Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338655 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 31 B


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 00:30:58

PULSARLAR, PULSAR YULDUZLAR

Osmon va Toriq bilan qasamyod etaman. (Ey Muhammad!) Siz Toriq nima ekanini qaerdan ham bilar edingiz?! (U qorong‘ilikni) teshuvchi yulduzdir. («Toriq» surasi, 1-3-oyatlar)

86-suraning nomi «Toriq» so‘zi «torq» o‘zagidan kelib chiqqan bo‘lib, uning asosiy ma’nosi tovush chiqarish uchun yetarli darajada urish demakdir. Bu so‘z anglatishi mumkin bo‘lgan ma’noni («urmoq», «qattiq urmoq») hisobga olib, bizning e’tiborimiz bu suradagi muhim bir ilmiy faktga qaratilayotgan bo‘lishi mumkin. Bu ma’lumotni tahlil qilishdan avval, keling, bu yulduzlarni tasvirlash uchun oyatda ishlatilgan boshqa so‘zlar bilan tanishib chiqaylik. Yuqoridagi oyatda qayd etilgan «vat-tooriqi» so‘zi tunni teshuvchi, qorong‘ilikni teshib o‘tuvchi, tunda bunyodga kelgan, teshib o‘tib ketadigan, uruvchi, zarb beruvchi yoki o‘tkir yulduz degan ma’nolarni anglatadi. Shuningdek, «va» so‘zi diqqatni qasamyod etilayotgan narsalar: osmon va Toriq jalb qiladi.
1967 yilda Kembrij universitetida Joselin Bell Burnell tomonidan amalga oshirilgan izlanish yordami bilan muntazam radio signali aniqlandi. Biroq mana shu paytgacha, xuddi yuraknikiga o‘xshash, muntazam puls yoki urish manbai bo‘lishi mumkin bo‘lgan samoviy jismlarning mavjudligi hali fanga ma’lum emas edi. Ammo 1967 yilda astronomlar shu narsani ta’kidlashdiki, o‘z o‘qi atrofida aylanishi bois, yadrodagi materiya zichlashib borishi tufayli yulduzlarning magnit maydonlari ham kuchayib boradi va shu tarzda o‘z qutblarida Yernikiga nisbatan 1 trillion marta kuchliroq magnit maydonini hosil qiladi. Astronomlar juda tez va bunday qudratli magnit maydoni bilan aylanayotgan jism, har bir aylanishida, konus shaklida juda kuchli radioto‘lqinlardan iborat nurlar chiqarishini tushunib yetishdi. Shundan so‘ng bir oz vaqt o‘tgach, bu signallarning manbai neytron yulduzlarning tez aylanishi ham ekanligi tushunib yetildi. Yangi kashf qilingan neytron yulduzlari «pulsarlar» degan nom oldi. O’ta yangi yulduzlarning portlashlari orqali pulsarlarga aylanadigan yulduzlar juda katta massaga ega bo‘lib, koinotdagi eng yorug‘ va eng tez harakatlanuvchi jismlar hisoblanadi. Ba’zi pulsarlar bir soniyada 600 martagacha aylanadi.51

