligi haqidagi ma’lumotni allaqachonlab o‘z ichiga olgan edi! Bu mavzu bo‘yicha ba’zi oyatlar quyidagicha qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan:
... Rabbingiz nazdidagi bir kun sizlarninghisobingizdagi ming yilga barobardir. («Haj» surasi, 47-oyat)
U osmondan yergacha bo‘lgan barcha ishni tadbirini ko‘rar (boshqarar), so‘ngra (bu ishlarning barchasi) sizlarning hisobingizcha ming yilga teng keladigan (bir) kunda Uning O’ziga ko‘garilur. («Sajda» surasi, 5-oyat) Farishtalar va Ruh (Jabroil) miqdori ellik ming yilga teng bir kunda Uning huzuriga ko‘tarilurlar. («Maorij» surasi, 4-oyat)

Vaqgning nisbiyligi 610-yildan boshlab vahiy qilina boshlangan Qur’onda shunchalik aniq eslatib o‘tilganki, bu uning ilohiy kitob ekaniga yana bir dalildir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:52:12

OLTI KUNDA YARATILISH

Darhaqiqat, Rabbingiz osmonlaru Yerni olti kunda yaratgan, so‘ngra Arsh uzra «mustaviy» bo‘lgan ... («A’rof» surasi, 54-oyat)

Qur’on va zamonaviy fan o‘rtasidagi hamohanglikka bir misol - koinotning yoshi to‘g‘risidagi mavzudir. Kosmologlar koinotning yoshini 16-17 milliard yil deb hisoblashmoqda, Qur’on esa butun koinotni olti kunda yaratilgan, deb xabar beradi. Bu ikki vaqt orasida katta farq bo‘lsa-da, ular hayratlanarli darajada bir-biriga to‘g‘ri keladi. Aslini olganda, koinotning yoshiga oid bu vaqtlarning ikkalasi ham to‘gridir. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, koinot xuddi Qur’onda aytilganidek, olti kunda yaratilgan va bu davr bizning hisoblash usulimizdagi 16-17 milliard yilga to‘g‘ri keladi.
1915 yilda Eynshteyn vaqtning nisbiy ekanligi, ya’ni vaqtning o‘tishi masofaga, yuruvchi shaxsning tezligi va o‘sha paytda tortishish kuchiga ko‘ra o‘zgarishi haqidagi fikrni o‘rtaga tashladi. Vaqtning o‘tishidagi bu farqlarni nazarda tutgan holda, Qur’onning turli yetti oyatida vahiy qilinganidek, koinotning yaratilishidagi vaqt davri aslida olimlarning taxmini bilan juda mos keladi. Qur’onda ta’kidlanganidek, olti kunlik davr oltita davr deb tushunilishi mumkin. Chunki vaqtning nisbiyligini nazarda tutgan holda, bir «kun» faqatgina Yerda, joriy sharoitlar ostida hisoblanadigan 24 soatli davrga taalluqlidir. Biroq koinotning boshqa har qanday joyida, boshqacha vaqt va boshqacha sharoitlar ostida, bir «kun» uzoqroq bo‘lgan vaqt davrini anglatishi mumkin. Haqiqatda, bu oyatlarda («Sajda» surasi, 4-oyat; «Yunus» surasi, 3-oyat; «Hud» surasi, 7-oyat; «Furqon» surasi, 59-oyat; «Hadid» surasi, 4-oyat; «Qof» surasi, 38-oyat va «A’rof» surasi, 54-oyat) olti kunlik davr (sittat ayyaam) uchun ishlatilgan «ayyaam» so‘zi nafaqat «kunlar», balki «asr, davr, payt, muddat» ma’nolarini ham anglatadi.
Koinotning birinchi davrida vaqtning o‘tishi bugungi kunda biz bilgan vaqtga nisbatan tezroq o‘tgan. Bunga sabab shuki, Katta portlash vaqtida (portlashdan avval) bizning koinotimiz juda kichik nuqtada yigilgan edi. Mana shu portlash vaqtidan buyon koinotning kengayishi va uning hajmidagi o‘sish koinotning chegaralarini bir necha millionlab yoruglik yiliga uzaytirdi. Chindan ham o‘sha paytdan buyon kosmosning uzayib borishi koinotga oid vaqt uchun juda muhim natijalarni keltirib chiqardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:52:31

