Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 236475 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 31 B


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:04:17

Qur’onda Saba’ qavmiga yuborilgan jazo «sayl al-arim» deb nomlangan bo‘lib, u «Arim seli» degan ma’noni anglatadi. Qur’onda ishlatilgan bu ifoda ayni zamonda bu selning qay yo‘sinda sodir bo‘lganligidan ham darak beradi. «Arim» so‘zi to‘g‘on yoki to‘siq degan ma’noni bildiradi. «Sayl al-arim» ifodasi esa bu to‘siqning buzilishi bilan yuzaga kelgan bir selni anglatadi. Mufassirlar Arim seli to‘g‘risida Qur’onda ishlatilgan atamalardan kelib chiqib, zamon va makon masalalarini hal qildilar. Misol uchun, Mavhudi o‘zining tafsirida quyidagicha yozadi:
Matndagi «sayl al-arim» ifodasida qo‘llanilgan «arim» so‘zi janubiy arab tili lahjasida ishlatiladigan «ariman» so‘zidan yasalgan bo‘lib, «to‘g‘on, to‘siq» degan ma’noni anglatadi. Yamandagi qazishmalar orqali ochilgan xarobalarda bu so‘zning tez-tez shu ma’noda ishlatilganligi ma’lum bo‘ldi. Misol uchun, Yamanning Habesh hukmdori Ebrehe (Abraha)ning buyuk Ma’rib devori ta’mirlanishidan so‘ng, milodiy 542-543-yillarda yozdirgan tarixiy bir kitobida bu so‘z qayta-qayta tug‘on (to‘siq) ma’nolarida ishlatilgan. Demak, «sayl al-arim» ifodasi «bir to‘siq yiqilganda maydonga keladigan sel falokati» degan ma’noni anglatib keladi.
«... Biz ularning ustiga to‘g‘on bilan (to‘sib qo‘yilgan) selni (ochib) yubordik va ularning bog‘larini achchiq mevali, yulg‘unzor va siyrak butazor «bog‘lar»ga aylantirib qo‘ydik.» («Saba’» surasi, 16-oyat).
Ya’ni to‘siq (to‘g‘on) devor qulagandan so‘ng yuzaga kelgan sel natijasida butun mamlakat xarob bo‘ldi. Saba’liklar tomonidan qazilgan kanallar va tog‘lar o‘rtasida to‘siq qurish orqali bino etilgan devor yakson bo‘ldi va sug‘orish tizimi buzildi. Natijada ilgari bog‘ bo‘lib yashnagan o‘lka chakalakzorga aylandi. Kichik yo‘g‘on daraxtlarning olchaga o‘xshash mevasidan o‘zga hech bir meva qolmadi.248
Und Die Bible hat Doch Recht (Muqaddas kitob haq edi) kitobining muallifi nasroniy arxeolog Verner Keller Qur’onda ta’riflangan Arim selini e’tirof etib, bunday to‘g‘onning mavjud bo‘lganligi va uning qulashi bilan butun mamlakatning xarob bo‘lganligi haqida yozadi hamda Qur’onda bu bog‘ning xalqi haqida keltirilgan misol rostdan ham sodir bo‘lganligini tasdiqlaydi.
Arim seli falokatidan so‘ng, o‘lka cho‘lga aylana bordi va Saba’ xalqi o‘zining eng muhim daromad manbaidan ayrildi. Ular qishloq xo‘jaligi gullab-yashnagan va moliyaviy jihatdan salo-hiyatli yerlarini qo‘ldan boy berdilar. Allohga imon keltirmagan va Unga shukronalar aytmagan xalq pirovardida mana shunday falokat bilan jazoga mustahiq bo‘ldi. (Qarang: Horun Yahyo. Perished Nations, Ta-Na Publishers, Buyuk Britaniya, 2001; Global Publishing, Istanbul, 2002)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:04:40

