Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 227252 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 31 B


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 08:49:07

SHAMOL PAYDO BO’LISHINING BOSQICHLARI

... hamda shamollarning yo‘naltirilishida aql yurgazadigan kishilar uchun alomatlar bordir. («Josiya» surasi, 5-oyat)

Shamol havoning harakati bo‘lib, u ikkita turli harorat markazlari o‘rtasida shakllanadi. Atmosferadagi turli haroratlar orqali hosil bo‘ladigan turli bosimlar tufayli havo muttasil yuqori bosimli hududlardan past bosimli hududlarga qarab oqadi. Agarda bosim markazlari o‘rtasidagi farqlar, ya’ni atmosferadagi haroratlar katta bo‘lsa, havo oqimi, boshqacha qilib aytganda, shamol juda kuchli bo‘ladi, shunday kuchli bo‘ladiki, katta talafot yetkazadigan quyunlar yuzaga kelishi tabiiy.
Bu yerda hayratlanarli tomoni shundaki, turli-tuman haroratlar va bosimlarning ekvator hamda qutb kabi mintaqalari bo‘lishiga qaramasdan, Allohning yaratishidagi tartib sharofati bilan, bizning Yerimiz og‘ir musibatlar keltiruvchi shiddatli shamollar og‘ushida qolmaydi. Aksincha, agarda qutblar va ekvator o‘rtasida esadigan shamollar kuchi qirqilmaganda edi, Yer quyunlar tomonidan muttasil vayron qilinadigan o‘lik sayyoraga aylanar edi.
Yuqoridagi oyatda keltirilgan arabcha «tasriifi ir-riyaah» jumlasidagi «tasriif» so‘zi «ko‘p martalab ag‘darilish, yo‘nal-tirish, biror narsani shaklga solish, boshqarish, tarqatish» kabi ma’nolarni anglatadi. Shamol uchun bu so‘zning tanlab olinishi uning tartibli ravishda esish usulini to‘liq ifodalaydi. Bu jumla shamolning o‘zicha, tasodifiy tarzda esmasligini yaqqol ta’riflab beruvchi jumla hamdir. Faqat Allohgina inson hayotini ta’minlash uchun shamollarni shu yo‘sinda yo‘naltiradi.
 

Yon tomonda berilgan diagrammalar Yer yuzida havo oqimlari va shamollarning paydo bo‘lishini ko‘rsatadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 08:52:49

ERTALAB FOTOSINTEZ JARAYONI QANDAY BOSHLANADI?

(Qasamyod eturman) o‘z zulmati bilan kelib-ketayotgan tunga va nafas olayotgan tong bilanki, ... («Takvir» surasi, 17-18-oyatlar)

Fotosintez jarayonida o‘simliklar insonlar iste’mol qila olmaydigan zararli gaz, karbonat angidridni havodan yutadi va buning o‘rniga kislorod chiqaradi. Biz nafas oladigan va asosiy hayot manbaimiz bo‘lgan kislorod fotosintezning bosh mahsulidir. Atmosferadagi 30% gacha bo‘lgan kislorod quruqlikdagi o‘simliklar, qolgan 70% i esa dengiz va okeanlardagi o‘simliklar hamda bir hujayrali jonzotlar tomonidan yetishtiriladi.
Fotosintez juda murakkab jarayon bo‘lganligi bois, olimlar uni haligacha to‘la-to‘kis tushunib yetishgani yo‘q. Bu jarayonni bevosita ko‘z bilan kuzatib bo‘lmaydi, chunki mexanizmda atomlar va molekulalar ishtirok etadi. Ammo biz fotosintezning nati-jalarini o‘zimiz nafas oladigan kislorod hamda bizni tirik saqlab turuvchi oziq-ovqat mahsulotlarida ko‘rishimiz mumkin. Fotosintez juda chigal kimyoviy formulalar va juda kichik masshtabda hamda eng nozik muvozanatlardan iborat og‘irlik birliklari ishtirok etadigan tizimdir. Bizni o‘rab turgan atrofdagi barcha yashil o‘simliklarda bu jarayonni amalga oshiradigan trillionlab kimyoviy laboratoriyalar ishlab turibdi. Bundan tashqari, o‘simliklar millionlab yillardan buyon, to‘xtovsiz ravishda, bizning kislorodga, oziq-ovqat va energiyaga bo‘lgan talablarimizni qondirib kelmoqda.


Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 08:55:25

Fotosintezning samaradorligi kislorod mahsulotining darajasiga ko‘ra o‘lchanadi. Eng yuqori nuqta ertalab, Quyoshning nurlari eng ko‘p quyuqlashgan paytga to‘g‘ri keladi. Tongda barglar terlay boshlaydi va fotosintez shunga ko‘ra faollashadi. Biroq tushda buning aksi sodir bo‘ladi, ya’ni fotosintez susayadi va nafas olish ko‘payadi, chunki harorat ko‘tarilgan sari nafas olish ham ko‘paya boradi.


Fotosintez - bu o‘simliklar va ba’zida bakteriya hamda bir hujayrali jonzot shakllari tomonidan Quyosh nurlarining karbonat angidrid va suvdan qand (karbogidrad) ishlab chiqarish maqsadida ishlatilishidir. Bu reaktsiya natijasida Quyosh nurlaridagi energiya ishlab chiqarilgan qand molekulasi ichida to‘planadi. Ishlatib bo‘lmas quyosh energiyasi ishlatsa bo‘ladigan kimyoviy energiyaga aylanadigan bu jarayon davomida sodir bo‘ladigan reaktsiyani quyidagi formula bilan qisqacha ifodalash mumkin:
6H2O + 6CO2 - FOTOSINTYeZ -> S6H12O6 + 6O2
(6 ta suv molekulalari + 6 ta karbonat angidrid molekulalari fotosintez vositasi bilan 1 ta qand molekulasi va 6 ta kislorod molekulalariga aylanadi.)

Kechqurun, harorat pasayganda, nafas olish susayadi va o‘simliklar dam oladi.
Ertalabki soatlar, boshqacha qilib aytganda «nafas olayotgan»likni nazarda tutayotgan «Takvir» surasidagi «iza tanaffasa» jumlasi nafas olish va chiqarish yoki chuqur nafas olishga metaforik jihatdan ishora qilmoqda. Bu jumla ertalab kislorod ishlab chiqarishning boshlanish usuliga va nafas olish uchun zarur bo‘lgan kislorodning eng ko‘p miqdori mana shu paytda chiqarilishiga alohida urg‘u bermoqda. Bu hodisaning muhimligi Allohning u bilan qasamyod qilishidan ham ko‘rinib turibdi. XX asrning eng muhim kashfiyotlari qatoridan joy olgan fotosintez hodisasining oyatda Alloh tomonidan qayd etilishi Qur’onning ilmiy mo‘‘jizalaridan yana biridir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 08:57:50

QO’SHILMAS DENGIZLAR

Dengizlarning yaqindagina kashf qilingan xislatlaridan biri Qur’on oyatlarining birida shunday ta’riflanadi:
U ikki (xil) dengazni bir-biri bilan yonma-yon turadigan holda chiqarib qo‘ydi. (Ammo) u ikkisining o‘rtasida bir to‘siq bo‘lib, ular (o‘sha to‘siqdan) oshibo‘tmaslar. («Ar-Rahmon» surasi, 19-20-oyat)
Dengizlarning bu xislati, ya’ni ularning uchrashishi va o‘zaro aralashib ketmasligi yaqindagina okeanograflar tomonidan kashf qilindi. «Sirt tarangligi» deb ataladigan fizik kuch sababli qo‘shni dengizlarning suvlari aralashib ketmaydi. Ularning suvlaridagi zichlik bir-biridan farq qilishi bois, sirt tarangligi dengizlarning o‘zaro aralashib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi, xuddi ularning o‘rtasida yupqa bir devor bo‘lgandek.64
Ajablanarli tomoni shundaki, fizika va sirt tarangligi yoki okeanografiya haqida juda kam bilim bo‘lgan davrda bu haqiqat Qur’onda vahiy qilingan edi.
 

