Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338379 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 31 B


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 07:48:51

YOMG’IRNING PAYDO BO’LISHI

Yomg‘irning qanday paydo bo‘lishi uzoq yillar davomida sir bo‘lib keldi. Faqat ob-havoni aniqlovchi asbob ixtiro qilingandan so‘nggina yomg‘irning shakllanish bosqichlarini kashf qilish imkoniyati tug‘ildi.
Bu kashfiyotga binoan, yomg‘irning shakllanishi uch bosqichda sodir bo‘ladi. Birinchidan, yomg‘irning «xom ashyo»si shamol bilan havoga ko‘tariladi. Keyinroq bulutlar paydo bo‘ladi va nihoyat yomg‘ir tomchilari yuzaga keladi.
Qur’onning yomg‘ir hosil bo‘lishi haqidagi so‘zlari xuddi shu jarayonni nazarda tutadi. Oyatlarning birida bu hosil bo‘lish quyidagidek ifodalanadi:
Alloh shunday zotki, (U) shamollarni yuborib, bulutlarni qo‘zg‘aydi, bas, uni osmon bo‘ylab xohlaganicha yoyadi va uni bo‘lak-bo‘lak qilgach, uning orasidan yomg‘ir chikishini ko‘rasiz. Bas, qachonki uni (yomg‘irni) O’z bandalaridan xohlagan kishisiga yetkazganda, ular birdan shodlanib keturlar. («Rum» surasi, 48-oyat)
Endi, keling oyatda keltirilgan bu uch bosqichni chuqurroq tahlil qilamiz:
BIRINCHI BOSQICH: «Alloh shunday zotki, (U) shamollarni yuborib ...»
Okeanlarning ko‘piklanishidan paydo bo‘lgan sanoqsiz havo pufakchalari muttasil yoriladi va suv zarralarining havoga qarab otilishiga sabab bo‘ladi. So‘ngra tuzga boy bo‘lgan bu zarralar shamollar ta’sirida yuqoriga - atmosferaga qarab ko‘tariladi. Aerozollar deb ataladigan bu zarralar suv qopqonlari vazifasini bajaradi va o‘z atrofiga dengizdan juda kichik tomchi zarralari bo‘lib ko‘tariladigan suv bug‘larini yig‘ib olib, bulut tomchilarini shakllantiradi.
IKKINCHI BOSQICH: «... bulutlarni qo‘zg‘aydi, bas, uni osmon bo‘ylab xohlaganicha yoyadi va uni bo‘lak-bo‘lak qilgach ...»
Bulutlar havoda tuz kristallari va chang zarralari atrofida suyuladigan (kondensatsiyalanadigan) suv bug‘laridan yuzaga keladi. Bu bulutlardagi suv tomchilari juda kichik (taxminan 0,01-0,02 mm (0,0004-0,0008 dyuym) o‘lchamda) bo‘lganligi sababli bulutlar havoda osilib qoladi va osmon bo‘ylab yoyiladi. Shu tarzda osmon bulutlar bilan qoplanadi.
UCHINCHI BOSQICH: «... uning orasidan yomg‘ir chiqishini ko‘rasiz.»
Tuz kristallari va chang zarralarini o‘rab turgan suv zarralari qalinlashadi va yomg‘ir tomchilarini shakllantiradi, shunday qilib, havoga nisbatan og‘irroq bo‘lib qoladigan tomchilar bulutlarni tark etadi va yerga yomg‘ir bo‘lib yog‘ishni boshlaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 07:56:21

