Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338654 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 31 B


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 01:42:18

LOYDAN YARATILISH

Qur’onda Alloh insonning yaratilishini mo‘‘jiza deb vahiy qiladi. Alloh birinchi insonni loyni odam shakliga keltirib, so‘ng unga puflab ruh kirgizish orqali yaratgan:
Eslang, Rabbingiz farishtalarga degan edi: «Albatta, men loydan bir odam yaratguvchidirman. Bas, qachonki, uni rostlab, unga ruhimdan puflaganimdan so‘ng, unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz.» («Sod» surasi, 71-72-oyatlar)
Bas, (Ey, Muhammad! Makka kofirlaridan) so‘rang-chi, ular(ni) yaratish qiyinroqmi yoki Biz yaratgan narsalarnimi?! Zotan, Bizularni (Odamni) yopishqoq loydan yaratgandirmiz. («Soffot» surasi, 11-oyat)

Bugungi kunda inson tanasi o‘rganilganda, tuproqda mavjud bo‘lgan ko‘plab elementlarning tanada ham uchrashi kuzatilishi mumkin. Tirik to‘qimalarning 95% i uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor va oltingugurt va jami 26 ta elementdan tashkil topgan.95 Qur’onning boshqa bir oyatida bizga shunday deyiladi:
Qasamki, Biz insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik. («Mu’minun» surasi, 12-oyat)
Oyatda «sarasi» deb tarjima qilingan arabcha «sulaalah» so‘zi «vakil bo‘luvchi namuna, ekstrakt» degan ma’nolarni anglatadi. Ko‘rib turganimizdek, 1400 yil muqaddam Qur’onda nozil qilingan ma’lumot zamonaviy fan bizga ma’lum qiladigan haqiqatni, ya’ni tuproqda topiladigan elementlarning inson yaratilishida ishlatilganligini tasdiqlaydi.
Quyidagi jadvalda og‘irligi 70 kg (140 funt) bo‘lgan odamdagi elementlarning taqsimoti ifodalangan.


Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 01:43:09

GENLARDAGI PROGRAMMALASHTIRISH

(Alloh) uni qaysi narsadan yaratdi o‘zi?! (Bir haqir) nutfadan yaratib, keyin uni belgilab qo‘ydi. So‘ngra unga yo‘lni oson qildi. («Abasa» surasi, 18-20-oyatlar)
Yuqoridagi oyatda «belgilab qo‘ydi» deb tarjima qilingan «qoddaro» so‘zi arabchadagi «qodaro» fe’lidan kelib chiqadi. U «reja tuzish, ko‘zda tutish, rejalashtirish, dasturlash, kelajakni ko‘rish, hamma narsani taqdirga yozish (Alloh tomonidan)» deb tarjima qilinadi.
Otaning spermasi onaning tuxumini urug‘lantirgach, ota-onaning genlari birlashib, bolaning barcha jismoniy xususiyatlarini belgilaydi. Bu minglab genlarning har birida o‘ziga xos funktsiya mavjud. Shu genlar ko‘zlar va sochning rangini, bo‘y-bast, yuz qismlari, skelet shakli, ichki a’zolardagi sanoqsiz jihatlarni, miya, asab va mushaklarni belgilab beradi. Barcha jismoniy xususiyatlarga qo‘shimcha ravishda, hujayralar va tanada sodir bo‘ladigan minglab turli jarayonlar, shuningdek, butun tizimning nazorati ham bu genlarda belgilab qo‘yiladi. Misol uchun, biror shaxsning qon bosimi umuman olganda baland, past yoki normal bo‘lishi yoki bo‘lmasligi uning genlaridagi axborotga bog‘liq.
Sperma va tuxum qo‘shilganda yuzaga keladigan birinchi hujayra DNK molekulasining birinchi nusxasini yuzaga keltiradi. Bu molekula inson tanasining har bir hujayrasida, toki inson hayoti nihoyaga yetguncha, kod olib yuradi. DNK ahamiyatli o‘lchamdagi molekuladir. U hujayra yadrosining ichida ehtiyotkorlik bilan himoya qilingan va bu molekula yuqorida aytib o‘tganimizdek, genlarni o‘z ichiga olganligi tufayli, inson tanasining axborot banki hisoblanadi. Birinchi urug‘langan tuxum hujayrasi bo‘linib, DNKda yozib qo‘yilgan dasturga muvofiq ko‘payadi va natijada to‘qimalar va a’zolar shakllana boshlaydi. Bu insonning boshlanishidir. Ushbu murakkab jarayonning o‘zaro muvofiqligi DNK molekulasi tomonidan ta’minlanadi. Mazkur molekula uglerod, fosfor, azot, vodorod va kislorod kabi atomlardan tashkil topadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 01:45:16