O’rtaer dengizi va Alantika okeanida katta to‘lqinlar, kuchli oqimlar va suv sathining ko‘tarilib, pasayishlari sodir bo‘lib turadi. O’rtaer dengizining suvi Atlantika okeaniga Gibraltar bo‘gozi orqali kiradi. Ammo ularni ajratib turuvchi to‘siq tufayli ularning harorati, sho‘rligi va zichligi o‘zgarmay qoladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 08:58:28

DENGIZLARNING QORONG’I TUBLARI VA ICHKI TO’LQINLAR

Yoki (kofirlarning qilgan amallari) qavatma-qavat to‘lqin va uning ustida (qora) bulut qoplab olgan dengiz qa’ridagi zulmatlarga o‘xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir: qo‘lini chiqarib (qarasa) uni ko‘ra olmas. Kimga Alloh nur (imon) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur yo‘kdir. («Nur» surasi, 40-oyat)

Zulmat chuqur dengiz va okeanlarning 200 metr (660 fut) va undan chuqurroq ostlaridan boshlanadi. Bu chuqurlikda deyarli yorug‘lik yo‘q va 1000 metr (3280 fut) chuqurlikdan pastda esa umuman yorug‘lik bo‘lmaydi.65
Bugungi kunda biz dengizning umuman paydo bo‘lishi, undagi jonzotlarning tabiati, uning sho‘rlik darajasi hamda unda qancha miqdorda suv borligi va uning yuza maydoni hamda chuqurligi to‘g‘risida ma’lumotga egamiz. Zamonaviy texnologiyalar bilan ishlab chiqilgan dengiz osti kemalari va maxsus jihozlar olimlarga bunday ma’lumotlarni olish imkoniyatini tug‘dirdi.
Inson zoti maxsus jihozlar yordamisiz 70 metr (230 fut) dan ortiq chuqurlikka sho‘ng‘iy olmaydi. Ular okeanlarning zulmat bosgan tubliklarida, masalan, 200 metr (660 fut) chuqurlikda, yordamsiz tirik qola olmaydilar. Mana shuning uchun ham, olimlar faqat yaqindagina dengizlar haqida batafsil ma’lumot olishga erishdilar. Biroq dengizlarning chuqurliklari zulmat ekanligi 1400 yil muqaddam Qur’onda vahiy qilingan edi. Okeanlarning tublariga insonning sho‘ng‘iy olishiga imkon beruvchi jihozlar bo‘lmagan bir paytda bunday ma’lumotning berilishi, shubhasiz Qur’onning mo‘‘jizalaridan biridir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 08:59:52

Shu bilan birga, «Nur» surasining 40-oyatidagi «... qavatma-qavat to‘lqin va uning ustida (qora) bulut qoplab olgan dengiz qa’ridagi zulmatlarga o‘xshaydi ...» degan xabar bizning e’tiborimizni Qur’onning boshqa bir mo‘‘jizasiga tortadi.
Olimlar faqat yaqindagina «turli zichlik qatlamlari orasidagi zichlik tutashgan joylarda sodir bo‘ladi»gan yuza osti to‘lqinlari mavjudligini aniqlashdi. Bu ichki to‘lqinlar dengiz va okeanlarning chuqurlikdagi suvlarini qoplab turadi, chunki chuqur-likdagi suvlar yuqoridagi suvlarga nisbatan yuqoriroq zichlikda bo‘ladi. Ichki to‘lqinlar yuza to‘lqinlariga o‘xshab harakat qiladi. Ular ham xuddi yuza to‘lqinlariga o‘xshab mavj ura oladi. Ichki to‘lqinlarni inson ko‘zi bilan ilg‘ab bo‘lmaydi, lekin ularni ma’lum bir joydagi harorat yoki sho‘rlik darajasining o‘zgarishini o‘rganish orqali aniqlash mumkin.66
 

Qur’ondagi ma’lumot yuqorida tushuntirib o‘tilganlar bilan o‘xshashdir. Olimlar yaqin yillar ichida kashf qilgan bu dalil, shubhasiz, yana bir marta Qur’on Allohning kalomi ekanligini isbotlaydi.


Bugungi kun texnologiyalari yordamida qilingan o‘lchashlar shu narsani aniqlab berdiki, Quyosh yorug‘ligining 3 dan 30 gacha bo‘lgan foizi dengizning yuzasida aks etadi. So‘ngra dastlabki 200 metr (660 fut)da, ko‘k yorug‘likdan tashqari (chap tomondagi rasm) yorug‘lik spektrining deyarli barcha yettita rangi birin-ketin yutiladi. 1000 metr (3280 fut) chuqurliqdan pastda umuman yorug‘lik yo‘q (yuqoridagi rasm). Bu ilmiy dalil 1400 yil ilgari «Nur» surasining 40-oyatida ta’kidlab o‘tilgan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 09:04:22

