Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 227730 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 31 B


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 02:46:09

YURAK TOMIRLARI JARROHLIGI

Sizning ko‘ksingizni ochib, kengaytirib qo‘ymadikmi? Orqangizni bosib turgan yukni olib tashlamadikmi?! Zikringizni ham baland qilib qo‘ymadikmi?! Bas, albatta, har bir qiyinchilikdan so‘ng yengillik kelur; albatta, qiyinchiliqdan so‘ng yengillik kelur. («Sharh» surasi, 1-6-oyatlar)

Tananing har bir a’zosi yashashi va muayyan bir vazifani bajarishi uchun u qon vositasida oziqlanib turishi kerak. Qon yurakka (koronar) toj arteriyalari orqali o‘tadi. Arteriya qon tomirlari qattiqlashgan (ateroskleroz) paytda bu arteriyada torayish va to‘siqlar hosil bo‘ladi. Bu holat davom etar ekan, qonning o‘tishi to‘xtab qoladi va yurak yetarli qon bilan ta’minlanmaydi. Bu esa, o‘z navbatida, yurakning o‘z funktsiyasini yaxshi bajara olmayotganligi va yurak xurujlaridan dalolat beruvchi ko‘krak qafasidagi og‘riqlarni keltirib chiqaradi.
Yuqoridagi oyatda «Sizning ko‘ksingizni ochib, kengaytirib qo‘ymadikmi...» deb tarjima qilingan «Alam nashroh laka sodroka» jumlasi mana shunday yurak funktsiyasining buzilishlari hamda bugungi kun yurak tomirlari jarrohligini nazarda tutayotgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) Bunday fikrning tug‘ilishiga sabab shundaki, «lam nashroh» jumlasining birinchi ma’nosi «go‘shtni va shu kabi narsalarni kesib ochmoq» degan fe’lni ifodalaydi. Darhaqiqat, bunday operatsiyalarda yurakka yo‘l ochish uchun ko‘krak qafasi suyagi ikkiga bo‘linadi. Operatsiya natijasida qon yana normal oqa boshlaydi va ko‘krak qafasidagi og‘riqlarga shu tariqa barham beriladi. Yuqoridagi oyatda berilgan «kengaytirmoq» so‘zi arteriya qon tomirlarining bunday to‘lib qolishi bartaraf etilishiga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, bu suradan keyinoq yurakka foydali bo‘lgan zaytun bilan Allohning qasamyod etishi eng donolikning alomatidir. («Tin»surasi, 1-oyat)

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 07:48:06

HARAKAT, YUVINISH VA SUV ICHISHNING SOG’LIKKA FOYDALARI

Qur’onda qayd etilgan odob shakllaridan biri Ayyub Payg‘ambar (a.s.)ga munosib ko‘rilgan vahiyda yashiringan:
(Ey, Muhammad!) Bandamiz Ayyub Parvardigoriga nido qilib: «Meni shayton mashaqqat va azobga tutdi», - degan paytini eslang! (Shunda unga aytildi): «Oyog‘ing bilan (erni) tepgin! (chashma otilib chiqur). Mana shu chumiladigan va ichimlik sovuq suvdir». («Sod» surasi, 41-42-oyatlar)
Shayton tomonidan Ayyub Payg‘ambar (a.s.)ga toliqish va dard bilan ozor berilganida Allohning unga bergan maslahati «oyoq bilan depsinish»dir. Oyatdagi bu ibora harakat qilish yoki sportning foydalarini nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin.
Sport bilan shug‘ullanganda, ayniqsa, oyoqlardagi kabi uzun mushaklar harakatga keltirilganda (izometrik harakatlar) tomirlarda qon oqishi tezlashadi va hujayralarga boradigan kislorod miqdori ko‘payadi. Natijada kishining toliqishi ketadi va tanadan zaharli moddalarning haydalishi tufayli, u jonlanadi.153 Shu bilan bir vaqtda, tana mikroblarga qarshi kuchli qarshilikka ega bo‘ladi. Muntazam mashq qilib turadigan odamlar arteriya qon tomirlarini keng, toza saqlaydi va bu qonning quyuqlashib qolishi hamda yurak kasalliklarining oldini oladi.154 Jumladan, muntazam mashqlar qondagi qand nisbatini barqaror-lashtirib, diabetning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Sportning jigarga keltiradigan foydali ta’siri shundaki, u foydali xolesterinning miqdorini oshiradi.155
Yana shu narsani qayd etish lozimki, oyoqyalang yurish tana orqali yig‘ilib qolgan statik elektr quvvatini yerga o‘tkazib yuborishning juda samarali yo‘lidir. U tananing yerga ulangan simi sifatida xizmat qiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 07:50:47