Yuqorida muhokama qilganimizdek, yomg‘ir hosil bo‘lishidagi har bir bosqich Qur’on oyatlariga bog‘langan. Shuningdek, bu bosqichlar xuddi oyatdagi ketma-ketlikda tushuntiriladi. Yerdagi boshqa ko‘p tabiiy hodisalar kabi, Alloh bu hodisaga ham eng to‘g‘ri tushuntirish bergan va uning kashf qilinishidan ancha asrlar ilgari Qur’onda uni ma’lum qilib qo‘ygan. Boshqa bir oyatda yomg‘irning shakllanishi haqida quyidagi ma’lumot keltirilgan:
Allohning bulutlarni haydashini, so‘ngra ularni birlashtirishini, so‘ngra ularni ustma-ust qalashtirishini ko‘rmadingizmi? So‘ngra (bulut) orasidan yomg‘ir chiqayotganini ko‘rasiz. (Alloh) osmondan -undagi tog‘ (bulut)lardan do‘l yog‘dirib, uni o‘zi xohlagan kishilarga yegkazur va o‘zi xohlagan kishilardan burib yuborur. Chaqmog‘ining yorug‘ligi ko‘zlarni ketkazgudekdir. («Nur» surasi, 43-oyat)
Bulut turlarini o‘rganayotgan olimlar yomg‘ir bulutlarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq ajablanarli natijalarga duch kelishdi. Bunda yomg‘ir bulutlarining aniq bir tizim va bosqichlarga ko‘ra hosil bo‘lishini aniqlashdi. Yomg‘ir bulutlarining bir turi bo‘lgan cumulonimbus (yomg‘irli bulut)ning paydo bo‘lish bosqichlari quyidagicha ifodalanadi:
1-BOSQICH. Haydaladi: bulutlar shamol orqali haydaladi.
2-BOSQICH. Birlashadi: so‘ngra, shamol orqali haydalgan kichik bulutlar (yomg‘irli bulutlar) o‘zaro birlashadi va kattaroq bulut hosil qiladi.58
3-BOSQICH. Ustma-ust qalashadi: kichik bulutlar birlashganidan so‘ng kattaroq bulut ichidagi yuqoriga ko‘tariladigan oqimlar kattalashadi. Bulut markazi yaqinidagi yuqoriga ko‘tariladigan oqimlar chetga yaqinroqdagilariga qaraganda kuchliroq bo‘ladi. Yuqoriga ko‘tariladigan oqimlar bulut massasining vertikal o‘sishiga sabab bo‘lib, ularni ustma-ust qalashtiradi. Bu vertikal o‘sish bulut massasining atmosferadagi suv tomchilari va do‘l shakllanadigan sovuqroq hududgacha uzayishiga sabab bo‘ladi. Suv tomchilari va do‘l yuqoriga ko‘tariladigan oqimlar uchun ushlab turishga og‘irlik qilib qolgandan so‘ng, ular bulutdan yomg‘ir, do‘l va h. k. shaklida tushishni boshlaydi.59
 

Yuqoridagi rasm mayda suv tomchilarining havoga qanday qilib chiqib ketishini ko‘rsatadi. Bu yomg‘ir hosil bo‘lishining birinchi bosqichidir. Shundan so‘ng, endi paydo bo‘lgan bulutlardagi mayda suv tomchilari havoda osilib qoladi va yomg‘ir paydo qilish uchun suyuladi (kondensatsiyalanadi). Bu bosqichlarning barchasi Qur’on oyatlarida to‘liq bildirilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 08:08:05

Biz shuni yodda tutishimiz kerakki, meteorologlar yaqindagina samolyotlar, sun’iy yo‘ldoshlar, kompyuterlar kabi zamonaviy jihozlardan foydalanib, bulutning paydo bo‘lishi, uning tarkibi va funktsiyasi haqida bunday tushunchaga ega bo‘ldilar. Ko‘rib turganimizdek, Alloh 1400 yil ilgari bilishning imkoni bo‘lmagan ma’lumotni bizga xabar qilgani kundek ravshan.
 

(A) Alohida-alohida kichik bulut parchalari (yomg‘irli bulutlar).
(B) Bu kichik bulutlar birlashganda, kattaroq bulutlar ichidagi yuqoriga ko‘tariladigan oqimlar kattalashadi. Natijada bulutlar ustma-ust qalashadi.


