Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 238221 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 31 B


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:10:53

Qisqasi, hamma Vizantiya barbod bo‘ladi deb ishonar edi. Ammo mana shunday paytda, «Rum» surasining dastlabki oyatlari nozil bo‘ldi va unda Vizantiyaning «uch-to‘qqiz yil» ichida g‘alaba qozonishi vahiy qilindi. Bashorat qilingan bu g‘alaba shunchalik umid bog‘lab bo‘lmas darajada ediki, Arab mushriklari u hech qachon amalga oshmaydi deb o‘ylar edilar.
Biroq Qur’ondagi boshqa barcha bashoratlar kabi bu ham voqe bo‘ldi. 622-yilda Irakliy forsiylar ustidan qator g‘alabalarni qo‘lga kiritdi va Armanistonni zabt etdi.190 627-yilning dekabrida bu ikki imperiya Bag‘dod yaqinidagi Dajla daryosidan 50 km (31 milya) narida joylashgan Nineviyada hal kiluvchi jangga kirdi. Bu safar ham Vizantiya lashkari forsiylarni tor-mor qildi. Bir necha oydan so‘ng forsiylar Vizantiya bilan tinchlik sulhini tuzishga majbur bo‘ldilar va bu sulhga ko‘ra forsiylar Vizantiyadan tortib olgan yerlarni o‘z egalariga qaytarib berishga majbur bo‘ldilar.191
Imperator Irakliy forsiylar hukmdori Xusrov II ni 630-yilda mag‘lub qilib, Quddusni qayta zabt etgach va Baytul Maqdis ibodatxonasiga «Haqiqiy Xoch»ni qaytarib olgach, Vizantiya to‘liq g‘alabaga erishdi.192
Oxir-oqibat, Alloh tomonidan Qur’onda xabar qilingan «rimliklarning g‘alabasi» «uch-to‘qqiz yil» ichida mo‘‘jizakorona amalga oshdi.
Bu oyatlarda vahiy qilingan boshqa bir mo‘‘jiza o‘sha paytda hech kimsaning bilishi mumkin bo‘lmagan geografik haqiqat, ya’ni rimliklar Yerning eng past hududida mag‘lub qilinishining e’lon qilinganligidir. Arabcha «adnaa al-arz» jumlasi ba’zi Qur’on tafsirlarida «yaqin joyda, yaqin yerda» deb tarjima qilingan. Biroq bu uning asl ma’nodagi emas, balki majoziy ma’nodagi tarjimasidir. «Adnaa» so‘zi, «dani’» (past) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «eng past» degan ma’noni anglatadi. «Arz» so‘zi «dunyo» degan ma’noga ham ega. Shu bois, «adnaa al-arz» «Yerning eng past joyi» ma’nosini beradi.
Ayrim mufassirlar mazkur hududning arablarga yaqinligini nazarda tutgan holda, so‘zning «eng yaqin» degan ma’nosini ishlatishadi. Lekin bu so‘zning asl ma’nosi juda muhim bir geologik dalilni, ya’ni 613-614-yillarda vizantiyaliklar mag‘lub qilingan joylardan biri, Yerning eng past hududi bo‘lgan O’lik dengiz havzasini nazarda tutadi.193

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:12:58

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, O’lik dengiz qirg‘oqlari yaqinida joylashgan Quddusdagi mag‘lubiyatda «Haqiqiy Xoch»ning qo‘ldan boy berilishi nasroniy Vizantiyasi uchun berilgan og‘ir zarba edi.
Vizantiyaliklar va forsiylar aslida Suriya, Falastin va Iordaniyaga qarashli yerlarning kesishgan nuqtasida joylashgan O’lik dengiz havzasida jang qilishgan edi. Dengiz sathidan 399 metr pastlikda bo‘lgan O’lik dengiz Yer yuzasining «eng past» joyi hisoblanadi.194
Bu haqiqatni faqatgina zamonaviy o‘lchash uslubi va asboblari tasdiqlay olishi mumkinligini hisobga oladigan bo‘lsak, o‘sha paytda yashab o‘tgan insonlarning hech biri bu haqiqatni tushunib yetgan bo‘lishi mumkin emas. Demak, Qur’onda bu hududning Yer yuzidagi «eng past yer» ekanligi haqida aniq xabar berilgan ekan, u Qur’on Allohning kalomi ekanligini tasdiqlovchi yana bir dalildir.
 

