Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338382 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 31 B


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 01:58:20

Onaning suti saraton kasalligiga qarshi kurashadimi?

Amalga oshirilgan barcha tadqiqotlarda ona suti chaqaloqlarni saraton kasalligidan himoya kilishi isbotlangan (bu haqida yuzlab maqolalar chop etilgan). Shunday bo‘lsa-da, uning mexanizmiga hali to‘liq tushunib yetilgani yo‘q Ona sutidagi oqsil labo-ratoriyalarda o‘stirilgan o‘simta hujayralarini, sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmasdan, o‘ldirgandan so‘ng, tadqiqotchilar juda katta potentsial imkoniyat paydo bo‘lganligini ma’lum qilishdi. Ona sutidagi bu mo‘‘jizaviy sir-asrorlarni oshkor qilgan tadqiqotchi guruhga Shvetsiyaning Land universitetidagi klinik immuniologiya professori Katarina Svanborg boshchilik qildi.106 Land universitetidagi bu guruh ona suti saraton kasalligining ko‘p shakllaridan himoya qila olishini mo‘‘jizaviy kashfiyot sifatida isbotlab berdi.
Dastavval, tadqiqotchilar yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan olingan ichak shilliq hujayralarini ona suti bilan davolashdi. Ular pnevmokokk bakteriyasi keltirib chiqaradigan kasallik, ya’ni zotiljam ona suti bilan samarali to‘xtatilganligini kuzatishdi. Bundan tashqari, ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlarda sun’iy oziqlanadigan chaqaloqlarga qaraganda ancha kamroq eshitish qobiliyatining sustligi uchraydi va ular nafas olish yo‘llari infektsiyalaridan kamroq azob chekadilar. Qator izlanishlardan so‘ng ona suti saraton kasalligiga qarshi himoyani ham ta’minlashi isbotlandi. Bolalikda kuzatiladigan limfa saratoni kasalligi sun’iy oziqlanadigan bolalarda 9 martagacha ko‘proq uchrashi isbotlangandan so‘ng tadqiqotchilar shu natija saraton kasalligining boshqa shakllari uchun ham bir xil bo‘lganligini sezib qolishdi. Natijalarga ko‘ra, onaning suti saraton hujayralariga qulaygina joylashib olib, keyinchalik ularni bartaraf qiladi. Saraton hujayralariga joylashib, ularni o‘ldiradigan modda alfalak (alfalaktalbumin) bo‘lib, u ona sutida ko‘p miqdorda uchraydi. Alfalak sutdagi qand laktozaning ishlab chiqilishida yordam beruvchi oqsillar tomonidan hosil qilinadi.107

Bu betakror ne’mat Allohning tuhfasidir

Ona sutining boshqa bir mo‘‘jizaviy fazilati u bilan ikki yil oziqlanadigan chaqaloq uchun uning nihoyatda foydaliligidir.108 Fan orqali yaqinda kashf qilingan bu muhim ma’lumot 14 asr ilgari Alloh tomonidan oyatda «Onalar bolalarini to‘la ikki yil emizadilar. (Bu muddat) emizishni kamoliga yetkazishni istovchilar uchundir ...» («Baqara» surasi, 23-oyat) deb vahiy qilingan edi.
Onaning tanasidan ovqatlanishga muhtoj norasida go‘dak uchun eng ma’qul ozuqa manbai bo‘lmish sutni ishlab chiqarish onaning ixtiyorida emas va u sut tarkibidagi turli ozuqaviy darajalarni belgilab berishga qodir ham emas. Har bir jonzotning ehtiyojini bilguvchi va ularga behad mehribonlik ko‘rsatguvchi hamda onaning tanasida bola uchun ona sutini yaratib qo‘ygan Zot hamma narsaga Qodir Allohning O’zidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:03:38

