Aziz Nesin. G'aroyib bolalar (roman)  ( 97372 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 21 B


ZUBAIR  30 Mart 2010, 01:33:37

Dadamning yoniga oyim qo'shildi:
—   Mening ham boshim qotdi. Ko'chaga chiqmasa, yomon bolalar bilan o'ynamasa...
Fato'sh buni qayerdan eshitganini chindan ham bilishmasa kerak, deb o'ylabman. Shuning uchun haq gapni ayta qoldim:
—   Qayerda bo'lardi, uyda eshitadi-da, bunaqa gaplarni.
Dadamning tepa sochi tik bo'lib ketdi.
—   Ho'v zang'ar, bizning uyimizda hech kim bunaqa demaydi-ku! — deb baqirib berdi. Hamma kulib yubordi. Dadamning o'ziyam noiloj iljayib qo'ydi.
Mehmonlar tarqalishgach, dadam meni yomon koyib berdi.
—   Men qaydan bilay. To'g'ri ko'ngilda so'rayapsizlar, deb o'ylabman, — dedim o'zimni oqlamoqchi bo'lib.
Xatim yana cho'zilib ketdi, Zaynab. Bu gal qisqaroq yozmoqchi edim, ilojini qilolmadim.
Yozgi kanikulda Istanbulga kelmoqchimisan? Kelib qoisang, ko'risharmiz. Senga havasim keladi — Anqarani ham ko'rding. Men bo'lsam hali Istanbuldan chetga chiqqanim yo'q.
Senga salomatlik tilagan holda xatimni tugataman.
Ahmad Tarbay.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:32:18

Vatanparvar bo'linglar

Anqara, 14-yanvar, 1964-yil.

Ahmad qardosh!
Kanikulda Istanbulga borish-bormasligimni so'ragan ekarsan. Dadamga otpuska tegmaydi. Yangi joyga ishga kelganiga hali bir yil to'lgani yo'q. Shuning uchun u oyim ikkovimizni yolg'iz yubormoqchi. Agar boradigan bo'lsak, Istanbulda bir oy turamiz. Lekin hali aniq emas. Dadamni yolg'iz tashlab ketishga oyimning uncha ko'ngli yo'q. Bizsiz qiynalib qolishi mumkin. Mabodo borsak, xolamnikida to'xtaymiz. Seni o'zim topib olaman.
Yaqinda men yomon bir ish qilib qo'ydim. Gapirib bermasam bo’lmaydi. Hozircha bundan faqat Metinning xabari bor. Sababi — u ham menga sherik bo'lgan. Sen sirni bilgan uchinchi odamsan.
O'tgan yakshanba kuni buvamlarning uyiga mehmonga borgan edik. Ancha olisda turishadi. Buvam qarib qolganlar, shuning uchun yuqori qavatga chiqolmaydilar. Uylari ham ikkinchi qavatda, ijarada turishadi. Aslida ularga birinchi qavat munosib edi-yu, lekin o'zlari bopi topilmadi. Hozirgi turgan kvartiraga o'n sakkiz zinani bosib chiqishadi. Men o'zim sanagan emasman-u, lekin buvam har ikki gapning birida: «Yana o'n sakkiz chog' zina bosdim. Dam ola-ola, zo'rg'a ko'tarildim», deydi. Nega zinadan gapirganimni keyin bilasan. Yaxshiyamki, buvam eng balanddagi kvartirada turmaydi. Aks holda, o'sha kuni hamma gazetalar falon joyda katta baxtsiz hodisa ro'y berdi, deb yozib chiqqan bo'lardi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:32:28