Yuqoriga ko‘tariladigan oqimlar bulut massasining vertikal o‘sishiga sabab bo‘ladi va bulut ustma-ust qalashib qoladi. Vertikal o‘sish bilan bulut massasi atmosferadagi suv tomchilari va do‘l shakllanadigan sovuqroq hududgacha yetib boradi. Suv tomchilari va do‘l yuqoriga ko‘tariladigan, oqimlar uchun ushlab turishga og‘irlik qilib qolgandan so‘ng, ular bulutdan yomg‘ir, do‘l va h. k. shaklida tushishni boshlaydi. Bu ilmiy dalilni 1400 yil ilgari Alloh «Nur» surasining 43-oyatida bunday vahiy qilgan edi:
«"¦ So‘ngra ularni ustma-ust qalashtirishini ko‘rmadingizmi? So‘ngra (bulut) orasidan yomg‘ir chiqayotganini ko‘rasiz...»

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 08:32:14

YERNING HARAKATGA KYELISHI VA KO’PCHISHI

Yerni qo‘riq holida ko‘rasiz. Bas, qachonki, Biz uning ustidan (yomg‘ir) yog‘dirsak, u harakatga kelib ko‘pchir va turli go‘zal juftlarni (ikki jinsli giyohlarni) undirur. («Haj» surasi, 5-oyat)

«Harakatga kelib» deb tarjima qilingan arabcha so‘z «ihtazzat» bo‘lib, u «harakatga kelmoq, jonlanmoq, siljimoq, qo‘zg‘almoq; o‘simlikning harakati va uzayishi» kabi ma’nolarni bildiradi. «Ko‘pchir» deb tarjima qilingan «robat» so‘zi «kengaymoq, ko‘paymoq, ko‘pchimoq, o‘smoq, rivojlanmoq, ko‘tarilmoq (o‘simlik haqida), ta’minlamoq, havo bilan to‘ldirmoq» kabi ma’nolarga ega. Bu so‘zlar yomg‘ir paytida tuproqning molekulaviy strukturasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni eng to‘g‘ri usulda ifodalaydi.
Faqat tuproq zarralari harakatlanishi bois, oyatda ifodalangan harakat, bir bo‘lagi harakatlanganda zilzilalarni keltirib chiqaradigan Yer qobig‘ining harakatidan farq qiladi. Bu zarralar birining ustida boshqasi yotuvchi qatlamlardan tashkil topgan. Suv bu qatlamlarga kirib borib, tuproq zarralarining ko‘pchishiga sabab bo‘ladi. Oyatda aytib o‘tilgan bosqichlar ilmiy jihatdan quyidagicha tushuntirilishi mumkin:
1. Tuproqning harakatga kelishi. Tuproqqa yetarli darajada suv tushgandan so‘ng zarraning yuzasida paydo bo‘ladigan elektrostatik zaryad bu zarraning beqarorligiga va harakatga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu zaryad qarama-qarshi zaryad bilan neytrallangandan so‘ng ushbu harakat barqarorlashadi. Tuproq zarrasining harakatga kelib qimirlashi uning suv zarralari bilan to‘qnashgani tufayli hamdir. Suv zarralari muayyan bir yo‘nalishda harakat qilmasligi sababli, tuproq zarralari har tomondan urilgach, harakatga keladi. 1827 yil shotlandiyalik botanik Robert Broun yomg‘ir tomchilari tuproqqa tushganda, ular tuproq molekulalarida qandaydir bir qimirlash va tebranish sodir etishini aniqladi. U bugungi kunda «Broun harakati» nomi bilan ma’lum bo‘lgan bu mikroskopik zarralar harakatini tasvirlab berdi.60