BARMOQ IZIDA YASHIRINGAN SHAXSIYAT

Qur’onda insonni qayta tiriltirish Alloh uchun oson ekanligi ta’kidlanishi bilan bir qatorda, odamlarning barmoq izlariga ham alohida urg‘u berilgan:
Yo‘q! Biz uning barmoq uchlarigacha to‘liq tartib bilan yig‘ib qo‘yishga qodirmiz. («Qiyomat» surasi, 4-oyat)
Barmoq izlariga berilgan urg‘uning o‘ziga xos ma’nosi bor. Chunki har bir kishining barmoq izidagi shakllar va kichik detallar har bir shaxs uchun yagonadir. Nafas olib turgan har bir inson yoki bu olamda yashab o‘tgan insonlar takrorlanmas barmoq izlari to‘plamiga egadirlar. Bundan tashqari, hatto bir xil DNK ketma-ketligiga ega bo‘lgan o‘xshash egizaklar ham o‘zlarining alohida barmoq izlari to‘plamiga ega.109
Barmoq izlari tug‘ilishdan oldin yakuniy shaklga kiradi va umr bo‘yi, agar doimiy chandiq orttirilmasa, o‘zgarmasdan qoladi. Shu bois, o‘z egalariga yagona bo‘lgan barmoq izlari shaxsiyatni juda ham to‘g‘ri tasdiqlovchi dalil sifatida qabul qilinadi. Barmoq izlari ilmidan shaxsni xatosiz aniqlash uslubi sifatida foydalaniladi.
 

Har bir kishi, shu jumladan, o‘xshash egizaklar ham, alohida barmoq izlariga ega. Boshqacha qilib aytganda, odamlarning barmoq uchlarida ularning shaxsiy ma’lumotlari kodlangan bo‘ladi. Bunday kodlash tizimi bugungi kunda ishlatiladigan shtrixkod tizimi bilan taqqoslanishi mumkin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:16:19


Barmoq izlarining bu fazilati faqatgina XIX asrning oxirlarida kashf qilinganligi alohida ahamiyat kasb etadi. Undan oldin, barmoq izlari hech qanday ahamiyatsiz yoki ma’nosiz oddiy egri chiziqlar deb tushunilar edi. Ammo Qur’onda, Alloh o‘sha paytda hech kim e’tibor qilmagan barmoq uchlari haqida bizni ogoh qilgan va bizning diqqatimizni ularning muhimligiga jalb qilgan. Bu muhimlik faqat hozirgi kunga kelib to‘liq anglab yetildi.


Barmoq izlari vositasida shaxsni aniqlash usulining qonunga muvofiqligi keyingi yigirma besh yil ichida ko‘plab politsiya mahkamalari tomonidan tasdiqlangan va u qonuniy isbotlangan uslubdir. Bizning davrimizdagi shaxsni aniqlovchi hech bir texnologiya barmoq izlaridek bunday samarali natijalarni bermaydi. Shaxsni tasdiqlash uchun barmoq izlaridan foydalanish keyingi 100 yil ichida qonuniy jarayonlarda va xalqaro e’tiborga molik jarayonlarda qo‘llanib kelinmoqda. («Barmoq izi nima o‘zi?», www.ridgesand-furrows.homestead.com/ fingerprint.html)


AndreA. Moensen so‘zining «Fingerprint Techniques» (Barmoq izi usullari) nomli kitobida har bir shaxs yagona barmoq izlari to‘plamiga ega ekanligini tahlil qiladi: «... shu paytgacha turli barmoqlardan olingan ikki barmoq izining bir-biriga aniq mos tushganlik hodisasiga biror marta ham duch kelinmagan.» (Andre A. Moensens, «Barmoq izini tanish «fan»mi?», www.forensicevidence.com/site/ID/ID00004_2.html#ID1)