DNKda yozilgan axborotlar sig‘imi olimlarni hayratda qoldiradigan hajmdadir. Insonning bitta DNK molekulasidagi axborot million sahifali yoki 1000 jildli entsiklopediyani to‘ldirishga yetarli. Boshqacha qilib aytganda, hujayraning yadrosi bir million sahifali entsiklopediyaga teng axborotni o‘z ichiga oladi. U inson tanasining barcha funktsiyalarini nazorat qiladi. Yana taqqoslaydigan bo‘lsak, dunyodagi eng katta entsiklopediyalardan biri bo‘lgan Britaniya entsiklopediyasi 25000 sahifadan iborat. Shunday bo‘lsa-da, hujayradan ancha kichik bo‘lgan hujayra yadrosining yagona molekulasi dunyoning eng katta entsiklopediyalariga qaraganda 40 marta kattaroq bo‘lgan axborotlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Bu biz hozirgina tilga olgan 1000 jildlik entsiklopediya Yer yuzida mavjud emas, degan ma’noni anglatadi. Bu bizning ichimizdagi shundayin dizayn va yaratilganlik mo‘‘jizasidirki, unga evolyutsionerlar va materialistlar javobtopaolmaydilar.
DNKning strukturasiga 1953 yilda Frantsis Krik tomonidan aniqlik kiritilganligini nazarda tutsak, «genetik rejalashtirish» degan tushunchaning Qur’onda, oldinroqqayd etganimizdek, insoniyatning bilimi juda cheklangan bir paytda ta’kidlab o‘tilishi chindan ham hayratlanarlidir. Genetiklar XIX asrning oxirigacha munozara qila olmasdilar va bu ajoyib dalillar yana Qur’on Allohning inoyati ekaniga isbotdir. (Qarang: Horun Yahyo. DNKda yaratilish mo‘‘jizasi. Goodword Books, Yangi Dehli, 2002)


DNK molekulasi turli ketma-ketlikda birin-ketin keluvchi 4 ta turli nukleotidlardan tashkil topadi. Bu molekulalarning ketma-ketligi jonzotlar tomonidan ishlatiladigan barcha oqsillarning strukturasiga taalluqli axborotlarni belgilab beradi. Oqsillar ko‘plab hujayra faoliyatlarini amalga oshirish uchun bu axborotlardan yo yolg‘iz yoki murakkab shakllarda foydalanadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 01:46:35

HAYZ KO’RISH DAVRI

Hayz ko‘rish davri urug‘lanmagan tuxumlarning tanadan haydalish jarayonidir. Urug‘lanish sodir bo‘lmaganligi sababli, oldindan tayyorgarlik ko‘rgan bachadon devorlari qisqaradi va kichik qon tomirlarining yorilishi bilan tuxumlar haydaladi. So‘ngra tana butun jarayonni yana qaytadan takrorlash uchun tayyorgarlikni boshlaydi.
Bu bosqichlarning barchasi hamma ayollarda ma’lum bir davrda, 21-28 kunda takrorlanib turadi. Har oy yangi tuxumhujayralar paydo bo‘ladi, bir xil gormonlar ajraladi va bular yana takror-takror bir xil paytda sodir bo‘ladi. Shu tarzda, ayolning organizmi navbatdagi urug‘lanish jarayoniga tayyorgarlik ko‘radi. Biroq oxir-oqibat tuxumhujayraning spermatozoid bilan urug‘lanishi organizmdagi tayyorgarlik jarayonining tabiatini o‘zgartirib yuboradi.
Bu davr mobaynida bachadon ichida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar faqatgina anatomik yoki ginekologik tekshiruvlar orqali kuzatilishi mumkin. Ammo olimlar tomonidan o‘rganilgan bu o‘zgarishlar «Ra’d» surasida mo‘‘jizakorona qayd qilgan:
Faqat Allohgana har bir ayol (qornida) olib yuradiganni hamda bachadonnnig har bir qisqarishi yoki shishini bilur. Uning dargohida har bir narsa o‘lchovlidir. («Ra’d» surasi, 8-oyat)
Hayz ko‘rish davrining boshida bachadon devorining shilliq qavati 0,5 mm (0,02 dyuym) qalinlikda bo‘ladi. Tuxumdondan ishlab chiqarilgan gormonlar ta’siri ostida bu qatlam o‘sadi va 5-6 mm (0,2 dyuym) gacha qalinlashadi. Keyin bu qatlam urug‘lanish sodir bo‘lmaganligi uchun bachadon devoridan ajralib, «hayz» sifatida 2-3 kun davomida butunlay tashqariga chiqariladi. Yuqoridagi oyatdan ko‘rinib turibdiki, bachadon devorlaridagi bu oylik o‘sish va kamayish Qur’onda qayd etilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 01:48:37

