Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338388 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 31 B


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 09:07:49

Healing Currents magazine jurnalining 1996 yilgi sentyabr-oktyabr sonida chop etilgan «Kechirimlilik» nomli maqola biror shaxs yoki hodisaga qaratilgan jahl odamlarda salbiy hissiyotlar uyg‘otgani va ularning hissiy muvozanatlariga hamda ularning jismoniy sog‘liqlariga putur yetkazganini ma’lum qiladi.75 Maqola, shuningdek, odamlar bir oz fursat o‘tgandan so‘ng jahl ularga ko‘ngilsizlik olib kelishini tushunib yetishi va munosabatlarga yetgan zararni tuzatishni xohlab qolishlari haqida ham yozadi. Shundan so‘ng ular kechirish choralarini ko‘rishadi. Maqola yana odamlar chidashga to‘g‘ri keladigan barcha narsalarga qaramasdan, ular hayotidagi qimmatli onlarni jahl va tashvishga sarflashni istamasligi va o‘zlarini hamda o‘zgalarni kechirishni afzal ko‘rishi haqida so‘z yuritadi.76
1500 odamni qamrab olgan boshqa bir izlanishda ruhiy tushkunlik, stress va ruhiy xastaliklar dindor odamlarda kamroq uchrashi kuzatildi.
Doktor Herbert Benson buni dinlarning «kechirimlilik»ni targ‘ib qilishiga bog‘laydi va shunday deydi:
Kechirimlilikning fiziologiyasi mavjud ... Siz kechirmasangiz, u sizni yamlab yutadi.77
Harvard Gazette gazetasida chop etilgan «Jahl yuragingiz dushmani» nomli maqolasida jahl yurakka o‘ta zararli ekanligi ta’kidlangan. Tibbiyot bo‘yicha assistent Ichiro Kavachi va uning guruhi buni turli testlar va o‘lchovlar bilan ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Ularning tadqiqoti natijasiga ko‘ra, har doim noliydigan keksalarda ularning yaxshi kayfiyat bilan yuradigan tengdoshlariga nisbatan uch marta ko‘p yurak xastaligiga chalinish xavfi borligi aniqlandi. «Xavfning uch karraligida,» deydi Kavachi, «jahlning yuqori darajalari, narsalarni chil-chil sindirish va urishganda kimgadir shikast yetkazish istagini o‘z ichiga olgan portlovchi jahl ishtirok etadi.»78
Tadqiqotchilar shu narsaga aminki, stress garmonlarining chiqishi, yurakning mushak hujayralari tomonidan kislorodga bo‘lgan talabning oshishi va tromb (qonning ivib qolishi) ni keltirib chiqaradigan qon plastinkalaridagi yopishqoqlikning oshishi, bu esa «o‘z navbatida» yurak-qon tomirlaridagi qonning harakatini susaytirib, yurak miokardining oziqlanishini buzishi - bularning hammasi jahl qanday qilib yurak xurujini tezlashtirishini tushuntirib beradi.79 Bundan tashqari, jahl chiqqan paytda tomir urish tezligi odatdagidan ko‘proq bo‘ladi va u arteriya qon tomirlarida katta qon bosimlarini keltirib chiqaradi hamda yurak xurujining boshlanishiga ko‘proq xavf tug‘diradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 09:08:07

