Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 227189 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 31 B


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:32:27

Miya va asab sistemasining sog‘lom faoliyati uchun foydalari

Juda ko‘p izlanishlarda miya va nervlarning sog‘lom ishlashi uchun omega-3 yog‘ kislotalarining ta’siri aniqlangan. Bundan tashqari, baliq yog‘ining quvvati ruhiy tushkunlik va shizofreniya (ruhiy kasallikning bir turi) alomatlarini kamaytirishi hamda xotiraning yo‘qolishiga sabab bo‘ladigan va kundalik faoliyatlarga xalal beradigan miya kasalligining oldini olishi mumkinligi isbotlangan. Misol uchun, ruhiy tushkunlikdan azob chekayotgan va 12 hafta mobaynida omega-3 yog‘ kislotasidan 1 gramm (0,035 untsiya) qabul qilgan shaxslarda bezovtalik, stress va uyqusizlik kabi muammolarning kamayishi kuzatilgan.136

Yallig‘lanishga qarshi va immun sistemasini kuchaytirishdagi foydalari
Omega-3 yog‘ kislotalari yallig‘lanishga qarshi (infektsiyaning oldini olish) funktsiyaga ega. Shu bois, omega-3 quyidagi kasal-liklarda qo‘llanilishi mumkin:137
♦   Revmatik poliartrit (revmatizmga bog‘liq bo‘lgan bo‘g‘imning yallig‘lanishi).
♦   Osteoartrit (suyak va bo‘g‘imning yallig‘lanishi oqibatida bo‘g‘im faoliyatining yo‘qolishi).
♦   Yarali kolit (yo‘g‘on ichakning yarali yallig‘lanishi).
♦   Teri sili (terida dog‘ keltirib chiqaradigan kasallik).
U mielin (nerv hujayralarini o‘rab turadigan material)ni ham himoya qiladi. Shuning uchun u quyidagilarni davolashda ishlatiladi:
"¢   Glaukoma (ko‘z soqqasi ichidagi yuqori bosimdan kelib chiqadigan kasallik, bu hatto ko‘zi ojizlikka ham sabab bo‘lishi mumkin).
♦   Parishonxotirlik sklerozi (miya va orqa miyadagi to‘qimalarning qattiqlashishidan kelib chiqadigan jiddiy kuchayib boruvchi kasallik).
♦   Osteoporoz (suyakning tarkibiy zaiflikka sabab bo‘luvchi kasalligi).
Qandli diabet kasalligiga yo‘liqqan bemorlar.
Shu jumladan, u quyidagilar uchun ham foydali ekanligi qayd etilgan:
♦   Migren bilan og‘riydigan bemorlar.
♦   Anoreksiya (ovqatlanishga ishtahaning bo‘lmasligi).
♦   Kuygan joylar.
♦   Teri salomatligiga doir muammolar.
Yana shunday keng qamrovli dalillar ham borki, omega-3 yog‘ kislotalariga boy baliqni ko‘p iste’mol qiladigan Grenlandiya eskimoslari va Yaponiya aholisida yurak va arteriya kasalligi, astma hamda psoriazdan azob chekish holatlari juda kam uchraydi. Baliq shuning uchun ham davolashning bir turi sifatida tavsiya etiladi va ayniqsa, parhezshunoslar baliqni uning yurak tomirlari salomatligi uchun isbotlangan foydalaridan kelib chiqib tavsiya etishadi.
Biz yuqorida aytib o‘tgan foydalar soni kun-sayin ortib bormoqda. Baliqning soglikka keltiradigan foydalari yaxshi jihozlangan ilmiy laboratoriyalarda ishlayotgan juda ko‘p olimlar tomonidan faqat yaqindagina kashf kilinishiga imkoniyat tug‘ildi. Bunday bebaho oziqlanish manbaining Qur’onda qayd etilishi, ayniqsa, «Kahf» surasida uning charchoqni ketkazish sifatida ta’riflanganligi hayratlanarli mo‘‘jizadir. Baliq keltiradigan barcha foydalar Parvardigorimizning bizga bergan buyuk ne’matidir. Barcha oziq-ovqatlardagi kabi, baliqdagi a’lo darajali tuzilmani bizning foydamiz uchun yaratib qo‘ygan zot - Alloh, butun Olamlar Sarvaridir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:32:51