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:18:35

URG’OCHI ASALARI

(Ey, Muhammad!) Rabbingiz asalarilarga vahiy (buyruq) qildi: «Tog‘larga, daraxtlarga va (odamlar) barpo qiladigan narsalarga in quringiz. So‘ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoringiz (siz uchun) qulay qilib qo‘ygan yo‘llardan yuringiz!» Ularning qorinlaridan odamlar uchun shifo bo‘lgan turli rangdagi sharbat (asal) chiqur. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavm uchun alomat bordir.» («Nahl» surasi, 68-69-oyatlar)
Asalari to‘dalaridagi ko‘plab arilarning har biri uchun alohida vazifa tayinlangan bo‘lib, erkak asalari bundan mustasnodir. Erkak asalarilar na uyani himoya qilish va na uni tozalash, na ovqat to‘plash va na asal uchun in yasash va na asal qilishda o‘z hissasini qo‘shadi. Erkak asalarilarning uyadagi birdan-bir vazifasi ona arini urug‘-lantirishdan iborat.110 Reproduktiv a’zolardan tashqari, erkak asalarilar boshqa arilarda bo‘lgan xususiyatlardan deyarli birortasiga ham ega emas va shuning uchun ham ular ona asalarilarni urug‘lantirishdan boshqa biror ishni bajarishi mumkin emas.
Ishchi asalarilar to‘daning butun og‘irligini o‘z bo‘yniga oladilar. Ular xuddi ona aridek urg‘ochi bo‘lsalar-da, ularning tuxumdonlari yetilmaydi. Bu esa ularni bepushtlik holatida saqlab turadi. Ularning ado etadigan bir qator yumushlari mavjud: uyani tozalash, lichinkalar va yosh arilarni boqish, ona ari va erkak asalarilarni oziqlantirish, asal yetishtirish, asal uchun in qurish va uni ta’mirlash, uyani shamollatish va uning xavfsizligini ta’minlash, nektar, gulchang, suv va yelim kabi zaxiralarni to‘plash va ularni uyada g‘amlash.
Arabchada fe’llarning ikki xil ishlatilishi kuzatiladi. Ularning ishlatilishiga qarab, eganing ayol yoki erkak ekanligini aniqlash mumkin. Darhaqiqat, yuqoridagi oyatlarda asalarilar uchun ishlatilgan (og‘ma yozuvli so‘zlar) fe’llar ayollar uchun ishla-tiladigan fe’l shaklida qo‘llanilgan. Qur’on bu orqali asal qi-lishda mehnat qiladigan asalarilarning urg‘ochi ekanligini ta’kidlamoqda.111
Biz shu narsani unutmasligimiz kerakki, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) davrida asalarilar haqidagi bu haqiqatni bilib olish amrimahol edi. Biroq Alloh bu haqiqatni ta’kidlab, Qur’onning boshqa bir mo‘‘jizasini bizga namoyon qildi.


Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:18:53

ASALDAGI MO’JIZA

(Ey, Muhammad!) Rabbingiz asalarilarga vahiy (buyruq) qildi: «Tog‘larga, daraxtlarga va (odamlar) barpo qiladigan narsalarga in quringiz. So‘ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoringiz (siz uchun) qulay qilib qo‘ygan yo‘llardan yuringiz!» Ularning qorinlaridan odamlar uchun shifo bo‘lgan turli rangdagi sharbat (asal) chiqur. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavm uchun alomat bordir.» («Nahl» surasi, 68-69-oyatlar)

Yuqoridagi oyatlarda qayd etilganidek, asal «odamlar uchun shifo»dir. Butungi kunda dunyoning ilmiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarida asalarichilik va asal mahsulotlari tadqiqotning yangi qirralariga asos soldi. Asal keltiradigan foydalar quyidagicha ta’riflanishi mumkin:
Oson hazm qilinadi: Asaldagi qand molekulalari boshqa qandlarga (m-n., fruktozadan glyukozaga) aylana olishi sababli, u o‘zining yuqori kislotali tarkibiga qaramasdan har qanaqa me’dada oson hazm qilinadi. U buyrak va ichaklarning yaxshiroq faoliyat ko‘rsatishiga yordam beradi.
Qon orqali tez tarqaladi; tez quvvat olish manbai: Asal ustidan yumshoq suv qabul qilinganda, asal qon oqimiga yetti daqiqada tarqaladi. Uning erkin qand molekulalari miya faoliyatini yaxshilaydi, chunki miya qandni eng ko‘p iste’mol kiluvchi a’zodir. Asal glyukoza va fruktoza kabi qandlarning tabiiy birikmasidir. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, qandlarning yagona aralashmasi charchoqni ketkazish va yengil harakatni oshirish uchun eng samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Qon hosil bo‘lishini ta’minlaydi: Asal qon hosil qilish uchun tana tomonidan talab etiladigan energiyaning eng muhim qismini ta’minlaydi. Bundan tashqari, u qonni tozalashda yordam beradi. U qon aylanishini tartibga solish va osonlashtirishda ba’zi ijobiy ta’sirlarga ega. Shuningdek, u qon tomiri kapillyar muammolari va arteriosklerozga qarshi himoya vazifasini ham bajaradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:19:04