Katta portlash paytidagi (portlashdan avval) energiya vaqt oqimini 1012 (bir trillion) marta sekinlashtirgan edi. Koinot yaratilganda koinotdagi vaqt tezligi bugungi kunda hisoblanadigan vaqt bilan hisoblaganda bir trillion marta ko‘proq bo‘ldi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, Yerdagi bir trillion daqiqa koinotdagi bor-yo‘g‘i bir daqiqaga teng.
Olti kunlik vaqt davri vaqtning nisbiyligiga binoan hisoblansa, u olti trillion kunga to‘g‘ri keladi. Bu shuning uchunki, koinotdagi vaqt Yerdagi vaqtga nisbatan bir trillion marta tezroq oqadi. Buni yillar bo‘yicha hisoblaydigan bo‘lsak, 6 trillion kun taxminan 16,427 milliard yilga to‘g‘ri keladi. Bu koinotning yoshi haqidagi taxminiy hisobga mos keladi:
6 000 000 000 000 kun : 365,25 = 16,427104723 milliard yil.
Boshqa tomondan, yaratilishdagi olti kunning har bir kuni, bizning vaqtni tushunishimizcha, turli davrlarga to‘g‘ri keladi. Bunga sabab shuki, vaqtning o‘tish tezligi koinotning kengayishiga proportsional tarzda susayadi. Katta portlashdan beri, koinotning o‘lchami ikkiga ko‘payganligi bois vaqtning o‘tishi ham yarimga qisqardi. Koinot o‘sib borgan sari, koinot ikkiga ko‘paygan vaqt tezligi tobora sekinlashib borgan. Kengayish koeffitsienti ilmiy bir haqiqat bo‘lib, u jahonda e’tirof etilgan hamda «Tabiiy kosmologiya asoslari» darsligida ta’riflangan. Biz yaratilishning har bir kunini Yerdagi vaqtga binoan hisoblasak, quyidagi ko‘rinish yuzaga keladi:
"¢   Vaqt boshlangan paytga nazar tashlasak, yaratilishning birinchi kuni (birinchi davr) 24 soat davom etgan. Ammo bu davr Yerdagi vaqt o‘lchovi bilan hisoblansa, 8 milliard yilga teng bo‘ladi.
"¢   Yaratilishning ikkinchi kuni (ikkinchi davr) 24 soat davom etgan. Biroq bu birinchi kunga ketgan vaqtning yarmicha davom etgan, boshqacha so‘zlar bilan aytganda, bu bizning vaqtga binoan 4 milliard yilga teng bo‘ladi.
"¢   Uchinchi kun (uchinchi davr) ikkinchi kunga ketgan vaqtning yarmicha davom etgan, boshqacha so‘zlar bilan aytganda, bu 2 milliard yilga teng.
"¢   To‘rtinchi kun (to‘rtinchi davr) 1 milliard yil davom etgan.
"¢   Beshinchi kun (beshinchi davr) 500 million yil davom etgan.
"¢   Oltinchi kun (oltinchi davr) 250 million yil davom etgan.
"¢   Xulosa: Yaratilishning olti kuni, boshqacha qilib aytganda, olti davri, Yerdagi hisoblash mezoni bilan bir-biriga qo‘shilsa, hosil bo‘lgan natija 15 milliard 750 million yil bo‘ladi. Bu raqamlar hozirgi kun taxminiy hisoblariga juda ham to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.
Bu xulosa XXI asr fani orqali kashf qilingan dalillardan biridir. Fan 1400 yil burun Qur’onda vahiy qilingan haqiqatni yana bir bor tasdiqladi. Qur’on va fan o‘rtasidagi hamohanglik Qur’on Yaratganning, hamma narsaga Qodir zot - Allohning, vahiysi ekanligini tasdiqlovchi mo‘‘jizalardan biridir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:52:45

TAQDIR HAQIQATI

(Ey insonlar!) Istaklaringiz faqat Alloh xohlasagina ro‘yobga chiqur. Albatta, Alloh bilim va hikmat egasidir. («Inson» surasi, 30-oyat)