CHO’CHQA (GO’SHTI) VA UNING SOG’LIKKA ZARARI

U sizlarga o‘limtik, qon, cho‘chqa go‘shti va Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan narsalarni (iste’mol qilishni qat’iy) harom qildi. Ammo zulmkor va tajovuzkor bo‘lmagan holda, zaruratan, majbur bo‘lsa (ochlik tangligi yuzasidan tanovul qilsa), unga gunoh yo‘qdir. Darhaqiqat, Alloh kechirimli va rahmlidir. («Baqara» surasi, 173-oyat)

Cho‘chqa go‘shtini yeyish ko‘p sabablarga ko‘ra sog‘lik uchun zararlidir. Barcha ehtiyot choralari ko‘rilishiga qaramasdan bu zarar bugungi kunda hanuz davom etmoqda. Eng avvalo, cho‘chqa yetishtiriladigan ferma va muhit qanchalik toza bo‘lmasin, u tabiatan toza yasha-maydigan hayvon hisoblanadi. U o‘z axlati bilan qorishib, hatto uni yeydi ham. Bundan tashqari biologik tuzilishi jihatdan cho‘chqa o‘z tanasida boshqa hayvonlarga nisbatan ko‘p miqdorda antijismlar ishlab chiqaradi. Cho‘chqada yana boshqa hayvonlar va insonlarga qaraganda ko‘proq miqdorda o‘stiruvchi gormonlar ham ishlab chiqiladi. Tabiiyki, ko‘p miqdordagi bu antijismlar va o‘stiruvchi gormonlar cho‘chqa mushak to‘qimalariga o‘tib, u yerda to‘planadi. Cho‘chqa go‘shtida ko‘p miqdorda xolesterin va lipidlar ham mavjuddir. Cho‘chqa go‘shtida serob bo‘lgan antijismlar, gormonlar, xolesterin va lipidlar inson sog‘ligiga jiddiy tahdid solishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
Cho‘chqa go‘shtini juda ko‘p iste’mol qiladigan AQSh va Germaniya kabi mamlakatlarning aholisi ichida o‘ta semiz odamlarning soni o‘rta hisobdagi me’yordan ko‘pni tashkil etishi hammaga ma’lum. Cho‘chqa go‘shtini ko‘p iste’mol qilish natijasida inson tanasi ortiqcha miqdordagi o‘stiruvchi gormon qabul qiladi va u, avvalo, juda semirib ketadi, so‘ng esa jismoniy shaklining o‘zgarib ketganligidan azob chekadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:33:43

Cho‘chqa go‘shtidagi zararli hususiyatlardan yana biri trixina qurtidir. Bu qurt cho‘chqa go‘shtida tez-tez uchrab turadi. U inson tanasiga kirgandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurak mushaklariga o‘rnashib oladi hamda xatarli tahtsid soladi. Bugungi kunda trixina bilan kasallangan cho‘chqalarni texnik jihatdan aniqlash mumkin, ammo bunday usullar o‘tgan asrlarda ma’lum emas edi. Bu shundan dalolat beradiki, kimki o‘sha paytda cho‘chqa go‘shtini iste’mol kilgan bo‘lsa, o‘zini trixina yuqtirish va o‘lim xavfi ostiga qo‘ygan.
Bu sabablarning barchasi Parvardigorimiz tomonidan cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilishning taqiqlanishi zamirida yotgan hikmatlardan bir misoldir. Jumladan, Parvardigorimizning bu amri har qanday vaziyatda ham bizni cho‘chqaning zararli ta’sirlaridan to‘liq himoya bilan ta’minlaydi.
XX asrgacha cho‘chqa go‘shtining inson sog‘ligiga keltiradigan xavfidan xabardor bo‘lishning imkoni yo‘q edi. Zamonaviy tibbiy jihozlar va biologik testlar orqali kashf qilingan bu zarar haqida 14 asr muqaddam nozil qilingan Qur’onning ogohlantirishi, Qur’on hamma narsani bilguvchi zot - Allohning vahiysi ekanligini ko‘rsatuvchi mo‘‘jizalardan biridir. Hozirgi kunda cho‘chqa yetishtirishda ko‘riladigan barcha ehtiyot choralari va tekshiruvlarga qaramasdan, cho‘chqa go‘shtining inson tanasiga fiziologik jihatdan to‘g‘ri kelmasligi va uning inson salomatligi uchun zararli ekanligi o‘zgarmasdan qolgan.
 