Bu suratda Quddus hamda O’lik dengiz havzasi tasviri keltirilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:13:28

FIR’AVN JASADINING SAQLANISHI

Fir’avn o‘zini iloh deb hisoblar edi (bu haqda keyinroq yana so‘z yuritamiz) va Muso Payg‘ambar (a.s.)ning «Allohga imon keltir», deb qilgan murojaatlariga u do‘q-po‘pisa bilan javob qaytarar edi. Fir’avnning bunday kekkaygan muomalasi u suvga cho‘kayotib, o‘lim bilan yuzma-yuz bo‘lguncha davom etdi. Qur’onda ta’kidlanishicha, Fir’avn Allohning jazosi bilan to‘qnash kelgan zahoti imon keltiradi:
Isroil avlodini dengizdan o‘tkazdik. Fir’avn va uning lashkarlari ular ortidan zo‘ravonlik va zulm yuzasidan ergashdilar. Unga (Fir’avnga) g‘arqbo‘lish (soati) yetishganda aytdi: «Imon keltirdimki, Isroil avlodi imon keltirgan Zotdan o‘zga iloh yo‘qdir. Men ham musulmonlardanman.» («Yunus» surasi, 90-oyat)
Biroq samimiy bo‘lmaganligi bois, uning bunday imonga kelishi inobatga olinmadi. Alloh bu haqda shunday xitob qiladi:
(Alloh dedi): «Endimi?! Axir, sen ilgari itoatsizlik qilganding va buzg‘unchilardan eding-ku! Mana bugun sendan keyingilarga belgi (ibrat) bo‘lishing uchun jasadingni qutqarurmiz. Haqiqatan, odamlarning aksariyati oyatlarimizdan gofildirlar.» («Yunus» surasi, 91-92-oyatlar)
Fir’avnning jasadi keyingi avlod uchun ibrat bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumot uning jasadi chirimasligini nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin. Qohiradagi Misr muzeyida oliy tabaqa vakillarining mo‘miyolangan tanalari saklanadigan xonada ko‘rgazma qilib qo‘yilgan mo‘miyolangan jasad mana shu zolimga tegishli, debhisoblanmoqda.Suvga g‘arq bo‘lgandan so‘ng Fir’avnning jasadi qirg‘oqqa qalqib chiqqan va misrliklar tomonidan topilib, mo‘miyolangan, shu tariqa, oldindan tayyorlab qo‘yilgan dafn qilish daxmasiga keltirilgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.195

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:13:46

MAKKANING FATH ETILISHI

Qasamki, Alloh O’z payg‘ambariga (u ko‘rgan) tushni ro‘yobga chiqardi, albatta, sizlar (ey, mo‘minlar!) Masjidul-haromga emin-erkin, boshlaringizni (sochlaringizni) qirdirgan va (yoki) qisqartirgan hollaringizda qo‘rqmasdan kirursiz, inshoalloh. Bas, (Alloh) sizlar bilmagan narsani bilib, undan (Makka fathidan) oldin yaqin bir g‘alabani (Xaybar g‘alabasiga ega) qildi. («Fath» surasi, 27-oyat)