BIZNING HARAKATLARIMIZ UCHUN MAS’UL HUDUD

Yo‘q! Qasamki, agar u qaytmasa, albatta, Biz uning peshona sochidan tutamiz, o‘sha yolg‘onchi, gunohkor peshona sochidan! («Alaq» surasi, 15-16-oyatlar)

Yuqoridagi oyatda qayd etilgan «yolg‘onchi, gunohkor sochi» jumlasi juda qiziq. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shu narsaga aniqlik kiritdiki, miyaning ma’lum bir funktsiyasini boshqa-rishga mas’ul bo‘lgan prefrontal hudud bosh suyagining old qismida yotadi. 1400 yil burun Qur’onda aytib o‘tilgan bu hududning funktsiyalari keyingi 60 yil ichida olimlar tomonidan kashf qilindi. Agar boshning old qismvdagi miyaga ichkaridan qarasak, biz bosh miyaning old tomondagi hududini ko‘ramiz. Bu hududning funktsiyalari yuzasidan olib borilgan so‘nggi tadqiqotlar natijalarini o‘z ichiga olgan «Anatomiya va fiziologiyaning asosiy predmetlari» nomli kitobda bunday yoziladi:
Harakatlarni rejalashtirish va boshlashga xohish, niyat va uni oldindan ko‘rish prefrontal hududda, peshonaning old qismida sodir bo‘ladi. Bu hudud miya qobig‘ining assotsiativ qismi hisoblanadi...67
Bu kitobda yana shunday yoziladi:
Prefrontal hududning xohish, niyat bilan bog‘liqlik tomonini olib qaraydigan bo‘lsak, bu hudud tajovuz uchun funktsional markaz bo‘ladi, deb ham fikr yuritish mumkin...68
Shunday qilib, bosh miyaning bu hududi rejalashtirish, niyat qilish, yaxshi, savob va gunoh ishlarni hamda yolg‘on va haqiqatni aytish uchun mas’uldir.
Oyatdagi «yolg‘onchi, gunohkor peshona sochi» degan xabarning yuqoridagi ma’lumotlarga to‘liq mos tushganligi kundek ravshan. So‘nggi 60 yil ichvda olimlar tomonidan kashf qilingan bu haqiqat ming yillar avval Alloh tomonidan Qur’onda nozil qilingan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 09:06:26

ALLOHNI ZIKR ETISH BILAN QALBLAR OROM OLUR

Amerika Milliy Sog‘liqni saqlash tadqiqot markazida faoliyat ko‘rsatuvchi Devid B. Larson va uning guruhi olib borgan izlanishlarga ko‘ra, dinga ishonuvchi va ishonmaydigan amerikaliklar bir-biri bilan taqqoslanganda juda ajoyib natijalar qayd etildi. Misol uchun, dindor odamlar dinga kam e’tiqodli yoki umuman e’tiqodsiz odamlarga qaraganda 60% kamroq yurak xastaligi bilan og‘riydilar, ular orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘rsatkichi 100% kam, ular yuqori qon bosimining ancha past darajalari bilan og‘riydilar va bu chekuvchilar orasida 7:1 nisbatni ko‘rsatadi.69
Tibbiyot olamida muhim ilmiy manba hisoblanadigan Tibbiyotda psixiatriya xalqaro jurnali chop etilgan bir izlanishning ma’lum qilishicha, o‘zlarini dinga e’tiqodsiz deb hisoblaydigan odamlar tez-tez kasal bo‘lib turishadi va qisqaroq hayot davrini kechirishadi. Izlanishning natijalariga ko‘ra, dinga e’tiqodsiz kishilar e’tiqodli kishilarga qaraganda ikki martagacha ko‘proq oshqozon-ichak kasalliklari bilan og‘riydilar va ularning nafas yo‘llari xastaliklaridan o‘lish darajasi e’tiqodli insonlarga nisbatan 66% ko‘proq ekan.
Dindan xoli, dunyoviy psixologlar bunga o‘xshash raqamlarga «Psixologik ta’sirlar» deb izoh berishadi. Bu shuni anglatadiki, dinga e’tiqod odamlarning ruhini ko‘taradi va bu ularning sog‘ligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ehtimol, bu tushuntirish chindan ham to‘g‘ridir, ammo bu mavzu chuqurroq o‘rganib ko‘rilganda bundan ham qiziqroqxulosalar yuzaga keladi. Allohga imon keltirish boshqa har qanday psixologik ta’sir ko‘rsatishlardan kuchliroqtsir. Diniy e’tiqod vajismoniy sog‘liqo‘rtasidagi bog‘liqlik yuzasidan Garvard Tibbiyot fakulteti xodimi Doktor Herbert Benson tomonidan o‘tkazilgan keng miqyosli izlanish bu soha bo‘yicha ajoyib xulosalarni keltirib chiqardi. O’zi dinga e’tiqodsiz bo‘lishiga qaramay, Doktor Benson ibodat va Allohga imon keltirish boshqa har narsadan ko‘ra inson sog‘ligi uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga keldi. Benson yana shunday xulosaga kelganligini ta’kidlaydiki, hech bir e’tiqod Allohga ishonishdan ko‘ra ko‘proq ruhiy xotirjamlik baxsh etolmas ekan70
E’tiqod, inson qalbi va jismi o‘rtasidagi bu bog‘liqlikka sabab nimada? Dindan xoli, dunyoviy tadqiqotchi Bensonning so‘zlari bilan aytganda, inson tanasi va ruhi Allohga ishonishga to‘g‘rilab qo‘yilgan.71
Jahon tibbiyoti tomonidan asta-sekin tan olinayotgan bu I haqiqat Qur’onda quyidagi so‘zlar bilan vahiy qilingan sirdir: «... Ogoh bo‘lingizki, Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur.» («Ra’d» surasi, 28-oyat). Allohga imon keltiruvchi, unga ibodat va e’tiqod qiluvchi kimsalarning ruhan hamda jismonan sog‘lomroq bo‘lishiga sabab ular o‘zlarining yaratilishidagi maqsadga muvofiq ravishda yo‘l tutishlaridir. Insonning yaratilishini inkor etuvchi falsafalar va tizimlar har doim iztirob va baxtsizlik keltirgan.
Zamonaviy tibbiyot endilikda bu haqiqatni tushunib yetish jarayonida. Xuddi Patrik Glin yozganidek: «Keyingi yigirma besh yil ichida psixologiya bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shu ' narsani namoyon qildiki, ... dinga ishonish umuman ruhiy sog‘lomlik va baxtiyorlik o‘rtasidagi eng izchil bog‘liqliklardan biridir.»72