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 00:31:12

«Pulsar» so‘zi urib, tepib turmots degan fe’ldan kelib chiqqan. American Haritage dictionary lug‘atiga ko‘ra, bu so‘z pulsatsiya bermoq, tepib turmoq degan ma’nolarni anglatadi. Encarta Dictionary lug‘atida esa bu so‘zga ritm bilan urib turmoq, kuchli muntazam ritm bilan harakat qilmoq yoki tez-tez urib (tepib) turmoq ma’nolari berilgan. Yana, Encarta Dictionary lug‘atiga ko‘ra, «pulsatsiya bermoq» (bu shu so‘zning o‘zagidan kelib chiqqan) kuchli muntazam urib turish bilan kengayib, qisqarmoq degan ma’nolarni anglatadi.
Mana shu kashfiyotdan so‘ng, Qur’onda «Toriq» (urish) deb tasvirlangan hodisa pulsarlar deb nom olgan neytron yulduzlarga juda ham o‘xshab ketishi tushunib yetildi.
Neytron yulduzlar super gigant yulduzlarning atom yadrolari buzilganda shakllanadi. Juda tez aylanayotgan shar shaklidagi o‘ta siqilgan va zich materiya yulduzning ko‘pchilik og‘irligi va magnit maydonini ushlab qoladi va siqadi. Bu tez aylanayotgan neytron yulduzlar tomonidan hosil qilingan qudratli magnit maydoni Yerdan turib kuzatsa bo‘ladigan o‘ta kuchli radioto‘lqinlarning chiqishiga sabab bo‘lishi o‘z isbotini topdi.
«Toriq» surasining 3-oyatidagi teshib yuboradigan, o‘tkir, oldinga siljuvchi yoki teshik, tuynuk ochadigan degan ma’nolarni anglatuvchi «an-najm us-saaqibu» so‘zi Toriqning qorong‘ilikda tuynuk teshuvchi va oldinga siljib ketuvchi yulduz ekanligini bildiradi. «Siz Toriq nima ekanini qaerdan ham bilar edingiz?!» jumlasidagi «adrooka» so‘zining tushunchasi «tushunish, anglash, fahmlash» degan ma’nolarni nazarda tutadi. Quyosh hajmidan bir necha marta katta yulduzlarning siqilishi natijasida yuzaga keladigan pulsarlar tushunish, anglash murakkab bo‘lgan samoviy jismlar orasidan joy olgan. Oyatdagi masala bunday pulsatsiya beruvchi yulduzni tushunish qanchalik og‘ir ekanligiga urg‘u beradi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)
Ko‘rib turganimizdek, Qur’onda Toriq deb tasvirlangan yulduzlar XX asrda ta’riflanayotgan pulsarlarga juda o‘xshashdir va ular biz uchun Qur’ondagi boshqa bir ilmiy mo‘‘jizaga oydinlik kiritishi mumkin.
Pulsarlar pulsga o‘xshash juda kuchli radioto‘lqinlar chiqaradigan va o‘z o‘qi atrofida juda tez aylanadigan so‘ngan yulduzlarning qoldiqlaridir. Somon yo‘lida (bizning Yerimiz ham uning bir qismidir) 500 dan ortiq pulsarlar borligi hisoblab chiqilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 00:31:46

SHE’RO YULDUZI

Qur’onda qayd etilgan ayrim tushunchalar XXI asr ilmiy kashfiyotlari sharofati bilan o‘rganilar ekan, biz Qur’onning yana qanday mo‘‘jizalari bor ekan deya o‘yga tolamiz. Bu mo‘‘jizalardan yana biri «Najm» surasining 49-oyatida qayd etilgan She’ro yulduzidir:
Albatta, She’ro (yulduzi)ning Parvardigori ham Uning o‘zidir. («Najm» surasi, 49-oyat)
Sirius yulduzining ekvivalenti bo‘lgan arabcha «shiroo» so‘zi faqatgina «yulduz» ma’nosini anglatuvchi «Najm» surasining 49-oyatida ishlatilganligi ayniqsa, hayratlanarlidir. Chunki tundagi osmonning eng porloq yulduzi Siriusning harakatidagi nosimmetrikliklar, ularning boshlanish nuqtasini e’tiborga olib, olimlar bu yulduzning aslida qo‘shaloq yulduz ekanligini aniqlashdi. Rostdan ham, Sirius yulduzi Sirius A va Sirius B nomli ikkita yulduzdan tashkil topgan. Bulardan kattarog‘i Sirius A bo‘lib, u Yerga ham yaqinroq joylashgan. Sirius A eng yorug‘ yulduz bo‘lgani sababli uni bevosita ko‘z bilan ilg‘ash mumkin. Biroq Sirius B ni teleskopsiz ko‘rib bo‘lmaydi.
Sirius qo‘shaloq yulduzlari bir-birining atrofida ellips orbitalarda harakat qiladi. Sirius A va B larning umumiy tortishish markazi atrofidagi orbital davri 49,9 yilga tengdir. Bu ilmiy ma’lumot bugungi kunda Garvard, Ottava va Leysester universitetlarining astronomiya departamentlari tomonidan bir ovoz bilan qabul qilingan.52 Bu ma’lumot turli manbalarda quyidagidek yoritilgan:
Sirius, eng porloq yulduz, aslida egizak yulduzdir ... Uning orbitasi 49,9 yil davom etadi.53
Ma’lum bo‘lishicha, Sirius A va Sirius B yulduzlari bir-birining atrofida har 49,9 yilda qo‘shaloq kamon bo‘lib orbital harakat qiladi.54
Bu yerda diqqatni tortadigan jihat ikkita yulduzning bir-biri atrofidagi kamon shaklli orbitasidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 00:32:48