Madinada o‘tgan tunlarining birida Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) mo‘minlarning Muqaddas masjidga (Masjidul-haromga) kirganlarini va Ka’ba atrofida aylanib yurganlarini o‘z tushlarida ko‘rdilar. Uyg‘onganlaridan so‘ng bu xushxabarni mo‘minlarga, ya’ni Makkadan Madinaga u bilan birga hijrat qilgan va o‘shandan buyon u yerga qayta olmaganlarga yetkazdilar.
«Fath» surasining 27-oyatida Alloh Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga O’zi yordam berishi va qo‘llab-quvvatlashi, uning tushi rost ekanligi hamda mo‘minlarning Makkaga kirajaklarini vahiy qiladi. Bir oz fursatdan keyin Hudaybiyya sulhi hamda Makkaning fath etilishi natijasida mo‘minlar, xuddi Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning tushlarida ayon bo‘lganidek, Muqaddas masjidga hech qanday xavf-xatarsiz kirdilar. Shu tariqa Alloh O’z xohishi bilan Payg‘am-barimiz (s.a.v.)ning tushlari ro‘yobga chiqishini iroda etdi.
E’tibor qilsak, bu oyat Makka fathidan oldin qo‘lga kiritiladigan boshqa bir g‘alaba haqida ham xabar berayotganini, ya’ni ular Makkaga kirishlaridan oldin yahudiylar nazorati ostida bo‘lgan Xaybar qo‘rg‘onini zabt etishlarini ko‘rishimiz mumkin.196

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:15:18

Makkaning fath etilishi haqidagi xabarlar boshqa oyatlarda quyidagicha nozil qilingan:
U(Alloh) Makkaning ichkarisida (kechgan jangda) ularning (Makka mushriklarining) ustidan sizlarni yulib qildirganidan keyin ularning qo‘llarini sizlardan, sizlarning qo‘llaringizni ulardan to‘sgan (jangni to‘xtatgan) zotdir. Alloh qilayoggan amallaringizni ko‘rib turuvchidir. («Fath» surasi, 24-oyat)
(Ey, Muhammad!) Biz Sizga anits fath (g‘alaba) baxsh etdik. (Bu fath) Siz uchun Allohning oldingi va keyingi gunohlaringizni kechishi, Sizga O’z ne’matini mukammal qilib berishi, Sizni To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilishi, shuningdek, Allohning Sizga kuchli yordam berishi uchundir. («Fath» surasi, 1-3-oyatlar)

«Isro» surasining 76-oyatida mushriklar Makkada uzoq qola olmasligi haqida xabar beriladi:
Ular Sizni (bu) yerdan (Makkadan) chiqarib yuborish uchun qo‘zg‘ab yuborishlariga oz qoldi. U taqdirda o‘zlari ham Sizdan keyin ozgina (muddat) tura olardilar, xolos. («Isro» surasi, 76-oyat)


Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hijratdan so‘ng 8 (milodiy 630) yilda Makkaga kirib, uni fath qildilar. Ikki yildan so‘ng, xuddi Alloh vahiy qilganidek, mushriklar Makkadan chiqib ketadilar. Bu yerda e’tiborga molik narsa shundaki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mo‘minlarga xushxabar yetkazganlarida hech qanday ortiqcha savol tug‘ilmagandek edi. Aslida, vaziyat aksincha tus olgan va mushriklar Makkaga mo‘minlarni hech qachon kiritishga yo‘l qo‘ymaslikka ahd qilishgan edi. Natijada odamlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning so‘zlariga ham shubha bilan qaray boshladilar. Ammo Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Allohga ishonar va shirk keltiruvchilarning so‘zlariga parvo qilmas edilar hamda Allohning unga vahiy qilganini odamlarga so‘zlar edilar. Qur’on uning so‘zlarini tasdiqladi va bashorat shundan so‘ng qisqa vaqt ichida ro‘yobga chiqdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:17:44

ISROIL QAVMINING KIBRGA BERILISHI

Shuningdek, Biz Isroil avlodiga Kitobda: «Sizlar, albatta, zaminda ikki marta buzg‘unchilik qilursiz va katta tug‘yonga (isyonga) ketursiz», - deb xabar berdik. Bas, qachonki, u (buzg‘unchilik)lardan avvalgisining belgilangan vaqti kelganida, sizlarning ustingizga (jazolash uchun) kuch-quvvatga ega bo‘lgan bandalarimizni yubordik. Ular hovlima-hovli kezdilar. (Bu va’da) ado etiluvchi va’da edi. Sungra (tavba qilganlaringizdan keyin) ularning (Bobil hukmdorining) ustidan g‘alabani sizlarga qaytardik va sizlarga mol-dunyo va farzandlar bilan madad berib, adadingizni ko‘paytirdik. («Isro» surasi, 4-6-oyatlar)

