Aziz Nesin. G'aroyib bolalar (roman)  ( 97307 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 21 B


ZUBAIR  29 Mart 2010, 01:24:52

Shu orada eshik taqillab qoldi. Qo'shnimizning qizi Nurton ekan. Qo'lida bir parcha qog'oz. Dadamga ekan. Xatni olib, uyga kirdim. Dadasi yozibdi. Shu satrlarga ko'zim tushdi: «Do'stim, kechagi voqea o'zingga ma'lum. Yonimda sariq chaqa ham qolmabdi. Uyga qandoq kelganimni bilmayman. Har qalay, sizlar olib kelgan bo'lsangiz kerak. Puldan qalaysan? Yuz lira kerak. Rahmat».
Xatni dadamga uzatdim. Dadam xatni o'qigach, oyim bilan shivirlashib oldi. Mazmuni, ular pulimiz yo'qligini bildirgilari kelmadi. Bu gal opamning qutichasi ish berdi. Dadam bilan oyim ko'zimizni shamg'alat qilib opamga bir nima deyishdi. Keyin opam olib kelgan qutichani ochib, ichidan chiqqan bor pulni Metindan berib yuborishdi.
Metin dars qilmoqchi bo'lgan edi, yana qalamini topolmadi. Yo'qotib qo'yganga o'xshaydi. Buni eshitib, oyim ko'pirib ketdi:
—   Qanaqa ovsar bolasan o'zi! Nuqul qalam yo'qotganing yo'qotgan-a? Bundoq avaylab tutsang bo'lmaydimi! Hadeb senga qalam olib beraveramanmi?

Qayd etilgan


ZUBAIR  29 Mart 2010, 01:25:34

Buvamning nasihati boshlandi.
—   Saqlasang — ming kunlik, saqlamasang — bir kunlik, o'g'lim. Xo'sh, saqlamasang nima?
—   Bir kunlik, buva!
—   Ha, barakallo! Toma-toma ko'l bo'lur. Nima bo'lur?
Metindan oldin men javob berdim.
—   Hech narsa. Ko'l bo'lmaydi.
—   Nega endi? Nimaga ko'l bo'lmas ekan?
—   Bo'lmaydi, buvajon.
—   lya, nega bo'lmas ekan? — qovog'ini uyub so'radi buvam.
—   Chunki ko'l bo'lishi uchun o'sha joy sal chuqurroq bo'lishi kerak. Agar suv turmaydigan tep-tekis joy bo'lsa...
—   Ha, nima bo'larkan?
—   Suv sharillab oqib ketadi. Sel bo'ladi...
Buvam menga bir xo'mrayib qo'ydi.
Uyimizda yangi yil shunday boshlandi. Endi oyim bilan dadam yangi yilni boshqa joyda kutib olmaydigan bo'lishdi.
Xo'sh, seniki qalay bo'ldi?
Yangi yilda senga baxt-saodat, o'qishingda muvaf-faqiyatlar tilayman.
Zaynab Yolqir.

Qayd etilgan


ZUBAIR  29 Mart 2010, 01:27:19

Boshlanishi chakki emas

Zaynab!
Yangi yil bilan tabriklab yozgan xatingni olganimga ko'p bo'ldi. Rahmat.
Yangi yilni biz katta amakimlarnikida kutib oldik. Uylari juda keng. Hamma amakilarim shu yerga yig'ilishdi.
Men har kuni erta yotishga o'rganib qolganim uchun yangi yil kechasi uzoq o'tirolmadim. Soat o'n ikkidan keyin ko'zim yumilib ketaverdi. Radio eshitib o'tirib uxlab qolibman.
Ertasi kuni odatdagidek o'tdi. Biror yangilik bo'lgani yo'q. Lekin shuni bilib qo'yki, yangi yilning birinchi kuni siznikida ro'y bergan voqea bizning uyda tez-tez bo'lib turadi. Dadam ko'chada pul sarflagan kuni uyda juda qurumsoq bo'lib qoladi.
Ba'zi kunlari u ko'chadan to'yib keladi. Shu-naqa paytlarda suv ichayotganinmi ko'rib qolsa, darrov:
—   Qaynagan suvni isrof qilma. Stakanga o'zing ichadiganingni quy, tagida qolmasin, — deb tanbeh beradi.
Holbuki, stakanning tagida bir-ikki qultum suv qolgan bo'ladi. Dadam isrofdan qo'rqqani uchun qolgan suvni guldonga to'kadi. Shunday kezlarda dadam o'z hisobiga oshna-og'aynilarini yaxshilab mehmon qilganini bilib olaman.
—   Shuncha pastani uvol qilib nima qilasan?! O'zingga loyig'ini olsang bo'lmaydimi?— deb o'dag'aylaydi dadam tish yuvayotgan bo'lsam. Bilamanki, u kecha yana ziyofatga tushibdi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  29 Mart 2010, 01:28:12