HOMILADORLIK VA TUG’ILISH

Halok bo‘lgur inson bunchalar kofir bo‘lmasa! (Alloh) uni qaysi narsadan yaratdi o‘zi?! (Bir haqir) nutfadan yaratib, keyin uni belgilab qo‘ydi. So‘ngra unga yo‘lni oson qildi. («Abasa» surasi, 17-20-oyatlar)

Homila oltinchi oyning oxiriga kelib to‘liq shakllanadi. Shundan so‘ng bachadon tug‘ruq davriga kiradi. Bu davr mobaynida bolaning barcha tana a’zolari va tizimlari to‘liq rivojlanadi. Bachadon bu rivojlanishni homila uchun ozuqa yetkazib berish bilan tezlashtiradi. Bu davr toki bola tug‘ilgunga qadar davom etadi.
Tug‘ilish kanali odatda juda tor bo‘ladi va u homila uchun o‘tishga qiyinchilik tug‘diradi. Biroqtug‘ilish davomida onaning tanasida bir qator fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar homilaning tug‘ilish kanalidan osonlik bilan o‘tishiga imkon beradi. Bu o‘zgarishlarga: tug‘ilish kanalini kattalashtirish uchun tos suyaklaridagi bo‘g‘imlarning kengayishi, mushaklarning bo‘sha-shishi va kanalning amniotik suyuqlik bilan yog‘lanishlari kiradi.96 Tug‘ilishdan oldingi bu o‘zgarishlar ilmiy manbalarning birida shunday ifodalanadi:
Tug‘ruq yaqinlashgach, amniotik suyuqlik tug‘ilishni osonlashtirish uchun zarur bo‘lgan faoliyatni boshlaydi. Bu suyuqlik bachadon og‘zini kengaytiradigan xaltachalarni hosil qiladi va shu tarzda bachadon bolaning o‘tishiga imkon beruvchi o‘lchamga keladi. Bu xaltachalar tug‘ilish davomida homilaning bachadonda ezilib qolishdan asraydi. Bundan tashqari, to‘lg‘oq boshlanganda bu xaltachalar yorilib, ichidagi suyuqlikni qo‘yib yuborishi homila bosib o‘tadigan yo‘lni yog‘laydi hamda sterillab tozalaydi. Shu yo‘sinda, tug‘ilish oson va mikroblarsiz tabiiy ravishda kechadi.97
Sodir bo‘ladigan bu bir talay hodisalar Qur’on oyatida «So‘ngra unga yo‘lni oson qildi.» («Abasa» surasi, 20-oyat) deb ta’kidlanadi. Ammo bugungi kunda, Alloh bizga 1400 yil burun ma’lum qilgan bu fiziologik o‘zgarishlarni bir necha texnologik qurilmalardan foydalanib aniqlashning imkoni tug‘ildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 01:49:16

INSON TANA A’ZOLARINING RIVOJLANISH KETMA-KETLIGI

U(Alloh) sizlarga quloq(lar)ni, flarni va dillarni paydo qilgan zotdir. (Sizlar bunga) juda kam shukr qilursizlar. («Mu’minun» surasi, 78-oyat)
Alloh sizlarni onalaringaz qorinlaridan biror narsani bilmaydigan holingizda chiqardi va shukr qilishingiz unun sizlarga quloq, ko‘zlar va qalblarni berdi. («Nahl» surasi, 78-oyat)
Ayting: «(O’ylab) kurdingizmi, bordi-yu, Alloh quloq va ko‘zlaringizni olib qo‘ysa va dillaringizni muhrlab qo‘ysa, Allohdan boshqa ularni (qayta joyiga) keltiradigan iloh kim ekan?» ... («An’om» surasi, 46-oyat)
Darhaqiqat, Biz insonni imtihon qilib, aralash bir nutfadan yaratdik. Bas, uni eshituvchi va ko‘ruvchi qilib qo‘ydik. («Inson» surasi, 2-oyat)