Oyatda ta’kidlanganidek, cho‘milish ham tanadagi statik elektrni zaryadsizlantirishning eng samarali usulidir. Jismoniy pokizalikni ta’minlash bilan birga, cho‘milish stress hamda tarang-likni ham bo‘shashtiradi. Shuning uchun cho‘milish ko‘p jismoniy va psixologik kasalliklar, ayniqsa, stress hamda asab buzilishida sog‘lomlashtiruvchanlik ta’siriga ega.
Oyatda cho‘milish bilan bir qatorda, suv ichish ham tavsiya etiladi. Suvning tanadagi barcha organlarga bo‘lgan foydali ta’sirini nazardan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Ter bezlari, oshqozon, ichaklar, buyraklar va teri kabi ko‘plab organlarning sog‘ligi bevosita tanada yetarli miqdorda suv bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu kabi organlar funktsiyalarining buzilishini davolash ularni qo‘shimcha suv bilan ta’minlash orqali amalga oshirilishi mumkin. Horg‘inlik, charchoq va lanjlikning davosi tanadagi suv miqdorini oshirish va shu tariqa g‘uborlarni tozalash orqali topiladi.
Bizning jismoniy va aqliy sog‘lig‘imiz uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan bu tavsiyalarning har birini amalda qo‘llash juda yaxshi natijalarni keltirib chiqaradi. Bu tavsiyalarning har biri «(Biz) Qur’onda mo‘minlar uchun shifo va rahmat bo‘lgan (oyat)larni nozil qilurmiz ... («Isro» surasi, 82-oyat)» degan oyatning tasdig‘i hamdir.


Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 07:51:33

MIKROSKOPIK HAYOTNING MAVJUDLIGI

Yer undiradigan narsalardan, o‘zlaridan va yana ular bilmaydigan narsalardan iborat barcha juftlarni yaratgan (Alloh)ga tasbeh aytilur. («Yosin» surasi, 36-oyat)
... Yana sizlar (hali) bilmaydigan narsalarni ham yaratur. («Nahl» surasi, 8-oyat)

Yuqoridagi oyatlar Qur’on nozil qilingan paytda odamlarga noma’lum bo‘lgan hayot shakllari mavjudligi haqida xabar bermoqda. Chindan ham, mikroskopning kashf qilinishi bilan, bevosita ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan yangi jonzotlar inson tomonidan kashf qilindi. Shundan so‘ng, odamlar Qur’onda qayd etilgan bu hayot shakllarini o‘rganishga kirishdi. Boshqa oyatlar ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan va bitta hujayradan iborat mikroorganizmlarning mavjudligi haqvda shunday deydi:
Kofir bo‘lgan kimsalar: «Bizlarga qiyomat kelmas», - dedilar. Ayting: «Yo‘q! G’aybni biluvchi Rabbimga qasamki, shak-shubhasiz, u (qiyomat) sizlarga kelur! Osmonlar va Yerdagi bir zarra misqolicha, undan ham kichik (yoki) katta biror narsa Undan maxfiy bo‘lmas va albatta, (u) aniq Kitobda (Lavhul-mahfuzda) mavjuddir». («Saba’» surasi, 3-oyat)
... Yerda, xoh osmonda biror zarra mitsdorida yoxud undan kichikroq narsa ham Rabbingizdan chetda qolmaydi, balki (u) aniq bitik (Lavhul-mahfuz)da bordir. («Yunus» surasi, 61-oyat)

