Horun Yahyo. Allohning Qur'ondagi mo'jizalari  ( 227214 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 B


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:49:12

Qur’on oyatlarining nozil qilinish ketma-ketligiga ko‘ra, 19 soni va Paskal uchburchagi o‘rtasidagi bog‘liqlik

Eng birinchi vahiy bo‘lgan 96-sura oxiridan turib sanalganda 19-suradir. U 19 ta oyatdan iborat bo‘lib, jami 285 harfdan (19 x 15) tashkil topgan. Vahiyning dastlabki 5 oyatida esa 76 (19 x 4) ta harf mavjuddir.

Ikkinchi bo‘lib vahiy qilingan 68- suraning dastlabki oyatlari 38 (19 x 2) ta so‘zni o‘z ichiga olgan.

Uchinchi bo‘lib vahiy qilingan 73- sura esa 57 (19 x 3) so‘zdan iborat.
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:51:47

BESHINCHI KITOB

QUR’ONNING ADABIY JIHATDAN MUKAMMALLIGI

QUR’ONNING TAQLID ETILMASLIGI

Bu bo‘limga qadar Qur’onning ilmiy va tarixiy nuqtai nazardan mo‘‘jizaviy xususiyatlarini ko‘rib chiqqan edik. Bularga qo‘shimcha ravishda, Qur’onning ayni paytda adabiy jihatdan hayratlanarli, betakror uslubga ega ekanligini, uning xitoblari har qachon, har qanday inson guruhlariga qaratilganligini ham ta’kidlash lozim. O’quvchining bilimi va madaniy saviyasi qay darajada bo‘lmasin, Qur’on har kim anglay oladigan aniq va tushunarli bir uslubda yozilgan. Oyatlarning birida Alloh Qur’on haqida quyidagicha vahiy qiladi:
Biz Qur’onni zikr (eslatma) uchun oson qilib qo‘ydik... («Qamar» surasi, 22-oyat)
Qur’onning bu qadar oson anglashiladigan uslubda yozilganiga qaramay, unga hech bir jihatdan taqlid qilishning imkoni bo‘lmagan. Alloh ba’zi oyatlarda Qur’onning betakror tabiatga ega ekanligiga diqqatni tortadi:
Agar bandamiz (Muhammad)ga tushirgan narsamiz (Qur’on)dan shubhada bo‘lsangiz, bas, siz ham unga o‘xshash (birgina) sura (yozib) keltiring va Allohdan o‘zga guvohlaringizni chaqiring - agar rostgo‘y bo‘lsangiz. («Baqara» surasi, 23-oyat)
Yoki: «Uni (Muhammad) to‘qigan», - deydilarmi?! Ayting: «U holda, agar rostgo‘y bo‘lsangiz, unga teng birgina sura keltirib, Allohdan boshqa kimga imkoningiz bo‘lsa, o‘shalarni (yordamga) chorlangiz!» («Yunus» surasi, 38-oyat)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:52:37

Qur’onning mo‘‘jiza ekanligini isbotlovchi sabablardan biri, yuqoridagi oyatlarda ta’kidlangani kabi, inson kuchi bilan unga o‘xshash biror narsani hech qachon yozishning iloji bo‘lmagan-ligidadir. Bu ilojsizlik qanchalik buyuk bo‘lsa, biz ko‘rib turgan mo‘‘jizalar ham shunchalik buyukdir. Shuning uchun Qur’on uslubini asrlar davomida milliardlab insonlar orasidan hech bir kishi taqlid qila olmaganligi uning haqiqiy mo‘‘jiza ekanligining dalilidir. F. F. Arbusnot The Construction of The Bible and The Qur’an (Bibliya va Qur’onning tuzilishi) nomli kitobida Qur’on haqida quyidagicha izohlar keltiradi:
Adabiy nuqtai nazardan Qur’on sof arab tilining yarim nazm va yarim nasr uslubida yozilgan namunasi hisoblanadi. Ma’lum bo‘lishicha, grammatika mutaxassislari ba’zi hollarda Qur’onda qo‘llanilgan ayrim jumla va ifodalarga mos keluvchi o‘z qoidalarini qabul qilganlar va Qur’onga teng bir asar yaratish uchun bir qancha urinishlar qilib ko‘rgan bo‘lsalar-da, bu urinishlarning hech biri bu sohada hanuzgacha amalga oshmagan.257
Qur’onda ishlatilgan so‘zlar ham ma’no, ham ravonlik hamda uslubiy ta’sirchanlik jihatdan o‘ta darajada go‘zaldir. Biroq Allohning amri va taqiqlari nozil qilingan Qur’onning muqaddas bir kitob ekanligiga imon keltirishni istamaydiganlar unga nima uchun rioya etmasliklariga turli bahonalar topdilar. Ular Qur’onni inkor qilish orqali uning go‘zalligidan o‘zlarini olib qochishga harakat qilib ko‘rdilar. Alloh imon keltirmaydiganlarning Qur’on haqida bildirgan fikrlariga qarshi quyidagi oyatlarni vahiy qildi:
(Muhammadga) she’rni ta’lim bermadik va unga (shoirlik) mumkin ham emas. U (vahiy) faqat zikr (eslatma) va aniq Qur’ondir. (U) tirik (aklli) kishilarni ogohlantirish va kofirlarga (azob haqidagi) lafz muqarrar bo‘lishi uchun (nozil qilingan)dir. («Yosin» surasi, 69-70-oyatlar)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:53:41