Yuqoridagi oyatlar insonga Alloh ato etgan bir nechta sezgilar haqidadir. Bular Qur’onda har doim ma’lum bir tartib bilan qayd etilgan: eshitish, ko‘rish, sezish va tushunish.
Islom tibbiy assotsiatsiyasi jurnalida chop etilgan maqolada Doktor Keys Mur homilaning rivojlanishi davomida ichki quloq o‘zining birinchi shakliga kirgandan so‘ng ko‘z hosil bo‘la boshlashi haqvda ma’lum qiladi. Uning aytishicha, miya, sezgi markazi va tushunish o‘zining rivojlanishini quloq va ko‘zdan keyin boshlaydi»
Homilaning quloqlari homiladorlikning yigirma ikkinchi kunidan rivojlanishni boshlaydi va to‘rtinchi oyga kelib to‘liq funktsional tus oladi. Shundan so‘ng, homila onasining bachadonida tovushlarni eshitishi mumkin. Shu sababdan, eshitish sezgisi yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun muhim bo‘lgan boshqa funktsiyalardan oldin shakllanadi. Mana shu nuqtai nazardan Qur’onda belgilab qo‘yilgan mazkur tartib kishini ajablantiradi. (Qarang: Horun Yahyo. Inson yaratilishi mo‘‘jizasi. Yangi Dehli, 2003)

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 01:50:28

SUTNING PAYDO BO’LISHI

Darvoqe, sizlar uchun chorva hayvonlarida ham ibrat bordir; sizlarni ularning qorinlaridagi najosat va qon oralaridan chiquvchi, (lekin) ichuvchilar uchun ishtahali toza sutdan ichirurmiz. («Nahl» surasi, 66-oyat)

Tananing oziqlanishi uchun kerak bo‘ladigan asosiy materiallar hazm qilish tizimidagi kimyoviy o‘zgarishlar natijasida sodir bo‘ladi. Hazm qilingan moddalar ichak devorlari orqali so‘rilib, qon oqimiga o‘tadi. Tana bo‘ylab qonning aylanishi tufayli oziq moddalar tegishli a’zolarga yetib boradi.
Xuddi boshqa tana to‘qimalariga o‘xshab, sut bezlari ham qon orqali olib kelingan oziq moddalar bilan ta’minlanadi. Shu sababli, qon ovqatlardan oziqlarni yig‘ishda eng muhim rolni o‘ynaydi. Mana shu barcha bosqichlardan so‘ng sut bezlaridan sut ajraladi va uning ozuqaviy qimmati ayniqsa yuqori bo‘ladi.
Inson hayvon qornidagi na yarim hazm qilingan ovqatni va na hayvonning qonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qila oladi. Bundan tashqari, bularni yoki ularning biror tarkibiy qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilish qattiq kasallik, hattoki o‘limga olib borishi mumkin. Alloh o‘zi yaratgan o‘ta murakkab biologik tizimlar sharofati bilan bu suyuqliklardan inson uchun toza va sog‘lom ovqat paydo bo‘lishini ta’minlaydi.
Chunki u qon orqali olib o‘tiluvchi hazm qilingan ovqat natijasida paydo bo‘ladi. Yuqori oziqlantiruvchilik xususiyatiga ega bo‘lgan sut shu tarzda qondan ishlab chiqariladi. Bu qon yoki yarimhazm qilingan ovqatning o‘zini esa iste’mol qilib bo‘lmaydi.
Sut hosil bo‘lishining o‘zi yaratilishdagi eng katta mo‘‘jizadir. Shunga qaramay, sutning hosil bo‘lishi haqidagi bunday batafsil ma’lumotning Qur’onda qayd etilgani esa boshqa bir mo‘‘jizadir.
Ko‘rib turganimizdek, «Nahl» surasining 66-oyatida sutning biologik hosil bo‘lishi haqida berilgan ma’lumot zamonaviy fan tomonidan aniqlangan dalillar bilan juda hamohangdir. Shu narsa aniqki, sut emizuvchilarning hazm qilish tizimlari haqida to‘liq bilim talab qiluvchi bunday ma’lumotni Qur’on nozil qilingan paytda odamlarning bilishi dargumon edi.
Quyidagi diagrammada vena qonlari bilan tutashuvchi ovqat hazm qilish traktidan yarim hazm qilingan ovqatning tanada tarqalishini ko‘rish mumkin. Bu aralashmaning ba’zi qismlari mushaklar va boshqa tana to‘qimalariga tarqatilsa, ba’zilari sut ajratib chiqaruvchi sut bezlariga yetkaziladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 01:51:15

