Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 233187 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 31 B


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 02:46:45

Misr xalqining boshiga tushgan ofatlar haqida papiruslarda yozib qoldirilgan tafsilotlar xuddi Qur’onda nozil qilingan tasvirlarga o‘xshaydi. Qur’on bu fojialar haqida bizni xabardor qiladi. Insoniyat tarixidagi bu davrning Islom dinida yoritilganligi, XIX asrning boshlarida Misrda O’rta qirollik davriga borib taqaladigan Ipuver papiruslarining kashf qilinishi orqali tasdiqlandi. Mazkur papirus kashf qilingandan so‘ng, u 1909 yilda Gollandiyadagi Leyden muzeyiga jo‘natildi va u Qadimgi Misr tarixi bo‘yicha mashhur olim A.D.Gardiner tomonidan tarjima qilindi. Papirusda Misrdagi ocharchilik, qurg‘oqchilik va Misrdan qullarning qochib ketishi kabi musibatlar tasvirlangan edi. Bundan tashqari, papirusni yozgan Ipuver bu hodisalarning shohidi bo‘lgan ekan. Quyida Ipuverning papirusi Qur’onda tasvirlangan bu falokatlarga qanchalik muvofiq kelishini ko‘rishingiz mumkin:
O’lat butun mamlakatda tarqalmish. Qon hamma yerdadur.219
Daryo qondur.220
Forsus, kecha ko‘ringan olamdan o‘tmish. Yer xuddi qirqib olingan zig‘ir kabi o‘z holicha horg‘in qolmish.221
Quyi Misr ko‘z yoshin to‘kur... Butun saroy daromadsiz o‘ltirur. Bug‘doy va arpa, g‘ozlar va baliqlar unga tegishlidur.222
Forsus, don-dun har tomondan tortilmish.223
Hamma yokda tartibsizlik va dahshatli shovqin... To‘qqiz kundan buyon saroydan tashqari chiqish yo‘qtsur va hech kim o‘z inisining yuzini ko‘ra olmas. Shaharlar qudratli dengiz to‘lqinlari tarafidan yer bilan yakson bo‘lmish. Hamma yokda qon... Qora o‘lat butun mamlakatga yoyilmish.
Bugun hech bir kimsa shimolga, Biblosga suzmayotir. Mo‘miyolarimiz uchun, kedr uchun nima qila olurmiz?... Oltin yetishmayotir...224
Odamlar inson ta’mi kelmish suvdan qochurlar, suv ichgach, yana chanqab qolurlar.225
Shundayin erur bizning suvimiz! Shundayin erur bizning toleimiz!
Shunday ekan, ne ham qila olurmiz? Hamma narsa xarob!226
Shaharlar vayron bo‘lmish. Yuqori Misr qurib qolmish.227
Istiqomatgohlar bir onda ostin-ustun bo‘lmish.228
Bu hujjatga ko‘ra, Misr xalqi ustiga yog‘ilgan falokatlar Qur’onning ushbu masaladagi tafsilotiga to‘liq mos tushadi.229 Bu papirus Fir’avn davrida Misr boshiga tushgan fojialar bilan parallel bo‘lib, u Qur’onning aslida ilohiy ekanligini yana bir marotaba isbot qiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 08:37:32

TARIXIY HUJJATLAR QUR’ONDA KELTIRILGAN MA’LUMOTLARNI TASDIQLAYDI

Misrda, XIX asrning bopsharida, O’rta qirollik davriga oid bir papirus kashf qilindi. Bu papirus Gollandiyadagi Leyden muzeyiga olib ketildi va AD.Gardiner tomonidan 1909 yilda tarjima qilindi. Papirusning to‘liq matni Admonistion of an Egyptian from a Hieratic Papyrus in Leiden (Leydendagi ieratik papirusdan bir misrlikning nasihatlari) nomli kitobda mavjud bo‘lib, unda Misrdagi katta o‘zgarishlar: ocharchilik, qurg‘oqchilik, qullarning Misrdan o‘z mol-mulklari bilan qochib ketishi va butun o‘lka uzra o‘limning yopirilgani ta’riflanadi. Mazkur papirus Ipuver ismli bir misrlik tomonidan yozib qoldirilgan va uning mazmunidan shu narsa ayon bo‘ladiki, bu shaxs Misrdagi falokatlarning shaxsan shohidi bo‘lgan. («The Ten Plagues — Live From Egypt (O’n o‘lat - to‘g‘ridan-to‘g‘ri Misrdan), Rabbi Mordechay Becher, www.ohr.org.il/yhiy/article.php/838) Bu papirus falokatlar, Misr jamiyatining halokatini va Fir’avnning xarob bo‘lishini tasvirlovchi eng qimmatli qo‘lyozma hisoblanadi.


Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 08:39:25

QUR’ONDA «FIR’AVN» SO’ZI

Ibrohim Payg‘ambar (a.s.) va Yusuf Payg‘ambar (a.s.) zamonidagi Misr hukmdori Tavrotda «Fir’avn» deb ataladi. Holbuki, bu nom aslida mazkur ikki payg‘ambar yashab o‘tgan davrlardan ancha keyin qo‘llanila boshlangan.
Qur’onda Yusuf Payg‘ambar (a.s.) zamonidagi Misr hukmdori haqida so‘z ketar ekan, unda «hukmdor, shoh, qirol yoki sulton» ma’nolarini anglatuvchi «Al-Malik» kalimasi qo‘llanilgan:
Shoh, (bu javoblarni eshitib): «Uni huzurimga olib kelingiz!» -dedi ... («Yusuf» surasi, 50-oyat)
Muso Payg‘ambar (a.s.) davridagi Misr hukmdori Qur’onda «Fir’avn» deb yuritiladi. Qur’ondagi bu farq na Tavrot va Injilda va na yahudiy tarixchilari tomonidan e’tiborga olinadi. Bibliyada har safar Misr monarxi tilga olinganda «Fir’avn» so‘zi ishlatilgan. Qur’onda esa aksincha, ya’ni unda qo‘llanilgan terminologiya juda lo‘nda va aniqdir.
Misr tarixida «Fir’avn» so‘zining ishlatilishi faqat keyingi davrlarga xosdir. Bu muayyan bir unvon miloddan avvalgi XIV asrda, Amenhotep IV hukmdorligi davrida qo‘llanila boshlangan. Yusuf Payg‘ambar (a.s.) bu davrdan kamida 200 yil oldin yashab o‘tgan edi.230



(Ey, Muhammad!) Biz Sizga o‘tib ketgan (avlod)lar xabarlaridan shu tarzda so‘zlab berurmiz. Shuningdek, (Biz) Sizga o‘z dargohimizdan zikr (Qur’on) keltirdik. Kim undan yuz o‘girsa, bas, albatta, u qiyomat kunida yuk (gunoh)ni ko‘tarur. («Toho» surasi, 99—100-oyatlar)
The Britannica Encyclopedia da aytilishicha, «Fir’avn» so‘zi Yangi qirollikdan (18-suloladan boshlab - mil. avv. 1539-1292 y.y.) e’tiboran 22-sulola (mil. avv. 945-730 y.y.) gacha qo‘llanilgan bir ulug‘ unvon bo‘lib, ulardan so‘ng esa bu unvon hech qo‘llanilmagan. Bu mavzuga oid boshqa bir ma’lumot Academic American Encyclopedia da keltirilgan bo‘lib, unda «Fir’avn» nomi Yangi qirolliqda ishlatila boshlanganligi qayd etilgan.
Ko‘rib turganimizdek, «Fir’avn» so‘zining ishlatilishi tarixning ma’lum bir davridan boshlanadi. Shu sababdan, Qur’onda Misr hayotining turli davrlarida ishlatilgan turli unvonlar o‘rtasidagi farqning aniq qayd etilishi Qur’on Allohning so‘zi ekanligini isbotlovchi yana bir dalildir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 08:40:33