Butun sayyorada tarqalgan bu sirli dunyo, boshqacha qilib aytganda, mikroorganizmlar Yer yuzidagi hayvonlarga qaraganda 20 marta ko‘proq a’zolarga ega. Ko‘zga ko‘rinmas bu mikroorganizmlarga bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar, suv o‘tlari va Akarida (kana) lar kiradi. Ular Yerdagi hayotning muvozanatini saqlab turuvchi muhim elementlar hamdir. Misol uchun, Yer yuzida hayot shakllanishining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan azotning aylanishi bakteriyalar orqali mavjud bo‘lishi mumkin. Ildiz zamburug‘lari o‘simliklardagi eng muhim element bo‘lib, ular tuproqdan minerallarni yutishda yordam beradi. Bizning tilimiz sirtidagi bakteriyalar esa salat va go‘sht kabi tarkibida nitrat bo‘lgan oziq-ovqatlardan zaharlanishimizning oldini oladi. Shu bilan birga, ma’lum bakteriyalar va suv o‘tlari Yerdagi hayotning asosiy elementi, fotosintezni sodir etish qobiliyatiga ega va ular bu vazifada o‘simliklar bilan hamkorlik qiladilar. Akarida oilasining ba’zi a’zolari organik moddalarni parchalaydi va ularni o‘simliklarga mos o‘g‘itlarga aylantiradi. Ko‘rib turganimizdek, zamonaviy texnologik jihozlar yordamida o‘rganilgan bu kichik hayot shakllari inson hayoti uchun juda muhim.
O’n to‘rt asr muqadam Qur’on bizning ko‘zimiz bilan ko‘rib bo‘lmaydigan jonzotlarning mavjudligi haqida xabar bergan edi. E’tiborni tortadigan bu maftunkor mo‘‘jiza Qur’on oyatlari ichida mavjuddir. (Qarang: Horun Yahyo. Mikrodunyo mo‘‘jizalari.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 07:54:04

HAYVON JAMOALARINING MAVJUDLIGI

Yerdagi sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qanot qoqayotgan har bir qush xuddi sizlar kabi jamoadirlar... («An’om» surasi, 38-oyat)

Bugungi kunda hayvon va qupshar ekologiyasining o‘rganilishi natijasida bizga ma’lumki, barcha hayvonlar va qushlar alohida-alohida jamoalarda yashaydilar. Uzoq muddatli va keng qamrovli izlanishlar hayvonlar orasida muayyan bir tizimli ijtimoiy tartib mavjud ekanligini ko‘rsatdi.
Masalan, ijtimoiy hayoti olimlarni lol qoldiradigan asalarilar to‘da-to‘da bo‘lib daraxt kovaklari yoki boshqa pana joylarda o‘z uyalarini quradilar. Bitta ari to‘dasi ona ari, bir necha yuz erkak arilar va 10-80000 ishchi arilardan tashkil topadi. Avvalroq aytib o‘tganimizdek, har bir to‘dada bitta ona ari bo‘lib, uning asosiy vazifasi tuxum qo‘yishdan iborat. Bundan tashqari, u o‘zidan to‘daning yaqdilligini ta’minlaydigan va uya ichidagi tizimning ishlashiga izn beradigan kerakli moddalarni ajratib chiqaradi. Erkak arilarning birdan-bir vazifasi ona arini urug‘lantirishdir. Boshqa barcha vazifalar, ya’ni uyada asal mumlar qurish, oziq-ovqat to‘plash, shohona jele yaratish, uyaning haroratini nazorat qilish, ozodalik va mudofaa kabilar ishchi arilar tomonidan bajariladi.
Uyadagi hayotning har bir jabhasida tartib bor. Lichinkalarga g‘amxo‘rlik qilishdan tortib, uyaning umum ehtiyojlarini ta’minlashgacha bo‘lgan barcha majburiyatlar bexato ijro etiladi.
Dunyoda eng ko‘p sonli bo‘lishiga qaramasdan, chumolilar texnologiya, jamoaviy mehnat, harbiy strategiya, ilg‘or aloqa tarmog‘i, ierarxik tartib, intizom va shaharni benuqson rejalashtirish kabi ko‘plab sohalarda ham insonlarga namuna sifatida xizmat kilishi mumkin bo‘lgan bir tartibni namoyish qiladi. Chumolilar to‘da deb ataladigan jamoalarda shunday bir o‘zaro tartib bilan kun kechiradilarki, ularning insonlarnikiga o‘xshash tsivilizatsiyasi bor deb o‘ylash mumkin.
Chumolilar oziq-ovqat ishlab chiqarish va ularni g‘amlab qo‘yish bilan bir qatorda yosh chumolilarga qarash, to‘dani mudofaa qilish va g‘animlarga qarshi jang olib borish kabi vazifalarni ham uddalaydilar. Yana shunday to‘dalar ham borki, ular «tikish-bichish», «qishloq xo‘jaligi» va «hayvonlar boqish» kabi yumushlar bilan ham mashg‘ul bo‘lishadi. Bu hayvonlar orasida juda kuchli aloqa tarmog‘i mavjud. Ularning ijtimoiy uyushqoqligi va omilkorligi har qanday jonzotlarnikidan ham ustundir. (Qarang: Horun Yahyo. Chumolilar mo‘‘jizasi, 2002)

