Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 338465 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 31 B


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:22:03

SAMOLYOT TEXNOLOGIYASI

Sulaymonga esa shidtsat bilan esuvchi shamolni (bo‘yin sundirib), uning amri bilan Biz muborak qilgan zamin (Shom) sari esadigan (qilib qo‘ydik). Biz barcha narsani biluvchidirmiz. («Anbiyo» surasi, 81-oyat)

Yuqoridagi oyatda zikr etilganvdek, Alloh shamolni Sulaymon Payg‘ambar (a.s.)ning amriga bo‘ysundirib qo‘ydi va unga shamoldan transport vositasi sifatvda foydalanishga imkon yaratdi. Bu yerda nazarda tutilayotgan narsa shamol energiyasidan xuddi Sulaymon Payg‘ambar (a.s.) davridagi kabi, kelajak texnologiyalari uchun foydalanish mumkinligi ehtimoldan xoli emas.
Sulaymonga ertalab bir oylik, kechki payt bir oylik (masofani bosib o‘tadigan) shamolni (bo‘yin sundirdik) ... («Saba’» surasi, 12-oyat)
«Ertalab bir oylik, kechki payt bir oylik (masofani bosib o‘tadigan», degan jumla bizning diqqatimizni Sulaymon Payg‘am-bar (a.s.) ehtimol samolyotga o‘xshash texnologiyadan foydalanib, turli hududlar orasida tez harakat qilganligi yoki uzoq maso-falarni tezlikda bosib o‘ta oladigan, shamol quvvati bilan ishlovchi transport vositasi yaratganligiga qaratayotgan bo‘lishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) Shunday ekan, bu oyatlar bizga zamonaviy samolyot texnologiyasi haqida ishora qilayotgan bo‘lishi tabiiy.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:22:43

TASVIRNING UZATILISHI

Kitobdan (Ismi a’zamdan) xabardor bo‘lgan zot esa: «Men ko‘zing o‘zingga qaytgunicha (ko‘z ochib-yumguningcha) uni senga keltirurman», - dedi. Bas, uning (taxtning) o‘z huzurida turganini ko‘rgach, dedi: «Bu Rabbimning shukr kilamanmi yoki noshukrlik qilamanmi, imtihon etish uchun bergan fazlidandir ...» («Naml» surasi, 40-oyat)

«Kitobdan (Ismi a’zamdan) xabardor bo‘lgan zot» Sulaymon Payg‘ambar (a.s.)ga malika Saba’ning taxtini unga juda tez keltira olishini aytadi. Bu ehtimol bugungi kun ilg‘or texnologiyalari bilan tasvirlarning uzatilishiga bir ishoradir. Boshqa bir oyat bu xususda shunday xabar qiladi:
(Shunda) jinlardan bir alvasti aytdi: «Men uni senga o‘rningdan turishingdan ilgari keltirurman. Albatta, men bunga qodir va ishonchlidirman.» («Naml» surasi, 39-oyat)
Hozirgi kunda matn, suratlar va filmlar Internet va kompyuter texnologiyasi sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar yordamida dunyoning har qanday burchagiga bir necha soniyalarda yetkazilishi mumkin. Misol uchun, malikaning taxtini Sulaymon Payg‘ambar (a.s.)ning qarorgohiga juda tez olib keltirish to‘g‘risidagi haqiqat kelgusida uch o‘lchovli surat yoki tasvirni ko‘z ochib-yumguncha Internet orqali jo‘natish imkoniyati tug‘ilishini nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin.
Olimlarning fikriga ko‘ra, yaqin kelajakda atom va molekulalar hamda kattaroq jismlarning teleportatsiyasi haqiqatga aylanishi mumkin. Bu uslub orqali predmetlarning moddiy xususiyatlari bir joydan olinib, ular qayta quriladigan boshqa joyga har bir jihati va atom ketma-ketligini saqlagan holda uzatiladi. Bir kun kelib bu texnologiya ishga tushadigan bo‘lsa, makon va zamon muayyan bir masofani bosib o‘tishga ortiqcha to‘sqinlik qila olmaydi va predmetlar hech qanday masofani bosib o‘tmasdan bir zumda har qanday joyga tashib o‘tila olishi mumkin.197