AL-HIJR XALQI

Samud qavmi Qur’onda qayd etilgan bir qabila bo‘lib, u haqda bugungi kunda ko‘p ma’lumotlar mavjud. Tarixiy manbalar ko‘p yillar ilgari Samud nomli bir qavm mavjud bo‘lganligini tasdiqlaydi. Samud qavmi va Qur’onda qayd etilgan al-Hijr xalqi aslida bitta, deb taxmin qilinadi, chunki Samudning boshqa nomi «Ashaab al-Hijr". Shundan kelib chiqqan holda, «Samud» so‘zi xalqning nomi bo‘lib, al-Hijr esa ular asos solgan shaharlardan biri bo‘lishi mumkin. Aslida, bu aynan Yunon geografi Pliniyning ta’riflari bilan bir xildir. Pliniy Samud qavmining Domosa va Hegra deb ataladigan joyda, bugungi kundagi Hijr shahrida yashaganlari haqida yozadi.250
Samud qavmi tilga olingan eng eski manba Bobil davlati qaydnomalaridir. Ular Bobil podshohi Sargon II ning miloddan avvalgi VIII asrda yashagan odamlar ustidan qozongan zafarlari haqidagi tafsilotlarni bayon etadi. Sargon ularni Shimoliy Arabistondagi jangda yengadi. Yunonliklar ham bu qavm ustida to‘xtalib o‘tganlar va Arastu, Ptolemey va Pliniylar ularga «Thamudaei», ya’ni «Samudlar» deb murojaat qilganlar.251 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) davridan, ya’ni taxminan 400-600-yillardan oldin ularga oid barcha izlar tamomila yo‘qolib ketgan edi. (Qarang: Horun Yahyo. Perished Nations, Ta-Na Publishers, Buyuk Britaniya, 2001; Global Publishing, Istanbul, 2002) Bugungi kunda Iordaniyaning janubi-g‘arbidagi qadimiy Petra shahrida bu qavm yaratgan tosh asarlarning eng go‘zal namunalarini ko‘rish mumkin. Haqiqatan ham, Qur’onda Samud qavmining tosh ishlaridagi ustaliklari haqida shunday so‘z yuritiladi:
(Solih o’z qavmiga dedi:) «Sizlarni (Alloh) Od (qavmi)dan keyingi xalifa (avlod) qilgani va tekisliklarida qasrlar (qurib) olishingiz, tog‘laridan o‘yib uylar yasab olishingiz uchun sizlarga Yerdan joy berganini eslangizlar! Bas, Allohning ne’matlarini eslangiz va Yer (yuzi)da buzg‘unchilik qilib yurmangiz!» («A’rof» surasi, 74-oyat)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:06:37

TO’RTINCHI KITOB

ALLOHNING QUR’ONDAGI MATYEMATIK MO’JIZALARI

QUR’ONDA SO’ZLAR TAKRORIYLIGI

Qur’onning biz shu paytgacha ko‘rib chiqqan mo‘‘jizaviy xususiyatlaridan tashqari, «matematik mo‘‘jizalari» ham bordir. Qur’onning bunday ajoyib jihatiga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Bu mo‘‘jizalarga bir misol Qur’ondagi ba’zi so‘zlarning takroriyligidir. Ba’zi so‘zlar esa hayratlanarli tarzda bir xil miqdorda takrorlanadi. Quyida bunday so‘zlarning ro‘yxati va ularning Qur’onda takrorlanish soni keltirilgan.

«Yetti osmonlar» (sab’a samaavaat) xabari yetti marta takrorlangan. «Osmonlarning yaratilishi» (xolq as-samaavaat) ifodasi ham yetti marta takrorlangan.

YETTI OSMONLAR   7 marta
OSMONLARNING YARATILISHI   7 marta

«Kun» (yavm) so‘zi 365 marta birlik shaklda takrorlangan bo‘lsa, uning ko‘pligi va ikkilik shakli «kunlar» (ayyaam va yavmayn) birgalikda 30 marta takrorlangan. «Oy» (shahr) so‘zi esa 12 marta takrorlangan.

KUN   365 marta
KUNLAR   30 marta
OY   12 marta

«O’simlik» (nabat) va «daraxt» (shajar) so‘zlarining takroriyligi bir xil - 26 tadandir.

O’SIMLIK   26 marta
DARAXT   26 marta

«To‘lov yoki mukofot» (jazaa) 117 marta takrorlangan bo‘lsa, Qur’onning asosiy odoblaridan biri bo‘lgan «afv etish» (mag‘firoh) ifodasi bu raqamdan roppa-rosa 2 marta ko‘p, ya’ni 234 marta takrorlangandir.