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, jahl va adovat qondagi yallig‘lanish bilan bog‘liq oqsillarni ishlab chiqarishni ham boshlashi mumkin. Psychosomatic Magazine (Psixosomatik tibbiyot) jurnalining ta’kidlashicha, hissiyotga berilish yallig‘lantiruvchi oqsillarning ishlab chiqilishini yuzaga keltiradi. Bu, o‘z navbatida, arteriya qon tomirlarining qattiqlashishini, yurak og‘rig‘ini va miyaga qon quyulishini keltirib chiqaradi.80 Shimoliy Karolina shtatidagi Dyuk universiteti Tibbiy markazida faoliyat ko‘rsatuvchi professor Eduard Suarezning fikriga ko‘ra, interleykin 6 oqsili jahldor va ruhan siqilgan erkaklarda ancha yuqori bo‘ladi. Interleykin 6 yuqori qon darajasi ateroskleroz - arteriya qon tomirlari devorlarining ichki tomonida yog‘li qatlamning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.81 Suarezning aytishicha, yurak xastaligi chekish, yuqori qon bosimi, juda semizlik va yuqori xolesterin kabi omillar bilan birga, ruhiy tushkunlik, jahl va adovat kabi psixologik vaziyatlarga ham bog‘liqtsir.82
The Times gazetasida chop etilgan «Jahl yurak xuruji xavfini oshiradi» nomli boshqa bir maqola serjahllik yurak xurujiga olib boruvchi eng qisqa yo‘l bo‘lishi mumkinligi va achchiqlanib stressga tushadigan yosh erkaklar bemavrid yurak xastaligiga uch marta ko‘proq chalinishi mumkinligi hamda besh marta bevaqt yurak xurujini orttirishi mumkinligini ma’lum qiladi.83 Merilend shtati, Baltimor shahridagi Jon Hopkins universiteti olimlari jizzaki, jahldor erkaklar hatto ularning oila tarixida yurak xastaligi qayd qilinmagan bo‘lsa ham, yurak xuruji xavfi ostida ekanliklarini aniqlashdi.84
Mavjud barcha tadqiqotlar jahlning ruhiy bir holat ekanligini, uning inson sog‘ligiga jiddiy shikast yetkazishini tasdiqlaydi. Aksincha, kechirimlilik, hatto u odamlarga og‘ir botsa ham, quvontiradigan, yuqori darajali axloqiy ko‘rinish bo‘lib, jahlning barcha zararli oqibatlarini bartaraf etadi va kishiga ham ruhan, ham jismonan sog‘lom hayot kechirish uchun yordam beradi. Kechirimlilik xulqning bir shakli bo‘lib, kishi u orqali o‘z sog‘ligini yo‘qotmasligi mumkin va u hammaning qalbida bo‘lishi kerak bo‘lgan ezgu xislatdir. Biroq kechirimlilikdan haqiqiy maqsad har qanday holatda ham Allohni shod etadigan bo‘lishi darkor. Bunday odobning fazilati va uning ilmiy jihatdan e’tirof etilgan foydalari Qur’onning juda ko‘p oyatlarida nozil qilinganki, bu Qur’onda mavjud ko‘plab donolik timsollaridan bir shingil, xolos.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 09:08:31

IBODAT QILISH BEMOR SOG’AYISHINI TEZLASHTIRADI

Parvardigoringiz: «Menga duo qilingiz. Men sizlar uchun (duolaringizni) mustajob qilay!» - dedi. Albatta, Menga ibodat qilishdan kibr qilgan kimsalar yaqinda tuban holatda jahannamga kirurlar. («G’ofir» surasi, 60-oyat)

«Duo, tilak bildirish, so‘rash, yordam izlash» ma’nolarini anglatuvchi ibodat insonning o‘z tobeligini bilgan holda Allohga samimiyat bilan murojaat qilishi va Undan, hamma narsaga Qodir, Mehribon va Rahmli Zotdan yordam izlashidir. Inson o‘zining tobeligini eng chuqur his qiladigan va o‘zini Allohga yaqinroq tutadigan paytlarga misol qilib keltirish mumkin bo‘lgan holatlardan biri bu kasallikdir. Kasallik Allohning donoligi bilan ixtiro qilingan va faqat Uning xohish-irodasi bilan amalga oshadigan sinov hamda bu dunyoning boqiy emas, foniy, o‘tkinchi ekanligini odamlarga eslatuvchi ogohlantirish, shuningdek, bemor va itoatkor uchun oxiratda to‘lanadigan tovon manbaidir.
Imonsizlar, aksincha, sog‘ayishga shifokorlar, dori-darmonlar yoki zamonaviy fan erishgan ilg‘or texnologiyalar orqali yo‘l topishi mumkin deb tasavvur qilishadi. Ular hech qachon sog‘lom bo‘lgan paytlarida ularning jismoniy tizimini ishlatib qo‘ygan yoki kasal bo‘lganlarida sog‘aytiruvchi dori-darmon va shifokorlarni yaratib qo‘ygan Alloh ekanini bir zum bo‘lsa ham mulohaza qilib ko‘rmaydilar. Ular shifokor va dori-darmonlar kifoya qilmayapti degan fikrga kelgandan so‘nggina faqat Allohga ko‘pdan-ko‘p iltijo qila boshlaydilar. Bunday vaziyatlarda faqat Alloh ularning qiyinchiligini forig‘ qila olishini anglab yetgach, Undan madad izlaydilar. Alloh bu ruhiy holatni oyatlarning birida quyidagicha vahiy qilgan:
Insonga zarar yetganda, yotgan holda yo utirib yoki tik turib ham Bizga iltijo qiladi. Undan zararini ketkazganimizda esa, go‘yo yetgan zararidan Bizga duo qilmagandek ketaveradi. Mana shu tarzda isrofchi (tajovuzkor) larga uz qilmishlari ziynatli (chiroyli) qilib qo‘yildi. («Yunus» surasi, 12-oyat)
Vaholanki sog‘lom, g‘am-tashvishsiz yoki boshqa qiyinchiliklarsiz hayot kechirayotgan paytda ham, inson Allohga, U yaratib qo‘ygan qulayliklar, sog‘lik va boshqa barcha ne’matlar uchun toat-ibodat qilishi va shukronalar aytishi lozim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 09:09:12