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 08:32:54

2.   Tuproqning ko‘pchishi. Yomg‘ir yoqdanda tuproqqa kelib uri-ladigan yomg‘ir tomchilari tuproq zarralarining ko‘pchishiga va hajm jihatdan kengayishiga sabab bo‘ladi. Bu, suv mo‘l bo‘lganda suv zarralari va erigan ionlar kira oladigan tuproq zarralari orasidagi bo‘shliqning kengayishi tufaylidir. Suv va unda erigan oziqlantiruvchi elementlar qatlamlar orasida diffuziyalanib tarqalganda tuproq zarralarining o‘lchami kattalashadi. Pirovardida bu zarralar tuproqni jonlantiradigan suv saqlagich sifatida xizmat qiladi. Allohning insoniyat uchun ko‘rsatgan cheksiz marhamati tufayli, bu suv shu yo‘sinda, tortishish kuchi ta’sirida pastga qarab singib ketmasdan, saqlanib qoladi. Agarda tuproq suvni ushlab tura olmaganda edi va bu mineral tuzlar tuproqda turib qola olmaganda edi, suv Yerning eng chuqur qismlarigacha singib ketgan va buning natijasida uning yo‘q bo‘lishi bois, barcha o‘simliklar tezda o‘lgan bo‘lar edi. Biroq bizning Parvardigorimiz tuproqni shunday yaratib qo‘yganki, undan turli mahsulotlar paydo bo‘ladi.
3.   Yerdan unib chiqish. Tuproqda yetarlicha suv yig‘ilgach, urug‘lar faollashadi va sodda oziqlantiruvchi moddalarni shimib oladi. O’sayotgan o‘simliklar bu ozuqalardan 2-3 oygacha suvga bo‘lgan talabini qondiradi.
Yuqoridagi oyat yomg‘ir quruq yerga tushganda nima sodir bo‘lishini uch bosqichda tushuntirib bergan: tuproq zarralari harakatga keladi, tuproq ko‘pchiydi va so‘ngra turli mahsulotlarni yetishtiradi. 1400 yil muqaddam Qur’onda xabar berilgan bu bosqichlar ilmiy ta’riflarga hayratlanarli tarzda o‘xshashdir. Boshqa bir oyat bu haqtsa o‘simliklar misolida bunday xabar beradi:
O’lik (quriq) yer ular uchun (qayta tirilishga) bir alomatdir. Biz uni (suv bilan) tiriltirdik va undan (turli) donlarni undirib chiqardik. Bas, ular undan yemoqdalar. («Yosin» surasi, 33-oyat)

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 08:34:29

O’LIK YERGA QAYTA HAYOT BAG’ISHLAYDIGAN YOMG’IRLAR

Yomg‘irlarning «o‘lik yerga qayta hayot baxsh etish»lik vazifasi Qur’onning qator oyatlarida ta’kidlab o‘tilgan:
... Osmondan pok suv (yomg‘ir) yog‘dirdik. Bu o‘lik yerlarni tiriltirish va O’zimiz yaratgan ko‘plab hayvonlarni hamda insonlarni sug‘orish uchundir. («Furqon» surasi, 48-49-oyatlar)
Yerga jonzotlar uchun zaruriy talab bo‘lgan suvni keltirish bilan bir qatorda, yomg‘irning o‘g‘itlovchilik xususiyati ham bor. Dengizdan bug‘lanuvchi va bulutlarga yetuvchi tomchilar o‘lik tuproqqa «yangi hayot bag‘ishlovchi» zarur moddalarni o‘z ichiga oladi. «Yangi hayot bag‘ishlovchi»lik xususiyatiga ega bunday yomg‘ir tomchilari «sirtqi parda tomchilari» deb ataladi. Bular biologlar tomonidan mikroqatlam deb ataladigan dengiz yuzasining eng yuqori qatlamidan hosil bo‘ladi; o‘ndan bir millimetrdan kichik qalinlikdagi bu yuza qatlamda mikroskopik suv o‘tlari va zooplanktonlarning chirishidan kelib chiqqan ko‘p miqdordagi organik chiqindilar topiladi. Bu chiqindilarning ba’zilari dengiz suvida kam uchraydigan fosfor, magniy va kaliy kabi elementlarni, shu jumladan, mis, rux, kobalt hamda qo‘rg‘oshin singari og‘ir metallarni shimib to‘playdi. Yer yuzasidagi urug‘lar va o‘simliklar bu yomg‘ir tomchilaridan unib-o‘sish uchun zarur bo‘lgan ko‘p miqdordagi mineral tuzlar va elementlarni o‘ziga oladi. Qur’on bunga quyidagicha ishora qiladi:
Biz osmondan barakotli suv (yomg‘ir) yog‘dirib, u bilan bog‘larni va o‘rib olinadigan donlarni undirdik. («Qof» surasi, 9-oyat)
Yomg‘ir bilan tushadigan bu mineral tuzlar hosildorlikni oshirish uchun amalda qo‘llaniladigan o‘g‘itlar (kaltsiy, magniy, kaliy va h.k.) ning kichik ko‘rinishdagi namunalaridir. Aerozollarda topiladigan og‘ir metall turlari o‘sish mobaynida samaradorlikni va o‘simliklarning mahsuldorligini oshiradigan elementlarni hosil qiladi. Qisqasi, yomg‘ir katta ahamiyatga ega bo‘lgan o‘g‘itdir. Yolg‘iz yomg‘ir ta’minlab beradigan o‘g‘it bilan, yuz yil ichida, past sifatli tuproq o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan barcha elementlarga ega bo‘lishi mumkin. O’rmonlar ham dengizdan kelib chiqadigan bu kimyoviy elementlar yordamida o‘sadi va oziqlanadi.
Shu tarzda, har yili taxminan 150 million tonnaga yaqin mineral o‘g‘it zarralari yerga tushadi. Agarda yomg‘irning bunday o‘g‘itlovchilik xususiyati bo‘lmaganda edi, Yer yuzida juda kam o‘simliklar o‘sgan va hayotiy muvozanat buzilgan bo‘lar edi. Oyatda yerlarga yangi hayot bag‘ishlash haqida berilgan bu ma’lumot Qur’onning sanoqsiz mo‘‘jizaviy xususiyatlaridan biridir, xolos.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 08:36:12