MO’JIZAVIY QORISHIQ: ONA SUTI

Biz insonga ota-onasini (rozi qilishni) buyurdik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan (qornida) kutarib yurdi. Uni (ko‘krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (bitar). (Biz insonga buyurdikki,) «Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Qaytishlik Mening huzurimgadir!» («Luqmon» surasi, 14-oyat)

Onaning suti Alloh tomonidan yaratilgan tengsiz birikma bo‘lib, u bolaning oziqlanishga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi va uni har qanday infektsiyalardan himoya qiladi. Ona sutidagi oziqlarning me’yori ideal darajada bo‘lib, bolaning nozik tanasi uchun eng ma’qul ozuqa hisoblanadi. Shu bilan birga, ona suti miya hujayralarining o‘sishini va asab tizimining rivojlanishini tezlashtiradigan ozuqalarga ham juda boy99 Bugungi kun texno-logiyasi bilan go‘daklar uchun tayyorlangan sun’iy ovqatlar ona sutidek mo‘‘jizaviy ovqatning o‘rnini bosa olmaydi.
Ona sutining bola uchun ahamiyatli tomonlari kun sayin keng va chuqur aniqlanmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlar nafas yo‘llari va hazm qilish tizimlariga oid infektsiyalarga qarshi alohida himoyalangan bo‘ladi. Bu ona sutidagi antijism (himoyachi modda)larning infektsiyalarga qarshi bevosita himoyani ta’minlashi tufaylidir. Ona sutining yana boshqa infektsiyaga qarshi xususiyatlaridan biri shuki, u zaharli bakteriyalar, viruslar va parazitlarga to‘siq bo‘luvchi «normal flora» deb ataladigan «yaxshi» bakteriyalar uchun mo‘‘tadil muhit yaratib beradi. Bundan tashqari, ona sutida infektsiyali kasal-liklarga qarshi immun tizimini chiniqtiradigan va uning yax-shiroq ishlashiga imkon beradigan omillar mavjudligi ham aniqlangan.100
Ona suti maxsus yaratilganligi bois, u chaqaloqlar uchun eng oson hazm bo‘ladigan ovqatdir. Oziqjihatdan juda boy bo‘lishiga qaramay, u chaqaloqning nozik hazm qilish tizimi tomonidan osonlikcha hazm qilinadi. Chaqaloq hazm qilish uchun uncha ko‘p energiya sarflamasligi sababli, u bu energiyani boshqa tana funktsiyalari faoliyatini tiklash, a’zolarning o‘sishi va rivoj-lanishi uchun ishlatadi.
Muddatidan oldin ko‘zi yorigan onalarning suti chaqaloqning ehtiyojlarini qondirish uchun yuqori darajadagi yog‘, oqsil, qand, natriy, xlorid va temir moddalarini o‘z ichiga olgan bo‘ladi. Ona suti bilan boqilgan erta tug‘ilgan chaqaloqlardak o‘z funktsiyasining yaxshiroq rivojlanishi va ular aqliy testlarni yaxshiroq bajarishi aniqlangan. Shuningdek, ular juda ko‘p boshqa ustunliklarga ham ega.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 01:54:33