1973 yilda o‘tkazgan bir qator tajribalari natijasida, Kaliforniya universitetining nevropsixologi, professor Benjamin Libet bizning barcha qarorlarimiz va choralarimiz oldinroq boshlanishini, ya’ni anglash hamma narsa hal qilingandan faqat yarim soniya so‘nggina sodir bo‘lishini kashf qildi.45 Bu boshqa nevropsixologlar tomonidan, biz aslida o‘tgan zamonda yashaymiz va bizning anglashimiz hamma narsani bizga yarim soniyadan keyin ko‘rsatib beruvchi monitorga o‘xshaydi, degan ma’noda sharhlanadi.
Demak, biz anglab turgan kechinmalarning birortasi ham haqiqiy paytda emas, balki ular haqiqiy hodisalar sodir bo‘lgandan yarim soniyagacha keyindadir. B. Libet o‘z tajribasini miya jarrohligi narkoz ishlatmasdan, boshqacha qilib aytganda, ob’ekt to‘liq es-hushida bo‘lgan paytda bajarilishi mumkin degan faktdan kelib chiqqan holda amalga oshirdi. B. Libet o‘z ob’ektlarining miyalariga kichik elektr toklari bilan ta’sir o‘tkazdi va ob’ektlar o‘z qo‘llariga tegilganini payqashganda, ular bu «tegish» ni deyarli yarim soniya oldinroq his qilishganini aytishdi. O’zining o‘lchovlari natijasida, B.Libet quyidagicha xulosaga keldi:
Bundan kelib chiqadigan xulosa quyidagicha umumlashtirilishi mumkin: Muskulni qimirlatish uchun qilingan qaror bu qarorning ongga yetib bormasidan oldinroq sodir bo‘ladi. Nevrologik yoki sezuvchanlik jarayoni va bizning o‘y, hissiyot, sezgi yoki u aks ettiradigan harakatdan xabardor bo‘lishimiz o‘rtasida har doim kechikish bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, biz muayyan bir qaror to‘grisida bu qaror qilinib bo‘lgandan so‘nggina xabar topamiz.
Hamma sezishlar miyaga odatdagidek uzatiladi. Bular anglab yetilmasdan turib hosil bo‘lishi va joriy etilishi tufayli o‘zlik hech narsadan bexabar bo‘ladi. Bizning idrok etishimizdan oldinroq paydo bo‘ladigan, boshqacha qilib aytganda, xabar topishimiz mumkin bo‘lgan ma’lumot miya qobig‘i, anglash joyiga ma’lum bir kechikish bilanuzatiladi.46
Professor B. Libetning tajribalarida bu kechikish 350 dan 500 millisoniyagacha, garchi yuzaga keladigan xulosa hech ham bu raqamlarga bog‘liq bo‘lmasa-da, o‘zgarib turadi. Chunki Libetning fikriga ko‘ra, bu kechikishning uzoqligi qanchalik bo‘lmasin - u katta yoki kichik bo‘ladimi, bir soat yoki mikrosoniyalarda davom etadimi yoki yo‘qmi, buning ahamiyati yo‘q - bizning tabiiy hayotimiz har doim o‘tgan zamonda bo‘ladi. Bu har bir o‘y, hissiyot, idrok yoki harakat bizning ongimizga yetib borishidan oldin sodir bo‘lishini ko‘rsatadi va kelajak butunlay bizning ixtiyorimizda emasligini isbotlaydi.47
Boshqa tajribalarida professor B. Libet ob’ektlarning o‘zlariga barmoqlarini qachon qimirlatish yoki qimirlatmaslik ixtiyorini qoldirdi. Ob’ektlarning miyalari ularning barmoqlari qimirlagan paytda monitor orqali kuzatib turildi va tegishli miya hujayralari ob’ektlarning aslida qaror qilishlaridan oldin harakatga kelgani kuzatildi. Buni boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, «bajar!» degan buyruq individualga yetib boradi va miya harakatni bajarishga tayyorlantiriladi; individual bundan faqatgina yarim soniya keyinroq xabar topadi. U harakat qilishga qaror qilib, keyin bu harakatni bajarmaydi, balki u o‘zi uchun oldindan hal qilib, bel-gilab qo‘yilgan harakatni ijro etadi. Biroq miya individualning aslida o‘tgan zamonda yashayotganligini e’tirof etuvchi har qanday haqiqatni rad etib, moslashib olaveradi. Shu sababdan, biz «hozir» deb nazarda tutayotgan ayni paytda, aslida o‘tgan zamonda hal qilib qo‘yilgan narsani boshdan kechirmoqdamiz. Allaqachon muhokama qilib o‘tganimizdek, bu izlanishlar hamma narsa, xuddi «Inson» surasining 30-oyatida vahiy qilingani kabi, Allohning xohishiga ko‘ra sodir bo‘lishini aniq-ravshan ko‘rsatadi. (Qarang: Horun Yahyo. Timelessnessand the Reality of Fate (Abadiylik va taqdir haqiqati). Goodword Books, Yangi Dehli, 2001.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2009, 03:54:15