Rasmda trixina qurti ko‘rsatilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:40:03

ZAYTUN: SHIFOBAXSH O’SIMLIK

Qur’onda e’tibor qaratilgan oziq-ovqatlardan yana biri zaytun mevasidir. Keyingi yillardagi tadqiqotlar zaytun mevasi nafaqat yoqimli taom, balki yaxshi sog‘lik manbai ham ekanligini aniqladi. Zaytun mevasiga qo‘shimcha ravishda, zaytun moyi ham muhim ozuqa manbaidir. Qur’onda zaytun daraxtining moyiga e’tibor quyidagicha qaratiladi:
Alloh osmonlar va Yerning «nuri»dir. Nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo bir durdan yaralgan yulduzga o‘xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g‘arbiy bo‘lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligidan), garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir. (Mazkurlar qo‘shilganda esa), nur ustiga nur (bo‘lur). Alloh o‘zining (bu) nuriga o‘zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) misollarni keltirur. Alloh barcha narsani biluvchidir. («Nur» surasi, 35-oyat)
Yuqoridagi oyatda berilgan «mubaarokatin zaytuunatin» ifodasi zaytunning «serob, tabarruk, yaxshi, behisob boylik ulashuvchi» ekanligini bildiradi. «Zaytuhaa» so‘zida ko‘zda tutilgan zaytun moyi olimlar tomonidan, ayniqsa, yurak tomirlari va arterial sog‘lik uchun tavsiya etiladigan yog‘ turlaridan biri sifatida e’tirof etilgan. Uning sog‘likka keltiradigan foydalari quyidagicha umumlashtirilishi mumkin:

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:41:20

Yurak tomirlari va arterial sog‘lik uchun foydalari

Zaytun mevasi va zaytun moyidagi ayrim yog‘ kislotalari mono-to‘yinmagan hisoblanadi. Mono to‘yinmagan yog‘ kislotalari tarkibida xolesterin bo‘lmaydi. Shu sababli zaytun moyi xolesterin miqdorini oshirmaydi, balki uni nazorat ostida saqlab turadi. Zaytun moyi tarkibida inson tanasi uchun muhim bo‘lgan omega-6 linoleik kislotasi ham mavjud. Mana shu xususiyati tufayli sog‘lik muammolari bilan shug‘ullanuvchi (Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti kabi) tashkilotlar aholisi arteriya qon tomirlari aterosklerozi va qandli diabet kasalligi bilan ko‘p og‘rigan davlatlarda iste’mol qilinadigan yog‘ kislotalarning kamida 30% i omega-6 dan iborat bo‘lishi kerakligini tavsiya qiladi. Bu zaytunning ahamiyatini yanada ko‘proq oshiradi.138


Bu sohada olib borilgan izlanipshar bir hafta davomida kuniga 25 millilitr (taxminan ikki choy qoshiq) tabiiy zaytun moyi iste’mol qilgan odamlarda kam miqdorda zichligi kichik lipo-protein (yomon xolesterin) va ko‘p miqdorda antioksidlovchi mavjud bo‘lishini aniqladi.139 Antioksidlovchilar tanadagi erkin radi-kallar deb nomlanadigan zararli moddalarni neytrallash va hujayra buzilishining oldini olishi sababli juda muhimdir. Ko‘plab izlanishlarda yana shu narsa aniqlandiki, zaytun moyini iste’mol qilish xolesterin miqdorini kamaytiradi va yurak kasalligining oldini oladi.140
Zaytun moyi qon oqimidagi zararli xolesterin (zichligi kichik lipoprotein) miqdorini kamaytirishi va foydali xolesterin (zichligi yuqori lipoprotein) miqdorini ko‘paytirishi bois u yurak hamda arteriya qon tomir kasalliklari bilan og‘riydigan bemorlarga ham tavsiya etiladi.141 Yurak va arteriya qon tomir kasalliklari ko‘p uchraydigan mamlakatlarda odatda yuqori xolesterin tarkibli to‘yingan yog‘lar iste’mol qilinadi.
Bundan tashqari, zaytun moyi omega-6 ning omega-3 ga bo‘lgan nisbatiga zarar yetkazmaydi. Omega-3 va omega-6 larning tanada muayyan miqdorda bo‘lishi juda muhim, chunki bularning nisbatidagi har qanday nomutanosibliklar ko‘pgina kasalliklar, ayniqsa, yurak, immun sistemasi va saraton kasalliklarining rivoj-lanishiga sabab bo‘ladi.142 Shu sabablar tufayli ko‘pchilik odamlar zaytun moyi sharofati bilan o‘z salomatliklarini yaxshi ahvolda saqlab turishadi. Amerika Yurak salomatligi assotsiatsiyasi yurak xastaligi xavfini kamaytirish uchun ko‘p miqdordagi mono-to‘yinmagan yog‘lar 30% gacha yog‘i kamaytirilgan taomga muqobil bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.143

