Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 236478 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 31 B


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 08:57:51

Tadqiqot natijasida qo‘lga kiritilgan kashfiyotlar yaxshilab o‘rganib chiqilsa, to‘fonning butun Mesopotamiya tekisligini qoplagani ma’lum bo‘ladi. To‘fonning izlarini o‘zida aks ettirgan Ur, Uruk, Shuruppak va Kish shaharlari ketma-ketligiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning bir chiziqda yotishini ko‘ramiz. Bundan tashqari, miloddan avvalgi taxminan 3000 yillarda Mesopotamiya tekisligining geografik tuzilishi uning bugungi kundagi ko‘rinishidan keskin farq qilar edi. U davrlarda Furot daryosining o‘zani bugungi kundagiga qaraganda ancha sharq tomonda, uning yo‘li esa Ur, Uruk, Shuruppak va Kish orqali o‘tuvchi bir chiziqda yotar edi. Shuning uchun, Furot daryosi o‘z qirg‘oqlarini yorib o‘tib, bu to‘rt shaharni vayron qilgan, degan ma’no ang-lashiladi. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)
Alloh Nuh to‘foni xabarlarini o‘sha zamonda yashagan odamlar uchun ibrat, undan keyin yashaganlarga esa qimmatli saboq bo‘lsin uchun yetkazdi. Payg‘ambar va kitoblar vositasida Alloh turli qavmlarga yo‘riqnoma yo‘lladi. Biroq Uning payg‘ambarlari tomonidan odamlarga yetkazilgan matnlarning asli har safar o‘zgartirilar edi. Odamlar to‘fonning haqiqiy tafsilotiga madaniy, mistik va mifologik unsurlarni qo‘shar edilar. Qur’on Allohdan ekanligi va U uni abadiy o‘z holicha saqlab qolishi tufayli, u o‘tmishning arxeologik topilmalariga to‘g‘ri keluvchi yagona manbadir. (Qarang: Horun Yahyo. Perished Nations, Ta-Na Publishers, Buyuk Britaniya, 2001; Global Publishing, Istanbul, 2002)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 08:58:07

IRAM SHAHRI

1990 yilning boshlarida dunyoning taniqli gazetalari «Muhtasham arab shahri topildi», «Afsonaviy arab shahri topildi» va «Qumlarning Atlantisi, Ubar» degan rasmiy bayonotlar bilan chiqdilar. Arxeologik topilmaning eng qiziqarli tomoni bu shaharning Qur’onda eslatib o‘tilishida edi. Shu kunga qadar ko‘plab odamlar Od qavmining bir afsona ekanligini yoki uning o‘rni hech bir zamonda topilmaganligini ta’kidlar edilar. Bunday noyob kashfiyotdan so‘ng ular hayratdan yoqa ushladilar.
Qur’onda eslatib o‘tilgan bu afsonaviy shaharni topgan shaxs mashhur hujjatli filmlar yaratuvchi va arxeologiya bo‘yicha ma’ruzachi Nikolas Klapp edi.239 Arabshunos hamda sovrindor hujjatli filmlar yaratuvchisi bo‘lgan N. Klapp arab tarixi bo‘yicha o‘zi o‘tkazayotgan izlanish davomida juda qiziq bir kitobni uchratib qoladi. Arabia Felix nomli bu kitob 1932 yilda ingliz tadqiqotchisi Bertram Tomas tomonidan yozilgan edi. Arabia Felix rimliklar tomonidan Arabiston yarim oroliga berilgan nom bo‘lib, u hozirgi kundagi Yaman va Ummonning katta qismini o‘z ichiga oladi. Yunonistonliklar bu hududni «Eudaimon Arabia", o‘rta asr arab olimlari esa uni «Al-Yaman as-Sayid» deb nomlaganlar.240 Bu nomlarning barchasi «Baxtli Yaman» ma’nosini anglatadi, chunki bu hududda yashovchi odamlar Hindiston va Arabiston yarim orolining shimoliy hududlari o‘rtasida avj olgan serdaromad savdo-sotiqishlarida vositachi sifatida ish yuritar edilar. Bundan tashqari, bu hududda yashovchi qabilalar nodir daraxtlardan olinadigan xushbo‘y yelim - «fruncincense» ishlab chiqarar vatarqatar edilar.
Ingliz tadqiqotchisi Bertram Tomas bu qabilalar hayotining to‘liq tafsilotini bayon qiladi va mazkur qabilalarning biri tomonidan asos solingan qadimiy shaharning izlarini topganligini aytadi.241 Bu badaviylarning «Ubar» nomli shahri edi. B. Tomasning bu hududga qilgan safarlaridan birida sahroda yashayotgan badaviylar unga juda eski yo‘llarni ko‘rsatib, bu yo‘llar qadimiy shahar bo‘lgan Ubarga olib borishini aytdilar. Bu mavzu yuzasidan katta qiziqish bilan ishga kirishgan Bertram Tomas o‘z tadqiqotini oxiriga yetkazmasdan oldinroq olamdan o‘tdi.
N. Klapp ingliz tadqiqotchisi B. Tomasning yozganlarini o‘rganib chiqib, kitobda tasvirlangan, ya’ni yo‘q bo‘lib ketgan shaharning mavjudligiga ishonch hosil qildi. U tezda o‘z izlanishini B. Tomas to‘xtab qolgan joydan boshlab davom ettirishga kirishib ketdi. N. Klapp Ubarning mavjudligini isbotlash uchun o‘z missiyasida ikki xil turli yondashuvdan foydalandi. Birinchidan, u badaviylar mavjud, deb aytgan yo‘lni izlab topdi va o‘z ishiga yordam berish uchun NASA (Milliy Aeronavtika va Fazo boshqarmasi)dan shu hududning tasvirini sun’iy yo‘ldosh orqali olib berishni iltimos qildi. Uzoq davom etgan kurashdan so‘ng, u hukumat organlarini o‘zi juda xohlagan hududning rasmlarini olishga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi.242
N. Klapp Kaliforniyaning Hantington kutubxonasida qadimiy qo‘lyozmalar va xaritalarni o‘rganishda davom etdi. Bu yerdan u o‘zi jiddiy o‘rganayotgan hududga oid xaritani tezda topdi. U 200 yilda Misr-Yunon geografi Ptolemey tomonidan chizilgan va bu hududda topilgan eski shaharning o‘rni hamda bu shaharga olib boruvchi yo‘llarni ko‘rsatuvchi xaritani qo‘lga kiritdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 08:59:50