Ibodat qilishning muhim jihatlaridan biri quyidagicha: Ovoz chiqarib ibodat qilishga qo‘shimcha ravishda inson o‘zining amallari bilan ham ibodat qilishga harakat qilishi lozim. Sa’y-harakat bilan ibodat qilish ma’lum bir niyatga erishish uchun qo‘ldan kelgan hamma narsani qilish demakdir. Misol uchun, ibodat qilishga qo‘shimcha ravishda, bemor odam mutaxassis shifokorlarga ko‘rinishi, foyda beradigan dori-darmonlardan foydalanishi va agar zarur bo‘lsa, kasalxona muolajasini olishi yoki boshqa maxsus davo shakllarini qo‘llashi ham mumkin. Chunki Alloh bu dunyoda sodir bo‘ladigan barcha narsani ma’lum sabablarga bog‘lagan. Dunyodagi va koinotdagi barcha narsalar shu sabablarga muvofiq ravishda sodir bo‘ladi. Shu bois, har bir kishi shu sabablarga ko‘ra barcha zaruriy choralarni ko‘rmog‘i va kamtarlik, itoatkorlik hamda sabr bilan ularning natijalarini chiqaradigan zot Alloh ekanligini yodda tutgan holda Undan oqibatni kutmog‘i lozim.
Imon va ibodatning bemorlarga ijobiy ta’siri va bularning davolashni tezlatishi shifokorlarning e’tiborini jalb qilgan va ular tomonidan tavsiya qilingan masaladir. Mashhur Newsweek jurnalining 2003 yil 10 noyabr soni dinning sog‘ayishga bo‘lgan ta’sirini «Xudo va salomatlik: Din yaxshi shifomi? Nima uchun fan ishonishni boshlamoqda?» sarlavhasi ostida uning muqova hikoyasi sifatida olib chiqdi. Bu maqolaning ma’lum qilishicha, Allohga imon keltirish odamlarning ruhiy holatini ko‘targan va ularning osonroqtuzalishlariga yordam bergan hamda fan ham diniy e’tiqodli odamlarning osonroq va tezroq tuzalishiga ishona boshlagan. Newsweekning o‘tkazgan izlanishlariga ko‘ra, 72% amerikaliklar ibodat qilish kishini davolay olishiga va ibodatning bemor tuzalishini tezlatishiga ishonishlarini aytishgan. Buyuk Britaniya va AQShda olib borilgan tadqiqotlar ham ibodat bemorning kasallik alomatlarini kamaytiradi va tuzalish jarayonini tezlashtiradi deb xulosa chiqargan.
Michigan universitetida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, ruhiy tushkunlik va stress taqvodor odamlarda eng kam kuzatilgan. Chikago shtatining Rash universitetidagi izlanishlarga ko‘ra, sig‘inadigan va muntazam ibodat qiladigan odamlar orasidagi barvaqt o‘lish nisbati diniy maslaksiz odamlarga qaraganda 25% kamroq ekan. Angiokardiografiyani boshidan o‘tkazgan 750 ta odam ustida Dyuk universiteti olib borgan boshqa bir izlanish «ibodatning sog‘aytiruvchilik qudrati»ni ilmiy jihatdan isbotladi. Ibodat qilgan yuragi xasta bemorlar orasida, ular operatsiya qilingandan keyin bir yil ichida, o‘lish nisbati 30% ga kamayganligi aniqlandi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 09:09:35