TO’LOV    117 marta
AFV ETISH   2X117 = 234 marta

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:07:38

«Ayt» (qul) so‘zini sanasak, uning 332 marta uchrashini ko‘ramiz. «Aytdilar» (qolu) so‘zini sanaydigan bo‘lsak, unga ham shuncha marta duch kelamiz.

AYT   332 marta
AYTDILAR   332 marta

«Dunyo» (dunyaa) va «Oxirat» (aaxiroh) so‘zlarining takrorlanishi ham bir xil - 115 martadandir.

DUNYO   115 marta
OXIRAT   115 marta

Qur’onda «shayton» (shaytoon) so‘zi xuddi «farishtalar» (malaaikah) so‘zi kabi 88 marta ishlatilgan.

SHAYTON   88 marta
FARISHTALAR   88 marta

«Imon» (iimaan) va «kufr» (kufr) so‘zlari Qur’onda 25 martadan qo‘llanilgan.

IMON   25 marta
KUFR   25 marta

«Jannat» (jannah) va «jahannam» (jahannam) so‘zlarining har biri 77 martadan takrorlangan.
JANNAT   77 marta
JAHANNAM   77 marta

«Zakot» (zakaah) so‘zi Qur’onda 32 marta takrorlangan, shuningdek, «barakot» (barokah) so‘zi ham.

ZAKOT   32 marta
BARAKOT   32 marta

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:08:10

«Shafqatlilar» (al-abroor) ifodasi 6 marta, «gunoh-korlar» (al-fujjaar) ifodasi esa uning yarmicha, ya’ni 3 marta ishlatilgan.

SHAFQATLILAR   6 marta
GUNOHKORLAR   3 marta

«Yoz—issiq» (sayf—harr) va «qish—sovuq» (shitaa—bard) so‘zlarining takrorlanish miqdori bir xil - 5 martadir.

YOZ-ISSIQ   1+4=5 marta
QISh-SOVUQ   1+4=5 marta

«Sharob» (xamr) va «sarxupshik» (saqoro) so‘zlari Qur’onda bir xil miqdorda - 6 martadan takrorlangan.

SHAROB   6 marta
SARXUSHLIK   6 marta

«Aql» (‘aql) va «nur» (nuur) so‘zlarining uchrashi 49 martadandir.

AQL   49 marta
NUR   49 marta

«Til» (lisan) va «va’z-nasihat» (mav’iza) so‘zlarining har ikkalasi ham 25 martadan takrorlangan.

TIL   25 marta
VA’Z-NASIHAT   25 marta

«Foyda» (naf) va «buzg‘unchilik» (fasad) so‘zlari 50 martadan uchraydi.

FOYDA   50 marta
BUZG’UNCHILIK   50 marta

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:09:01

«Mukofot» (ajr) va «qilmish» (fa’il) so‘zlarining har biri 107 martadan takrorlangan.

MUKOFOT   107 marta
QILMISH   107 marta

«Muhabbat» (al-mahabbah) va «itoat» (at-taa’ah) ifodalarining takrorlanishi 83 martadandir.

MUHABBAT   83 marta
ITOAT   83 marta

«Taqdir» (masiir) va «abadiy» (abadan) so‘zlari Qur’onda bir xil miqdorda - 28 martadan uchraydi.

TAQDIR   28 marta
ABADIY   28 marta

«Musibat» (al-musiibah) va «shukr» (ash-shukr) so‘zlari Qur’onda bir xil miqdorda - 75 martadan uchraydi.

MUSIBAT   75 marta
SHUKR   75 marta

«Quyosh» (shams) va «nur» (nuur) so‘zlarining har biri Qur’onda 33 martadan uchraydi. «Nur» so‘zi sanalganda faqatgina so‘zning sodda shakllari hisobga olindi.

QUYOSH   33 marta
NUR   33 marta

«To‘g‘ri yo‘lga boshlash» (al-hudaa) va «shafqat» (ar-rohmah) ifodalari 79 martadan uchraydi.

TO’G’RI YO’LGA BOSHLASH   79 marta
SHAFQAT   79 marta

«G’am» (dayq) va «shodlanmoq» (tamaniyya) so‘zlarining har biri Qur’onda 13 martadan takrorlangan.