Ba'zan dadam biror o'rog'liq narsa olib kelganida sabrim chidamay kanopini uzmoqchi bo'laman. Shunda u:
—   Shoshma, kanopni sekin yechib ol. Biror joyga olib qo'y, kuningga yaraydi, — deb qoladi. Yana bi¬lamanki, dadamning bugun ham ko'chada sarfi katta bo'lgan.
Dadamning qiziq odati bor — og'aynilari bilan biror yerda o'tirib qolsa, nuqul pulni o'zi toiagisi keladi. Buni necha marta o'z ko'zim bilan ko'rganman. «Cho'ntakni kovlamang, qo'ying, xafa bo'laman... Mana menda bor», deb turib oladi.
Ammo ertasiga uyda tamoman o'zgarib qoladi.
— Eski gazetalarni yirtmasdan olib qo'yinglar. Biron narsaga yarab qoladi. Qolaversa, yig'ib yursangiz keyin sotishingiz ham mumkin. Juda bo'lmasa pechkaga yoqsangiz, uyni isitadi.
«Toma-toma ko'l bo'lur» degan maqol sizlarnikida ko'p ishlatilar ekan. Bizning uyimizda «O'zingda bo'lsa, kuningga yarar» degani tildan tushmay keladi.
Shunisi ham borki, ko'cha-ko'yda pulini sovurib kelmagan kunlari dadamning qo'li ochiq bo'ladi. Yangi yil kechasidayam, ertasigayam shunaqa bo’ldi. Dadam yangi yilda menga akvarel bo'yoq olib berdilar. Fevralda ikki haftaga kanikulga chiqamiz. Shunda mazza qilib surat chizaman.
Yangi yilda butun uy ichingiz bilan hammangizga baxt-saodat tilayman.
Ahmad Tarbay.

Qayd etilgan


ZUBAIR  30 Mart 2010, 01:23:43

Ivirsiq qiz

Aziz sifndoshim Ahmad!
Avvalambor senga Hikmatdan gapiray. Hikmat darsga qatnay boshladi. Ota-onasi yana yarashib olishibdi. Boyoqish juda xursand bundan.
Senga yana bir yangilik aytmoqchiman. Menga yozgan hamma xatlaringni yig'ib kelayotgan edim, ammo har yer-har yerda tartibsiz sochilib yotardi. Kecha hammasini tartibga soldim. Yozgan kunlaringga qarab oldinma-keyin qilib chiqdm. Yaxshi bo'ldi. Bu narsa sira xayolimda yo'q edi, bir gap bilan shu ishni qildim. Mana, eshit, bir boshdan gapirib beraman.
Uyda hammasi meni palapartish ish qilasan, narsalaring doim ivirsib yotadi, deb koyishadi. Holbuki men qo'ygan narsasini topolmay yuradigan, besarishta odamni yomon ko'raman. Demak, yomon ko'rgan odamim o'zim ekanman-da.
Yakshanba kuni erta bilan uy daftarimni topolmay xunob bo’lgan edim, oyimdan rosa gap eshitib oldim.
—   Nimaga bunaqa merovsan-a, qizim? Doim bir nimang yo'qolib qoladi-ya... Es-hushingni yig'ib yursang bo'lmaydimi?!