Qur’onda qayd etilgan ibodatlardan namunalar quyidagilardir:
Ayyubning esa Rabbiga nido qilib: «(Ey Rabbim!) Menga musibat yetdi, O’zing rahmlilarning rahmlirog‘idirsan», - deb iltijo qilgan paytini (eslang!). Bas, Biz uni (ya’ni duosini) ijobat qilib, undagi zahmatni ketkazdik hamda o‘z huzurimizdan mehribonlik ko‘rsatib, barcha ibodat qiluvchilarga eslatma bo‘lsin, deb (Ayyubga) oilasini va ular bilan qo‘shib, yana ularning barobarida ahlu avlod ato etdik. («Anbiyo» surasi, 83-84-oyatlar)
Zunnun (Yunus)ning (o‘z qavmidan) g‘azablangan holda (qishlog‘idan chiqib) ketib, Bizni unga qarshi chiqa olmaydi, deb o‘ylagan paytini, so‘ng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorong‘i zulmatlar ichra: «Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan poqdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim», - deb nido qilgan paytini (eslang!) Bas, Biz uning (duosini) ijobat qildik va uni g‘amdan qutqardik. Biz mo‘minlarga mana shunday najot berurmiz. («Anbiyo» surasi, 87-88-oyatlar)
Zakariyoning: «Ey, Rabbim, meni yolg‘iz tashlab qo‘yma (merosxo‘r farzand ato et!), Sen (O’zing) vorislarning yaxshirog‘idirsan», - deb nido qilgan paytini (eslang!). Bas, Biz uni (duosini) ijobat qildik va unga Yahyoni ato etdik hamda jufti (haloli)ni o‘nglab (tug‘adigan qilib) qo‘ydik. Darhaqiqat, ular (mazkur payg‘ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga rag‘bat va qo‘rquv bilan duo qilar edilar hamda Bizga itoat etuvchi edilar. («Anbiyo» surasi, 89-90-oyatlar) Qasamki, Nuh (qavmidan shikoyat etib,) Bizga nido (iltijo) qildi. Bas, (Biz) naqadar yaxshi ijobat qiluvchidirmiz! («Soffot» surasi, 75-oyat)

Yuqorida aytib o‘tilganidek, ibodat faqatgina kasallikni yoki boshqa muammolarni hal etish uchun qilinmasligi kerak. Samimiyat bilan e’tiqod qiluvchi har doim Allohga ibodat qilishi va Undan kelgan har qanday narsani qabul qilishi shart. Toat-ibodatning manfaatlari to‘g‘risida Qur’onning ko‘p oyatlarida vahiy qilinishi va ularning ilmiy jihatdan e’tirof etilayotganligi Qur’onning mo‘‘jizaviy tabiatini yana bir bor oshkor qiladi.
Sizdan (ey, Muhammad!), bandalarim Mening haqimda so‘rasalar, (ayting) Men ularga yaqinman. Menga iltijo qiluvchining duosini ijobat eturman. Bas, ular ham Meni (da’vatlarimni) ijobat (qabul) etib, Menga imon keltirsinlar, shoyad (ngunda) to‘g‘ri yo‘lga tushib ketsalar. («Baqara» surasi, 186-oyat)

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 09:11:33

STRESS VA RUHIY TUSHKUNLIK:
DINGA AMAL QILMASLIKNING OQIBATLARI

«Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, uning uchun tang (baxtsiz) turmush bo‘lishi muqarrar va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holda tiriltirurmiz». («Toho» surasi, 124-oyat)
Alloh kimni hidoyatga yo‘llashni iroda etsa, uning ko‘ksi (qalbi)ni Islom uchun (keng) ochib ko‘yadi. Kimni adashtirishni iroda etsa, ko‘ksini go‘yo osmonga ko‘tarilib ketayotgandek, tor va sikiq kilib qo‘yadi. Shunday qilib, Alloh imon keltirmaydiganlarga (loyiq) jazoni ravo ko‘rgay. («An’om» surasi, 125-oyat)