Shu orada Klapp NASA a’zolari tomonidan sun’iy yo‘ldosh fotosuratlari olinganligi to‘g‘risidagi xabarni olgach, uning tadqiqoti yanada jonlandi. Suratlardagi bevosita ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lmagan karvon yo‘llari N. Klappning diqqatini tortdi. Ular osmondan faqatgina bir butun bo‘lib ko‘rinishi mumkin edi. Bu fotosuratlarni o‘z qo‘lidagi eski xarita bilan solishtirgach, N. Klapp bir zumda eski xaritadagi yo‘llar sun’iy yo‘ldosh orqali olingan suratlardagi yo‘llar bilan mos tushganligini anglab yetdi va bu yo‘llar tugagan keng joyni bir vaqtlar shahar bo‘lgan, deb tushundi.
 

Nihoyat, N. Klapp va undan oldin yashab o‘tgan B. Tomasning mehnati hamda NASA tadqiqotchilarining madadi bilan badaviylar tomonidan og‘zaki aytib yurilgan hikoyalarning mavzusi bo‘lmish bu afsonaviy shahar o‘rni kashf qilindi. Bir oz fursat o‘tgach, arxeologik qazishmalar boshlandi va qadimiy shahar qoldiqlari oshkor qilindi. Yo‘qolib ketgan bu shaharga «Qumlarning Atlantisi, Ubar» degan nom berildi.
Savol tug‘iladi: Qur’onda eslatib o‘tilgan Od qavmining shahri shu ekanligini tasdiqlagan narsa nima edi?
Ushbu joyda olib borilgan izlanishning boshidanoq bu vayrona shahar Od qavmiga tegishli, deb tushunilgan edi. Tadqiqotchilar Qur’onda aniq qilib eslatib o‘tilgan Od qavmining yerida minoralar shaklida qad ko‘targan Iramning ustunlarini kashf qildilar.
Qazishmalarni olib borayotgan guruh a’zosi Doktor Yuris Zarinsning aytishicha, modomiki minoralar Ubarga xos xususiyatlarga ega ekan va Iramning minoralari yoki ustunlari bor, deb qayd etilgan ekan, demak, bu o‘zlari qazigan hududning Iram, ya’ni Qur’onda tasvirlangan Od qavmining shahri ekanligini isbotlovchi eng ishonchli dalildir:
Rabbingiz Od (qabilasi)ni nima qiddi, qo‘rmadingazmi?! (Ular) baland ustunli Iram (shahridan) bulib, (boshqa) yurtlarda uning uxshashi yaratilmagan edi. («Fajr» surasi, 6-8-oyatlar)
Ko‘rib chiqqanimizdek, o‘tmish voqealari haqida Qur’onda bayon etilgan xabarlarning tarixiy ma’lumotlar bilan to‘liq muvofiq kelganligi Qur’on Allohning so‘zi ekanligiga yana bir dalildir. (Qarang: Horun Yahyo. Perished Nations, Ta-Na Publishers, Buyuk Britaniya, 2001; Global Publishing, Istanbul, 2002)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:00:13