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 09:07:17

ISLOM ODOBIGA KO’RA KECHIRIMLILIK VA UNING SOG’LIKKA FOYDASI

Qur’onda tavsiya etilgan o‘ziga xos odoblardan biri kechirimlilikdir:
Afvni (qabul qilib) oling, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o‘giring! («A’rof» surasi, 199-oyat)
Boshqa bir oyatda esa Alloh shunday amr etadi: «... balki ularni afv qilib, kechirsinlar! Alloh sizlarni mag‘firat qilishini istamaysizmi?! Alloh mag‘firatli va rahmlidir.» («Nur» surasi, 22-oyat)
Qur’onning axloqiy qadriyatlariga amal qilmaydigan kimsalar o‘zgalarni kechirishda juda qiyinchilik sezadilar. Chunki ular sodir etilgan har qanday xatodan so‘zsiz g‘azablanib ketadilar. Biroq Alloh o‘ziga sodiq imonli bandalariga kechirimlilik o‘rinli ekanligi haqidamaslahatberadi:
(Har qanday) yomonlikning jazosi xuddi o‘ziga o‘xshash yomonlikdir. Bas, kimki afv etib (o‘rtani) tuzatsa, bas, uning mukofoti Allohning zimmasidadir ... («Sho‘ro» surasi, 40-oyat)
... Agar sizlar (ularni) afv etsangiz, koyimasangiz va kechirsangiz, u holda, albatta, Alloh (ham sizlarga nisbatan) mag‘firatli va rahmlidir. («Tag‘obun» surasi, 14-oyat)