Dinsiz odamlarning Allohga itoat eta olmasligi ularning doimiy noqulay, xavotir va stress holatlarida yurishlariga sabab bo‘ladi. Oxir-oqibatda, ular turli ruhiy kasalliklarga chalinishadi va bu kasalliklar ularning jismlarida namoyon bo‘ladi. Ularning tanalari tezda quvvatdan ketib, barvaqt keksayadilar hamda tubanlashadilar.
Biroq Allohga imon keltiruvchilar ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishlari tufayli, stress yoki dilxastalik qurbonlari bo‘lishmaydi va ularning tanalari doimo tetik hamda sog‘lom bo‘ladi. Mo‘minlarning Allohga itoat etishlarining ijobiy ta’sirlari ularning Unga e’tiqodlari, bardoshli bo‘lishlari, hamma narsadan yaxshilik izlashlari va Allohning va’dalaridan umid qilib, sodir bo‘ladigan voqealarni qabul qilishlari - bularning hammasi jamuljam bo‘lib, ularning jismoniy ko‘rinishlarida o‘z aksini topadi. Bu, albatta, Qur’onning axloqiy qadriyatlari bilan yashaydigan va dinni to‘g‘ri anglaydigan insonlargagina xos. Albatta, ular kasal bo‘lishlari va keyinchalik keksayishlari mumkin, ammo bu tabiiy jarayonda boshqalarnikida bo‘lgan ruhiy tushkunlik ishtirok etmaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 09:11:42

Bizning davrimizda kasallik deb hisoblanadigan stress va ruhiy siqilish insonlarga nafaqat ruhiy shikast yetkazadi, balki bu kasallik o‘zini turli jismoniy nuqsonlarda ham ko‘rsatadi. Odat tusiga kirgan stress va ruhiy siqilishga oid muammolar aqliy xastaliklar, kashandalik, uyqusizlik, teri, oshqozon va qon bosimi buzilishlari, shamollash, migren, suyak kasalliklari, buyrak nomutanosibliklari, nafas siqishi, allergiyalar, yurak xurujlari va miya shishlari kabi kasalliklarning shakllaridir.
Albatta, bu kasalliklarga yagona sabab stress va ruhiy siqilish emas, balki bunday muammolarning kelib chiqishi odatda ruhiy holat ekanligi ilmiy jihatdan isbotlandi.
Shunchalik ko‘p ozor beradigan stress ruhiy bezovtalik, haya-jonli holat bo‘lib, u tananing muvozanatiga shikast yetkazadigan qo‘rquv, ishonchsizlik, o‘ta hayajonlanish, xavotirlik va boshqa bosimlar sababli kelib chiqadi. Odamlar stressning qurboni bo‘lishganda ularning tanalari ta’sirlanadi va bezovtalanadi. Tanada turli biokimyoviy reaktsiyalar boshlanadi: qon oqimidagi adrenalin darajasi oshadi; energiya iste’moli va tana reaktsiyalari maksimum darajaga yetadi; qand, xolesterin va yog‘ kislotalar qon oqimiga quyiladi; qon bosimi oshadi va tomir urishi tezlashadi. Glyukoza miyaga yuborilganda xolesterin miqdori ko‘tariladi va bu tanada muammo paydo bo‘lganligidan darak beradi.
Surunkali stress, ayniqsa, tananing normal funktsiyasini o‘zgartirishi tufayli, u jiddiy ziyon keltirishi mumkin. Stress tufayli tanadagi adrenalin va kortizol miqdori me’yordan ortib ketadi. Kortizol miqdorining uzoq muddatli o‘sishi diabet, yurak xastaligi, yuqori qon bosimi, saraton, yaralar, nafas olish yo‘llari kasalliklari, ekzema va psoriaz kabi kasalliklarning ertaroq paydo bo‘lishiga olib keladi. Yuqori kortizol darajalarining ta’siri hatto miya hujayralarining nobud bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi. Stress keltirib chiqaradigan kasalliklar bir manbada quyidagicha ifodalangan:
Stress, asabiy taranglik va u qo‘zg‘atadigan dard o‘rtasida muhim bir bog‘liqlik mavjud. Stressdan kelib chiqadigan asabiy taranglik arteriyalarning torayishiga, boshning ma’lum hududlarida qon oqimining buzilishi va bu hududlarda qon oqimi miqdorining kamayishiga sabab bo‘ladi. Agarda to‘qimaga qon yetib bormasa, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri og‘riqni keltirib chiqaradi, chunki tarang to‘qima bir tomondan ehtimol ko‘p miqdordagi qon talab qilar, boshqa tomondan esa allaqachon yetarli qon ta’minlanmaganidan maxsus og‘riq retseptorlarini kuchaytiradi. Shu paytda, stress davomida asab tizimiga ta’sir qiladigan adrenalin va norepinefrin kabi modtsalar ajralib chiqadi. Bular bevosita yoki bilvosita mushaklardagi taranglikni kuchaytiradi hamda tezlatadi. Shu tariqa og‘riq asabiy taranglikni, asabiy taranglik bezovtalikni va bezovtalik og‘riqni kuchaytiradi.85