SODOM VA GOMORRA SHAHARLARI

Lut Payg‘ambar (a.s.) Ibrohim Payg‘ambar (a.s.) bilan bir davrda yashagan va u Ibrohim Payg‘ambar (a.s.)ga qo‘shni bo‘lgan qavmga elchi qilib yuborilgan edi. Lut (a.s.)ning qavmi, butun olamda o‘sha kunga qadar hech kim qilmagan bir fahsh - besoqolbozlik bilan shug‘ullanar edilar. Lut (a.s.) odamlarga eng og‘ir gunohlardan biri bo‘lib hisoblangan bu fahshdan voz kechishni aytganda va ularga Allohning xabarini yetkazganda, ular unga rad javobini berdilar, uning Payg‘ambar ekanligini inkor etdilar va o‘zlarining jirkanch hayot tarzini davom ettirdilar. Buning oqibatida, bu qavm Alloh tomonidan dahshatli bir falokatda halok etildi.
Lutni ham (payg‘ambar qilib yubordik). O’z qavmiga aytdi: «Shunday (yomon) fahsh ishni qilasizmi? Sizlardan oldin butun olamda hech kim uni qilmagan edi. Sizlar xotinlar qolib, shahvat bilan (nafsni qondirish uchun) erkaklarga «kelasiz». Ha, sizlar isrofgar qavmdirsizlar.» («A’rof» surasi, 80-81-oyatlar)
Ular ustiga (azobni) yomg‘irdek yog‘dirdik. Bas, jinoyatchilar oqibati qanday bo‘lganiga boqing! («A’rof» surasi, 84-oyat)
Biz fosiq (fahsh ishlarni qiluvchi) bo‘lganlari uchun bu qishloq ahli ustiga osmondan azob (tosh) yog‘diruvchidirmiz. Biz aql yurgizadigan qavmga (ibrat uchun) u (qishloq)dan aniq asorat qoldirganmiz. («Ankabut» surasi, 34-35-oyatlar)

Lut (a.s.) yashagan va keyinroq halok qilingan bu shahar Tavrotda «Sodom» deb nomlangan. Qizil dengizning shimolida yashagan bu qavm Qur’onda yozilganlarga uyg‘un bir tarzda halok etilganligi ma’lum bo‘ldi. Arxeologik qazishmalar bu shaharning O’lik dengiz yaqinida, ya’ni hozirgi kundagi Isroil-Iordaniya chegarasida bo‘lganligini aniqladi. Olimlarning fikriga ko‘ra, mazkur hudud katta miqdordagi oltingugurt moddasi bilan qoplangan. Shu sababdan u yerda na hayvon va na o‘simlik kabi hech bir hayot shakli uchramaydi va bu hudud halokatning bir ramzi sifatida saqlanib qolgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:00:25