YARATILISHDA JUFTLIKLAR

Yer undiradigan narsalardan, (odamlarning) o‘zlaridan va yana ular bilmaydigan narsalardan iborat barcha juftlarni yaratgan (Alloh)ga tasbeh aytilur. («Yosin» surasi, 36-oyat)

«Erkak va ayol» degani «juft» degan tushunchaga ekvivalent bo‘lsa-da, Qur’onda aytilgan «ular bilmaydigan narsalar» jumlasi juda keng ma’noga ega. Haqiqatan ham, hozirgi paytda bu oyatda ta’kidlab o‘tilgan ma’nolarning bittasiga duch kelamiz. Materiyaning juft qilib yaratilganligini kashf qilgan britaniyalik fizik Pol Dirak 1933 yilda fizika sohasida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan edi. «Juftlik» nomi bilan ma’lum bu kashfiyot, materiya va antimateriya sifatida ma’lum bo‘lgan ikkilikni kashf qildi: Antimateriya materiyaga qarshi xususiyatlardan iborat bo‘ladi. Misol uchun, materiyaga teskari ravishda antimateriya elektronlari musbat va protonlari esa manfiydir. Bu fakt ilmiy bir manbada quyidagicha yoritilgan:
... har bir zarra o‘zining qarshi zaryadli antizarrasiga ega... Noaniklik bog‘lanishi bizga shundan xabar beradiki, juft bo‘lib yaralish va juft bo‘lib yo‘qolish hodisasi vakuum sharoitida hamma vaqt va hamma joyda sodir bo‘ladi.48
Yaratilishda ikkilikka yana bir misol o‘simliklardir. 100 yillar oldin botaniklar o‘simliklarda jins jihatdan farqlar borligini kashf qilishdi.49 Biroq o‘simliklarning juft qilib yaratilganligi Qur’onning quyidagi oyatlarida 1400 yil ilgari vahiy qilingan edi:
Ko‘rayapsizki, osmonlarni ustunlarsiz yaratib, sizlarni tebratmasligi uchun Yerda mustahkam turuvchi tog‘larni barpo qildi va unda har turli jondor(lar)ni tarqatib qo‘ydi. Yana Biz osmondan suv (yomgir) yogdirib, (erda) turli saxovatli (o‘simliklarni) juft-juft qilibundirib qo‘ydik. («Luqmon» surasi, 10-oyat)
U Yerni sizlar uchun beshik (qarorgoh) qilib qo‘ydi va unda yo‘llar paydo qildi hamda osmondan suv (yomg‘ir, qor) yog‘dirdi. Bas, Biz u (suv) bilan turli o‘simlik juftlarini undirib chiqardik. («Toho» surasi, 53-oyat)



Koinotdagi barcha asosiy zarralarning antimateriya ekvivalentlari bor. Antimateriyalar bir xil massaga ega, lekin qarama-qarshi zaryadlarni tashiydi. Mana shu sababdan materiya va antimateriya o‘zaro aloqaga kirishganda ular energiyaga aylanib yo‘qoladi.

Shuningdek, mevalar ham ikki turlidir: erkak va urg‘ochi. Bu haqtsa Qur’onda shunday deyiladi:
U Yerni yoyib qo‘ygan va unda tog‘lar va daryolar paydo qilgan zotdir. U Yerdagi mevalarni ikkitadan - juft-juft qilib yaratdi. U tun bilan kunduzni o‘raydi. Albatta, bu (misollar)da fikr yuritadigan qavm uchun alomatlar bordir. («Ra’d» surasi, 3-oyat)
«Ikkitadan - juft-juft» deb tarjima qilingan «zavjayni» so‘zi «juftlikning bittasi» degan ma’noni anglatuvchi «zavj» so‘zidan kelib chiqdan. Biz bilamizki, mevalar yetilgan o‘simliklar tomonidan yetishtiriladigan yakuniy mahsulotdir. Meva bo‘lishidan oldingi bosqich guldir. Gullarning ham erkak va urg‘ochi organlari bo‘ladi. Gulchang gulga tashib borilib, changlanish yuz bergandan so‘ng, ular meva tugishni boshlaydilar. Meva asta-sekin pishadi va urug‘ chiqarishni boshlaydi. Mevalarning jinsiy fazilatlari borligi haqidagi dalil Qur’onda ta’kidlangan ilmiy ma’lumotlardan yana biridir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 00:26:17