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:42:15

Saraton kasalligining oldini olishi

The Archives of Internal Medicine (Ichki tibbiyot arxivlari) nomli nashrda chop etilgan bir izlanish ko‘p miqdorda monoto‘yinmagan yog‘ iste’mol qiladigan ayollarda ko‘krak saratonining kamroq rivojlanish xavfi tug‘ilishi haqida yozadi.144 Buffalo universiteti hamda Nyu-York Davlat universiteti olimlari tomonidan olib borilgan boshqa bir izlanish esa zaytun moyi kabi o‘simlik moylarida topiladigan yog‘, ya’ni b-sitosterol, prostatada saraton hujayralari paydo bo‘lishining oldini olishda yordam berishini isbotladi. Tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdiki, b-sitosterol hujayralar bo‘linishiga buyruq beradigan hujayraning ichki aloqa tizimini kuchaytiradi va shu yo‘sinda hujayra bo‘linishi boshqarib bo‘lmas darajaga yetmasdan saraton kasalligining oldi olinishi mumkin. Oksford universitetida shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot zaytun moyi ichak saratoniga qarshi himoyaviy ta’sirga ega ekanligini ko‘rsatdi. Shifokorlar zaytun moyi ichak saratoni boshlanishining oldini olish uchun oshqozon kislotasi bilan reaktsiyaga kirishishini aniqladilar. Oksford universiteti tadqiqotchilari yana shu narsani aniqlashdiki, zaytun moyi safro miqdorini kamaytirib, diamin fermenti oksidazasining miqdorini ko‘paytiradi va shu tariqa organizmni nonormal hujayra o‘sishi hamda saratondan himoya qiladi145

Artritning oldini olishi

Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘p miqdorda zaytun moyi va pishirilgan sabzavot iste’mol qiladigan odamlarda revmatik poliartrit, bo‘g‘imlarning surunkali yallig‘lanishi kasalligiga chalinish xavfi kam bo‘lar ekan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:43:04

Zaytun moyi suyaklarning o‘sishiga yordam beradi

Zaytun moyi tarkibida mavjud bo‘lgan Ye, A, V, D va K vitaminlari kattalar va bolalarda suyaklarning o‘sib rivojlanishiga yordam berishi va kaltsiy miqdorini barqarorlashtirish orqali suyaklarni mustahkamlashi nuqtai nazaridan ayniqsa ahamiyatlidir. Ular oson hazm bo‘lishi va o‘z minerallari orqali tanada vitaminlarning ishlatilishiga yordam berishi tufayli yoshi kattalarga ham tavsiya etiladi. U suyakning minerallanishini ko‘paytirish orqali kaltsiy yo‘qolishining oldini ham oladi.146 Suyaklar organizmning mineral struktura ombori hisoblanadi. Suyaklarda mineral moddalar to‘planishining yo‘qolishi suyakning mo‘rtlashishi kabi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Zaytun moyi bu masalada eng foydali ta’sirga egadir.
   