DO’L, MOMAQALDIROQ VA CHAQMOQNING PAYDO BO’LISHI

... (Alloh) osmondan undagi tog‘(bulut)lardan do‘l yog‘dirib, uni o‘zi xohlagan kishilarga yetkazur va o‘zi xohlagan kishilardan burib yuborur. Chaqmog‘ining yorug‘ligi ko‘zlarni ketkazgudekdir. («Nur» surasi, 43-oyat)
Yuqoridagi oyat do‘l va chaqmoq haqidadir. Do‘l va chaqmoqning paydo bo‘lishi o‘rganib chiqilganda, oyatda muhim bir meteorologik haqiqat ta’kidlanayotganligi ma’lum bo‘ladi. Chaqmoq va do‘lning paydo bo‘lishi haqidagi bugungi meteorologiya» nomli kitob do‘l bulutdagi o‘ta salqin mayda tomchilar va muz kristallaridan iborat hudud orqali tushishi bois, bulutning elektrlanib qolishi to‘g‘risvda ma’lumot beradi. Suyuq mayda tomchilar muzlaydi va do‘l donalari bilan to‘qnashib, bilinmas issiqlik chiqaradi. Bu do‘l donasining sirtini atrofdagi muz kristallarga nisbatan iliqroq tutadi. Do‘l donasi muz kristali bilan ta’sirlashgavda muhim hodisa ro‘y beradi: Sovuqroq ob’ektdan issiqroq ob’ektga elektronlar oqib o‘tadi. Shu tarzda, do‘l donasi manfiy zaryadlanib qoladi. O’ta salqin mayda tomchilar do‘l donasi bilan ta’sirlashganda ham bu hodisa yuz beradi va musbat zaryadlangan mayda muz parchalari ajralib chiqadi. Yengilroq bo‘lgan va musbat zaryadlangan bu zarralar havo oqimi bilan bulutning tepa qismiga olib chiqiladi. Do‘l endi manfiy zaryadli bo‘lib qoladi va bulutning tubiga qarab ravona bo‘ladi, shu yo‘sinda bulutning pastki qismi manfiy zaryadga ega bo‘ladi. So‘ngra bu manfiy zaryadlar chaqmoq bo‘lib zaryadsizlanadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, chaqmoq paydo bo‘lishining asosiy omili do‘ldir.61
Quyidagi oyatda yomg‘ir bulutlari va chaqmoq o‘rtasidagi bog‘liqlikka va paydo bo‘lish tartibiga e’tibor qaratiladi. Undagi ma’lumot fan tomonidan kashf qilingan ma’lumotga o‘xshashdir:
Yoki (yana bir o‘xshatish) osmondan jala keltiruvchi bulut kabidirki, unda zulmat, momaqaldiroq va chaqmoq bo‘lib, (ularning ta’siri va) yashinlar tufayli o‘lishdan qo‘rqib, barmoqlarini quloqlariga tiqib olurlar ... («Baqara» surasi, 19-oyat)