Qur’onning qofiya tizimidagi ustunlik

Qur’onga taqlid etilmaslik xususiyatini baxsh etadigan jihatlardan biri uning adabiy jihatdan qurilishiga borib taqaladi. Arab tilida yozilganligiga qaramasdan, Qur’on arab adabiyotida qo‘llanilgan shakllarga o‘xshash emas.
Qur’ondagi qofiya tizimi «qofiyalashtirilgan nasr» deyiladi va tilshunoslar Qur’onda qo‘llanilgan bu qofiyani mo‘‘jiza deb ta’riflaydilar. Mashhur ingliz olimi Professor Dtsel M. A. Abbas Qur’onning tilshunoslik jihatdan bir mo‘‘jiza ekanligini isbotlash maqsadida yozgan Sciense Miracles (Fan mo‘‘jizalari) nomli kitobida Qur’onda qo‘llanilgan harflar va qofiya tizimi yuzasidan, grafik va diagrammalar vositasida, keng qamrovli izlanishlar olib bordi. Bu kitobda Qur’ondagi qofiya tizimiga taalluqli ayrim hayratlanarli dalillar keltirilgan.
Ma’lumki, Qur’ondagi 29 ta sura bir yoki undan ko‘proqramziy harflar bilan boshlanadi. Bu harflar «muqatta harflar» yoki «boshlovchi harflar» deb ataladi. Arabcha 29 harfning 14 tasi muqatta harflardan iborat: Qof, Sod, To, Ha, Yo, Sin, Alif, Lom, Mim, Kof, Ayn, Nun, Ro, Ha.
Bulardan Nun harfining «Qalam» surasidagi qo‘llanilishiga e’tibor qaratsak, oyatlarning 88,8% ida Nun harfi bilan qofiyalanganlikni ko‘rishimiz mumkin. «Shuaro» surasining 84,6% i, «Naml» surasining 90,32%i va «Qasas» surasining 92,05% i Nun harfi bilan qofiyalanadi.



Professor Adel M. A. Abbasning Sciense Miracles nomli kitobi

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 09:54:39

Bu izlanish butun Qur’on bo‘yicha olib qaralganda esa uning 50,08% i Nun harfi bilan qofiyalanganligi ma’lum bo‘ladi. Bosh-qacha qilib aytganda, Qur’on oyatlarining yarmidan ko‘prog‘i Nun harfi bilan yakunlanadi. Shu paytgacha ayni shunday uzunlik-dagi hech bir adabiy asar matnining yarmidan ko‘prog‘ini yolg‘iz bir harf bilan qofiyalashning imkoni bo‘lmagan. Bu nafaqat arab tili, balki boshqa barcha tillarga ham taalluqlidir.