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:23:17

1998 yilda Kaliforniya Texnologiya instituti (Kaltex)da ikkita yevropalik guruh bilan ishlayotgan fiziklar fotonni tashib o‘tishga muvaffaq bo‘ldilar. Olimlar fotonning atom tuzilishini o‘qish orqali uning nusxasini shakllantirdilar, so‘ngra bu ma’lumotni 1 metr (3,28 fut) masofaga olib uzatish sharafiga muyassar bo‘ldilar. Yaqinda o‘tkazilgan boshqa bir teleportatsiya tajribasida Avstraliya Milliy universiteti (AMU)da faoliyat ko‘rsatayotgan Ping Koy Lam va boshqa tadqiqotchilar lazer nurini qisqa masofaga uzata oddilar.198
Darhaqiqat, 2002 yil 17 iyulda CNN axborot telekanali bergan bayonotga ko‘ra, Kanberradagi Avstraliya Milliy universitetida ish olib borayotgan bir guruh fiziklar lazer nurini ajratishgan vauni bir necha metr masofaga «olib uzatishgan». Guruhning boshlig‘i Ping Koy Lamning xabar berishicha, ular hali materiyani uning atom holatida uzata olishga muvaffaq bo‘lmaganlar. Biroq uning fikriga ko‘ra, bu yechimi topilmaydigan masala emas, balki kelajakda ro‘yobga chiqishi mumkin bo‘lgan haqiqatdir.
Nature nomli ilmiy bir jurnalda chop etilgan izlanishga ko‘ra, Daniyaning Orxus universitetida ish olib borayotgan Yujin Polzik hamda uning hamkasblari lazer nuri va kvant fizikasidan foydalanib, ko‘p sonli atomlar ustida muvaffaqiyatli tajribalar o‘gkazishgan.199 O’zining teleportatsiya salohiyati tahlilida (Scientific America jurnalida chop etilgan) avstraliyalik fizik Anton Zeylinger fizika qonunlarini buzmasdan turib, ancha murakkab tizimlarni teleportatsiya qilish mumkin ekanligi haqida ma’lumot bergan.200
Qur’on oyatida «Toki ularga uning (Qur’onning) haq ekani aniq ma’lum bo‘lgunicha, albatta, Biz ularga atrofdagi va o‘z vujudlaridagi alomatlarimizni ko‘rsatajakmiz...» («Fussilat» surasi, 53-oyat) deb vahiy qilinganidek, bu ilmiy taraqqiyotlar Qur’onda zikr etilgan texnologiyalarning bir qismi bo‘lib, ularning barchasi uning mo‘‘jizaviy jihatlarini ochib beradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:23:58

HIDNING UZATILISHI

U (Yusuf) dedi: «Bu kun sizlarga nisbatan ayblov yo‘q. Alloh sizlarni mag‘firat qilgay. U rahm qiluvchilarning rahmlirog‘idir. Sizlar mana bu qo‘ylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, shunda ko‘radigan bo‘lib qolur. So‘ng barcha ahlu oilalaringiz bilan birga mening oldimga kelingiz!» Karvon (Misrdan) chiqishi bilan otalari (Ya’qub o‘z huzuridagi kishilarga): «Men Yusufning hidini sezmoqdaman. Meni aqldan ozganga chiqarmasangiz, bas», - dedi. («Yusuf» surasi, 92-94-oyatlar)