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 08:37:13

Yomg‘ir bulutlari juda katta massaga ega bo‘lib, ular 20 dan 260 kvadrat kilometr (10 dan 100 kvadrat milya) gacha joyni egallaydi va balandligi vertikaliga 9000 dan 12000 metr (30000 dan 40000 fut) gacha yetadi. Bunday g‘ayrioddiy o‘lchami tufayli, bu bulutlarning pastki qismi qora bo‘ladi. Bu bulutlar katta miqdordagi suv va muz zarralarini o‘z ichiga olganligi sababli, Quyoshning nurlari undan o‘ta olmaydi. Shuning uchun Quyoshning juda oz energiyasi bulutlardan o‘tib, Yergacha yetib keladi. Shu bois, bulutlarga qaragan odam ularni qora rangda ko‘radi.62
Oyatda qayd etilgan zulmatdan keyin momaqaldiroq va chaqmoqning paydo bo‘lish bosqichlari quyidagidek ta’riflanadi: Yomg‘ir buluti ichida elektr zaryad hosil bo‘ladi. Bu muzlash, yomg‘ir tomchilarining bo‘linishi va aloqa paytida zaryadning yuzaga kelishi kabi jarayonlar natijasida kelib chiqadi. Bunday elektr zaryadlarining to‘planishi, oradagi havo ularni ajratishga qodir bo‘lmay qolganda, katta uchqunning, ya’ni musbat va manfiy maydonlar o‘rtasida zaryadsizlanishning sodir bo‘lishiga olib keladi. Ikki qarama-qarshi zaryadlangan maydon o‘rtasidagi kuchlanish 1 milliard voltgacha yetishi mumkin. Uchqun bulutning ichida ham shakllanishi mumkin, ikkita bulut o‘rtasida, musbat zaryadlangan maydondan manfiy zaryadlangan maydonga kesib o‘tishi yoki bulutdan yerga zaryadsizlanishi mumkin. Bu uchqunlar ko‘zni qamashtiradigan yashin urishlarni keltirib chiqaradi. Yashin chizig‘i bo‘ylab elektr zaryadining bunday kuchayishi juda katta issiklik (10000 daraja Selsiy (18030 daraja Farangeyt)) ning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Natijada, to‘satdan havoning kengayishi sodir bo‘ladi, bu, o‘z navbatida, momaqaldiroqli juda qattiq ovozni keltirib chiqaradi.63
Ko‘rib turganimizdek, qora qatlamlar, undan keyin keladigan chaqmoq nomli elektrik zaryadlangan uchqunlar va momaqaldiroq deb ataladigan qattiq ovoz yomg‘ir buluti ichida paydo bo‘ladi. Zamonaviy fanning bulutlar haqida aniqlagan va momaqaldiroq hamda chaqmoq haqida uqtirishi lozim bo‘lgan har bir narsasi Qur’ondagi ta’riflarga to‘liq mos tushadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 08:39:44