ATOMDAN KICHIK ZARRALAR

Grek faylasufi Demokritning atom nazariyasi taraqqiyoti natijasida odamlar materiyaning atom nomi bilan ma’lum juda mayda, bo‘linmas va buzilmaydigan zarrachalardan iborat deb ishonishar edi. Biroq atomlarni o‘rganish natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar bu tushunchani inkor qildi. Hozirgi paytda zamonaviy fan shu narsani aniqladiki, oldinlari eng kichik deb tushunilgan zarra, aslida bo‘linishi mumkin ekan. Bu haqiqat faqat so‘nggi asrda paydo bo‘ldi, lekin u 1400 yil avval Qur’onda vahiy qilingan edi:
...G’aybni biluvchi Rabbimga qasamki, shak-shubhasiz, u (qiyomat) sizlarga kelur! Osmonlar va Yerdagi bir zarra misqolicha, undan ham kichik (yoki) katta biror narsa. Undan maxfiy bo‘lmas va albatta, (u) aniq Kitobda (Lavhul-mahfuzda) mavjuddir. («Saba’» surasi, 3-oyat)
... Yerda, xoh osmonda biror zarra miqdorida yoxud undan kichikroq narsa ham Rabbingizdan chetda qolmaydi, balki (u) aniq bitik (Lavhul-mahfuz)da bordir. («Yunus» surasi, 61-oyat)

Bu oyatlar «atom» va undan kichik zarralarni nazarda tutadi.
Bundan 20 yillar oldingacha eng kichik zarralar atomlarni tashkil etuvchi protonlar va neytronlar deb tushunilar edi. Biroq juda yaqinda bularning o‘zlari ham kichikroq zarralardan tashkil topganligi kashf qilindi. Bu «kichik zarralar»ni va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish uchun «zarralar fizikasi» deb nomlangan fizikaning maxsus tarmog‘i paydo bo‘ldi. Zarralar fizikasi tadqiqoti atomlarni tashkil etuvchi proton va neytronlarning o‘zi ham aslida kvarklar deb ataladigan juda kichik zarralardan tashkil topganligini kashf qildi. Hajmi inson aqli bovar qilmas darajada kichik bo‘lgan bu protonlarning asosiy tarkibini tashkil etuvchi mazkur kvarklarning o‘lchami hayratlanarlidir:
1018 (0.000 000 000 000 000 001) metr.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 00:29:32

Boshqa bir e’tiborga molik narsa shuki, bu oyatlar atomlarning og‘irligiga ham diqqatni tortadi. Yuqorida keltirilgan oyatlarning birinchisidagi «misqoolu zarrotin» (atomning og‘irligi) jumlasida ishlatilgan «misqool» so‘zi og‘irlikni anglatadi. Aslida atomni tashkil etuvchi proton, neytron va elektronlar shu bilan birga, atomga og‘irlik beruvchi tarkibiy qismlar ham ekanligi kashf qilindi. Shuning uchun u Qur’onning boshqa bir ilmiy mo‘‘jizasidirki, bizning e’tiborimiz atomning hajmi yoki boshqa bir xususiyatlariga emas, balki uning og‘irligiga qaratiladi. (Qarang: Horun Yahyo. Atomdagi mo‘‘jiza. Ta-Ha Publishers, Buyuk Britaniya, 2004)


1. Oddiy materiya molekulalar hosil qiluvchi elektro-magnitik kuchlar orqali bir-biriga bog‘langan atomlardan tashkil topadi. Bu molekulalar birgalikda qattiq jismlar, suyuqliklar va gazlarni hosil qiladi.
2. Atomlar elektronlar buluti bilan o‘ralgan zich yadrolardan tashkil topadi. Elektromagnitik kuch atomlaria elektronlarni birgalikda ushlab turadi.
3. Yadro qudratli yadro kuchi orqali birga ushlab turiladigan proton va neytronlardan tashkil topgan.
4. Proton va neytronlarning har biri uchtadan kvarklardan tashkil topgan bo‘lib, ular kudratli atom kuchlari orqali birga ushlab turiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 00:30:12