Qur’onning qofiya tizimi umumiy tekshirib ko‘rilganda esa qofiyalarning 80% ga yaqinrog‘i Alif, Mim, Yo va Nun harflaridan tashkil topgan uch tovush (n, m, a) dan iborat ekanligini ko‘ramiz.258 Nun harfidan tashqari, oyatlarning 30% i Mim, Alif yoki Yo bilan qofiyalangan.
Qofiyalarda eng ko‘p qo‘llanilgan to‘rt tovush:

Harf   ا   ي   م   ن   Jami
Tovushlar   a   ya   m   n   
Oyat soni   949   246   666   3123   4984
Nisbati (%)   15,22   3,94   10,68   50,08   79,92


Yuqoridagi jadvalda Qur’on qofiya tizimining 72,92% ini tashkil etgan 4 ta harfning nisbiy bir shakldagi taqsimoti qo‘rsatilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:00:38

«Mu’minun» surasi

Qod aflahal-mu’minuuna
Allaziina hum fii solaatihim xooshi’uuna
Vallaziina hum ‘anil-lag‘vi mu’rizuna
Vallaziina hum lizzakaati faa’iluna
Vallaziina hum lifuruujihim haafizuuna
...av maa malakat aymaanuhum fa innahum g‘oyru maluumiina
...faulaaika humul-’aaduuna
Vallaziina hum li amaanaatihim va ‘ahdihim roo’uuna
Vallaziina hum ‘alaa solavaatihim yuhaafizuuna
Ulaaika humul -vaarisuuna
...humfiihaa xooliduuna
Va laqod xolaknal-insaana min sulaalatin min tiinin
Summa ja’alnaahu nutfatan fii qoroorin makiinin
"¦fatabaarok alloohu ahsanul-xolikiina
Summa innakum ba’da zaalika lamayyituuna
Summa innakum yavmal-qiyaamati tub’asuuna ...
Va maa kunnaa ‘anil-xolqi g‘ofiliina

«Nahl» surasi

...yuta’aalaa’ammaa yushrikuuna
... annahuu laa ilaaha illa ana fattaquuni
...ta’aalaa’ammaa yushrikuuna
... fa izaa huva xosiimun mubiinun
...vamanaafi’uvaminhaa ta'kuluuna
Va lakum fiiha jamaalun hiina turihuuna va hiina tusrohuuna

«An’om» surasi

... summallazina kafaruu birobbihim ya’diluuna
... summa antum tamtaruuna
...vaya’lamumaataksibuuna
... illaa kaanuu ‘anhaa mu’riziina
... fasavfa ya'tiihim anbaa'u maa kaanuu bihii yastahzi'uuna
... va ansha'naa min ba’dihim qornan aaxoriina
... in haazaa illaa sihrun mubiinun
... summa laa yunzoruuna
... va lalabasnaa ‘alayhim maa yalbisuuna
...maakaanuubihii yastahzi'uuna

«Rum» surasi

... va laakinna aksaronnaasi laa ya’lamuuna
... va hum ‘anil aaxiroti hum g‘ofiluuna
... va inna kasiiron minannaasi biliqooi robbihim lakaafiruuna
... va laakin kaanuu anfusahum yazlimuuna
... an kazzabuu biaayaatillahi va kaanuu bihaa yastahzi'uuna
... summa ilayhi turja’uuna
... yublisul mujrimuuna
... va kaanuu bishurokaa'ihim kaafiriina
Va yavma takuumussaa’atu yavmaizin yatafarrokuuna
... fahum fii rovzotin yuhbaruuna

«Yunus» surasi

ulaaika ashaab ul-jannati hum fiihaa xoliduuna
ulaaika ashaab un-naari hum fiihaa xoliduuna ...
yu qoola shurokaa'uhum maa kuntum iyyaanaa ta’buduuna ...
in kunnaa ‘an ‘ibaadatikum lag‘oofiliina
vazolla ‘anhum maa kaanuu yaftaruuna ...
faqul afalaa tattaquuna
fa'annaa tusrofuuna
...annahumlaa yu'minuuna
...fa'annaatu'fakuuna

«Ankabut» surasi
... innallooha lag‘oniyyun ‘anil ‘aalamiina
... yu lanajziiannahum ahsanallazii kaanuu ia’maluuna
... faunabbiukum bimaa kuntum ta’maluuna
... lanudxilannahum fissoolihiina
... avalaysalloohu bia’lama bimaa fii suduuril-’aalamiina
... yu laya’lamannal-munaafikiina
... innahum lakaazibuuna
... yu layus'alunna uavmal-qiyaamati ‘amma kaanuu yaftaruuna
... fa'axozahumut-tuufaanu yu humzoolimuuna