G’AM    13 marta
ShODLANMOQ   13 marta

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:24:35

«Erkak» (rojul) va «ayol» (mar’a) so‘zlari teng miqdorda - 23 martadan ishlatilgan. «Erkak» va «ayol» so‘zlarining Qur’onda takrorlanish soni bo‘lgan 23, ayni zamonda inson embrionining shakllanishida tuxum va spermatozoiddagi xromosomalar soni hamdir. Inson xromosa-malarining jami soni 46 ta bo‘lib, ular ayol va erkakning tuxum va spermatozoididagi xromosomalar sonining yig‘indisidir.

AYOL   23 marta
ERKAK   23 marta

«Xiyonat» (xiyaanah) so‘zi 16 marta takrorlangan, shuningdek, «qabih» (xobis) so‘zi ham.

XIYONAT   16 marta
QABIH   16 marta

«Inson» (insan) so‘zi 65 marta qo‘llanilgan: insonning yaratilish bosqichlariga ishoratlar soni ham aynan shuncha, ya’ni:

INSON   insan   65 marta
TUPROQ  turoob     17 marta
NUTFA     nutfah      12 marta
EMBRION    ‘alaq       6 marta
CHALA SHAKLLANGAN BIR PARCHA ET   muzg‘o       3 marta
SUYAK       ‘izham      15 marta
ET             lahm    12 marta
JAMI      65 marta

«Solavaat» so‘zi Qur’onda besh marta uchraydi va Alloh insonlarga bir kunda 5 daf’a namoz (solat) o‘qishni amr etdi.

«Quruqlik» (barr, yabas) so‘zi Qur’onda 13 marta, «dengiz» (bahr) so‘zi esa 32 marta, ular jami bo‘lib 45 marta uchraydi. Agar quruqlikning Qur’onda ishorat etilishi sonini, ya’ni 13 ni 45 ga bo‘lsak, 28,888888888889% raqami chiqadi. Dengizlarning Qur’onda ishorat etilish soni bo‘lgan 32 ni 45 ga bo‘lganimizda esa, 71,111111111111% hosil bo‘ladi. G’ayrioddiy tarzda, bu raqam bugungi kunda quruqlik va dengizning Yerdagi aniq nisbatlarini aks ettiradi.252

QURUQLIK 32 marta   
DENGIZ   13 marta
13 : 45 = 28,888888888889
32 : 45 = 71,111111111111
JAMI   45 marta   100%

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:26:15

QUR’ONDA RAQAMLI HISOBLAR (ABJAD HISOBI)

Arab alifbosidagi har bir harf raqamli qiymatga ega. Boshqacha qilib aytganda, arab tilidagi har bir harf biror raqamni anglatadi. Bir qator hisoblash amallari shu asosda bajarilishi mumkin. Bunday hisoblash turi raqamli hisoblar (abjad) yoki «hisaab al-jummal» deb ataladi.253 Alifboning har bir harfi biror raqamni anglatishini bilgan musulmonlar uni bir qancha sohalarda qo‘llaganlar. «Ilm al-jafr» bu sohalardan biridir.
«Jafr» kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarni bashorat qilish ilmidir. Bunga ko‘ra, ramziy shakllar va harflarning raqamli qiymatlarini taqqoslash bu soha bilan mashg‘ul bo‘lgan kimsalar tomonidan ishlatiladigan usullardan biridir. «Abjad» va «jafr» usullari o‘rtasvdagi asosiy farq shundaki, birinchisi allaqachon sodir bo‘lgan voqealarga, keyingisi esa kelajakda sodir bo‘ladigan voqealarga ishorat qiladi.254


Hisoblashning bu usuli yozuvning bir shakli bo‘lib, uning tarixi bir necha asr oldingi davrlarga borib taqaladi va u Qur’on nozil qilinishidan oldin keng miqyosda qo‘llanilar edi. Arab tarixida sodir bo‘lgan har bir narsa harflarning raqamli qiymatlari hisobga olingan holda yozilar va shu tariqa har bir voqeaning sanasi qayd etib borilar edi. Bu sanalar harflarning raqamli qiymatlarini bir-biriga qo‘shish orqali chiqarilar edi.
Qur’onning ayrim oyatlari «abjad» usuli asosida tekshirib ko‘rilsa, bu oyatlarning ma’nolari bilan to‘liq mos tushadigan bir qator sanalarning paydo bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin. Bu oyatlarda ishorat qilingan narsalar haqiqatda mazkur usul orqali hisoblab chiqilgan sanalarda sodir bo‘lganligiga shohid bo‘lgani-mizda, oyatlardagi bu voqealarga taalluqli sirli alomatlar mavjudligini tushunib yetamiz. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:31:48