XX asrning oxiriga kelib aniqlik kiritilgan bu ilmiy haqiqat 1400 ilgari Qur’onda mo‘‘jizakorona ko‘rsatib o‘tilgan edi. «Najm» surasining 49 va 9 oyatlari birgalikda o‘qilganda bu mo‘‘jiza oydinlashadi:
Albatta, She’ro (yulduzi)ning Parvardigori ham Uning o‘zidir. («Najm» surasi, 49-oyat)
Bas, ikki kamon oralig‘idek yoki (undan ham) yaqinroq bo‘ldi. («Najm» surasi, 9-oyat)

«Najm» surasining 9-oyati bu ikki yulduzning o‘z orbitalarida bir-biriga qanday yaqinlashishini ham tasvirlayotgan bo‘lishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) Qur’on nozil bo‘lgan paytda hech bir kishining bilishi dargumon bo‘lgan bu ilmiy faktlar Qur’on Qodir Allohning so‘zi ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
 

Sirius yulduzi «Najm» (u «yulduz» ma’nosini anglatadi) surasida uchraydi. Yaxlit Siriusni tashkil etuvchi bu qo‘shaloq yulduzlar har 49,9 yilda bir marta o‘z o‘qlari bilan bir-biriga kamon shaklida yaqinlashadi. Bu astronomik hodisa «Najm» surasining 9 va 49 oyatlarida ko‘rsatib o‘tilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 00:34:16



YORUG’LIK VA ZULMAT

Hamd osmonlar va Yerni yaratgan, zulmatlar va nurni paydo etgan Allohga (xos)dir. («An’om» surasi, 1-oyat)
Hammamizga ma’lumki, yorug‘liksiz inson o‘z atrofidagi narsalarni bevosita ko‘z bilan ko‘ra olmaydi. Biroq biz ko‘rib turgan yorug‘lik barcha yorug‘lik chiqaruvchi energiyalarning faqatgina juda oz qismini tashkil etadi. Yana infraqizil, ultrabinafsha, rentgen nuri va radioto‘lqinlar kabi boshqa yorug‘lik chiqaruvchi energiyalar ham borki, inson zoti ularni ilg‘ay olmaydi. Insonlar bunday yorug‘lik nurlarini butunlay ko‘rmaydilar.
Shuningdek, qiziqtomoni shundaki, «zulmatlar» so‘zi Qur’onda har doim ko‘plik shaklda ishlatilgan. Qur’onning 23 ta oyatida arabcha so‘z bo‘lgan «zulumaat» ko‘plik shaklda qo‘llanilgan va hech ham birlik shaklda ishlatilmagan. Qur’onda «zulmatlar» so‘zining ishlatilishi biz ko‘ra oladigan yorug‘lik to‘lqinlariga qo‘shimcha ravishda, yana boshqa yorug‘lik to‘lqinlari ham borligidan darak beradi.
Faqat yaqindagina, olimlar nima uchun bu yerda ko‘plik shakli ishlatilganiga aniqlik kiritishdi. To‘lqin uzunliklari elektromagnit nurlanish nomli energiya shaklida farqlanadi. Elektromagnit nurlanishning turli shakllari kosmosda energiya to‘lqinlari sifatida tarqaladi. Bu hovuzga biror tosh otilganda, u hosil qiladigan to‘lqinlarga taqqoslanishi mumkin. Hovuzdagi to‘lqinlar turli o‘lchamlarda bo‘la olganidek, elektromagnit nurlanishlar ham turli o‘lchamli to‘lqinlarga egadir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 00:35:28