«Naml» surasi

... innahum kaanuu qovman fasiqiina
... haazaa sihrun mubiinun
... fanzur kayfa kaana ‘aaqibatul-mufsidiina
... min’ibaadihil-mu'miniina
... inna haazaa lahuval-fazlul-mubiinu
... fahum yuuza’uuna
... Sulaymaanu va junuuduhuu va hum laa yash’uruuna
... yu adxilnii birohmatika fii ‘ibaadikas-soolihiina

«Niso» surasi

"¦innallooha kaana g‘ofuuron rohiiman
"¦innallooha kaana ‘aliiman hakiiman
"¦valloohu g‘ofuurun rohiimun
"¦valloohu ‘aliimun hakiimun
"¦an tamiiluu maylan ‘aziiman

«Moida» surasi

... fain yaxrujuu minhaa fainnaa daaxiluuna
...fatavakkaluuinkuntum mu'miniina
...innaahaahunaa qoo’iduuna
... fafruq baynanaa va baynal-qovmil-faasiqiina
... falaata'sa’alal qovmil-faasiqiina
... qoola innamaa yataqobbalulloohu minal-muttaqiina
... innii axofullooha robbal-’aalamiina
... va zaalika jazaa 'uz-zoolimiina
... faqotalahuu fa'asbaha minal-xoosiriina
... fa'asbaha minan-naadimiina

«A’rof» surasi

... va zikroo lil-mu miniina
... qoliilan maa tazakkaruuna
... fajaa'ahaa ba'sunaa bayaatan av hum qoo'iluuna
... izjaa'ahum ba'sunaa illaa an qooluu innaa kunnaa zoolimiina
... va lanas 'alannal -mursaliina
... vamaakunnaag‘ooibiina
... faulaa'ika humul-muflihuuna
... bimaa kaanuu biaayaatinaa yazlimuuna
... qoliilanmaa tashkuruuna
... lam yakun minas-saajidiina

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:02:51

«Tavba» surasi

... innallooha iuhibbul-muttakiina
... va aksaruhum faasiquuna
... innahumsaa'amaakaanuu ya’maluuna
... vaulaa'ika humul-mu’taduuna
... va nufasshlul-aayaati liqovmin ya’lamuuna
... la’allahum yantahuuna
... falloohu ahaqqu an taxshavhu in kuntum mu'miniina
... va yashfi suduuro qovmin mu'miniina

«Baqara» surasi

... va laa xovfun ‘alayhim va laa hum yahzanuuna
... vazkuruu maafiihila’allakum tattaquuna
... lakuntum minal-xosiriina
... faqulnaa lahum kuunuu qirodatan xoosi'iina
... va mav’izotan lil-muttaqiina
... a’uuzubillahianakuuna minal-jaahiliina
... faf’aluumaa tu'maruuna
... innahaa baqorotun sofroou faaqi’un lavnuhaa tasurrun-naziriina

«Oli Imron» surasi

... vattaqulloha la’allakum tuflihuuna
Vattaqun-naarollatii u’iddat lil-kaafiriina
... la’allakum turhamuuna
... u’iddat l il - muttakiina
... valloohu yuhibbul-muhsiniina
... va lam yusirruu ‘alaa maafa’aluuvahum ya’lamuuna
...vani’ma ajrul -’aamil iina
... fanzuruu kayfa kaana ‘aaqibatul-mukazzibiina
... va mav’izotun lil-muttakiina
... va antumul-a’lavna in kuntum mu'miniina
... valloohu laa yuhibbuz-zoolimiina

«Anbiyo» surasi

... falya'tinaa biaayatin kamaa ursilal-avvaluuna
... afahum yu'minuuna
...inkuntumlaa ta’lamuuna
...vamaakaanuu xoolidiina
...vaahlaknal-musrifiina
...afalaata’kiluuna
... va ansha'naa ba’dahaa qovman aaxoriina
... izaa hum minhaa yarkuzuuna

«Nur» surasi

... va maa ulaa'ika bil-mu'miniina
... izaa fariqun minhum mu’rizuuna
... va in yakun lahumul-haqqu ya'tuu ilayhi muz’iniina
... bal ulaa'ika humuz-zoolimuuna
... va ulaa'ika humul-muflihuuna
... faulaa'ikahumul-faaizuuna
... innallooha xobiirun bimaa ta’maluuna
... va maa ‘alar-rosuuli illal-balaag‘ul-mubiina
... faulaa'ikahumul-faasiquuna