Bakteriyalarga o‘rin qoldirmaydi: Asalning bakteritsid (bakteriyani o‘ldiruvchi) xossasi «daf qilish effekti» bo‘lib, bu antimikrobik xususiyat bir necha ilmiy asoslar bilan asoslanadi. Masalan: mikroorganizmlarning ko‘payishi uchun kerak bo‘ladigan suv miqdorini cheklovchi yuqori qandli tarkib, bakteriyalarning ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan azotdan ularni mahrum kiluvchi yuqori kislotalilik (kichik pH) va birikma, vodorod peroksid hamda antioksidlovchilarning asalda mavjudligi bakteriya ko‘payishining oldinioladi.
Antioksidlovchi: Sog‘lom hayot kechirishni xohlagan har bir kishi antioksidlovchilar iste’mol qilishi shart. Bular hujayralardagi tarkibiy qismlar bo‘lib, normal metabolik funktsiyalarning zararli qo‘shimcha moddalarini bartaraf qiladi. Bu elementlar ovqatning aynishi va ko‘plab surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradigan buzuvchi kimyoviy reaktsiyalarga barham beradi. Tadqiqotchilarning fikricha, antioksidlovchilarga boy oziq-ovqat mahsulotlari yurak muammolari va saraton kasalligining oldini olishi mumkin. Asal tarkibida pinosembrin, pinobaxin, krizin va galagin kabi kuchli antioksidlovchilar mavjud. Pinosembrin antioksidlovchi faqat asalda mavjud, xolos.112
Vitamin va minerallar deposi: Asal glyukoza va fruktoza kabi qandlar hamda magniy, kaliy, kaltsiy, natriy xlor, oltingugurt, temir va fosfat kabi minerallardan tarkib topgan. U V1, V2, S, V6, V5 va V3 vitaminlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularning barchasi nektar va gulchanglarning sifatiga qarab o‘zgaradi. Yuqoridagilardan tashqari, asalda oz miqdorda bo‘lsa-da mis, yod va rux elementlari ham bor.
Asalning bakteriya hamda yallig‘lanishga qarshi xossalari klinik kuzatuvlar va izlanishlar natijasida aniqlandi. Asal kasallikdagi infektsiya va o‘lik hujayralarni og‘riqsiz tozalashda va yangi to‘qimalarning rivojlanishida nihoyatda foydalidir. Asaldan dori sifatida foydalanish eng qadimgi yozuvlarda ham qayd etilgan. Hozirgi kunda, shifokor va olimlar asalning jarohatlarni davolashdagi samaradorliligini qayta kashf qilishmoqda. So‘nggi 20 yil ichida asalni tadqiq qilgan yetakchi olim, Yangi Zelandiyadagi Uaykato universitetining biokimyo sohasi professori Doktor Piter Molan asalning antimikrobik xususiyati haqida shunday deydi: «O’tkazilgan tajribalar shu narsani ko‘rsatdiki, shifoxonlarda kuygan joyni davolash uchun eng ko‘p ishlatiladigan antibakterial malham, kumushli sulfadiazinga qaraganda asal kuygan yaralarga infektsiya tushirmasligi bilan eng foydalidir.» («Infektsiya tushgan jarohatlarga qarshi asal», www.apitherapy.com/honeysk.html)