Qur’onda yana shu narsa vahiy qilinganki, kechirimlilik - bu oliy axloqiy xislatdir: «Albatta, kimki (aziyatlarga) sabr qilsa va (Alloh uchun) kechirib yuborsa, albatta, bu puxta ishlardandir.» («Sho‘ro» surasi, 43-oyat). Shu sababdan dinga e’tiqod qiluvchilar kechirimli, rahmli va bardoshli insonlar bo‘lib, Qur’onda vahiy qilinganidek, ular «g‘azablarini yutadigan, odamlarni (xato va kamchiliklarini) afv etadiganlardir.» («Oli Imron» surasi, 134-oyat)
Dinga ishonuvchilarning kechirimlilik haqidagi tushunchasi Qur’on odob-axloqqoidalari asosida yashamaydigan odamlarnikiga nisbatan juda katta farq qiladi. Hattoki ko‘pchilik odamlar o‘zlarini xafa qilgan kishini «kechirdim» deb aytishlari mumkin-u, biroq shunday bo‘lsa ham, ular o‘z yuraklaridagi nafrat va g‘azabdan uzoq vaqt davomida qutula olmay yuradilar. Ularning xulqi bu g‘azabni ifoda etishga moyildir. Aksincha, dinga ishonuvchilarning kechirimliligi samimiy bo‘ladi. Chunki ishonuvchilar inson zoti bu dunyoda bir sinov ekanligini va ular o‘z xatolaridan o‘rga-nishini, ular o‘zlarining bardoshli va rahmli ekanliklarini biladilar. Bundan tashqari, ishonuvchilar hatto o‘zlari haq, boshqalar esa nohaq bo‘lgan paytlarda ham kechirib yuborish xislatiga egadirlar. Kechirayotgan paytda ular katta va kichik xatolar o‘rtasidagi farqqa e’tibor bermaydilar. Kimdir xato qilib, ularga katta talafot yetkazishi mumkin. Biroq ishonuvchilar hamma narsa Allohning amri va ma’lum bir taqdir taqozosi bilan sodir bo‘lishini biladilar va shuning uchun ham ular bunday holatlarda jahlga yon bermasdan, o‘zlarini qo‘lga ola biladilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 09:07:41

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, amerikalik olimlar kechira olish qobiliyatiga ega bo‘lganlar ham ruhan, ham jisman sog‘lomroq bo‘lishini aniqlashdi. Stendford universitetidagi Psixologik maslahat va salomatlik markazida faoliyat ko‘rsatuvchi filosofiya fanlari doktori Fredrik Laskin va uning guruhi San-Frantsisko shahrida istiqomat qiluvchi 259 odamni o‘rganishdi. Olimlar tadqiqot sub’ektlariga oltita bir yarim soatlik sessiyada qatnashishni taklif qildilar va suhbat davomida sub’ektlarni kechirimlilikka o‘rgatishni maqsad qilib qo‘ydilar.
Tajriba sub’ekglari ularga yomonlik qilgan odamlarni kechirganlaridan so‘ng kamroq azob chekkanlarini ta’kidlashdi. Tadqiqot kechirishni o‘rgangan odamlar o‘zlarini nafaqat hissiy, balki jismoniy tomondan ham yaxshiroq his qilganliklarini isbotladi. Misol uchun, bu tajribalardan so‘ng stress bilan bog‘liq ensa og‘rig‘i, uyqusizlik va oshqozon og‘rig‘i kabi psixologik va jismoniy alomatlar bu shaxslarda sezilarli darajada kamayganligi aniqlandi.
Doktor Fredrik Laskin o‘zining «Umrbod kechiring» deb nomlangan kitobida kechirimlilikni sog‘liq va baxtiyorlik uchun isbotlangan retsept deb ifodalaydi. Kitob kechirimlilik qanday qilib jahl, alam, ruhiy tushkunlik va stresslarni kamaytirish evaziga umid, sabr va o‘ziga ishonch kabi ijobiy xislatlarni uyg‘otishini tasvirlaydi.
Doktor Laskinning aytishicha, ko‘ngilda tugib qo‘yilgan jahl shaxsda kuzatiladigan jismoniy ta’sirlarni keltirib chiqaradi. U yana o‘z fikrini quyidagicha davom ettiradi:
Biz ko‘rdikki, uzoq davom etgan hodisa yoki hal kilinmagan jahl ichki termostatni ishga soladi. Siz jahlning past darajalariga doimiy o‘rganib qolganingizda, siz nima normal-u nima nonormal ekanligini bilmay qolasiz. Bu odamlar o‘rganib qoladigan kandaydir bir adrenalin bosimni yuzaga keltiradi. U tanani yondiradi va vaziyatni keskin-lashtirib, tinikroqfikrlashga kiyinchilik tug‘diradi.73
Bundan tashqari, Doktor Laskin jahl va stress davomida tana ma’lum fermentlarni ishlab chiqqandan so‘ng, xolesterin va qon bosimi ko‘tariladi va bu tanani uzoq muddat ushlab tura olmaydi deb ta’kidlaydi.74

Qayd etilgan