«Hijr» surasi

...vamaa yasta'xiruuna
... innaka lamajnuunun
... in kunta minas-soodiqiina
... va maa kaanuu izan munzoriina
... va innaa lahuu lahaafizuuna
Va laqod arsalnaa min qoblika fii shiya’il - avval iina
...kaanuubihii yastahzi'uuna
Kazaalika naslukuhuu fii quluubil-mujrimiina
...vaqodxolat sunnatul -avval iina
... fii ya’rujuuna
... bal nahnu qovmun mashuuruuna


Ikki yuz-uch yuz satrli she’rda bor-yo‘g‘i ikki yoki uch tovush bilan qofiyaviy nasr shakllantirilganda edi, bugungi kun adabiy tanqidchilari bu asarni nodir asar, deb baholashlariga kifoya bo‘ladigan muhim bir sifat unda jo bo‘lgan bo‘lar edi. Shunday ekan, Qur’onning uzunligi, unda berilgan ma’lumotlar va Qur’onning hikmatli izohlarini ko‘zda tutadigan bo‘lsak, undagi qofiyaviy nasriy tizim qo‘llanilgan g‘ayrioddiy uslub yanada aniqroq va go‘zalroq tus oladi. Qur’on haqiqatda turli-tuman fanlarga oid ma’lumotlar bilan to‘la bir ummondir. Diniy va ma’naviy yo‘riqlar, o‘tmishda yashab o‘tgan odamlar hayotidan o‘gitlar, Alloh yo‘llagan payg‘ambarlar va elchilarning xabarlari, tabiiy fanlar va muhim voqealarning tarixiy tafsilotlari shular jumlasidandir. Garchi bu ma’lumotlar shundoq ham ajoyib bo‘lsa-da, ular eng g‘aroyib adabiy marom va ustunlik bilan bayon etilgan. Ilmiy jihatdan teran va turfa masalalarni o‘z ichiga olgan Qur’onda bu qadar oz tovush bilan shunchalik ko‘p qofiyaviy nasr yaratishga inson zakovati bilan erishish mutlaqo mumkin emas. Mana shu nuqtai nazardan, arab tilshunoslari Qur’oni Karimni «shubhasiz hech taqlid etib bo‘lmas», deb ta’riflashlariga ajablanmaslik lozim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:03:49

TURLI OLIMLARNING QUR’ON HAQIDA BILDIRGAN FIKLARI

Qur’onning adabiy jihatdan mukammalligi va taqlid etilmasligi haqida bildirilgan fikrlardan ba’zilari


Makkaliklar hamon undan mo‘‘jiza talab qilar edilar va Muhammad ajoyib qat’iyat va ishonch bilan, o‘z missiyasining oliy tasdig‘i sifatida Qur’onning o‘ziga murojaat qildi. Xuddi boshqa arablar kabi, ular lison va notiqlik san’atida ustomon edilar. Agar Qur’on o‘shanda uning o‘z asari bo‘lganida edi, boshqa odamlar u bilan raqobat qilgan bo‘lar edilar. Mayli, ular uning kabi o‘n oyat yozsinlar. Agar yoza olmasalar (va aniqki, ular yoza olmaslar), unda Qur’onni aniq bir mo‘‘jiza, deb qabul etsinlar.259 (Oksford universitetining mashhur arabshunosi Hamilton Gibb.)

Adabiy bir yodgorlik bo‘lgan Qur’on o‘z holicha turmoqdadir; u arab adabiyotida tengi yo‘q bir mahsuldir, undagi uslubning na salafi (o‘tmishdoshi) va na xalafi (vorisi) bordir. Barcha davrlar musulmonlari nafaqat uning mazmunan, balki usluban ham taqlid etilmasligini hammaga bildirishda birlashmishdirlar...260 (Hamilton Gibb.)

Qur’onning arab adabiyoti taraqqiyotiga va ko‘plab yo‘nalishlarga ko‘rsatgan ta’siri behisobdir. Uning g‘oyasi, tili, qofiyasi keyingi barcha adabiy asarlarda oz yoki ko‘p miqdorda nufuzga ega bo‘ldi. Uning o‘ziga xos lingvistik xususiyatlari na undan keyingi yuz yil ichida yozilgan nasrlarda va na so‘nggi nasriy yozma asarlarda taqlid etildi. Biroq Qur’onning qisman bo‘lsa ham oliy martabali arab tiliga qayishganligi sabab, u juda tez rivojlantirila olindi va imperatorlik hukumati hamda kengayib borayotgan jamiyatning yangidan-yangi ehtiyojlariga moslashtirila olindi.261 (Hamilton Gibb.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:03:58