Oltingugurt vulqon portlashlari natijasida paydo bo‘ladigan elementdir. Binobarin, Qur’onda bildirilgan halokat shakli zilzila hamda vulqon portlashlari bo‘lganligiga doir aniq dalillar mavjud. Nemis arxeologi Verner Keller bu hudud to‘g‘risida quyidagilarni ma’lum qiladi:
Aniq shu hudud orqali o‘tgan bu ulkan yoriqning asosi bilan birgalikda, Sodom va Gomorrani o‘z ichiga olgan Siddim vodiysi bir kuni yer qa’riga ravona bo‘lgan edi. Ularning vayron bo‘lishi kuchli zilzila va uning ketidan portlashlar, chaqmoqlar, tabiiy gazning chiqishi hamda umumiy katta yong‘in natijasida yuz bergan... Yerning cho‘kishi siniqning bor bo‘yicha pastda harakatsiz yotgan vulqon kuchlarini qo‘zg‘atgan. Bashan yaqinidagi Iordaniyaning yuqori vodiysida hanuz so‘ngan vulqonning yuksak kraterlari mavjud; katta maydonga yoyilgan lava va chuqur bazalt qatlamlari ohaktoshli yuza ustidan joy olgan.243
Bu lava va bazalt qatlamlari u yerda bir zamonlar vulqon otilganligi va zilzilalar sodir bo‘lganligidan darak beruvchi muhim dalillardir. Har qanday holatda ham Lut ko‘li yoki O’lik dengiz bevosita seysmik faol hudud, boshqacha so‘zlar bilan aytganda zilzilabelbog‘iuzrayotadi:
O’lik dengizning asosi Rift vodiysi nomli tektonik botiqlikda joylashgan. Bu vodiy shimoldagi Galili dengizi (Bahr Tabareya)dan janubdagi Arabah vodiysining o‘rtasigacha 300 kilometr (186 milya)ga cho‘zilgan.244
Lut qavmining boshiga tushgan falokatning texnik jihati geologlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotda aniqlandi. Bunga ko‘ra, Lut qavmini butunlay yo‘q qilgan zilzila Yer qobig‘idagi juda uzun bir yoriq natijasida harakatga kelgan. Iordan daryosi o‘zining 190 km (118 milya)lik masofasi bo‘yicha jami 180 metr (590 fut) pastlaydi. Bu hamda O’lik dengizning dengiz sathidan 400 metr pastlikda ekanligi, bu yer va uning atrofida bir zamonlar buyuk bir geologik hodisa sodir bo‘lganligini isbotlovchi dalillardandir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:00:37

Iordan daryosi va O’lik dengizning bunday qiziq strukturasi bu hudud orqali o‘tuvchi yoriq yoki siniqning faqatgina bir qismini tashkil etadi. Bu yoriq Taurus tog‘larining etaklaridan boshlanadi va O’lik dengizning janubiy qirg‘oqlaridan o‘tib, janub tomonga yo‘naladi va Arabiston cho‘li orqali Aqaba ko‘rfaziga yetib boradi. U yerdan Qizil dengizni kesib o‘tib, Afrikada nihoyaga yetadi. Bu hududlarda kuchli vulqon harakatlari kuzatiladi. Ular shunday hajmda sodir bo‘ladiki, qora bazalt va lava Isroildagi Galili tog‘larida, Iordaniyaning baland yassitog‘ qismlarida, Aqaba ko‘rfazida va boshqa yaqin yerlarda uchrashi mumkin.
Bu qoldiqlar va geografik xususiyatlar O’lik dengiz bo‘yida buyuk bir geologik hodisa sodir bo‘lganligidan darak beradi.
National Geographic jurnalining 1957 yil dekabr oyi nashri bu mavzu yuzasidan quyidagi ma’lumotlarni keltiradi:
Behosil biyobon bo‘lgan Sodom tepaligi O’lik dengiz uzra tik qad ko‘targan. Haligacha Sodom va Gomorra shaharlarining xarobalarini hech kim topa olgani yo‘q, lekin olimlarning fikrlariga ko‘ra, bu shaharlar ushbu qoyalarning qarshisidagi Siddim vodiysi bo‘lgan. Ehtimol, zilziladan so‘ng O’lik dengizning toshqin suvlari ularni yutib yuborgan bo‘lishi mumkin.245
Halokatga yuz tutgan bu shaharga oid ma’lumotlardan biri, xuddi «Hijr» surasining 76-oyatida vahiy qilingani kabi, bu shaharlarning hali ham asosiy yo‘l ustida ekanligi haqidadir.
Geograflar bu hududni Arabiston yarim orolidan Suriya va Misrga qadar cho‘zilgan O’lik dengizning janubi-sharqidagi bir yo‘l ustida bo‘lganligini aniqladilar. (Qarang: Horun Yahyo. Perished Nations, Ta-Na Publishers, Buyuk Britaniya, 2001; Global Publishing, Istanbul, 2002)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:01:35


Bas, Biz u shaharni ostin-ustun qilib yubordik va ularning ustiga sopoldan (yasalgan) tosh Shirdik. Albatta, bu (hodisa)da farosatli kishilar uchun alomatlar bordir. Darvoqe, u (aholisi halok etilgan shahar) doimiy yo‘l ustidadir. Albatta, bunda mo‘minlar uchun alomatlar bordir. («Hijr» surasi, 74-77-oyatlar)
 