Qayd etilgan


ZUBAIR  30 Mart 2010, 01:24:12

Oyimning yoniga dadam qo'shildi. Buvam bilan buvim kelgan edi, ular ham palapartishligimni yuzimga solishdi. Opamga-ku xudo berdi — kelgan joyidan u ilib ketdi. Hammalari meni talab ketishdi. Jonimga ora kirgan birgina Metin bo'ldi.
—   Bu uyda odam o'zini ham yo'qotib qo'yishi hech gap emas, — dedi u meni yupatib.
Hammalari menga yopishganiga rosa xo'rligim keldi. Alamdan nima qilishimni bilmay xonamga kirib, bir chekkadan yig'ishtirishga tushdim. Stol usti-ni, kitob javonlarini tartibga soldim, buyumlarni joy-joyiga qo'yib chiqdim. Narsalarimni yig'ishtirayotib, uydan labga surtadigan pomada, har xil otkritka, bir poy paypoq topib oldim. Hammasini ularning oldiga olib chiqdim. Haliyam mening g'iybatimni qilib o'tirishgan ekan.
—   Manavi paypoq kimniki? Tortmadan chiqdi, — deb paypoqni irg'itdim.
—   Iya, kecha qidirib yurgan eding-ku buni, — dedi oyim dadamga qarab.
—   Xo'sh, pomada kimga qarashli?
—   Qayerda ekan? Qidirmagan joyim qolmadi.
—   Allakim stolimga qo'yib ketibdi.
—   Kecha o'sha yerda unutgan ekanman-da, — deb kuldi oyim.
Otkritkaga navbat keldi.
—   Bu kimniki bo'ldi?

Qayd etilgan


ZUBAIR  30 Mart 2010, 01:24:29

Opam lavlagidek qizarib ketdi.
—   Qayerdan topding?
—   Kimdir kitoblarimning ichiga yashirib qo'yibdi. Orqasidagi yozuvini o'qiganim yo'q.
Endi o'tirib dars qilay degan edim, ruchkamni qo'ygan joyimdan topolmadim. Hammayoqni qarab chiqdim, yo'q.
—   Yana nima yo'qotding? — zarda bilan so'radi oyim.
—   Ruchkamni ko'rmadingizmi?
—   Ruchka oshi ichasanmi o'zi? Nuqul ruchka yo'qotganing yo'qotgan-a, qizim...
Oyim diydiyosini boshlab yubordi.
—   Hoy qiz, bu merovliging qachon qoladi-a? — dedi buvim oyimning yoniga qo'shilib.
—   Palapartish bo'lma, hamma narsang saranjom bo'lsin, qo'ygan joyingni bilib yur, deb ming marta aytaman senga. Bu quloqqa gap kiradimi o'zi?
Dadamdan eshitgan gapim bu.
Meni kalaka qilish uchun opamga bahona topildi.
—   Ma, menikida yozib tur. Ko'zingga qara, tag'in buniyam yo'qotib yurma!
Opam ruchkani olib berish uchun ichkari kirib ketdi. Birpasdan keyin uning:
—   Kim oldi ruchkamni? Hozirgina shu yerda edi-ya, — degan ovozi keldi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  30 Mart 2010, 01:24:50