Qur’onning kalimalarini va uning beqiyos ustunligini dalil qilib keltirdi. Aslida, hatto musulmon bo‘lmagan kishilar uchun ham uning tushunarli va jarangdor tilidan ko‘ra hech bir narsa maftunkorroq emas... Uning ajoyib vaznli va go‘zal ohangli bo‘g‘inlarining mukammalligi g‘anim va imonsizlarning bu dinni I qabul qilishlarida katta ahamiyat kasb etib keldi.262 (Pol Kasanovaning L’Enseignement de l’Arabe au Voolege de France (Frantsuz kollejida arab tili ta’limi) nomli maqolasidan.)

Qur’on Jabroil tarafidan Muhammad (s.a.v.)ga aytib turilgan Allohning so‘zma-so‘z bir vahiysidir. U o‘zining hamda Allohning Payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ning rostligidan guvohlik beruvchi bir mo‘‘jizadir. Uning mo‘‘jizaviy xususiyati qisman uning uslubida yotadi - u shu qadar mukammal va yuksakki, na insonlar va na jinlar ularning eng qisqa bir surasiga teng bir sura yoza olmaslar va qisman undagi o‘gitlar mazmuni, kelajak haqidagi bashoratlar va Muhammad (s.a.v.) hech qachon o‘z xohishicha to‘plashi mumkin bo‘lmagan hayratlanarli darajadagi aniq ma’lumotlarda yotadi.263 (Harri Geylord Dormanning Towards Understanding Islam (Islomni anglamoq sari) nomli kitobidan.)

Arab tilidagi Qur’on bilan tanishib chiqqan har bir kishi bu diniy kitobning go‘zalligiga tasannolar aytishda hamfikrdir; uning shaklan savlati shu qadar ulug‘vorki, har qanday Yevropa tiliga tarjima qilinmasin, baribir uni aslidagi kabi anglab yeta olmaymiz.264 (Eduard Montetning Traduction Francaise du Coran (Qur’onning frantsuzcha tarjimasi) nomli kitobidan.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2009, 10:04:06

Asl arab tilidagi Qur’on o‘ziga xos bir go‘zallik va joziba sohibidir. Uning lo‘nda va muhtasham uslubi, ko‘pincha qofiyalangan va ma’nodor qisqa jumlalari ta’sirli bir kuch va portlovchi energiyaga ega bo‘lib, ularni so‘zma-so‘z tarjimada ifoda etish o‘ta darajada murakkabdir.265 (Jon Naishning The Wisdom of the Qur’an   (Qur’onning hikmati) nomli kitobidan.)

Qur’on universal tarzda, arablarning eng asli va kibori bo‘lgan Quraysh lahjasida, eng go‘zal va sof bir tilda yozilgandir... Qur’onning uslubi go‘zal va ravon... va bir qancha joylarda, xususan, Allohning mahobati va sifatlari ta’rif etilgan paytda ulug‘vor va ko‘rkamlidir... U juda yaxshi muvaffaqiyatga erishar va o‘z tinglovchilarini shu qadar hayratga solar ediki, uning ba’zi muxoliflari buni bir afsun va sehrning ta’siri deb tushunar edilar.266 (Jorj Seylning The Koran: The Preliminary Discourse (Qur’on: Dastlabki va’z) nomli kitobidan.)

Haqiqat, hikmat va uslub sofligining mo‘‘jizasi...267 (Hazrat R. Bosvort Smitning Mohammed and Mohammedanism (Muhammad Payg‘ambar va Muhammadchilik) nomli kitobidan.)

Qur’on o‘ziga xos go‘zallikning ajib bir vazni va dilni mahliyo qiladigan bir ohangga egadir. Ko‘plab nasroniy arablar Qur’onning uslubi haqida iliq bir zavq bilan so‘z yuritadilar va ko‘pchilik arabshunoslar uning mukammalligini e’tirof etadilar... Haqiqatda, ham nazm, ham nasrda keng va boy bo‘lgan arab adabiyoti ichra u bilan qiyoslana oladigan hech bir narsa yo‘qdir.268 (Alfred Guillaumning Islam (Islomiyat) nomli kitobidan.)

Qayd etilgan