Opamning dugonalari kelishi kerak ekan, shuning uchun u uyda qoldi. Dadam, oyim, Metin va men avtobusga tushib, buvamlarnikiga bordik. Buvam tayyorgarlik ko'rib qo'ygan ekan, bizni yaxshilab ziyofat qildi. Ovqatdan keyin buvam bilan dadam ro'para o'tirib olib, qahvaxo'rlikni boshlab yuborishdi. Men ularning qahva ustida gaplashib o'tirishlarini yoqtiraman. Shuning uchun yonlaridan jilmadim. Xonada uchovimiz qoldik. Gazeta o'qiyotgan bo'lib o'tiraver-dim. Ikki qulog'im ularda. Ba'zan boshimni ko'tarib, sekin qarab ham qo'yaman.
Buvam siyosatga qiziqadigan odain. Dadam bilan ikkovlari yolg'iz qolishsa, nuqul shundan bahs qilishadi. Buvamning yana bir odati bor — ovqatdan keyin uni mudroq bosadi. O'zi qaliva ichib o'tirgan bo'lsayam, ko'zi yumilib ketaveradi. Bunday paytlarda u dadamdan siyosat bobida bir nimani so'ragan bo'ladi. Dadam bilganicha gapirib berayotganida buvamning ko'zi ilinadi. Buni ko'rib, dadam jim bo'ladi. Ammo joyidan jilmay o'tiraveradi. Buvam¬ning boshi shilq etib tushadi yoki yonboshiga qiyshayadi. Ba'zan esa bemalol orqasiga yastanib oladi. Sal o'tmay xurragidan o'zi cho'chib ketadi.
—   Xo'-o'-sh... Keyin nima bo'ldi?
Shunaqada dadam o'rnidan turib ketgan bo’lsa, qattiq ranjiydi, meni behurmat qildi, deb ko'ngli ozor topadi. Shuning uchun buvam o'tirganida dadam uning oldidan bir qadam ham jilmasligi shart.
Mabodo pinakka ketishdan oldin o'zi gapirayotgan bo’lsa, ko'zini ochar-ochmas:
—   Xo'sh, nima deb turgan edim? — deya so'rab qoladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:32:36

Dadam bunday kezlarda hushyor bo’lishi, gap qa-yerda chala qolganini aytib berishi lozim. Agar qittay yanglishib qolsa, buvam darhol:
—   Yo'q, yo'q, buni gapiruvdim... Xo'sh, nima deyayotgan edim? — deb qoladi.
Ba'zan gap qayerda chala qolganini bilmay ikkov¬lari tortishib qolishadi. Men hamisha ularning gap-so'zlarini huzur qilib eshitaman.
—   Xo'-o'-sh, keyin nima bo’ldi?
Dadam kelgan joyidan ulab ketadi. Bir iahza o'tmay, yana buvamning kallasi qiyshayib qoladi. Katta tanaffus bir soatga yaqin davom etadi. Buvam¬ning o'zlari buni mizg'ib olish, deb ataydilar.
—   Sen bemalol gapiraver, ko'zim yumuq bo’lgani bilan qulog'im ochiq, — deb ora-sira gap tashlab ham qo'yadilar.
Mana, hozir ham miriqib qahva ichib o'tiri-shibdi.
—   Xo'sh, olamda nima gaplar bor? Mamlakatda ahvol qalay? — so'rab qoldi buvam.
Dadam endi gapini boshlagan ham ediki, buvam pishillab qoldi. Kallasi shilq etib bir tomonga qiyshaydi. Shu ondayoq seskanib uyg'onib ketdi, ko'zi ketganini sezdirmaslik uchun:
—   Juda soz... Bunday vaziyatda nemislar nima qilarkin? Xo'sh, nima deb o'ylaysan? — deb qo'ydi.
Nemisning nima aloqasi bor bunga — hayron bo’ldim. Lekin savolga javob berish kerak. Dadam nemisni ham tirkab ketdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:32:42