Yulduzlar va yorug‘likning boshqa manbalari har xil turdagi nurlar taratadi. Bu turli nurlar o‘zlarining to‘lqin uzunliklariga ko‘ra tasniflanadi (sinflarga ajratiladi). To‘lqin uzunliklari spektri juda keng. Eng kichik o‘lchamdagi to‘lqin uzunligi bo‘lgan gamma nurlar va eng katta bo‘lgan radioto‘lqinlar o‘rtasida 1025 ta farq bor. Quyoshdan chiqadigan deyarli barcha nurlar mana shu 1025 li spektrning bir qismiga siqilgan.
Bu raqamning ulkan ekanligini yaxshiroq tushunib olish uchun qiyoslab o‘rganish juda qo‘l keladi. Mabodo biz 1025gacha sanashni xohlab qolsak-u, uni kunu tun to‘xtamasdan sanaganimizda edi, uni tugatish uchun Yerning yoshidan 100 million marta ko‘p vaqtimiz ketgan bo‘lar edi. Koinotdagi turli to‘lqin uzunliklari xuddi shu hajmdagi bir spektr ichida taqsimlangan. Quyoshdan chiqadigan turli to‘lqin uzunliklarining 70% i 0,3 mikron va 1,5 mikron ora-lig‘idagi juda tor spektr bilan chegaralangan. Mana shu spektr ichida uch turli yorug‘lik mavjud: ko‘rinuvchan yorug‘lik, infraqizil yorug‘lik va ultrabinafsha yorug‘lik. 1025 spektrdagi 1 dan kamroq joy egallaganiga qaramasdan, ko‘rinuvchan yorug‘lik deb nom olgan nurlar Quyoshning barcha nurlarining 41% ini tashkil etadi.
Ko‘rib chiqqanimizdek, inson ko‘zi ilg‘ashi mumkin bo‘lgan elektromagnitik to‘lqinlar yorug‘lik spektrining bor-yo‘g‘i juda kichik bir qismidagina aks etadi. Bu spektrning bundan boshqa qismidagi to‘lqin uzunliklari inson zoti uchun faqatgina zulmatdan boshqa narsa emas, ya’ni inson ularni ko‘rish qobiliyatiga ega emas.55
 

Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, inson uchun ko‘rinarli bo‘lgan to‘lqin uzunligi diapazoni juda tor. Boshqa to‘lqin uzunliklari odam uchun qorong‘ilik degani.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 00:35:55

OLOVSIZ YONISH

Alloh osmonlar va Yerning «nuri»dir. Nurning misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo bir durdan yaralgan yulduzga o‘xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g‘arbiy bo‘lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligidan), garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir. (Mazkurlar qushilganda esa) nur ustiga nur (bulur). Alloh o‘zining (bu) nuriga o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) misollarni keltirur. Alloh barcha narsani biluvchidir. («Nur» surasi, 35-oyat)

Bu oyat yorug‘lik chiqaruvchi qandaydir bir narsaga ishora qilmoqda. Bu yorug‘lik chiqaruvchi narsa yulduzga qiyoslanmoqda. Na Sharq va na G’arbga tegishli bu yulduzga o‘xshash, yorug‘lik chiqaruvchi jism tomonidan ishlatiladigan yoqilg‘i shu jismning moddiy hajm (o‘lcham) ga ega emasligini nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin. Agar bu yoqilg‘i manbai energiya o‘lchami deb hisoblansa, unda oyatda qayd etilgan yoqilg‘i elektr energiyaga, yorug‘lik chiqaradigan jism esa yorug‘lik lampochkasiga juda ham o‘xshab ketadi.
Lampochka yulduzdek yaraqlaydigan va nur chiqaradigan shisha ichidagi jism bo‘lib, oyatda ta’riflanganga to‘liq mos keladi. Moyli lampalar va gazli lampalardan farqli o‘laroq, yorug‘lik lam-pochkalari moy yoqmaydi va oyatda qayd etilgan ta’rifga muvofiq tarzda uning ichida olovsiz yonish hodisasi yuz beradi. Issiqlikka chidamli volfram simining atomlari orasidagi tebranish natijasida, lampochkaning ichidagi harorat 2000 daraja Selsiy (3,630°Farangeyt) dan yuqoriga ko‘tariladi. Boshqa metallarni eritib yuborishi mumkin bo‘lgan bu harorat shunchalik balandki, u juda kuchli ko‘rinadigan yorug‘likni paydo qiladi. Biroq mana shu issiqlikka qaramasdan, yana oyatga muvofiq, yonish hodisasi yuz bermaydi, chunki lampochkada kislorod bo‘lmaydi. Shuningdek, lampochka ichidagi tola porloq yulduzga o‘xshaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 00:36:05