Axir ular yer yuzida sayr etishib, o‘zlaridan avvalgi payg‘ambarlarni inkor qilib, imonsiz kimsalarning oqibatlari qanday bo‘lganini ko‘rsalar bo‘lmaydimi?! O’shalar bulardan (Makka kofirlaridan) ko‘ra kuvvatliroq bo‘lgan va (o‘z) yerlarini bular obod qilganidan ko‘ra ko‘proq ishlov berib, obod qilgan edilar-ku! Ularga ham o‘z payg‘ambarlari hujjatlar keltir-ganlar. Bas, Alloh ularga zulm qiluvchi bo‘lmadi, lekin ular o‘zlariga zulm qiluvchi bo‘ldilar. («Rum» surasi, 9-oyat)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:02:11

SABA’ XALQI VA ARIM SHAMOLI

Ko‘p asrlar ilgari Saba’ jamoasi Janubiy Arabistonda yashagan to‘rtta eng katta tsivilizatsiyalardan biri edi.
Tarixiy manbalar Saba’ qavmining fenikaliklar kabi madaniyati bo‘lganligini ta’kidlaydi. U asosan tijorat ishlarida ishtirok etgan. Saba’liklar tarixchilar tomonidan tsivilizatsiyalashgan va madaniyatli xalq bo‘lgan, deb e’tirof etiladi. Saba’ hukmdorlarining yozuvlarida «tiklamoq», «bag‘ishlamoq» va «qurmoq» kabi so‘zlar tez-tez ishlatiladi. Bu qavmning eng ahamiyatli yodgorliklaridan biri bo‘lgan Ma’rib to‘g‘oni ular erishgan texnologik yutuqlarning muhim alomatidir.
Saba’ davlati o‘sha hududdagi eng kuchli armiyalardan biriga ega edi va o‘zining qudratli armiyasi bilan bosqinchilik siyosatini olib borishga qodir edi. O’zining ilg‘or madaniyati va armiyasi bilan Saba’ davlati o‘sha davrda hududning, shubhasiz, «super salta-nat»laridan biri edi. Saba’ davlatining bunday g‘ayrioddiy qudratli armiyasi Qur’onda ham ta’riflangan. Saba’ armiyasi qo‘mondonlarining Qur’onda ifodalangan bir gapi bu armiyaning o‘ziga qanchalik ishonishini namoyon etadi. Qo‘mondonlar davlatning ayol hukmdori (malikasi)ga shunday deydilar:
«Bizlar quvvat va ashaddiy matonat egalaridirmiz. (Ishga) buyurish sening o‘zingga havola. Bas, nimaga buyurishni uilab ko‘raver!» («Naml» surasi, 33-oyat)
Ayni o‘sha davrda ancha taraqqiy etgan texnologiya yordami bilan qurilgan Ma’rib to‘g‘oni Saba’ xalqining buyuk irrigatsion quvvatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Bu texnika orqali ular erishgan unumdor tuproq va ularning savdo yo‘li ustidagi nazorati ajoyib va ko‘rkam, shodu xurram bir hayot kechirishiga imkon yaratgan edi. Biroq bularning barchasi uchun Allohga shukr kilish o‘rniga, Qur’onda xabar berilganidek, ular haqiqatda «Undan yuz o‘girdilar». Bundan tashqari, ular uchun yo‘llangan ogohlantirishlar va eslatmalarga quloq solishni ham rad etdilar. Bunday yaramas illatlari tufayli ular Allohning irodasi bilan jazoga mahkum qilindilar va ularning to‘g‘onlari buzildi va Arim seli ularning yerlarini yakson qildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:02:36