MUSO PAYG’AMBARNING (A.S.) SEHRGARLIKKA YO’YILISHI

Fir’avn zamonidan qolgan papiruslarda Muso Payg‘ambar (a.s.)ga muntazam ravishda sehrgar deb murojaat etiladi. (Mazkur papiruslar Britaniya muzeyida saqlanmoqda.) Fir’avn va uni yoqlovchilarning barcha urinishlariga qaramay, ular hech qachon Muso (a.s.) va Isroil farzandlariga qarshi ochgan urushida ustun kela olmagan.
Bu adolatning idorachisi Quyoshning o‘g‘li Ammonning katta akasi bo‘lgan va padari Quyosh kabi abadiy yashaydigan Ramsesning qirolligi zamonida, yettinchi Payni oyining ikkinchi kunida yozildi... Bu maktubni olganing zamon tur, ishni boshla va dalalarning nazoratini o‘z ko‘lishta ol. Bugun boshokdi ekinlarni yakson qilmish suv bosqini kabi yangi ofatlar xabarini olganing zamon, tushun. Hemton ularni hirs ila yeb, ado etmish, omborlar talanmish. Kalamushlar dalalarga yig‘ilib kelmishlar, burgalar dovulga o‘xsharlar, chayonlar hirs ila yeyurlar, kichik pashshalar qolgan yaralar sanab bo‘lmas darajada ko‘pdur. Va bular fuqaroni mahzun etadir... Kotib (bu yerda Muso Payg‘ambar (a.s.) nazarda tutilmoqda) butun boshoqli ekinlarni mahv etmoq maqsadini ado etdi... Sehrlar ularning noni kabidur. Kotib ... yozmoq san’atinda insonlarning birinchisidur.
Muso Payg‘ambar (a.s.)ga «sehrgar» degan ayblov toshlarining irg‘itilishi haqida quyidagi oyatlarda xabar beriladi:
Ular mo‘‘jizalarimizni qo‘rishgach, Musoga: «Ey, sehrgar! Senga bergan va’dasiga binoan Rabbingga bizlar uchun duo qil. (Agar U azoblarni aritsa) albatta, bizlar hidoyat topuvchidirmiz», - dedilar. («Zuxruf» surasi, 49-oyat)
(Ular Musoga) aytdilar: «Bizni sehrlash uchun har qanday mo‘‘jiza keltirsang ham, biz senga imon keltiruvchi emasmiz.» («A’rof» surasi, 132-oyat)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 08:46:40

NUH TO’FONI

Biz Nuhni o‘z qavmiga (payg‘ambar qilib) yubordik. Bas, u ularning orasida ellik yili kam ming yil turdi. Bas, ularni zolim (kofir) bo‘lgan hollarida to‘fon (balosi) tutdi. («Ankabut» surasi, 14-oyat)

Nuh Payg‘ambar (a.s.) o‘z qavmiga Alloh tomonidan elchi qilib yuborilgan edi. Parvardigorning buyruqlaridan o‘zlarini chetga olgan va Unga sheriklar qilgan qavmini Nuh Payg‘ambar (a.s.) faqat yolg‘iz Allohgagina xizmat qilishlari va o‘z jamoalarida hukm surayotgan yolg‘on ibodatlardan voz kechishlari kerakligi to‘g‘risida ogohlantirdi. Garchi Nuh (a.s.) o‘z qavmiga buyuk notiqlik va donolik bilan murojaat kilgan va ularni Allohning jazosidan ogoh qilgan bo‘lsa-da, ular Payg‘ambarni tan olmadilar va Allohga sherik qilishda davom etdilar. Shunda Alloh Nuh (a.s.)ga imonsizlarni suvga cho‘ktirish orqali jazolajagini xabar qildi. Shuningdek, Alloh O’z Elchisiga haqiqiy dinni mamnuniyat bilan qabul qilgan hamda Yolg‘iz va Yagona Allohga ibodat qilgan mo‘minlarni O’z rahm-shafqati ila qutqarib qolajagini ham ma’lum qildi. Nuh qav-mining halok etilishi va mo‘minlarning qutqarilishi Qur’onning bir oyatida shunday tasvirlanadi:
Shunda uni yolg‘onchiga chiqardilar. Bas, (Biz) uni va u bilan birga (imon keltirgan)larni kema ichida (saqlab, to‘fondan) qutqardik va oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlarni (suvga) g‘arq qildik. Ular (qalbi) ko‘r kishilar edi. («A’rof» surasi, 64-oyat)
Jazo vaqti yetganda, yerdagi suv buloqlari shiddatli yomg‘irlar bilan birlashib, ulkan suv toshqinini keltirib chiqardi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) Toshqin kelishidan oldin, Alloh Nuh (a.s.) bilan so‘zlashib, unga quyidagicha vahiy qiladi:
Bas, Biz unga vahiy qildik: «Bizning himoyamizda va vahiymiz bilan bir kema yasagin! Bas, kachonki, Bizning amrimiz kelib, tannurdan (olov o‘rniga) favvoralar otilgan vaqtida, u kemaga har (jonivor)dan bir juftdan va oilangni solgin! Lekin kofirlardan kim haqida Bizni so‘zimiz (g‘arq bo‘lishi haqidagi hukmimiz) kechgan bo‘lsa (ularni tark qilgin) hamda ular haqida (najot so‘rab) Menga xitob (iltijo) qilmagin! Ular, albatta, (to‘fon suviga) g‘arq qilinuvchidirlar!»  («Mu’minun»surasi, 27-oyat)
Nuh (a.s.)ning kemasiga minganlardan boshqa butun qavm suvga g‘arq qilindi. O’lganlar ichida payg‘ambarning o‘g‘li ham bo‘lib, u tog‘dan boshpana topib, qutulib qolaman deb o‘ylagan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 08:47:07