Agar biz elektr tokini dunyo tarixidagi eng buyuk kash-fiyotlardan biri va u lampochkalar yordamida deyarli butun jahonni yoritadi, deb hisoblasak, unda bu oyat balki mana shu katta kashfiyotga ishora qilmoqdadir, deb taxmin qilishimiz mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)
Boshqa bir tushuntirish yorug‘lik yulduzlardagi atom reaktsiyalari natijasida chiqadi deb izohlanishi mumkin. Yulduzlar yorug‘, issiq aylanayotgan gaz massasi bo‘lib, atom reaktsiyalari natijasida juda katta miqdordagi yorug‘lik va issiqlik chiqaradi. Ko‘pchilik yangi paydo bo‘layotgan katta yulduzlar o‘z tortishish kuchining tortish og‘irligi ostida inqirozga yuz tuta boshlaydilar. Bu ularning markazlari issiqroq va zichroq deganidir. Yulduzning markazidagi materiya ortiq darajada isib ketganda - u kamida 10 million daraja Selsiy (18 million daraja Farangeyt) ga yetganda - atom reaktsiyalari boshlanadi.56 Yulduz ichida sodir bo‘ladigan jarayon shuki, katta energiya (erish) bilan vodorod geliyga aylanadi. Yadro sintezi vodorod hosil qiluvchi zarralarni o‘ziga oladi va geliy hosil qilish uchun ularni bir-biriga yopishtiradi (1 ta geliy atomi 4 ta vodorod atomidan yasaladi). Proton va neytronlarni geliy ichida ushlab turish uchun atomlar juda katta energiya chiqaradi. Bu jarayonda qo‘yib yuboriladigan energiya yulduzning yuzasidan yorug‘lik va issiqlik sifatida radiatsiya bo‘lib tarqaladi. Vodorod ishlatib bo‘lingandan so‘ng, geliy bilan yonishni boshlaydi va xuddi shu yo‘sinda og‘irroqelementlar shakllanadi. Bu reaktsiyalar yulduzning massasi ishlatib bo‘linguncha davom etadi.
Biroq yulduzlar ichidagi bu reaktsiyalarda kislorod ishlatil-masligi sababli, natijada odatdagi, masalan, bir bo‘lak yog‘och yonganda sodir bo‘ladigandek, yonish bo‘lmaydi. Yulduzlarda gigant alanga bo‘lib ko‘ringan yonish aslida olovdan kelib chiqmaydi. Darhaqiqat, oyatda ham xuddi shunday yonish ta’riflangan. Agar bu oyat yulduzni, uning yonilg‘isini va olovsiz yonishini nazarda tutayapti, deb talqin qilinsa, unda bu oyat yulduzlarda yorug‘lik chiqishi va yonish usulini nazarda tutmoqda, deb ham talqin qilinishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 00:36:31

BULUTLARNING OG’IRLIGI

Bulutlarning og‘irligi juda hayratlanarli miqdorlargacha borib yetadi. Misol uchun, chaqmoqli bulutlar nomi bilan ma’lum bo‘lgan yomg‘irli bulutlar 300000 tonnagacha suvni o‘z tarkibiga olishi mumkin.
300000 tonna suv massasining yuqorida, osmonda tura olishining o‘zi chindan ham ajablanarli holdir. E’tiborimizni Qur’onning boshqa oyatlaridagi bulutlarning og‘irligiga nisbatan aytilgan so‘zlarga qaratamiz:
U o‘z rahmatining darakchisi sifatida shamollarni yuboruvchi zot bo‘lib, (shamollar) og‘ir bulutlarni ko‘tarib olgach, uni o‘lik yer (usti)ga haydaymiz. Bas, unga suv (yomg‘ir) yog‘dirib, u sababli mevalarning har turidan chiqarurmiz ... («A’rof» surasi, 57-oyat)
U sizlarga qo‘rqqan va umidvor bo‘lgan holingizda chaqmoqni ko‘rsatadigan va og‘ir bulutlarni paydo qiladigan zotdir. («Ra’d» surasi, 12-oyat)