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 07:55:04

Jamoa bo‘lib, tartibli hayot kechiradigan hayvonlar xavf tug‘ilganda ham yakdillik bilan harakat qilishadi. Misol uchun, qirg‘iy yoki boyo‘g‘li kabi yirtqich qushlar biror hududga kirgudek bo‘lsa, kichikroq qushlar bu qushlarni har tomondan qurshab oladilar. So‘ng ular boshqa qushlarni bu yerga jalb qilish uchun maxsus tovush chiqaradilar. Kichik qushlar tomonidan ommaviy ko‘rsatilgan tajovuzkor xatti-harakat odatda yirtqich qushlarni bu hududdan nariga haydaydi.156
 

Birga uchib yurgan bir gala qushlar shu tarzda galadagi barcha a’zolarni himoya qiladi. Misol uchun, birga uchib yurgan chug‘urchuqlar galasi bir-birining orasida keng masofa tashlab uchadi. Biroq qirg‘iyni ko‘rishganda ular o‘z oralaridagi masofani yaqin-lashtiradilar. Shu yo‘sinda, ular qirg‘iyga gala o‘rtasini yorib kirishga qiyinchilik tug‘dirishadi. Hatto shunda ham, qirg‘iy ular orasiga sho‘ng‘iydigan bo‘lsa, u o‘zining zarariga ish ko‘rgan bo‘ladi. Uning qanotlariga shikast yetadi va u boshqa ov qila olmay qoladn157 Sutemizuvchilar ham agarda guruhga tajovuz qilingudek bo‘lsa, hamjihatlikda ish yuritishadi. Masalan, zebralar yovdan qochib ketayotgan paytda o‘z bolalarini podaning o‘rtasida olib ketadilar. Delfinlar ham to‘da bo‘lib suzishadi va ularga eng katta dushman bo‘lgan akulalarga qarshi to‘da bo‘lib jang qilishadi.158
Hayvonlarning ijtimoiy hayotiga sanoqsiz misollar keltirish va unga taalluqli ko‘plab tafsilotlarni bayon qilish mumkin. Hayvonlar haqida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar samarasidir. Ko‘rib chiqqanimizdek, Qur’onda xuddi boshqa jabhalar kabi hayvonlar haqida berilgan ma’lumotlar Islom kitobi Allohning kalomi ekanligini tasdiqlaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 07:55:37

BIOMIMETIKA: JONZOTLAR LOYIHASIDAN G’OYA OLIB

Darvoqe, sizlar uchun chorva hayvonlarida ham ibrat bordir; sizlarni ularning qorinlaridagi najosat va qon oralaridan chiquvchi, (lekin) ichuvchilar uchun ishtahali toza sutdan ichirurmiz. («Nahl» surasi, 66-oyat)
Albatta, sizlar uchun chorva mollarida ham ibrat bordir; sizlarga ularning qornidagi narsa (suti)dan ichirurmiz, yana sizlar uchun ularda ko‘p foydalar bordir, shuningdek, ular(ning go‘sht-yog‘lari)dan yeysiz. Yana (kuruqlikda) ular ustiga va (dengizlarda) kemalarga minib yurasiz. («Mu’minun» surasi, 21-22-oyatlar)

Olimlar va tadqiqotchi hamda yangilik yaratuvchi mutaxassislar yangi loyiha ustida ish boshlashdan oldin, odatda, tirik mavjudotlardan model izlashadi va ularning tizimlari va qurilmalariga taqlid qilishadi. Boshqacha qilib aytganda, ular Alloh tomonidan tabiatda yaratilgan konstruktsiyalarni ko‘radilar, o‘rganadilar va ulardan g‘oya olib o‘zlarining yangi texnologiyalarini ishlab chiqishga kirishadilar.
Bu yondashuv jonzotlarga taqlid qilishni izlovchi yangi bir fan tarmog‘i biometriyani dunyoga keltirdi. Keyingi yillarda fanning bu tarmog‘i texnologiyalar olamida keng qo‘llanila boshladi. Yuqoridagi oyatda «ibroh» (...dan o‘rganmoq, maslahat, ahamiyat, muhim narsa yoki model) so‘zining ishlatilishi bu masalada ko‘rilgan eng donolikdir.
Biomimetika deganda tabiatda mavjud bo‘lgan tizimlarga taqlid qilish uchun odamlar ishlab chiqaradigan moddalar, jihozlar, mexanizmlar va tizimlar tushuniladi. Ilmiy jamiyat ayni paytda bunday jihozlarga, ayniqsa, nanotexnologiya, robot texnologiyasi, sun’iy aql (elektron miya), tibbiyot va harbiy sohalarda katta ehtiyoj sezmoqda.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 07:55:46