Buvim boshimni silab, yotig'i bilan nasihat qildi:
—   Endi o'zingga qarab yurgin, Zaynab qizim. Bo'ying cho'zilib qoldi. Hademay biror uyning bekasi bo'lasan. Qalam-daftar yo'qotib yursang endi uyat bo'ladi. Qiz bola degan saranjom-sarishtali bo’lishi kerak.
—   Avlodimizda merov yo'q edi, hayronman, bu kimga tortdiykin, — deb luqma tashladi oyim.
Har kuni bo'ladigan gap shu. Eshitaverib qulog'im pishib ketgan.
Men bularning ichida eng ko'p buvamdan hayiqib turaman. O'zi iste'foga chiqqan polkovnik, juda badjahl odam. Oyim hali-hali buvamning yuziga tik qarayolmaydi. Hatto dadam ham uning oldida ancha muloyim bo'lib qoladi.
—   Hayotda kimki rejali bo’lsa, o'sha yutadi.
Buvamning odatini senga gapirib bergan edim.
Aytgan gapini darrov qaytarib so'raydi.
—   Xo'sh, kim yutarkan?
—   Rejali odam, buva, — deb javob berdim.
—   Barakallo... Har narsa ma'lum bir joyda turishi kerak. Qayerda turishi kerak ekan?
—   Ma'lum bir joyda.
—   Barakallo. Toki kerak bo'lib qolganida topish oson boisin. Xo'sh, nima ekan?
—   Toki kerak bo'lib qolganida topish oson boisin.

Qayd etilgan


ZUBAIR  30 Mart 2010, 01:25:12

Buvamning har bir gapni qaytarib so'rash odati armiyadan qolgan ekan. Dadam shunday degan.
—   Juda to'g'ri gap bu, — buvamga yuzlanib dedi dadam. — Men ham shundayman. Qaysi cho'ntakda nima borligini ko'zimni yumib aytib beraman. Yonimda nimaiki olib yursam, hammasining joyi aniq. Shunga odatlanganman. Ro'molchami, zajigalkami, hamyonmi — hammasining o'z joyi bor.
—   Ofarin, xuddi shunday bo’lishi kerak, — dedi buvam uning gapini ma'qullab.
Dadam sarishtaligini Metin bilan menga bir ko'rsatib qo'ymoqchi bo’ldi.
Dadam o'rnidan turib, ko'zini chirt yumib oldi.
—   Ko'ringlar, ko'zimni yumdim. Hozir qayerda nima turishini aytib beraman. Nimchamning chap cho'ntagida zajigalka bo’lishi kerak. Mana, olaman!
Dadam cho'ntakka qo’lini solib, zajigalkani olmoqchi bo’ldi-yu, lekin topolmadi. Rosa qidirgani bilan zajigalka chiqmadi.
—   Qiziq... Qayoqda qoldiykin-a...
Zajigalka topilmagach, dadam beburd bo’lmaslik uchun boshqasiga o'tdi.
—   Masalan, avtoruchka deylik. Qayerda turishini yoddan bilaman. Hamisha kostyumning ichki cho'n¬tagida, chap tomonda turadi. Ishonmasangiz, mana, ko'rib qo'yinglar.

Qayd etilgan


ZUBAIR  30 Mart 2010, 01:25:29

Cho'ntakdan avtoruchkaning o'rniga termometr chiqdi.
Dadam, «mana, aytmadimmi!» deb ko'zini ochib qaragan edi, termometrni ko'rib o'ziyam rosa hayron bo'ldi. Noiloj iljaygan bo'ldi.
—   Tunov kuni Metinning isitmasini o'lchagan edim. Shoshilinchda cho'ntakka solib ketavergan ekanman-da... Ha, mayli. Unisi bo’lmasa, bunisi. Yon daftarim hamisha chap tomonda turadi. Ishonmasangiz, mana, ko'rib qo'yinglar.
Dadam ko'zini yumib, daftarchani qidira ketdi.
—   Chap cho'ntagim qani o'zi, oyisi?
—   Bu kostyumni usta ag'darib bergan edi-ku... Chap cho'ntak o'ng tomonga o'tib qolgan bo'lishi kerak.
Yon daftarcha oyim aytgan joydan ham chiqmadi. Dadam o'ng cho'ntagidan bir g'altak oldi.
—   Dadangizning yon daftarchasi qayerda turishini endi bilib oldingizmi, bolalar? — dedi buvam kesatib.
Bizning o'rnimizga javobni oyim berdi:
—   Esim qursin... Kecha ertalab kostyumni tikib qo'yuvdim. Astari so'kilgan ekan. Cho'ntakda ipi qolib ketibdi, bilmabman.

Qayd etilgan