(So‘ngra) aytildi: «Ey, Yer! Suvingni yutgin! Ey, osmon! O’zingni tutgin (yog‘ishni bas qil!)» Suv quridi, buyruq ado etildi va (kema) Juvdiy (tog‘i) uzra qo‘ndi hamda «Zolimlar qavmiga - halokat!» - deyildi. («Hud» surasi, 44-oyat)
Yahudiylarning muqaddas diniy kitoblari hamda boshqa xalqlarning turli madaniy mafkuralarida keltirilgan ushbu to‘fonning tafsiloti Alloh nozil kilgan va buzilmasdan qolgan yagona ilohiy matn bo‘lmish Qur’onning tafsiloti bilan taqqoslanganda, Qur’onning tafsiloti boshqa tafsilotlar ichida eng ishonchli ekanligi namoyon bo‘ladi. Tavrot (buzilgan matn)da ta’kidlanishicha, bu to‘fon umumbashariy bo‘lgan va butun dunyoni qamrab olgan. Aksincha, bunga aloqador Qur’on oyatlaridan ko‘rinib turibdiki, to‘fon hududiy bo‘lgan va butun dunyo emas, balki faqatgina Nuh Payg‘ambar (a.s.)ni inkor etgan qavmgina jazoga loyiq, deb topilgan. Bu to‘fonda halok qilinganlar Nuh (a.s.)ning xabarlarini rad etib, o‘z raddiyalarida qat’iy turgan odamlar edilar. Qur’onda mazkur to‘fonning umumbashariy bo‘lganligi qayd etilmagan. Quyidagi oyatlarda bu xususda shunday xabar beriladi:
Darhaqiqat, Nuhni o‘z qavmiga (payg‘ambar qilib) yubordik. (U dedi): «Men sizlarga aniq ogohlantiruvchiman. Allohdan o‘zgaga sig‘inmangiz! Men sizlarga alamli azob (kelishi)dan qo‘rqaman.» («Hud» surasi, 25-26-oyatlar)
Shunda uni yolg‘onchiga chiqardilar. Bas, (Biz) uni va u bilan birga (imon keltirgan)larni kema ichida (saqlab, to‘fondan) qutqardik va oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlarni (suvga) g‘arqqildik. Ular (qalbi) ko‘r kishilar edi. («A’rof» surasi, 64-oyat)

Shohidi bo‘lib turganimizdek, Qur’on bizga butun dunyo emas, balki faqatgina Nuh Payg‘ambar (a.s.)ning qavmi halok qilinganligi to‘g‘risida xabar beradi. Nasroniy va yahudiylarning muqaddas diniy kitoblari (ya’ni Tavrot va Injil)da buzib ko‘rsatilgan izohlarning Qur’onda tuzatilib xabar berilishi, uning butunligicha Alloh tomonidan tushirilgan bir kitob ekanligini tasdiqlaydi.
To‘fon sodir bo‘lgan, deb taxmin qilingan hududda olib borilgan qazishmalar ham to‘fon butun yer yuzida emas, balki Mesopotamiyaning bir qismiga ta’sir o‘tkazgan keng ko‘lamli falokat bo‘lganligini ko‘rsatdi.
Suvlar pasaygach, kema to‘xtaydi. Qur’onda vahiy qilinganidek, kemaning to‘xtash joyi al-Juvdiy bo‘lgan. Garchi arabcha «juudii» so‘zining o‘zi «baland joy, tepalik» degan ma’nolarni anglatsa-da, u ba’zida ma’lum bir tog‘ni anglatish uchun ham qo‘llaniladi. Mana shu nuqtai nazardan olib qaralganda, «juudii» so‘zi barcha yerlarni qamrab olish emas, balki faqat muayyan bir balandlikka yetgan suvlarni nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, biz Qur’ondan to‘fonning (yahudiylarning muqaddas diniy kitobi va boshqa afsonalarda ta’kidlanganidek) Yer yuzidagi barcha yerlarni va hamma tog‘larni emas, balki ma’lum bir joyni yutganligini bilibolamiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 08:51:55