Biomimikriya g‘oyasi ilk marotaba montana shtatilik yozuvchi va ilmiy kuzatuvchi Janin M. Benius tomonidan olg‘a surilgan edi. Bu tushuncha keyinroq ko‘plab odamlar tomonidan tahlil qilindi va hayotga tatbiq qilina boshlandi. Quyida biomimikriya xususida bildirilgan ba’zi fikrlar berilgan:
«Biomimikriya» mavzusi shu narsani anglatadiki, namuna, o‘lchov va murabbiy bo‘lgan tabiat olamidan biz ko‘p narsalarni o‘rganishimiz kerak. Bu tadqiqotchilardagi umumiylik shundaki, ular insonning muammolariga javob topish uchun tabiatda yaratilgan loyihalarga hurmat bilan qarab, ulardan foydalanishga ilhom oladilar.159
Mahsulot sifati va unumdorlikni oshirish uchun tabiatdan foydalanuvchi Interface Inc. kompaniyasining mahsulot strategi Devid Oakey shunday deydi:
Tabiat biznes va dizaynda mening ustozim, hayot tarzi uchun esa namunadir. Tabiatning tizimi millionlab yillardan buyon ishlab kelmoqda... Biomimikriya tabiatdan ibrat olish usulidir.16
Bunday tez sur’atlar bilan yoyilib ketayotgan g‘oyani qo‘llab-quvvatlashni boshlagan olimlar tabiatning beqiyos va benuqson dizaynidan namuna sifatida foydalanish orqali o‘z izlanishlarini jadallashtirib yubordilar. Bu dizaynlar kam miqdordagi material va energiya bilan mahsuldorlikni maksimum oshirishi tufayli hamda o‘z-o‘zini ta’minlaydigan, atrof-muhitga bezarar, osoyishta, estetik jihatdan jozibador, chidamli va umri uzoq bo‘lganligi bois texnologik tadqiqotlar uchun modellar taqdim etadi. The High Country News  nashri biomimetikani «ilmiy qo‘zg‘alish» deb tasvirlaydi va quyidagicha izoh beradi:
Tabiiy tizimdan model sifatida foydalanish orqali biz bugungi kunda amalda bo‘lgan texnologiyalarga qaraganda chidamliroqlarini yaratishimiz mumkin.161

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 07:56:23

Tabiiy modellarga taqlid qilish kerak, deb fikr yuritadigan Janin M. Benius o‘zining Biomimicry: Innovation Inspired by Nature (Biomimikriya: tabiatdan ilhomlanib yaratilgan yangiliklar). Pe-rennial: 2002) nomli kitobida quyidagi misollarni keltiradi:
 

♦   Kolibrilar (Amerikada yashaydigan rangdor kichkina qushlar) Meksika bo‘g‘ozini 3 gramm (bir untsiyaning o‘ndan bir qismi) yoqilg‘i bilan kesib o‘tadi.
♦   Ninachilar eng mohir vertolyotlarimizdan ko‘ra epchilroq manyovr namoyish etishi bilan ustunlikka ega.
♦   Termit (chumoli turi) ko‘tarmalaridagi isitish, havo harorati va namligini bir xilda sakdash tizimlari inson qo‘li bilan yaratilganlardan jihoz va energiya iste’moli jihatdan ustun turadi.
♦   Ko‘rshapalakning yuqori chastotali to‘lqin uzatish moslamasi bizning radar tizimimizga nisbatan samaraliroq va sezgirroq.
♦   Yorug‘lik chiqaruvchi suv o‘tlari o‘z tanalarini yoritish uchun turli kimyoviy moddalarni biriktiradi.
♦   Arktika balikdari va baqalari qishda qattiq muzlaydi, bahorda esa yana hayotga qaytadi. Bu jarayonda ular o‘z tana a’zolarini muz yetkazishi mumkin bo‘lgan shikastdan himoya qiladilar;
♦   Buqalamun (xameleon) va karakatitsa (dengiz mollyuskalarining bir turi) o‘z atrofidagi narsalarga moslashib, aralashib ketish uchun teri tuslarini o‘zgartiradi.
♦   Ari, toshbaqa va qushlar xaritalarsiz yo‘nalishni aniqlaydilar.
"¢   Kitlar hamda pingvinlar akvalang moslamasisiz sho‘ng‘iydilar.
Biz faqat bir nechtasi ustida to‘xtalib o‘tgan tabiatdagi bu hayratlanarli mexanizmlar va dizaynlar keng qamrovli sohalarda texnologiyani boyitish salohiyatiga ega. Bu salohiyat bizning bilimlarimiz va texnologik vositalarimiz ko‘paygan sari oydinlashmoqda.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 07:56:50