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 09:11:54

Biroq stressning eng zararli ta’sirlaridan biri yurak xurujidir. Tadqiqotning ko‘rsatishicha, tajovuzkor, asabiy, bezovta, sabrsiz, raqobatchi, adovatli va jizzaki hamda tajang odamlar bunday tabiatga kamroq moyil bo‘lgan odamlarga nisbatan ancha ko‘p yurak xuruji hodisalariga yo‘liqishadi.86
Buning sababi shundaki, gipotalamus bilan boshlangan xayrixoh asab tizimining o‘ta qo‘zg‘alishi ham ortiqcha insulin ajralib chiqishiga va shu sababdan qonda insulinning to‘planib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu juda muhim ahamiyatga ega masala demakdir. Chunki yurak venalarining bekilib qolishi xastaligini keltirib chiqaruvchi hech bir kasallik qondagi ortiqcha insulin kabi eng ishonarli va zararli o‘rin tutmaydi.87
Olimlar stress darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qondagi qizil tanachalarning ijobiy ta’siri shunchalik zaiflashib ketishini e’tirof etishdi. Oksford universitetining texnologiyaga o‘tish kompaniyasi boshlig‘i Linda Neylor tomonidan o‘tkazilgan tajribaga ko‘ra, stress darajalarining immun tizimiga bo‘lgan salbiy ta’siri endilikda o‘lchanishi mumkin.
Stress va immun tizimi o‘rtasida yaqin bog‘liqlik mavjud. Psixologik stress immun tizimiga muhim ta’sir ko‘rsatadi va uning yomonlashuviga sabab bo‘ladi. Stress holatida, miya tanada immun tizimini zaiflashtiradigan kortizol gormonining ishlab chiqilishini oshiradi. Boshqacha qilib aytganda, miya, immun tizimi va gormonlar o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud. Bu soha bo‘yicha ekspert mutaxassislar shunday deydilar:
Psixologik va jismoniy stress bo‘yicha izlanishlar kuchli stress bo‘lgan paytlarda gormonal muvozanatga bog‘liq bo‘lgan immunitetning ta’siri tushib ketishini ko‘rsatdi. Ma’lumki, ko‘pchilik kasalliklar, shuningdek, saraton kasalligining paydo bo‘lishi va quvvati stressga bog‘liq.88