1969 yildagi Oyga qo‘nish Qur’onda ishorat etilgan:

اقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَانشَقَّ الْقَمَرُ

Qiyomat yaqinlashdi. Oy ham bo‘lindi. («Qamar» surasi, 1-oyat)
Yuqoridagi oyatda qo‘llanilgan arabcha «inshaqqa» (bo‘lindi) so‘zi «shaqqa» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «biror narsaning ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoq, tuproqni haydamoq yoki kovlamoq» degan ma’nolarda ham ishlatilishi mumkin.

أَنَّا صَبَبْنَا الْمَاء صَبًّا  ثُمَّ شَقَقْنَا الْأَرْضَ شَقًّا  فَأَنبَتْنَا فِيهَا حَبًّا  وَعِنَبًا وَقَضْبًا  وَزَيْتُونًا وَنَخْلًا  وَحَدَائِقَ غُلْبًا  وَفَاكِهَةً وَأَبًّا

Biz (osmondan) suvni mo‘l yog‘dirdik. So‘ngra yerni (giyohlar unsin, deb) yordik. Sungra Biz unda donlarni undirdik, uzum va ko‘katlarni, zaytun va xurmolarni, qalin daraxtzor bog‘larni, mevayu giyohlarni ham. («Abasa» surasi, 25-31-oyatlar)
Ko‘rib turganimizdek, yuqoridagi oyatda ishlatilgan «shaqqa» so‘zi «ikkiga bo‘lish» emas, balki «tuproqni yorib, turli ekinlarni undirish» ma’nosida kelgan. Mana shu jihatdan olib qaralganda, «shaqqa» so‘zining «Oy ham bo‘lindi» («Qamar» surasi, 1-oyat) ifodasidagi ma’nosi uning 1969 yilgi oyga qo‘nish va Oyda amalga oshirilgan izlanishlarni nazarda tutayotganligida ham ko‘rinishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.) Haqiqatda, bu yerda boshqa bir juda muhim alomat mavjud. «Qamar» surasidagi bu oyatda ishlatilgan ayrim so‘zlarning «abjad» qiymatlari ham 1969 raqamini keltirib chiqaradi.
Bunday hisoblash usulida alohida urg‘u berilishi kerak bo‘lgan muhim bir jihat shundaki, unda juda katta va matnga aloqador bo‘lmagan sonlarning kelib chiqish ehtimoli bor. Juda kichik aloqador sonlarning hosil bo‘lish ehtimoliga qaramay, bunday aniq raqamlarning kelib chiqishi hayratlanarli bir holdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:35:22

Qiyomat /yaqinlashdi/. Oy ham bo‘lindi.
Hijriy: 1390, Grigoriy: 1969

اقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَانشَقَّ الْقَمَرُ

«Yaqinlashdi» jumlasi hisobga olinmaydi, chunki u arab tilida oyatning boshida keladi.
1969 yilda amerikalik astronavtlar Oyda tadqiqot o‘tkazishdi, turli uskunalar bilan uning tuprog‘ini kovlashdi, uni yorib, Yerga namuna olib qaytishdi.
Biroq biz shu narsani ta’kidlashimiz lozimki, albatta, Oyni bo‘lish Allohning Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga bergan mo‘‘jizalaridan biridir. Bu mo‘‘jiza hadislarning birida quyidagicha tasvirlanadi:
Makka xalqi Rasulullohdan ularga mo‘‘jiza ko‘rsatishni so‘radilar. Shunda Rasululloh ularga Oyning ikki bo‘lakka bo‘linganini ko‘rsatdilar. Makkaliklar bu ikki bo‘lak orasida Hiram tog‘ini ko‘rdilar. (Sahih Buxoriy)
Yuqoridagi mo‘‘jiza oyatda vahiy qilingan Oyning bo‘linishidir. Binobarin, Qur’on barcha zamonlarga qaratilgan Kitob bo‘lganligi bois, bu oyat bugungi kunimizda Oyning tadqiq etilishini nazarda tutmoqda, deb tushunilishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)


Qayd etilgan