Qur’on nozil bo‘lgan paytda, albatta, bulutlarning og‘irligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lish insonning bilish chegarasidan ancha uzoqda edi. Qur’onda vahiy qilingan va faqat yaqindagina kashf kilingan bu ma’lumot Qur’on Allohning so‘zi ekanligini tasdiqlovchi yana bir boshqa haqiqatdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 07:39:35

O’LCHOVLI MIQDORDAGI YOMG’IR

Qur’onda aytilgan boshqa bir ma’lumot yomg‘irning Yerga «tegishli me’yorda» yog‘dirilishi haqidadir. Bu «Zuxruf» surasida quyidagicha yoritilgan:
O’sha zot osmondan (aniq) o‘lchov bilan suv (yomg‘ir) yog‘dirdi. Bas, Biz u (suv) bilan «o‘lik» yerni «tiriltirdik» (giyohlarni chiqardik). Sizlar ham (qiyomatda qabrlaringizdan) mana shunday chiqarilursizlar. («Zuxruf» surasi, 11-oyat)
Yomg‘irning o‘lchovli miqdorda yog‘dirilishi ilmiy izlanishlar natijasida kashf qilindi: bir soniyada Yer yuzasidan taxminan 16 million tonna suv bug‘ bo‘lib havoga ko‘tarilishi hisoblab chiqilgan. Bu miqdor yil hisobiga ko‘paytirilsa, 513 trillion tonnani tashkil etadi. Bu raqam bir yilda Yerga yog‘iladigan yomg‘irning miqdoriga tengdir. Demak, «miqdor»iga ko‘ra suv muvozanatli bir tartibda to‘xtovsiz aylanib turadi. Hattoki dunyodagi barcha texnikalar mana shu vazifani bajarishga tayinlanganida ham, bu tartibni sun’iy tarzda o‘ziday qilib takrorlay olmas edi.
Bu muvozanatdan hatto arzimagan miqdorda chalg‘ish ham tezda katta ekologik nomutanosibliklarni keltirib chiqarar va bu, o‘z navbatida, Yer yuzidagi hayotning tugashiga olib kelar edi. Lekin bu baxtimizga sodir bo‘lmaydi va yomg‘ir, xuddi Qur’onda vahiy qilinganidek, aniq o‘lchov bilan yog‘ishni davom ettiraveradi.
Yomg‘irning nisbati nafaqat uning miqdoriga, balki yog‘ayotgan yomg‘ir tomchilarining tezligiga ham tegishli emas. Yomg‘ir tomchilarining tezligi, ularning o‘lchami qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ma’lum bir chegaradan oshmaydi.
1905 yilda Nobel mukofoti sohibi bo‘lgan nemis fizigi Filipp Lenard tomchi diametri 4,5 mm (0,18 dyuym) dan kichik bo‘lgan holatlarda yog‘ish tezligining oshganini aniqladi. Biroq yog‘ish tezligi bundan kattaroq tomchilar uchun bir soniyada 8 metr (26 fut/soniya) dan oshmadi. U buni tomchi o‘lchami kattalashgani sari, havo oqimi ta’sirida, tomchi shaklining o‘zgarishiga yo‘ydi. Shakldagi bunday o‘zgarish tomchining havoga nisbatan qarshiligini ko‘paytirdi va uning yog‘ish tezligini sekinlashtirdi.
Ko‘rib turganimizdek, Qur’on bizning e’tiborimizni 1400 yil ilgari bilib olish mumkin bo‘lmagan yomg‘irdagi ko‘z ilg‘amas moslashuvga ham jalb kilayotgan bo‘lishi mumkin.
 

Har yili havoga bug‘ bo‘lib ko‘tariladigan va Yerga yomg‘ir shaklida qaytib tushadigan suv miqdori «o‘zgarmas»dir: 513 trillion tonna. Bu miqdor haqida Qur’onda «osmondan (aniq) o‘lchov bilan suv (yomg‘ir) yog‘dirish» jumlasi orqali xabar berilgan. Bu miqdorning o‘zgarmasligi ekologik muvozanat va shuningdek, hayotning davomiyligi uchun juda muhim.

Qayd etilgan