Barcha hayvonlar insonlarni lol qoldiradigan ko‘plab fazilatlar egasidir. Ba’zi hayvonlar suv ichida harakatlanishga imkon yaratadigan ideal darajadagi gidrodinamik shaklga ega bo‘lsa, boshqalari bizga tanish bo‘lmagan sezgilardan foydalanadilar. Bularning ko‘pchiligi tadqiqotchilar birinchi marta duch kelgan yoki ular yaqinda kashf qilgan fazilatlardir. Imkon tug‘ilsa, kompyuter texnologiyasi, mexanik muhandislik, elektrotexnika, matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi sohalarda ko‘zga ko‘ringan mashhur olimlarni biror jonzotning hech bo‘lmasa bitta fazilatini taqlid qilish uchun jamlash maqsadga muvofiq
Olimlar har bir o‘tayotgan kunda tabiatning beqiyos strukturalari va tizimlariga duch kelishganda, ularni kashf qilib, hayratlanishmoqda va ular bu hayratdan insoniyatning manfaatlari uchun xizmat qiladigan yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish uchun g‘oya sifatida foydalanishmoqda. Olimlar tabiatda qo‘llangan mukammal tizimlar va g‘ayrioddiy uslublar o‘zlarining bilim va zakovatlaridan ancha ustun ekanligini tushunib yetishgach, ular mavjud muammolarga topiladigan mislsiz yechimlardan xabar topa boshladilar va endilikda ularni yillab qiynab kelgan muammolarni hal qilish uchun tabiatdagi dizaynlarga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqdalar. Natijada, juda qisqa vaqt ichida ular muvaffaqiyatga erishsalar ajab emas. Jumladan, tabiatga taqlid qilish orqali olimlar vaqt, mehnat va material resurslarini maqsadli ishlatish nuqtai nazaridan juda muhim yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar.
Bugungi kunda, rivojlanayotgan texnologiya asta-sekinlik bilan yaratilganlikning mo‘‘jizalarini kashf qilayotganini va bio-mimetika kabi jonzotlardagi insoniyat uchun xizmat qiladigan g‘ayrioddiy dizaynlardan foydalanayotganini ko‘rishimiz mumkin. Beniusning aytishicha, «uni tabiat usulida qilish» bizning oziq-ovqat yetishtirish, materiallar tayyorlash, energiya ishlab chiqarish, o‘zimizni davolash, ma’lumot to‘plash va biznes yuritish usulimizni o‘zgartirish salohiyatiga ega.162 Quyida bunday mavzularni muhokama qilgan ko‘plab ilmiy maqolalardan ba’zilarini sanab o‘tamiz:
«Fan tabiatga taqlid qilmoqda»163.
«Dizaynda hayot saboqlari»164.
«Biomimikriya: ochiq manzarada yashiringan sirlar»165.
«Biomimikriya: tabiatdan ilhomlanib yaratilgan yangiliklar»166.
«Biomimikriya: bizni o‘rab turgan buyuk donolik»167.
«Biomimetika: tabiat modellaridan materiallar yaratish»168.
«Muhandislar dizayn uchun tabiatdan maslahat so‘raydilar»169.
O’n to‘qqizinchi asrda tabiatga faqatgina estetik zavq olish uchun taqlid qilinar edi. O’sha davr rassom va arxitektorlari tabiatdan ilhom olib, o‘z asarlarida tabiat strukturasining tashqi ko‘rinish namunalaridan foydalanardilar. Biroq tabiatning g‘ayrioddiy dizaynlarini va ularning insonlarga keltirishi mumkin bo‘lgan manfaatlarini anglab yetish, XX asrga kelib, tabiiy mexanizmlarni molekula darajasida o‘rganish bilan boshlandi. Olimlar bugungi kunda, 1400 yil muqaddam Qur’onda vahiy qilinganidek, jonzotlardan ibrat olishmoqda. (Qarang: Horun Yahyo. Biomimetika: texnologiya tabiatga taqlid qiladi.)

Qayd etilgan