To‘fonning arxeologik dalillari

Agar, misol uchun, tabiiy ofat, to‘satdan ro‘y bergan ko‘chish yoki urush tsivilizatsiyaning barbod bo‘lishiga sabab bo‘lsa, o‘sha tsivilizatsiyaga oid izlar yaxshi saqlanadi. Odamlar yashagan uylar va ular o‘z kundalik hayotida ishlatgan narsalar tezda tuproq ostida ko‘milib ketadi. Bular shu tarzda uzoq muddat inson qo‘llari tegmagan holda saqlanadi. O’tmishni o‘rganuvchi talabalar uchun (oxir-oqibat ular ma’lum bo‘lgach) ular bebaho manbaga aylanadi.
Keyingi paytlarda Nuh to‘foniga oid ko‘plab dalillarning kashf qilinishi dunyoning eng mashhur arxeolog va tarixchi olimlarining e’tiborini tortdi. Miloddan avvalgi taxminan 3000 yilda sodir bo‘lgan, deb hisoblanadigan to‘fon butun tsivilizatsiyani yo‘q qildi va uning o‘rniga butunlay yangi tsivilizatsiyaning tashkil topishiga imkon yaratdi. To‘fondan qolgan dalillarning minglab yillar davomida saqlanib qolishi yovuzlar olgan bu jazodan so‘ng kelgan odamlar uchun ibrat bo‘ladi.
Mesopotamiya tekisligida va uning atrofida sodir bo‘lgan to‘fonni o‘rganish uchun ko‘plab arxeologik qazishmalar amalga oshirildi. Buning natijasida, Mesopotamiya tekisligidagi to‘rt asosiy shahar: Ur, Uruk, Kish va Shuruppaklarda to‘fondan qolgan alomatlarga duch kelindi.


Arxeologik topilmalarga ko‘ra, Nuh to‘foni Mesopotamiya tekisligida sodir bo‘lgan bo‘lib, uning shakli hozirgi ko‘rinishdan juda katta farq qilar edi. Yuqoridagi diagrammada tekislikning bugungi kundagi chegaralari nuqgali qizil chiziq bilan ko‘rsatilgan. Bu chiziqdan tashqarida bo‘lgan keng hudud o‘sha paytda dengizning bir qismi bo‘lganligi ma’lum.

Bu shaharlarda o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar mazkur shaharlarning miloddan taxminan 3000 ming yil avval to‘fon ostida qolganliginiko‘rsatdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 08:52:46