   Qarishning oldini olishi

Zaytun moyi tarkibidagi vitaminlar hujayrani yangilash xususiyatiga egaligi sababli ular qariyalarni davolashda hamda terini oziqlantirish va himoya qilishda ham ishlatiladi. Oziq-ovqatlar tanamizda energiyaga aylanishi sababli oksidlovchi deb nomlanadigan ma’lum moddalar hosil bo‘ladi. Zaytun moyining tarkibida uchraydigan ko‘p miqdordagi antioksidlovchilar zararli moddalar keltiradigan ziyonning oldini oladi, bizning hujayralarimizni yangilaydi va to‘qima hamda organlarning qarishini keyinga suradi. Zaytun moyi Ye vitaminiga ham boy bo‘lib, bu vitamin tanamizdagi hujayralarni nobud qiluvchi va qarishga sabab bo‘luvchi erkin radikallarni yo‘qotadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:43:30

Bola rivojlanishiga qo‘shadigan hissasi

Zaytun mevasi va zaytun moyida mavjud linoleik kislota (omega-6 yog‘ kislotasi) tufayli ular yangi tug‘ilgan chaqaloq hamda o‘sayotgan bolalar uchun sog‘lom ozuqa hisoblanadi. Linoleik kislo-taning yetishmasligi bolalikda o‘sishdan orqaga qolishga va turli teri kasalliklarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.147
Zaytun moyi tarkibida tanamizdagi zararli moddalarning halokatli  ta’siridan himoya qila oladigan antioksidlovchi elementlar va inson salomatligi uchun katta ahamiyatga ega yog‘ kislotalari mavjud. Bular tanadagi gormonlarga quvvat bo‘ladi va hujayra membranasining shakllanishiga yordam beradi.
Zaytun moyi ona sutidagi kabi muvozanatlashgan polito‘yinmagan tarkibga ega. Zaytun moyi inson tanasidan olib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalarning yetarli manbai bo‘lganligi sababli bola tanasi uchun katta ahamiyatga ega. Bu omillar zaytun moyining yangi tug‘ilgan bolalar uchun juda muhimligini ko‘rsatadi.
Bola miyasi va asab sistemasining tabiiy rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishi bois, zaytun moyi mutaxassislar tomonidan homilador ayollar va onalarga iste’mol kilish uchun tavsiya etiladigan yagona moydir. Zaytun moyi tarkibida ona sutidagiga teng miqdorda linoleik kislota mavjud. Yog‘siz sigir sutiga zaytun moyi qo‘shilganda, u ona sutiga tenglashib, tabiiy ozuqa manbaiga aylanadi.148
   
Qon bosimini tushirishi

2000 yil 27 martda The Archives of Internal Medicine (Ichki tibbiyot arxivlari) nashrida chop etilgan bir izlanish yana bir bor zaytun moyining yuqori qon bosimiga nisbatan foydali ta’siriga urg‘u beradi. Yuqori qon bosimini tushirish uchun ishlatiladigan dorilar zaytun barglaridan ham tayyorlanadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:43:47

Ichki a’zolar uchun foydalari

Zaytun moyi issiq yoki sovuq holda iste’mol qilinishidan qat’i nazar, oshqozon kislotasi miqdorini kamaytirish orqali oshqozonni gastrit va yaralar kabi kasalliklardan himoya qiladi.149 Shuningdek, o‘tni harakatga keltirib, uning faoliyatini yaxshi-laydi. U o‘t pufagidan chiqadigan suyuqlikni tartibga soladi va o‘t pufagida tosh paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.150 Zaytun moyining tarkibida xlorid mavjud bo‘lib, u jigar faoliyatiga yordam beradi va shu tariqa ortiqcha mahsulotlarni tanadan yo‘qotishga ko‘maklashadi. U miya arteriyalariga ham foydali ta’sir ko‘rsatadi.151
Zaytun moyi keyingi yillarda, ayniqsa, mutaxassislarning e’tiborini tortdi.152 Quyida mutaxassislar bildirgan ayrim fikrlar keltirilgan:
Jiin Karper, sog‘liq va oziq-ovqat sohasida ko‘zga ko‘ringan mutaxassis, CNN axborot telekanalining sovrindor muxbiri, jurnalist va The Food Farmacy (Oziq-ovqat farmatsevtikasi) hamda Food Your Miracle Medicine (Oziq-ovqat - Sizning mo‘‘-jizaviy doringiz) nomli nashrlar muallifi:
Italiyada olib borilgan yangi tadqiqot zaytun moyining tarkibida antioksidlovchilar borligini ..., bular kasallik jarayonlariga, jumladan, arteriya qon tomirlarini to‘sib qo‘yuvchi zichligi kichik liporotein xolesteriniga qarshi kurashishini aniqladi.
Pat Breyd, parhezshunos va ovqatlanish bo‘yicha maslahatchi:
Zaytun moyining serqirra, ya’ni ko‘p xususiyatli ekanligi menga quvonch bag‘ishlaydi ... biz u haqida qanchalik ko‘p bilsak, uning salomatlik uchun qo‘shadigan ulkan hissalari haqida ham shunchalik bilimgaegabo‘lamiz.
Doktor Dimitrios Trixopoulos, Garvard universiteti Xalq salomatligi maktabining Epidimologiya boshqarmasi boshlig‘i:
Agarda amerikalik ayollar tuiingan yog‘lar o‘rniga ko‘proq zaytun moyi iste’mol qilishganda edi, ko‘krak saratoni xavfini deyarli ellik foiz (50%) gacha qisqartirishlari mumkin edi.
Zaytun moyi xavfli o‘simtalarning prostata, ko‘krak, yo‘g‘on ichak, tangachasimon hujayralar va qizilo‘ngachga oid ba’zi turlariga qarshi himoya ta’siriga ega.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:45:29