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning rivojlanishi uchun ona sutining ahamiyatli jihatlaridan biri shundaki, u omega-3 yog‘ alfa linoleik kislotalarni o‘z ichiga oladi. Inson miyasi va ko‘zning to‘r pardasi uchun muhim birikma bo‘lishi bilan birga, ona suti yangi tug‘ilgan chaqaloqlar nuqtai nazaridan olib qaraganda juda katta ahamiyatga ham egadir. Omega-3 homiladorlik va chaqaloqlikning dastlabki bosqichlari davomida miya va asablarning normal rivojlanishi uchun ayniqsa ahamiyatlidir. Olimlar ona sutini omega-3 ning tabiiy va mukammal manbai deb, uning ahamiyatligiga alohida urg‘u berishadi.101
Bundan tashqari, Bristol universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ona sutining uzoq muddatli foydalari bilan bir qatorda uning qon bosimiga nisbatan ijobiy ta’sirga ega ekanligini va shu sababli yurak xuruji xavfining kamayishini kashf qildi. Tadqiqotchilar guruhi ona sutining himoyaviy tabiati uning ozuqaviy tarkibiga borib taqaladi, degan xulosaga keldilar. Circulation nomli tibbiy jurnalda chop etilgan bu tadqiqotning natijalariga ko‘ra, ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlar yurak xastaliklari bilan deyarli og‘rimaydi. Ona sutida uzun halqa polito‘yinmagan yog‘li kislotalarning mavjudligi (bular arteriyalar qattiqlashuvining oldini oladi) hamda ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlar kamroq natriy iste’mol qilishi (bu qon bosimi bilan bog‘liq) natijasida chaqaloqning ortiqcha cemirib ketmasligi ona sutining yurakka aloqador kasalliklarning oldini olishdagi manfaatlaridandir.102
Bundan tashqari, AQShning Sinsinatti Bolalar shifoxonasi salomatlik markazida faoliyat ko‘rsatuvchi Doktor Liza Martin boshchiligidagi guruh ona sutida adiponektin deb ataladigan oqsil gormonining yuqori darajalarini topishdi.103 Adiponektinning qondagi yuqori darajalari yurak xuruji xavfini kamaytirish bilan bog‘liqtsir. Adiponektinning past darajalari juda semiz hamda yurak xuruji xavfi yuqori bo‘lgan odamlarda kuzatiladi. Shu bois, ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlarda o‘ta semirib ketish xavfi shu gormon tufayli kamayishi isbotlangan. Shuningdek, ular ona sutida yog‘ moddalar almashinuvida asosiy o‘rin tutuvchi leptin deb nomlangan boshqa bir gormonning mavjudligini aniqlashdi. Leptin tanada yog‘ borligi haqida miyaga signal beradi, deb taxmin qilinadi. Doktor Martinning aytishicha, chaqaloqlikda ona suti orqali so‘rilgan bu gormonlar shuning uchun ham juda semizlik, 2-tur diabeti, insulin qarshiligi va yurak arteriya tomirlari xastaligi kabi kasalliklarning paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.104

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 01:56:28

«Eng yangi ovqat» haqida dalillar

Ona suti haqidagi dalillar shu bilan cheklanib qolmaydi. Chaqaloqning sog‘ligi uchun ona sutining ahamiyati chaqaloqning o‘sish jarayonidagi ma’lum bir bosqichlarda qanday oziq-ovqat talab qilinishiga ko‘ra o‘zgarib boradi. Ona sutining tarkibi shu bosqichlarda zarur bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun yangilanadi. Har doim va eng ma’qul haroratda tayyor ona suti qand va yog‘ni o‘z ichiga olganligi bois, miya rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Bundan tashqari undagi kaltsiy kabi elementlar chaqaloq suyaklarining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
Sut deb atalsa-da, bu mo‘‘jizaviy birikmaning aksariyat qismi aslida suvdan tashkil topadi. Bu juda muhim xossa demakdir, chunki ovqatga qo‘shimcha ravishda, chaqaloqlar suv shaklidagi suyuqlikka ham ehtiyoj sezishadi. Suv yoki boshqa oziq-ovqatlarda ona sutidan ustunroq gigiena ta’minlangan emas. 90% dan kam bo‘lmagan suvdan iborat ona suti eng gigienik tarzda bolaning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.

Ona suti va aql

Ilmiy izlanishlar ko‘krak suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlarning aqliy rivojlanishi boshqa chaqaloqlarnikiga nis-batan yaxshiroq ekanligini tasdiqlaydi. Kentukki universiteti eksperti Jeyms U. Andersonning ko‘krak suti bilan oziklanuvchi va sun’iy oziq-lanuvchi chaqaloqlar o‘rtasidagi qiyosiy tahlili ko‘krak suti bilan oziqla-nadigan chaqaloqlarning aqliy rivojlanish darajasi boshqa chaqaloqlarga nisbatan 5 ball yuqoriroq ekanini isbotlaydi. Uning tadqiqoti natijasida shu narsa aniqlandiki, ona suti orqali 6 oygacha aqlga ijobiy ta’sir ko‘rsatiladi va 8 haftadan kam emizilgan bolalarda aqliy rivojlanish darajasi ijobiy tarafga o‘zgarmaydi.105

Qayd etilgan