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 09:12:03

Qisqasi, stress inson zotining tabiiy muvozanatiga zarar yetkazadi. Bu tashvishli holatga doimiy duchor bo‘lish tananing sog‘ligini zaiflashtiradi va keng ko‘lamdagi turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ekspert mutaxassislar stressning inson tanasiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini quyidagi asosiy turkumlarga bo‘ladilar:
Xavotirlik va sarosimalik: voqealarning nazoratdan tez chiqib ketayotganligi to‘g‘risidagi hissiyot.
Doimiy ravishda ortib boruvchi terlash;
Tovush o‘zgarishlari: duduqlanish, titroq nutq;
O’ta harakatchanlik: energiyaning to‘satdan portlashi, zaif diabetiknazorat.
Uyqu qiyinchiligi: bosinqirash.
Teri kasalliklari: dog‘lar, husnbuzar, isitma, psoriaz va ekzema.
Oshqozon-ichakdagi alomatlar: me’daning sustligi, ko‘ngil aynishi, yaralar.
Mushak tarangligi: tishlarni g‘ichirlatish yoki bir-biriga qapishtirish, jag‘, orqa, bo‘yin va yelkalarda og‘riqlar.
Zo‘rayishi sust bo‘lgan infektsiyalar: shamollash va h. k.
Migren.
Titrash, ko‘krak og‘rig‘i, yuqori qon bosimi.
Buyrak nomutanosibliklari, suv tutish.
Nafas yo‘llari kasalliklari, qisqa nafas olish.
Allergiyalar.
Bo‘g‘im og‘riqlari.
Og‘iz va tomoqning qurib qolishi.
Yurak xuruji.
Immun tizimining zaiflashuvi.
Miya hududida qisqarish.
Aybdor his qilish va o‘ziga ishonchsizlik.
Dovdirash, to‘g‘ri tahlil qila olmaslik, zaif fikrlash qobiliyati, zaif xotira.
O’ta umidsizlik, hamma narsa yomonlashib ketayapti deb o‘ylash.
Harakatlanishda yoki tinch turishda qiyinchilik, biror tarzda muntazam ritmik harakat kilib turish.
Fikrni bir joyga jamlay olmaslik yoki shunday qilishda qiyinchilik.
Jizzakilik, o‘ta nozikta’blik.
Kaltafahmlik.
Yordamga muhtojlilik yoki uquvsizlik.
Ishtahaning yo‘qolishi yoki me’yorsiz ochilib ketishi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Yanvar 2009, 09:13:31

Diniy-axloqiy qadriyatlarga amal qilmaydiganlarning stressga mubtalo bo‘lishi Alloh tomonidan Qur’onda vahiy qilingan:
«Kim Mening eslatmamdan yuz ugirsa, bas, uning uchun tang (baxtsiz) turmush bo‘lishi muqarrar...» («Toho» surasi, 124-oyat)
Boshqa bir oyatda esa Alloh «... Ularga Yer (shuncha) kengligi bilan torlik qilganch va dillari tang bo‘lgan va Alloh (g‘azabi)dan faqat O’ziga qochish bilan panoh topilishini bilishgandan, ...» («Tavba» surasi, 118-oyat) - deb vahiy qiladi.
Bu «qora va tang» turmush yoki hozirgi nomi bilan aytganda stress din ko‘rsatgan axloqiy qadriyatlarga amal qilmay, imon keltirmaydiganlar uchun natijadir. Bugungi kun shifokorlari vazminlik, o‘ziga ishonch va xotirjamlik stress ta’sirlaridan saqlanish uchun muhim omil ekanligini ta’kidlashmoqda. Vazmin va xotirjam xulqqa faqatgina Qur’onga muvofiq hayot kechirish orqali ega bo‘lish mumkin. Darhaqiqat, Allohning imon keltiruvchilarga «taskin, xotirjamlik» nozil etishi Qur’onning juda ko‘p oyatlarida vahiy qilingan («Baqara» surasi, 248-oyat; «Tavba» surasi, 26, 40-oyatlar; «Fath» surasi, 4, 18-oyatlar). Rabbimizning mo‘minlarga va’dasi quyidagidek nozil qilingan:
Erkakmi yo ayolmi - kimda-kim mo‘min bo‘lgan holida biror ezgu ish qilsa, bas, Biz unga yoqimli hayot baxsh eturmiz va ularni o‘zlari qilib o‘tgan go‘zal (solih) amallari barobaridagi mukofot bilan taqdirlaymiz. («Nahl» surasi, 97-oyat)


Jismoniy yoki psixologik stress natijasida shaxsning adrenal bezi (har ikkala buyrak tepasidagi bez) ko‘p miqdordagi glyukokortikoid gormonlari ishlab chiqaradi. Bu gormonlar mushaklarning quvvatini oshiradi va mana shu paytda zaruriy bo‘lgan o‘sish kabi ayrim faoliyatlarni vaqtinchalik to‘xtatadi. O’ta jismoniy va surunkali psixologik stress holatlarida bu gormonlar (ular boshqa vaziyatlarda juda muhim) yuqori qon bosimi, juda semizlik, suyak yemirilishi va oshqozon yaralari kabi stress bilan bog‘liq kasalliklarni qo‘zg‘atadi.

Qayd etilgan