QORA TUYTUKLAR

XX asr koinotdagi samoviy hodisalar bilan bog‘liq juda ko‘p kashfiyotlarning shohidi bo‘ldi. Yaqinda duch kelingan shunday kashfiyotlardan biri «Qora tuynuk»dir. Bu o‘zining bor energiyasini ishlatib bo‘lgan biror yulduz o‘z-o‘zidan inqirozga uchraganda yuzaga keladi, keyinchalik ular cheksiz zichlik, nol hajm va o‘ta qudratli magnit maydonli qora tuynukka aylanadi. Bu qora tuynuklarni hattoki eng qudratli teleskoplar bilan ham ko‘rishga qodir emasmiz, chunki ularning tortishish kuchi shunchalik kuchliki, hatto yorug‘lik ham ulardan qochib qutula olmaydi. Biroq bunday inqirozga yuz tutgan yulduzni uning o‘z atrofidagi hududlarga ko‘rsatadigan ta’siridan tushunib olsa bo‘ladi. «Voqea» surasida Alloh bu masalaga yulduzlarning tutgan o‘rniga qasamyod qilish orqali diqqatni jalb etadi:
Men yulduzlarning botish joylari bilan qasamyod eturman - bu (qasam) agar bilsangiz, albatta, buyuk qasamdir. («Voqea» surasi, 75-76-oyatlar)
«Qora tuynuk» atamasi birinchi bor 1969 yilda amerikalik fizik Jon Viler tomonidan qo‘llangan. Ilgarilari biz barcha yulduzlarni ko‘ra olamiz, degan tasavvurda edik. Biroq keyingi paytlarda kosmosda biz seza olmaydigan yorug‘liksiz yulduzlarning ham borligi ma’lum bo‘ldi. Chunki inqirozga uchragan bu yulduzlarning yorug‘ligi yo‘qoladi. Yorug‘lik qora tuynuklardan qochib qutula olmaydi, chunki qora tuynuk kichik bir joyda massaning o‘ta yuqori darajada jamlanganligidir. Juda katta tortishish kuchi hatto eng tez bo‘lgan zarralar, ya’ni fotonlarni ham tutib oladi. Misol uchun, massasi Quyoshdan uch marta katta bo‘lgan odatdagi yulduzning yakuniy bosqichi uning yonib ketishi va bor-yo‘g‘i 20 kilometr (12,5 milya) diametrli qora tuynuk bo‘lib ag‘darilishi bilan tugaydi. Qora tuynuklar «qora», ya’ni bevosita kuzatilishdan niqoblangan. Shunday bo‘lsa-da, ular o‘zlarini o‘z tortishish kuchi bilan boshqa samoviy jismlarga ta’sir o‘tkazishi hamda g‘oyat kuchli so‘rishi orqali bilvosita namoyon bo‘ladi. Quyidagi oyat Oxirat kunini tasvirlash bilan birga, qora tuynuklar haqidagi bu ilmiy kashfiyotni ham nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin:
Bas, qachonki, yulduzlar (nurlari) so‘ndirilgach. («Mursalot» surasi, 8-oyat)
Bundan tashqari, massasi katta bo‘lgan yulduzlar kosmosda sezish mumkin bo‘lgan deformatsiyalarga ham sabab bo‘ladi. Biroq qora tuynuklar nafaqat kosmosda deformatsiyalarga sabab bo‘ladi, balki unda tuynuklar ham hosil qiladi. Shuning uchun ham inqirozga uchragan bu yulduzlar qora tuynuklar nomi bilan ma’lum. Yulduzlar to‘g‘risidagi bu haqiqat oyatda nazarda tutilayotgan bo‘lishi mumkin va bu, o‘z navbatida, Qur’on Allohning kalomi ekanligini ko‘rsatuvchi ahamiyatli ma’lumotlardan biridir:
Osmon va Toriq bilan qasamyod etaman. (Ey Muhammad!) Siz Toriq
nima ekanini qaerdan ham bilar edingiz?! (U qorong‘ilikni) teshuvchi
yulduzdir. («Toriq» surasi, 1-3-oyatlar)

Qayd etilgan