D. Pek, Mayami universiteti Tibbiyot maktabi xodimi:
Zaytun moyi sichqonlarning immun sistemasini kuchaytirganligi isbotlandi...
Bruno Berra, Milan universiteti Umumiy fiziologiya va biologik kimyo instituti xodimi:
...o‘ta musaffo zaytun moyining qarshilik ko‘rsatuvchi kichik qismlari zichligi kichik liporoteinning oksidlanishga bo‘lgan qarshiligini sezilarli darajada oshiradi.
A. A. Revilliz, G. Rikkardi va M. Mansini, Neapoldagi Federeko II universiteti Ichki tibbiyot va metabolik kasalliklar instituti xodimlari:
Zaytun moyi insulin qarshiligining oldini oladi va qondagi glyukoza miqdorini yaxshiroq nazorat qiladi.
Patriziya Galleti, Neapol Ikkinchi universiteti Tibbiyot va jarrohlik fakulteti xodimi:
Zaynun moyi polifenollarini parhez sifatida iste’mol qilish ba’zi oshqozon-ichak kasalliklari va ateroskleroz kabi reaktiv kislorod metaboliti bilan bog‘liq kasalliklar xavfini kamaytirishi mumkin. Zaytun moyining gidroksitirozoli odamning eritroqitlarini oksidlanish yetkazadigan shikastdan himoya qiladi.
Frank Saks, Garvard Xalq salomatligi maktabi:
Semizlikni nazorat qilish va davolashda zaytun moyiga boy taomlar kam yog‘li taomlarga qaraganda samaraliroqtsir. Bundan tashqari, u ancha vaqt ozishga imkon beradi va u bilan ozishni davom ettirish osonroq...
Ko‘rib chiqqanimizdek, bugungi kunda ko‘pchilik olimlar zaytun moyiga asoslangan ovqatlanish tartibi ideal ozuqaviy modelni tashkil etadi, deb hisoblashadi. Bunday fazilatga ega zaytun mevasi va zaytun moyi har bir kishining kundalik ovqatlanish dasturidagi har bir taomning asosiy tarkibiy qismi bo‘lishi kerak. Qur’onning ko‘p oyatlarida Alloh tomonidan urg‘u berilgan zaytun o‘simligining foydalari tibbiyot fanida erishilgan yutuqlar natijasida kashf qilindi.
 

U osmondan sizlar uchun undan ichimlik bo‘ladigan suvni (yomg‘irni) yog‘dirgan zotdir. (Hayvonlaringizni) boqadigan giyohlar ham o‘sha suvdan (sug‘orilur). U sizlar uchun o‘sha (suv) bilan (turli) ekinlarni, zaytun, xurmo, uzum va barcha mevalarni undirur. Albatta, bu (ish)da tafakkur qiladigan qavm uchun alomat bordir. («Nahl» surasi, 10-11-oyatlar)

Qayd etilgan