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:19:14

Asal jarohatlarni davolashda ishlatiladi:
-   Asal havodan namlikni tortib olish qobiliyatiga egaligi tufayli sog‘ayish jarayonini osonlashtiradi va chandiq hosil bo‘lishining oldini oladi. Bunga sabab, asal sog‘aygan jarohat ustida yangi teri qoplamini paydo qiladigan epitelial hujayralarning o‘sishini tezlashtiradi. Shu yo‘sinda, hatto katta jarohatlarda ham asal to‘qima ko‘chirib o‘tkazish zaruriyatiga hojat qoldirmaydi.
-   Asal sog‘ayish jarayonida ishtirok etadigan to‘qimaning qayta o‘sishini tezlashtiradi. U yangi qon kapillyarlarining shakllani-shini va teridagi chuqurroq qatlamning biriktiruvchi to‘qimalari o‘rnini egallaydigan fibroblastlarning o‘sishini tezlashtiradi hamda tuzalishga kuch beradigan kollagen tolalarini ishlab chiqaradi.
-   Asal yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lib, jarohat atrofidagi shishni kamaytiradi. Bu qon aylanishini yaxshilaydi va shu tarzda sog‘ayish jarayonini tezlatadi. U og‘riqni ham kamaytiradi.
-   Asal jarohatdagi to‘qimalarga yopishib qolmaydi, demak, jarohatdagi bog‘lam o‘zgartirilganda endigina paydo bo‘lgan to‘qima yulib olinmaydi va og‘riq bo‘lmaydi.
-   Nur bilan qilingan muolaja natijasida bemorlarda paydo bo‘ladigan jarohat yoki chandiq ustidan asalni bog‘lash juda yaxshi foydaberadi.113
-   Yuqorida qayd etilganidek, asalning antimikrobik xususiyati tufayli u yaralarga infektsiya tushishining oldini oluvchi himoya to‘sig‘ini hosil qiladi. Shuningdek, u jarohatlardan infektsiyalarni tez tozalaydi. Asal bakteriyaning antibiotikka chidamli turlariga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Antiseptik moddalar va antibiotiklarga aksincha, jarohat to‘qimalariga qulay ta’sir ko‘rsatadi va sog‘ayish jarayonini yomonlashtirmaydi.114
Bu ma’lumotlardan asalning ko‘plab «sog‘aytiruvchanlik» xususiyatlariga ega ekanligi ko‘rinib turibdi. Bu shubhasiz, Qudratda Tanho Alloh vahiy qilgan Qur’onning mo‘‘jizalaridan biridir. Asaldagi ozuqaviy qimmatning tahlilini keyingi sahifada berilgan jadvaldan ko‘rishingiz mumkin:
2000 yil, 10-13 sentyabr kunlari Melburnda o‘gkazilgan «Jarohatni tuzatish bo‘yicha birinchijahon kongressi» asalning jarohatni tuzatishda qo‘llanilishini muhokama qildi. Kongress davomida quyidagicha fikrlar bildirildi: Antibiotiklarga o‘ta chidamli bakteriyalar bilan infektsiyalangan jarohatlar uchun davo topish maqsadida ko‘plab antibakterial moddalar o‘rganib chiqilmoqda, chunki bu katta klinik muammoga aylanmoqda. Lekin ko‘pchilik tabiiy moddalarning infektsiya tushgan jarohatlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatishi isbotlanmagan yoki ularning jarohat to‘qimalariga yomon ta’sir ko‘rsatganligi to‘g‘risida ham ma’lumotlar yo‘q. Asal o‘zgacha, chunki uning jarohatni bog‘lashda 4000 yildan buyon ishlatilishi haqida juda qimmatli ma’lumotlar bor ... Asalda kuchli antibakterial ta’sir mavjud va jarohatga tushgan infektsiyani tozalash hamda yaralarni infektsiya tushishdan asrashda uning samarasi juda katta.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:20:41