Ur shahridagi (bugungi kunda u Tall al-Muqqayyar nomi bilan ma’lum) tsivilizatsiya qoldiqlarining eng eskisi miloddan avvalgi 7000 yilga borib taqaladi. Inson tsivilizatsiyasining eng qadimiy namunalaridan biri bo‘lgan Ur shahri birin-ketin tug‘ilgan va yo‘q bo‘lgan tsivilizatsiyaning makoni bo‘lgan hududdir.
Ur shahrini o‘rganish orqali qilingan arxeologik kashfiyotlar u yerdagi tsivilizatsiya dahshatli to‘fon orqali to‘xtatilganligi va uning o‘rniga yangi tsivilizatsiya asta-sekin paydo bo‘lganligi haqida bizga aniq ma’lumot beruvchi dalillarni oshkor qildi. Leonard Vulli Bag‘dod va Fors ko‘rfazi o‘rtasidagi cho‘l zonasida Britaniya muzeyi va Pensilvaniya universiteti tomonidan olib borilgan hamkorliqdagi qazishma ishlariga rahbarlik qildi. Vullining qazishmalari nemis arxeologi Verner Keller tomonidan quyidagicha tasvirlanadi:
«Ur qirollarining qabrlari» - arxeologlarning belkuraklari ibodatxonaning janubidagi ellik futli tepalikda ishga tushib, tuproq ostida qolib ketgan qabrlarning bir uzun qatorini topgach, ularning kashf qilinganligidan xursandchiliqdan jo‘shib ketgan Vulli shu tariqa chindanda shohona shukuhli Shumer zodagonlarining qabrlarini qayta tikladi. Tosh yerto‘lalar haqiqiy xazina sandiqlari edi, chunki ular qimmatbaho qadahlar, ajoyib shaklli ko‘zalar, vazalar, bronzadan yasalgan ovqatlanish buyumlari, sadaf koshinlar, lojuvardlar bilan to‘lib-toshgan, changga belangan jismlar kumush bilan qoplangan edi. Arfa va chiltorlar devorda osilganicha turar edi...
Bir necha kunlardan so‘ng Vullining ishchilari unga «biz yerto‘laga yetdik», deb aytganida, u qoniqish hosil qilish uchun qazilgan shaxta qudug‘idan pastga qarab otildi. Dastavval Vullining xayolidan «mana, nihoyat», degan o‘y kechdi. U yerni faqat suv orqaligina to‘planishi mumkin bo‘lgan qum, toza qum bosgan edi. Ular kovlashni davom ettirish va shaxta qudug‘ini chuqurroq qazishga qaror qildilar. Belkuraklar yerga chuqurroq va yana chuqurroq botar edi: uch fut, olti fut va hanuz toza loy. Nogahon, o‘ninchi futga kelib loy qatlami qanchalik qo‘qqisdan boshlangan bo‘lsa, shunchalik bexosdan nihoyasiga yetdi. Deyarli o‘n fut qalinliqdagi bu gil quyqasi ostida ular inson yashagan makondan dalolat beruvchi aniq dalillarga duch keldilar... Urdagi tepalik ostida makonning ikki davrini bir-biridan aniq ajratib turgan bu ulkan gil quyqasiga nisbatan berilishi mumkin bo‘lgan yakkayu yagona izoh suv bosqini demaqdir...231
Mikroskopik tahlillar Urdagi tepalik ostida hosil bo‘lgan bu ulkan gil quyqasi qadimgi Shumer tsivilizatsiyasini mahv etishga qodir bo‘lgan katta va qudratli suv bosqini oqibatida to‘planganligini ko‘rsatdi. «Gilgamesh» dostoni va «Nuh» hikoyasi Mesopotamiya sahrosi ostida chuqur qazilgan bu shaxta qudug‘ida birlashgan edi.
Maks Malloven bir zumda bunday ulkan alluviy massasining hosil bo‘lishi bahaybat sel falokati natijasida yuz berishi mumkinligini aytgan Leonard Vullining o‘y-fikrlarini so‘zlab berdi. Vulli, shuningdek, Shumerning Ur shahrini Al-Ubayd shahridan (uning aholisi to‘fondan qolgan sirlangan sopol idishlardan foydalanar edilar) ajratgan suv bosqini qatlamini ham ta’riflab berdi.232