URUG’LANTIRUVCHI SHAMOLLAR

Qur’onning bir surasida shamollarning «urug‘lantiruvchi»lik xususiyati va buning natijasida yomg‘irning paydo bo‘lishi qayd etilgan:
Biz shamollarni (bulutlarga) «homilador» bo‘lgan holida yubordik, osmondan suv (yomg‘ir) yog‘dirib, sizlarni u bilan sug‘ordik... («Hijr» surasi, 22-oyat)
Bu oyat yomg‘ir shakllanishidagi birinchi bosqich shamol ekanligini ta’kidlamoqda. XX asr boshlarigacha shamol va yomg‘ir o‘rtasida ma’lum bo‘lgan birdan-bir ta’sir shamol bulutlarni haydab keladi, degan tushuncha edi. Biroq zamonaviy meteorologik kashfiyotlar shamolning yomg‘ir paydo bo‘lishidagi «urug‘lantiruvchi»lik rolini ko‘rsatib berdi.
Oldinroq tushuntirib o‘tilganidek, shamolning bu urug‘lantiruvchilik xususiyati quyidagi usulda amalga oshadi:
Okeanlar va dengizlarning yuzasida suvning ko‘piklanishi tufayli ko‘p sonli havo pufakchalari paydo bo‘ladi. Bu pufakchalar yorilgan zahoti bir millimetrning yuzdan bir bo‘lagi diametriga teng minglab mayda zarrachalar havoga otiladi. «Aerozollar» deb ataladigan bu zarralar shamol orqali quruq yerlardan olib kelingan chang bilan aralashadi va atmosferaning yuqori qatlamlariga olib chiqiladi. Shamollar orqali yuqori balandliklarga olib chiqiladigan bu zarralar u yerda suv bug‘i bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Suv bug‘i bu zarralar atrofida suyuladi va mayda suv tomchilariga aylanadi. Bu mayda tomchilar avvalo birlashib, bulutlar hosil qiladi, so‘ng Yerga yomg‘ir shaklida tushadi. Eslatib o‘tilganidek, shamollar havoda uchib yurgan suv bug‘larini dengizdan olib kelgan zarralar bilan «urug‘lantiradi» va natijada yomg‘ir bulutlarining paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi.
Agar shamollar bunday xossaga ega bo‘lmaganda edi, atmosfera yuqorisida mayda suv tomchilari hech qachon shakllanmas va yomg‘ir ham bo‘lmas edi.
Bu yerda e’tirof etiladigan eng muhim masala shundaki, shamolning yomg‘ir shakllanishidagi asosiy roli ming yillar avval, Qur’onda, tabiiy hodisalar to‘g‘risida juda kam bilim bo‘lgan bir paytda xabar berilgan edi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 08:42:33


Quyidagi rasm to‘lqinning paydo bo‘lish bosqichlarini ko‘rsatadi. To‘lqinlar suvning yuzasi yuqorisida esadigan shamollar orqali yuzaga keladi. Shamol bilan suv zarralari doira shaklida harakat qilib qo‘zg‘aladi. Bu harakat tezda birin-ketin to‘lqinlar hosil qiladi va to‘lqinlar tomonidan paydo bo‘ladigan pufakchalar havoda tarqaladi. Bu yomg‘ir paydo bo‘lishidagi dastlabki bosqichdir. Mazkur jarayon oyatda «Biz shamollarni (bulutlarga) «homilador» bo‘lgan holida yubordik, osmondan suv (yomg‘ir) yog‘dirib, sizlarni u bilan sug‘ordik», deb xabar berilgan edi.
Shamollarning urug‘lantiruvchilik sifati haqida oyatda qayd etilgan yana boshqa ma’lumot ularning gullarni changlantirishdagi rolidir. Yer yuzidagi ko‘p o‘simliklar o‘z changlarini turlarning saqlanib qolishini ta’minlash maqsadida shamollar vositasida tarqatadi. Bir qator ochiq urug‘li o‘simliklar, qarag‘ay, palma va shunga o‘xshash daraxtlar hamda gullaydigan urug‘li o‘simliklar va o‘tga o‘xshash o‘simliklarning barchasi shamol orqali to‘liq changlanadi. Shamol o‘simliklardan chang olib, shu turlarning boshqalariga yetkazadi va ularni urug‘lantiradi.
Yaqin-yaqingacha shamolning o‘simliklarni urug‘lantirish qobiliyatiga ega ekanligi noma’lum edi. Biroq o‘simliklarning erkak va urg‘ochi bo‘lishi aniqlangandan keyin, shamolning urug‘lantiruvchilik xususiyati ham kashf qilindi. Bu haqiqat Qur’onda allaqachon ta’kidlab o‘tilgan edi: «... (U) osmovdan suv (yomg‘ir, qor) yog‘dirdi. Bas, Biz u (suv) bilan turli o‘simlik navlarini juft-juft kilib undirib chiqardik.» («Toho» surasi, 53-oyat)

Qayd etilgan