Bu oyatlarda ta’kidlanishicha, Isroil farzandlari dunyoda ikki marta buzg‘unchilik qilishlari kerak edi. Birinchisidan so‘ng, ya’ni ular o‘ta darajada kibrlanib ketgan paytda, Alloh ularga qarshi qudratli lashkarlarni yo‘llaydi. Rostdan ham, yahudiylar Yahyo Payg‘ambar (a.s.)ni o‘ldirishgandan va benihoya kibrlanib, Iso Payg‘ambar (a.s.)ni o‘ldirish uchun tuzoq qo‘yishgandan so‘ng tez orada, 70-yilda rimliklar tomonidan Kuddusdan quvg‘in qilinadilar va shu tariqa butun dunyoga tarqalib ketadilar.
Bu oyat Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga nozil qilingan paytda, yahudiylar turli mamlakatlarda juda og‘ir sharoitlar ostida kun kechirishar va o‘zlarining makoniga ega emas edilar. Biroq Alloh Isroil farzandlariga bir kun kelib o‘z kuchlarini tiklab olajaklarini zikr etgan edi.
O’sha paytlarda bu haqiqatning rostdan ham ro‘yobga chiqishi amri maholdek bo‘lib tuyular edi. Lekin bir necha asrlardan so‘ng yahudiylar Falastinga qaytdilar va 1948 yilda Isroil davlatini tashkil qildilar. Keyinchalik Isroilda yashayotgan ba’zi irqchi sionistlarning munosabatlari O’rta Sharqda tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Bunday munosabatlar hamon terroristik harakatlarni keltiribchiqarmoqda.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:19:27

Hozirgi ahvol Isroil farzandlarining ikkinchi «buzg‘un-chiligi»dan alomatdir. Biroq bunday yovuz xulqlilik barcha yahudiylarga tegishli emasligini yodda tutmog‘imiz darkor, chunki ko‘pchilik yahudiylar bunday xulqni yoqlamaydigan, vijdoni pok va hayotiy tajribaga ega shaxslardir. Ayrim irqchi va radikal sionistlar Parvardigorimiz tomonidan amr etilganidek, «afvni (qabul qilib) olish» («A’rof» surasi, 199-oyat) lari kerak. Agar ular shunday yo‘l tutsalar, Allohning irodasi bilan tinchlik muhiti va birodarlik aloqalari yana qaror topadi. Qur’oni Karim bu haqda shunday xabar beradi:
Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo‘lmas. Siz (yomonlikni) go‘zalroq (muomala) bilan daf eting! (Shunda) birdan siz bilan o‘rtalaringizda adovat bo‘lgan kimsa qaynoq (qalin) do‘stdek bo‘lib qolur. («Fussilat» surasi, 34-oyat)
«Isro» surasining mazkur oyatlarida aytilgan bu voqealarning yuz berishiga deyarli hech kim ishona olmas edi. BiroqAllohularning ado etilishini iroda etdi va shu yo‘sinda mo‘minlar uchun O’zi nozil qilgan Qur’onning mo‘‘jizaviy kitob ekanligiga yanada ko‘proq dalillar keltirdi.
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:19:43