Zamonamiz olimlarining ma’lum qilishlaricha, yaqin kelajakda atomlar va bo‘y (hid) molekulalarini teleportatsiya qilish imkoniyati yuzaga kelishi mumkin. «Yusuf» surasining 94-oyatida Yusuf Payg‘ambar (a.s.)ning otasi o‘g‘lining hidini sezayotganligini aytadi. Olimlar ham yaqin orada xuddi rasmlar va uch o‘lchovli tasvirlar jo‘natilgani kabi, hidlar jo‘natilishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Demak, bu oyat hozirgi tadqiqotdan hidni olib uzatish usuli kelib chiqadigan jadal texnologiyadan bir alomat bo‘lishi mumkin.
Xuddi boshqa sezgi tuyg‘ularimiz kabi, hid ham miyada shakllanadi. Masalan, limon po‘chog‘ining molekulalari burunning hid bilish retseptorlarini qo‘zg‘atadi, so‘ng bu retseptorlar ularni elektr signallari shaklida miyaga tahlil uchun uzatadi. Demak, hidning signali sun’iy ravishda boshqa shaklda hosil qilinsa, hid xuddi shu shaklda idrok etilishi tabiiy. Chunonchi, «elektron burun» mana shunday tadqiqot sohalaridan biri bo‘lib, u ham yaqin kelajakda haqiqatga aylanishi turgan gap.
Insonning hidni idrok etish tizimi shug‘ullantirilgan burun uchun 10000 tagacha bo‘yni nomlash va farqlay olishga imkoniyat yaratishi mumkin. Parfyumeriya (duxi) biznesi bilan shug‘ullanuvchi, maxsus kimyoviy mashg‘ulotlardan o‘tgan professionallar yuzlab turli xushbo‘y moddalardan tarkib topgan atirni hidlab, so‘ng uning tarkibiy qismlarini sanab bera olish qobiliyatiga egadirlar.201 Inson burnidagi bu buyuk ixtiro ko‘plab olimlarga xuddi shunday jihoz yaratishga dalda berdi. Turli tadqiqot va rivojlantirish markazlarida insonning bunday hidni idrok etish tizimi nusxasini yaratishga urinishlar davom etmoqda. Shu asnoda, ishlab chiqilgan modellar «elektron burun» atamasi bilan nomlanadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:25:43

Inson burnining retseptorlari oqsillardan tashkil topgan, uning elektron vazifadoshida esa ular bir qator kimyoviy retseptorlardan tuzilgan. Har bir retseptor turli hidlarni topishga mo‘ljallangan, ularning farqlash qobiliyati qanchalik oshirilsa, mahsulotni ishlab chiqish shunchalik qiyinroq va narxi qimmatroq bo‘ladi. Datchiklar tomonidan qabul qilinadigan signallar elektron tizimlar vositasida ikkilik kodlarga aylantiriladi va so‘ng kompyuterga uzatiladi. Elektron tizimlarga hidni topish uchun mas’ul nerv hujayralarining taqlidi sifatida qaralsa, kompyuterni miya deb o‘ylash mumkin. Kompyuter ma’lumotlarni tahlil qilishga dasturlashtirilib qo‘yiladi va shu tariqa ikkilik kod signallarini fahmlaydi.
Elektron burunlar hozirgi paytda oziq-ovqat, parfyumeriya va kimyo sanoatlari hamda tibbiyotda ishlatilmoqda. Universitetlar va Xalqaro tashkilotlar ham bunday loyihalarga katta yordam bermoqda. Shunday bo‘lsa-da, Uorik universiteti xodimi Julian U. Gardner ta’kidlaganidek, tadqiqotchilar hamon bu texnologiyaning ilk bosqichidadirlar.202
NASA tadqiqotchilari fazoni tadqiq qilish uchun o‘ta sezgir sun’iy burun yaratishmoqda. Deyarli har qanday tarkibni farqlay olishga dasturlashtirilishi mumkin bo‘lgan bu qurilma inson burniga nisbatan ancha sezgirroq U kelgusida zakovat xavfsizligi tizimining bir qismi sifatida xizmat qiladi va kosmik stantsiyada xavfli moddalarni topishga qodir bo‘ladi.203
 

Duftspezialisten firmasi tomonidan ishlab chiqilgan USB-P@d apparati shaxsiy kompyuterlarga ulardan foydalanuvchilarning didiga ko‘ra hidlar taratish imkoniyatini yaratadi. Hid uzatuvchi bu apparat yordami bilan diskovod kompyuter-nazoratli havo oqimini yo‘lga qo‘yishi mumkin. Hid 20 xil moylar bilan to‘ldirilgan almashuvchan katrijdan keladi. Kompyuter nazorat qiladigan bu hidlar tabiatdan o‘ziga xos tovush hamda tasvirlarni ham ta’minlashi mumkin.


Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:26:16

ELEKTRDAN FOYDALANISH

... va uning uchun erigan mis bulog‘ini oqizib qo‘ydik. («Saba’» surasi, 12-oyat)

Alloh Sulaymon Payg‘ambar (a.s.)ga bergan buyuk ne’matlaridan biri «mis bulog‘i»dir. Bu turli ma’nolarda tushunilishi mumkin. «Erigan mis» jumlasini ishlatish bilan bu oyat Sulaymon Payg‘ambar (a.s.) davrida elektrdan foydalangan ilg‘or texnologiyaning mavjud bo‘lganligini nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin. Bizga ma’lumki, mis elektr va issiqlik o‘tkazuvchi eng yaxshi metallardan biri bo‘lib, u dunyoda ishlab chiqiladigan misning ko‘p qismini sarf qiluvchi elektr energiyasi sanoatining asosini tashkil etadi. «Oqizib qo‘ydik» jumlasi esa, elektrning ko‘p sohalarda ishlatilishi mumkinligiga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:26:47

ARTEZIAN BULOQLARI

Ularni o‘n ikki urug‘-ummat qilib bo‘lib tashladik va Musodan qavmi suv talab qilganda, unga: «Asoying bilan toshni urgin!» - deb vahiy qilgan edik, (urgach) undan (toshdan) o‘n ikki chashma otilib chikdi. Har bir (urug‘ga tegishli) odamlar o‘z suv ichadigan joyini bilib oldilar. Ular uzra bulutlarni soyabon qildik va ustilaridan shirinlik va bedanalar yog‘dirib: «Sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizning poklaridan tanovul qilingiz!» (tsedik). Ular (itoat qilmay) Bizga zulm qilmadilar, balki o‘zlariga zulm qiladigan bo‘ldilar. («A’rof» surasi, 160-oyat)

Yuqoridagi oyat Muso Payg‘ambar (a.s.)ning qavmi undan qanday qilib suv so‘raganligi va uning qanday qilib har bir urug‘ni suv ichish mumkin bo‘lgan joylar bilan ta’minlaganligini tasvirlaydi. Shu narsa aniqki, uning qavmi suv taqchilligvdan azob chekar edi. Buvday taqchillik hanuz mavjud bo‘lib, 1 milliarddan ortiq odam bugungi kunda toza suv ichimligvdan foydalanish imkoniyatiga ega emas va 2,4 milliard odam esa hamon sanitariyaga zvd sharoitda kun kechiradilar. Taxminiy hisoblarga ko‘ra, 2025 yilga borib 5 milliard odam suvdan yetarli miqdorda foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘ladilar.204 Har yili 12 milliongacha odam ichimlik suvi yetishmasligvdan hayotdan ko‘z yumib, ulardan 3 millioni suv orqali yuquvchi kasalliklar oqibatvda nobud bo‘ladigan bolalarni tashkil etadi.205
Bugungi kunda dunyo aholisining 8 foizini tashkil etuvchi 31 ta mamlakatda surunkali toza suv tanqisligi hukm surmoqda. 2025 yilga borib, bu ko‘rsatkich 48 ta mamlakatga ortishi mumkin.206 BMT ning taxminlariga ko‘ra, ichimlik suvi 2025 yilga kelib yanada ko‘proqcheklangan manbaga aylanadi va ayni paytda suv muammosiga duchor bo‘lgan aholi soni 817 millionga (aholi soni sekin o‘sishi taxmin qilinganda) yoki 1,079 milliardga (aholi soni tez o‘sishi taxmin qilinganda) ko‘payishi mumkin.207
Eng katta toza suv manbai bo‘lgan yer osti suvlari ichish uchun mavjud suv zaxiralarining 90 foizvdan ko‘prog‘ini tashkil etadi208 va u 2 milliardga yaqin odamning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda juda muhim ahamiyat kasb etadi.209 u Amerika aholisining deyarli 50 foizi uchun birinchi darajali suv manbai bo‘lib, qishloqjoylarda bu raqam 95 foizgacha chiqadi.210 Shu bilan bir vaqtda, bu suvdan geotermal energiya ishlab chiqarish va issiqlik nasoslaridan foydalanish orqali energiyani tejash uchun foydalanish mumkin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:30:35

