Mini texnologiyadagi so‘nggi yutuqlar: Chumoli armiyasi robotlariChumolilardan model sifatida foydalanadigan eng mashhur loyiha bir necha mamlakatlarda mustaqil ravishda amalga oshirilayotgan «Chumoli armiyasi roboti» loyihasidir. Virjiniya Politexnika instituti va Virjiniya davlat universitetida olib borilayotgan bir tadqiqot robot armiyasi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan kichik, arzon va oddiy, jismonan o‘xshash robotlarni ishlab chiqish ustida izlanmoqda. Loyihani amalga oshiruvchi guruh bu robotlarning amaliyligini quyidagicha tushuntiradilar: «Ularning uyg‘un holda guruh bo‘lib harakat qilish usuli bir qator jismoniy vazifalarni amalga oshiradi va umumiy qarorlar qabul qiladi». Bu robot armiyalarining mexanik va elektrik loyihalari chumoli jamiyatining xatti-harakatiga asoslanadi. Ular o‘zlarining hasharot vazifadoshlariga o‘xshab ketishi tufayli «chumoli armiyasi robotlari»debataladi.
«Chumoli armiyasi» robot tizimi dastlab «material tashuvchi tizim» sifatida loyihalashtirilgan edi. Bu loyihaga ko‘ra, bir qancha kichik robotlarga narsalarni hamkorlikda ko‘tarish va tashish vazifasi yuklatilishi kerak edi. Keyinroq esa ulardan boshqa vazifalar uchun ham foydalanish mumkin, degan qarorga kelindi. Bir ma’lumotnoma ular uchun kelgusida tayinlanishi mumkin bo‘lgan boshqa vazifalarni quyidagicha yoritadi:
Robot «to‘dalari» bilan yadro va xavfli chiqitlarni tozalash, kon qazib olish (shu jumladan, ashyo olib ketish va izlab qutqarish), minalarni topib yo‘q qilish (ham suvda, ham yerda), nazorat qilish va qorovullik, sayyora yuzasini tadqiq qilish va qazish.211
Chumoli robot texnologiyasi bo‘yicha mutaxassis Izrail A. Uagnerning bayonotida chumoli robot loyihalari quyidagicha tasvirlangan:
«Chumoli robot»lar umum maqsadlarga erishish uchun hamkorlik qilishga mo‘ljallangan jismonan sodda yoki samarali jonzotlardir. Ular juda cheklangan energiya manbai sarf qilish, sezish va hisoblash hamda xuddi ko‘pchilik hasharotlar tabiiy ravishda qilganlari kabi ish joyi yoki yerda qoldirib ketilgan izlar orqali aloqa qilishga mo‘ljallangan...
Ko‘p sonli chumoli (agent)lar o‘rtasidagi ish yo agentlarga buyruq jo‘natuvchi markaziy nazoratchi tomonidan taqsimlanadi, yoki pirovardida berilgan topshiriqning, agar agentlar itoat etsa, ado etilishiga sabab bo‘luvchi ma’lum bir taqsimot bo‘yicha apriori kelishuv orqali amalga oshirilishi mumkin. Mazkur ish davomida qo‘llanila-digan uchinchi uslub har bir robotning xatti-harakatini shunday loyihalashtirishdirki, hamkorlik ularning ishi davomida, apriori qarorlar qilmasdan, tabiiy ravishda yuzaga keladi. Ular tatbiq etish yoki qidirish, uyning polini tozalashdan tortib noma’lum sayyoraning xaritasini tuzish yoki minalashtirilgan maydonni zararsizlantirishgacha ko‘plab sohalarda qo‘llanilishi mumkin.212
Bu misollardan ko‘rinib turibdiki, chumolining ijtimoiy hayot tarzi ko‘plab loyihalarning asosini tashkil etadi va chumoliga asoslangan robot texnologiyalari inson uchun naf keltirmoqda. Shunga ko‘ra, Sulaymon Payg‘ambar (a.s.) hayotining Qur’ondagi tafsilotida chumolilar va ularning vodiysiga e’tibor qaratilganligi juda ahamiyatlidir. Oyatdagi «chumolilar» degan so‘z robotlardan iborat armiyani, robot texnologiyasidagi kelajak taraqqiyoti va robotlar inson hayotida muhim rol o‘ynashiga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin. Misol uchun, ular ko‘plab qiyinchiliklar bilan to‘la vazifalarni bajarib, odamlarning hayotlarida ko‘proq qulayliklar yaratishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)