FAZONING TADQIQ ETILISHI

Insoniyatning fazoni tadqiq etishi 1957 yil 4 okgyabrda Sovet sun’iy yo‘ldoshi - Sputnikning uchirilishi bilan avj olib ketdi. Ma’lum vaqt o‘tgach, u Yerning atmosferasini ortda qoldirib, birinchi bor Sovet fazogiri Yuriy Gagarinni falakka olib chiqdn 1969 yilning 20 iyulida esa amerikalik astronavt Neyl Armstrong Oyga qadam bosgan birinchi inson zoti bo‘lib, tarix sahifalarida muhrlandi.
Darhaqiqat, bunday taraqqiyot va qo‘lga kiritiladigan yutuqlarning bir kun kelib amalga oshishi Qur’onda vahiy qilingan edi. Chunonchi, Alloh bizning diqqatimizni quyidagi oyatda kelti-rilgan haqiqatga jalb etadi:
Ey, jinlar va insonlar jamoasi! Agar sizlar osmonlar va Yer hududlaridan o‘tib ketishga qodir bo‘lsangiz, o‘tib ketaveringiz! Kuch-qudratsiz sira o‘tib keta olmagaysiz! («Ar-Rahmon» surasi, 33-oyat)
Bu yerda «kuch-qudrat» deb tarjima qilingan arabcha «sultan» so‘zi boshqa ma’nolarga ham ega: quvvat, yuqori hokimiyat, hukmronlik, qonun, yo‘l, ruxsat, qoldirib ketish, tasdiqlash, isbot.
Agar yaxshilab mulohaza yuritadigan bo‘lsak, yuqoridagi oyatda insoniyat faqat ortiq darajadagi quvvat bilangina Yer va osmon qa’riga sho‘ng‘iy olishi mumkin. Mana shu ortiq darajadagi quvvat, kuch-qudrat olimlarning ulkan yutuqlarini qo‘lga kiritishiga imkon bergan XX asrning qudratli texnologiyalari bo‘lishi ehti-moldan xoli emas.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:20:21

OYGA SAYOHAT

(Bas, qasamyod etaman) ... hamda to‘lin Oy bilanki, albatta sizlar bosqichma-bosqich (chiqib) kelursizlar! Bas, nega ular imon keltirmaydidar?! («Inshnqoq» surasn, 18-20-oyatlar)

Yuqoridagi oyatlarda Alloh to‘lin Oy bilan qasam ichib, so‘ng odamlarning bosqichma-bosqich chiqib kelishi haqida so‘z yuritiladi. «Tarkabu» fe’li «rokiba» (ko‘tarilmoq biror yo‘ldan yurmoq izidan bormoq, boshlamoq, kirishmoq, ishtirok etmoq yoki boshqarmoq) fe’lidan kelib chiqqan. Mana shu ma’nolarga asos-langan holda, «sizlar bosqichma-bosqich (chiqib) kelursizlar» degan ifoda bortiga chiqiladigan transportni nazarda tutayapti, degan xulosaga kelish mumkin.
Binobarin, astronavtlarning fazoviy kemasi atmosferaning har bir qatlamini birin-ketin bosib o‘tadi va so‘ng Oyning tortishish maydoniga o‘tishni boshlaydi. Shunday qilib, alohida qatlamlarni ortda qoldirib Oyga yetib boriladi. Jumladan, «Inshiqoq» surasining 18-oyatida Oyga qasamyod qilinishi bundagi urg‘uni kuchaytiradi va u insoniyatning Oyga safar qilajagidan darak berayotgan bo‘lishi tabiiy. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:21:37

ZAMONAVIY TRANSPORT VOSITALARI

U yana minishingiz uchun va ziynat sifatida otlar, xachirlar va eshaklarni (yaratdi). Yana sizlar (hali) bilmaydigan narsalarni ham yaratur. («Nahl» surasi, 8-oyat)

Yuqoridagi oyat shundan dalolat beradiki, odamlar bu yerda qayd etilgan hayvonlardan boshqa (ularga) noma’lum bo‘lgan turli-tuman transport vositalariga ham ega bo‘ladilar. Quyidagi oyat kemalar kabi bunday ommaviy transport shakllari kelgusida yaratilajagini ta’kvdlaydi:
Biz ularning zurriyotlarini (Nuh payg‘ambar yasagan) to‘la kemada ko‘garganimiz (va to‘fondan qutqarganimiz) ular uchun (qudratimizdan yana bir) alomatdir. Yana Biz ularga xuddi o‘sha (kemaga) o‘xshash minadigan narsalarni (ya’ni katta-kichik kemalarni) ham yaratdik. («Yosin» surasi, 41-42-oyatlar)

Qayd etilgan