XURMO VA UNING QUR’ONDA AYTILGANIDEK ISTE’MOL QILINISHI

Qator oyatlarda xurmo jannatning ne’matlaridan biri sifatida ulug‘lanadi. («Ar-Rahmon» surasi, 68-oyat.) Bu meva tekshirib ko‘rilganda, uning juda ko‘p muhim xususiyatlari borligi ko‘rinadi. Eng qadimgi o‘simlik turlaridan biri bo‘lgan xurmo bugungi kunda nafaqat o‘zining xushta’mligi, balki ozuqaviy xususiyatlari bilan ham hurmatga sazovor mevadir. Xurmoning ijobiy xususiyatlari kun sayin kashf qilinmoqda va u dori hamda ovqat sifatida ishlatilmoqda. Xurmoning bu xususiyatlari «Maryam» surasida shunday qayd qilingan:
Bas, to‘lg‘oq dardi uni bir xurmo daraxti tubiga olib bordi va u (Maryam) dedi: «Qani edi, mana shundan (tug‘ishdan) oldin o‘lib, butunlay unutilib ketsam.» Shunda uning (Maryamning) ostidan (Jabroil) nido qildi: «G’amgin bo‘lma, Rabbing (oyoq) ostingdan bir ariq oqizib qo‘ydi. (Mana shu qurib qolgan) xurmo shoxini silkitgin, u senga yangi, pishgan xurmo mevalarini to‘ksin! Bas, yeb-ichgin va shod bo‘lgin! ...» («Maryam» surasi, 23-26-oyatlar)
Allohning Maryamga bu mevani yeyishni tavsiya qilishida buyuk donolik yotadi. Xurmo homilador va endigina ko‘zi yorigan ayollar uchun a’lo darajadagi sifatli ovqatdir. Bu keng e’tirof etilgan ilmiy haqiqatdir. Maryamga o‘zining ko‘zi yorishi oson kechsin uchun buning mohiyatini tushunish uqtiriladi. Xurmo barcha mevalar ichida eng yuqori qand miqdoriga (60-65%) ega mevalardan biri hisoblanadi. Shifokorlar ayollarning ko‘zi yorigan kunda ularga meva qandini o‘z ichiga olgan ovqat berilishi kerakligini tavsiya qilishadi. Bundan maqsad onaning zaiflashib qolgan tanasiga quvvat berish va uni qayta jonlantirish shu bilan bir vaqtda, sut gormonlariga stimul berish hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqqa muhim bo‘lgan ona suti miqdorini ko‘paytirishdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:20:56