Tuproqdan so‘rib olingan suv yer ostidagi suv o‘tkazmas qatlamga duch kelgach, u yerda to‘planadi va suv manbaini hosil qiladi. Bu suv keyinchalik artezian usuli orqali yer yuzasiga olib chiqiladi. Artezian buloqlari yer osti suvlarini g‘amlay oladigan cho‘kindi tog‘ jinslari orqali hosil bo‘ladi.
Artezian quduqlarining toshli joylardan kovlab chiqarilishi Qur’onning tafsiloti bilan bir xildir. «A’rof» surasining 160-oyatida qayd etilgan haqiqat, ya’ni Allohning Muso Payg‘ambar (a.s.)ga toshni urishni amr qilishi mana shu uslubni nazarda tutayotgan bo‘lishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) «Urmoq» deb tarjima qilingan «izrib» fe’li «ko‘tarmoq, ochmoq» degan ma’nolarni ham anglatadi. Shunday ekan, bu oyat toshning ko‘tarilishi orqali ochiladigan suv manbaini tasvirlayotgan bo‘lishi mumkin. Natijada «inbajasa» (otilib chiqmoq, erkin oqmoq, biqirlab chiqmoq, oqmoq) fe’li ta’riflayotganidek, xuddi artezian buloqlarida sodir bo‘lgani kabi, bosimli suv paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Agar yetarli darajadagi bosim shakllangan bo‘lsa, suv nasossiz ham yer yuziga oqib chiqishni davom etaveradi.
E’tiborli tomoni shundaki, hozirgi kundagi suv taqchilligi bilan bog‘liq muammolarning yechimi yer osti suv manbalaridan foydalanish orqali topiladi. Darhaqiqat, buni amalga oshirishning eng samarali yo‘llaridan biri artezian quduqlaridir. Boshqacha qilib aytganda, biz Muso Payg‘ambar (a.s.)ning hatto hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmasdan ham toshni urishi yoki ko‘tarishi uslubiga taqlid qilayotgan bo‘lishimiz mumkin. Shunday qilib, «A’rof» surasining 160-oyati artezian quduqlarini (birinchi artezian qudug‘i 1126 yilda Frantsiyaning Artua degan joyida ochilgan) nazarda tutayotgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)
 

Yopiq artezian suvini saqlaydigan qatlam suv o‘tkazmaydigan jinsli qatlam bilan qoplangan va chegaralangan bo‘ladi. Bu qatlam suvning undan pastga filtrlanib ketishiga yo‘l ko‘ymaydi. Buning o‘rniga, nam saqlaydigan jinsli qatlam yuqoriga ko‘tarilgan va qiyalangan to‘ldirib boruvchi hudud orqali suv unga kiradi. Artezian suvini saqlaydigan qatlam ichidagi oqim J-shaklli kuvur orqali oqib o‘guvchi suvga o‘xshab ketadi. Quvurning uzun tomonidan kuyilgan suv quvurning qisqa tomonidagi suvni yuqoriga qarab haydab chiqish uchun yetarli bosimni ta’minlab beradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:31:04

TEXNIKADA CHUMOLILAR ARMIYASI

To ular chumolilar vodiysiga yetganlarida, bir chumoli: «Ey, chumolilar! Uyalaringizga kiringiz, yana Sulaymon va uning lashkarlari o‘zlari sezmagan hollarida sizlarni ezib ketmasinlar!» - dedi. («Naml» surasi, 18-oyat)

«Chumolilar vodiysi» maxsus joy va maxsus chumolilarni nazarda tutadi. Shuningdek, Sulaymon Payg‘ambar (a.s.)ning chumolilar o‘rtasidagi o‘zaro suhbatni eshita olganligi kompyuter texnologiyasidagi kelgusi taraqqiyotlarga ham ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda qo‘llanilayotgan «Kremniy vodiysi» degan atamadan texnologiya olamining markazi tushuniladi. «Chumolilar vodiysi» Sulaymon Payg‘ambar (a.s.)ning hayoti tasvirlanayotgan paytda paydo bo‘lib qolishi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Alloh bizning e’tiborimizni kelajakning taraqqiy etgan texnologiyasiga qaratayotgan bo‘lishi mumkin.
Jumladan, chumolilar va boshqa hasharot turlari robot loyihalarida model sifatida ilg‘or texnologiyalar uchun keng qo‘llanilmoqda va ular mudofaa sanoatidan tortib texnologiya kabi keng qamrovli sohalarda xizmat qilishga mo‘ljallangan. Bu oyat mana shunday rivojlanishlarga ham ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:33:02