Saba’ davlatining poytaxti bo‘lgan Ma’rib shahri o‘zining qulay geografik o‘rni tufayli juda boy shahar edi. Poytaxt shahar Adhana daryosining juda yaqinida joylashgan bo‘lib, daryoning Jabal Balaqqa yetgan nuqtasi to‘g‘on qurish uchun juda qulay edi. Bunday sharoitdan foydalanib, saba’liklar, o‘zlarining tsivilizatsiyasi tashkil topgan dastlabki bir paytda, mana shu joyda to‘g‘on qurdilar va irrigatsiya ishlarini boshlab yubordilar. Natijada, ular yuqori darajada iqtisodiy kamolotga erishdilar. Ma’rib o‘sha davrning eng rivojlangan shaharlaridan biri edi. Bu diyorga tashrif buyurgan va uni ko‘klarga ko‘tarib maqtagan Yunon yozuvchisi Pliniy ham uning nechog‘lik bir yashil o‘lka bo‘lganligini qayd etib o‘tgan.246
Ma’ribdagi to‘g‘onning balandligi 16 metr (52,2 fut), eni 60 metr (197 fut) va uzunligi 620 metr (2034 fut) edi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, to‘g‘on orqali sug‘orilishi mumkin bo‘lgan yerlarning umumiy maydoni 9600 gektar (37 kvadrat milya) bo‘lib, undan 5300 gektari (20,5 kvadrat milya) janubiy tekislikka, qolgan qismi esa shimoliy tekislikka kirar edi. Bu ikki tekislikka Saba’ yozuvlarida «Ma’rib va ikki tekislik» deb murojaat qilingan.247 Qur’ondagi «o‘ng tomon ham, so‘l tomon ham bog‘-rog‘ bo‘lib,» degan jumla bu ikki vodiydagi salobatli bog‘ va uzumzorlarga ishoratdir. Mazkur to‘g‘on va uning irrigatsiya tizimi tufayli bu o‘lka Yamanning eng yaxshi sug‘orilgan va eng serhosil yeri sifatida nom taratgan edi. Frantsiyalik J. Holevi va avstriyalik Glazer yozma hujjatlarni o‘rganib chiqib, Ma’rib to‘g‘oni qadim zamonlardan beri bor bo‘lganligini isbotladilar. Himer lahjasida yozilgan hujjatlarda bu to‘g‘on o‘lka tuproqlarini unumdor qilganligi va iqtisodning yuragi bo‘lganligi qayd etilgan.
542-yilda yakson bo‘lgan to‘g‘on Arim selini keltirib chiqardi va juda katta talafot yetkazdi. Saba’ xalqi tomonidan bir necha yuz yillab ishlov berilgan uzumzorlar, bog‘lar va dalalar tamomila yakson bo‘ldi. To‘g‘on qulagandan so‘ng, Saba’ qavmi tezda qisqarish davriga kirgan va oxir-oqibatda Saba’ davlati yakun topgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:03:57

Yuqorida qayd etilgan tarixiy ma’lumotlar Qur’ondagi ma’lumotlar bilan taqqoslab ko‘rilganda, ular orasidagi monandlik yaqqol ko‘zga tashlanadi. Arxeologik topilmalar va tarixiy ma’lumotlarning har ikkalasi ham Qur’onda nozil etilganlarni tasdiqlaydi. Oyatda ta’kidlanganidek, o‘z payg‘ambarining pand-nasihatlarini tinglamagan va Rabbimizning ne’matlariga shukr qilmagan xalq pirovardida daxshatli suv toshqini bilan jazolangan. Bu suv toshqini Qur’onning quyidagi oyatlarida shunday ta’riflanadi:
 

Saba’ (aholisi) uchun o‘z maskanlarida (Allohning fazliga doir) bir alomat bor edi - o‘ng tomon ham, so‘l tomon ham bog‘-rog‘ bo‘lib, (Biz ularga): «Parvardigoringiz rizqidan bahramand bo‘lingiz va Unga shukr qilingiz! (Shahringiz) pokiza shahar, (Parvardigoringiz) mag‘firatli Parvardigordir» (degan edik). Bas, ular (shukrdan) yuz o‘girgach, Biz ularning ustiga to‘g‘on bilan (to‘sib ko‘yilgan) selni (ochib) yubordik va ularning bog‘larini achchiq mevali, yulg‘unzor va siyrak butazor «bog‘lar»ga aylantirib ko‘ydik. Kofir bo‘lganlari sababli ularni mana shu (jazo bilan) jazoladik. Biz kofirdan o‘zga kimsaga jazo berarmidik?! («Saba’» surasi, 15-17-oyatlar)
 

Mag‘rib to‘g‘oni (yuqoridagi va yon sahifadagi rasmlarda ko‘rsatilgan) Saba’ xalqining eng katta ishlaridan biri edi. Bu to‘g‘on Qur’onda ta’kidlangan Arim selida quladi va Saba’ davlati iqtisodiy jihatdan zaiflashdi, keyinchalik esa yakun topdi.

Qayd etilgan