Bundan tashqari, tug‘ish davomidagi qon yo‘qotish tanadagi qand miqdorining pasayib ketishiga olib keladi. Xurmo tanaga qand kiritishi va qon bosimi tushib ketishining oldini olishi nuqtai nazaridan juda ahamiyatlidir. Uning yuqori kaloriya qimmati kasallik yoki o‘ta charchaganlik natijasida zaiflashib qolgan odamlarga quvvat baxsh etadi.
Bu dalillar quvvat baxshida etuvchi, ayolni tetiklashtiruvchi, chaqaloq uchun yagona ovqat bo‘lgan sutning kelishini ta’minlovchi xurmoning Alloh tomonidan Maryamga tavsiya etilishi zamirida yotgan buyuk donolikka aniqlik kiritadi. Misol uchun, xurmo tanani sog‘lom va baquvvat ushlab turishi uchun kerak bo‘ladigan 10 dan ko‘p eng muhim elementlarni o‘z ichiga oladi. Zamonamiz olimlarining ma’lum qilishicha, insonlar xurmo va suvdan boshqa hech narsa iste’mol qilmasdan turib ham ko‘p yashashlari mumkin.115 Bu sohada taniqli ekspert V. H. U. Dousonning aytishicha, bir dona xurmo va bir stakan sut kishining kunlik ozuqaga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yetarli ekan.116
Xurmoda mavjud bo‘lgan oksitotsin moddasi zamonaviy tibbiyotda tug‘ishni tezlatish uchun ishlatiladi. Aslini olganda, oksitotsin «tez tug‘ish» degan ma’noni anglatadi. Shuningdek, bu moddaning tug‘ishdan so‘ng ona suti miqdorini ko‘paytirishi ham ma’lum.117
Oksitotsin aslida gipofiz bezidan chiqadigan gormon bo‘lib, u to‘lg‘oq tutish davrida bachadonning qisqarishini tezlashtiradi. Tug‘ishdan oldin tanada ko‘rilgan barcha tayyorgarliklar shu gormon tufayli sodir bo‘ladi. Gormonning ta’sirlari ona bachadonini tashkil etuvchi mushaklarda va ona sutining ajralib chiqishini ta’minlaydigan mushaklardagi hujayralarda bilinishi mumkin. Tug‘ish vaqtida bachadonning yaxshiroq qisqarishi juda muhim. Oksitotsin bachadonni tashkil etuvchi mushaklarning juda kuchli tarzda qisqarishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, oksitotsin ona sutining ajralishini ham boshlab beradi. Xurmoning bu xususiyati, ya’ni u oksitotsinni o‘z ichiga olishining o‘zi Qur’on Allohning vahiysi ekanligidan darak beruvchi muhim dalildir. Xurmo kelti-radigan manfaatlarning tibbiyot tomonidan aniqlanishi yaqin-dagina amalga oshirildi. Biroq Allohning Maryamga xurmolarni yeyishi kerakligi to‘g‘risidagi vahiysi 14 asr ilgari Qur’onda nazil qilingan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:22:03

Xurmo tanaga faol harakat va issiq energiya baxsh etuvchi qandning bir turini ham o‘z ichiga oladi. Bu qand turi tanada osongina parchalanadi. Bundan tashqari, bu qand qondagi qand miqdorini birdan ko‘taradigan glyukoza emas, balki meva qand fruktozasidir. Qandli diabetda qondagi qand miqdorining birdan ko‘tarilishi ko‘pchilik a’zolar va tizimlarga, ayniqsa, ko‘zlar, buyraklar, yurak va qon aylanishi tizimi hamda asab tizimiga zarar yetkazadigan ta’sirlarga ega. Qondagi qand miqdorining yuqoriligi ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi, yurak xurujlari va buyrak nosozligi kabi kasalliklarning asosiy sababchilaridan biridir.
 

Xurmo juda ko‘p vitamin va mineral moddalarni o‘z ichiga oladi. Ular tola, yog‘ va oqsillarga juda boy. Shuningdek, ular natriy, kaliy, kaltsiy, magniy, temir, oltingugurt, fosfor va xlor hamda A, beta-karotin, V1, V2, V3 va V5 vitaminlarni ham o‘z tarkibiga oladi. Xurmo tarkibidagi vitaminlar va minerallarning normal inson tanasi uchun va ayniqsa, homiladorlik paytidagi foydali tomonlari quyidagicha umumlashtirilishi mumkin:
"¢   Xurmoning ozuqaviy qimmati uning tarkibidagi mineral moddalarning to‘g‘ri taqsimlanishi bilan bog‘liq Xurmo tarkibida homilador ayollar uchun katta ahamiyatga ega fol kislota va V vitamini ham mavjud. Fol kislota (V9) yangi qon hujayralari va aminokislotaning hosil bo‘lishida, tananing strukturaviy tuzilishida va hujayralarning yangilanishida muhim vazifalarni bajaradi. Homiladorlik davrida fol kislotaga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada o‘sadi, ya’ni kundalik talab ikki marta ko‘payadi. Fol kislota miqdori yetarli bo‘lmaganda qizil qon tanachalari odatdagidan ko‘proq bo‘ladi, lekin past funktsional ko‘rinishda, kamqonlik belgilari bilan birga uchraydi. Fol kislota hujayra bo‘linishida va hujayraning genetik strukturasi shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Xurmo fol kislotaga o‘ta boy meva hisob-lanadi.

Qayd etilgan