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 08:55:00

Bu dalillar Ur shahri to‘fon ta’siri ostida qolgan joylardan biri bo‘lganligini tasdiqlaydi. Nemis arxeologi Verner Keller nazarda tutilayotgan qazishmalarning ahamiyati haqida ham to‘xtalib o‘tdi. U o‘z so‘zini davom ettirar ekan, Mesopotamiyada olib borilgan arxeologik qazishmalarda balchiqli qatlam ostida qolgan shahar qoldiqlarining hosilasi bu hududda chindan ham suv bosqini bo‘lganligini isbotlashini ta’kidlaydi.233
To‘fonning izlarini o‘zida aks ettirgan boshqa bir Mesopo-tamiya shahri esa hozirgi kunda Tall al-Uhaymer nomi bilan ma’lum bo‘lgan shumerliklarning Kish shahridir. Qadimiy Shumer qaydno-malarida bu shahar «Buyuk to‘fondan so‘ng paydo bo‘lgan ilk sulola manzili» deb tasvirlanadi.234
Hozirgi kunda Tall al-Fara deb ataladigan janubiy Mesopo-tamiyadagi Shuruppak shahri ham to‘fon izlarini o‘zida aks ettiradi. Bu shaharda 1920-1930 yillar orasida Pensilvaniya universiteti xodimi Erik Shmidt tomonidan arxeologik tadqiqotlar o‘tkazildi. Bu qazishmalar tarixdan ilgarigi so‘nggi yillardan Urning 3 sulolasi davri (mil. avv. 2112-2004 yillar) gacha cho‘zilgan hayotning uchta qatlamini oshkor qildi. Eng e’tiborga molik topilmalar ma’muriy qaydlar va so‘zlar ro‘yxati keltirilgan yozuv taxtalari bilan birga yaxshi qurilgan uylarning vayronasi bo‘lib, ular miloddan avvalgi to‘rtinchi ming yillik oxirlarida yuqori taraqqiy etgan jamiyatning allaqachon mavjud bo‘lganligidan dalolat beradi.235
Agar zukko olimlarning fikrlari tekshirib ko‘rilsa, aniqki, ular to‘fon tafsilotiga tayanch bo‘luvchi dalil juda kuchli ekanligini ta’kidlaydilar. Bu fikrga ko‘ra, ushbu dahshatli suv toshqini taxminan miloddan avvalgi 3000-2900 yillarda sodir bo‘lgan. Mallovenning aytishicha, yerdan 4-5 metr pastda, Shmidt gil va qum aralashmasidan hosil bo‘lgan (suv toshqini orqali yuzaga kelgan) sariq tuproq qatlamiga yetgan.
Bu qatlam qo‘rg‘on profiliga qaraganda tekislik sathiga yaqinroq bo‘lgan va uni qo‘rg‘onning yon-atrofida kuzatish mumkin edi. Jamdat Nasr davrini Qadimgi qirollik zamonidan ajratib turuvchi bu gil va qum aralashmasidan hosil bo‘lgan qatlamni Shmidt «kelib chiqishi daryodan bo‘lgan bir qum» deb ta’rifladi va . uni Nuh to‘foni bilan bog‘ladi.236

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 08:57:30

Qisqasi, Shuruppak shahridagi arxeologik qazishmalar suv toshqinining izlari miloddan avvalgi taxminan 3000-2900 yillarga borib taqalishini oshkor qildi. Boshqa shaharlar bilan birga Shuruppak ham, shubhasiz, to‘fon ostida qolgan.237
To‘fon ostida qolganligidan dalolat beruvchi oxirgi joy Shuruppakning janubidagi Uruk shahridir. Bugungi kunda u Tall al-Varka nomi bilan ma’lum. Xuddi boshqa shaharlardagi kabi, bu yerda ham suv bosqini qatlami topilgan. Boshqa shaharlarga o‘xshab, bu suv bosqini qatlami ham miloddan avvalgi 3000-2900 yillarga borib taqaladi.238
 

Mesopotamiya tekisligida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida qalinligi 2,5 metr (8 fut) bo‘lgan loy va gil qatlamining mavjudligi aniqlandi. Bu qatlam, shubhasiz, to‘fon suvlari orqali tashib kelingan gildan iborat bulib, u faqatgina Mesopotamiya tekisligi ostida uchraydi.

Furot va Dajla daryolari Mesopotamiyani bu boshidan u boshigacha ajratib turadi. Bu yerda shu narsa anglashiladiki, qadimgi davrda bu ikki daryo boshqa barcha katta-kichik suv manbalari bilan birga, yomg‘ir suvlari bilan qo‘shilib, dahshatli suv toshqinini keltirib chiqaradigan darajada toshib ketgan. Bu hodisa Qur’onda quyidagicha zikr etiladi:
Biz osmon darvozalarini (tinimsiz) quyiluvchi suv bilan ochib yubordik. Yana yerdan buloklar chiqarib qo‘ydik. Bas, (osmon va Yer) suvi taqdir qilib qo‘yilgan bir ish uzra uchrashdilar. Uni (Nuhni) esa taxtalar va mixlar yordamida yasalgan kemada ko‘tardik. («Qamar» surasi, 11-13-oyatlar)

Qayd etilgan