Mini texnologiyadagi so‘nggi yutuqlar: Chumoli armiyasi robotlari

Chumolilardan model sifatida foydalanadigan eng mashhur loyiha bir necha mamlakatlarda mustaqil ravishda amalga oshirilayotgan «Chumoli armiyasi roboti» loyihasidir. Virjiniya Politexnika instituti va Virjiniya davlat universitetida olib borilayotgan bir tadqiqot robot armiyasi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan kichik, arzon va oddiy, jismonan o‘xshash robotlarni ishlab chiqish ustida izlanmoqda. Loyihani amalga oshiruvchi guruh bu robotlarning amaliyligini quyidagicha tushuntiradilar: «Ularning uyg‘un holda guruh bo‘lib harakat qilish usuli bir qator jismoniy vazifalarni amalga oshiradi va umumiy qarorlar qabul qiladi». Bu robot armiyalarining mexanik va elektrik loyihalari chumoli jamiyatining xatti-harakatiga asoslanadi. Ular o‘zlarining hasharot vazifadoshlariga o‘xshab ketishi tufayli «chumoli armiyasi robotlari»debataladi.
«Chumoli armiyasi» robot tizimi dastlab «material tashuvchi tizim» sifatida loyihalashtirilgan edi. Bu loyihaga ko‘ra, bir qancha kichik robotlarga narsalarni hamkorlikda ko‘tarish va tashish vazifasi yuklatilishi kerak edi. Keyinroq esa ulardan boshqa vazifalar uchun ham foydalanish mumkin, degan qarorga kelindi. Bir ma’lumotnoma ular uchun kelgusida tayinlanishi mumkin bo‘lgan boshqa vazifalarni quyidagicha yoritadi:
Robot «to‘dalari» bilan yadro va xavfli chiqitlarni tozalash, kon qazib olish (shu jumladan, ashyo olib ketish va izlab qutqarish), minalarni topib yo‘q qilish (ham suvda, ham yerda), nazorat qilish va qorovullik, sayyora yuzasini tadqiq qilish va qazish.211
 

Chumoli robot texnologiyasi bo‘yicha mutaxassis Izrail A. Uagnerning bayonotida chumoli robot loyihalari quyidagicha tasvirlangan:
«Chumoli robot»lar umum maqsadlarga erishish uchun hamkorlik qilishga mo‘ljallangan jismonan sodda yoki samarali jonzotlardir. Ular juda cheklangan energiya manbai sarf qilish, sezish va hisoblash hamda xuddi ko‘pchilik hasharotlar tabiiy ravishda qilganlari kabi ish joyi yoki yerda qoldirib ketilgan izlar orqali aloqa qilishga mo‘ljallangan...
Ko‘p sonli chumoli (agent)lar o‘rtasidagi ish yo agentlarga buyruq jo‘natuvchi markaziy nazoratchi tomonidan taqsimlanadi, yoki pirovardida berilgan topshiriqning, agar agentlar itoat etsa, ado etilishiga sabab bo‘luvchi ma’lum bir taqsimot bo‘yicha apriori kelishuv orqali amalga oshirilishi mumkin. Mazkur ish davomida qo‘llanila-digan uchinchi uslub har bir robotning xatti-harakatini shunday loyihalashtirishdirki, hamkorlik ularning ishi davomida, apriori qarorlar qilmasdan, tabiiy ravishda yuzaga keladi. Ular tatbiq etish yoki qidirish, uyning polini tozalashdan tortib noma’lum sayyoraning xaritasini tuzish yoki minalashtirilgan maydonni zararsizlantirishgacha ko‘plab sohalarda qo‘llanilishi mumkin.212
Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, chumolining ijtimoiy hayot tarzi ko‘plab loyihalarning asosini tashkil etadi va chumoliga asoslangan robot texnologiyalari inson uchun naf keltirmoqda. Shunga ko‘ra, Sulaymon Payg‘ambar (a.s.) hayotining Qur’ondagi tafsilotida chumolilar va ularning vodiysiga e’tibor qaratilganligi juda ahamiyatlidir. Oyatdagi «chumolilar» degan so‘z robotlardan iborat armiyani, robot texnologiyasidagi kelajak taraqqiyoti va robotlar inson hayotida muhim rol o‘ynashiga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin. Misol uchun, ular ko‘plab qiyinchiliklar bilan to‘la vazifalarni bajarib, odamlarning hayotlarida ko‘proq qulayliklar yaratishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

Qayd etilgan