—   Ha, endi nemislar ilgarigidan ancha taraqqiy etgan. Chunki ular...
Shu joyga kelganida xonada xurrak eshitildi. Dadam gapini chala qoldirib, qo'liga gazeta oldi. Buvam yana ko'zini ochdi.
—   Amerikaliklarning munosabati qalay?
O'zimni arang bosib o'tiribman. Sal bo'sh qo'ysam, kulib yuboraman. Dadam jiddiy javob berdi:
—   Amerikaliklar dunyoga hukmron bo'laman deydi. Amerika armiyasi...
Ba'zan buvam odamning yetti uxlab tushiga kirmagan savollarni berib qoladi:
—   Rim papasi nima deydi? Qani, gapiraver...
—   Rim papasimi? Papa nima ham derdi... O'sha ilgarigi...
Buvam mizg'ib bo'ldi shekilii, harholda mavzu o'zgarib qoldi. Endi uning o'zi gapga tushib ketdi. Buvam Turkiyani rivojlantirish uchun nimalar qiiish kerakligi haqida gapirdi. Buning uchun asosan qishloq xo'jalik mahsulotlarini chetga sotish lozim ekan. U yana ko'p gaplarni aytdi. Oxiri xunobi oshdi.
—   Chig'anoq nima degan gap? Chetga chig'anoq sotish bilan yurtni obod qilib bo’larmidi? Axir bu chig'anoq...

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:32:47

Dadam yana gazeta o'qishga majbur bo'ldi. Saldan keyin buvam ko'zini ochdi.
—   Ha, nima deyayotgan edim?
—   Chig'anoqdan gapirayotgan edingiz.
—   Qanaqa chig'anoq?
—   O'zimizning chiqanoq-da. Chetga sotyapmiz-ku, o'sha.
—   Ha, to'g'ri, esimga tushdi. Chig'anoq... Chetga chig'anoq chiqarish bilan ish bitmaydi. Biz sifati o'tkir tamaki, paxta, bodom sotishimiz lozim... Innaykeyin, g'alla ham... Axir yurtimiz g'allaga, tamakiga, bodomga kon-ku. Bodomchilik...
Kallalari yana qiyshayib qoldi.
—   Qayerda to'xtab qoluvdim? — so'radi buvam anchadan keyin o'ziga kelib.
—   Bodomchilik masalasida.
—   Ha, to'g'ri. Bodom masalasida...
Shu payt eshik taqillab qoldi. Borib ochdim. Kiyim-boshi durustgina keksaroq bir kishi buvamni so'radi. Uyga boshlab olib kirdim. Buvam mehmonga peshvoz chiqdi.
—   E, kelsinlar, afandim, kelsinlar... Qayoqdan kun chiqdi o'zi!
Mehmon qo'limga bir quti berdi. Ustida ipi bor qutini buvimga eltib berdim. Qayoqdandir Metin yetib keldi. Birgalashib qutini ochdik. Ichi to'la kashtan yong'og'i ekan. Shakar sepilgan kashtanni biram yaxshi ko'ramanki...

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:32:53

Ostonadayoq bu kishi ko'zimga issiq ko'rindi-yu, lekin qayerda ko'rganimni darrov eslayolmadim. Uyga kirib, birpas gaplariga quloq solib o'tirdim. Shunda bu odamni birdan ovozidan tanib qoldim. Kim ekan, aytaymi? O'tgan yili Respublika bayrami arafasida maktabimizga bir jurnalist kelgan edi, esingdami? Nevarasi ham bor ekan, bizda ikkinchi sinfda o'qirkan. Respublika haqida gapirib bergan edi.
O'ziyam zo'r jurnalist ekan. Endi esingga tushdimi? Uning aytgan gaplari hali-hali qulog'imda. «Bolajonlarim, sizlar chinakam vatanparvar bo'lib yetishinglar. Ona yurtingizni jondan ortiq sevinglar. Uni juda yaxshi bilib olinglar. Katta bo'lganingizda Anatoliya qishloqlarini birma-bir kezib chiqing. O'z ko'zingiz bilan ko'ring bu joylarni. Uzoq va yo'qsil qishloqlarga borib ishlanglar. Respublikaning kelajagi sizlarning qo'lingizda, o'g'il-qizlarim!» — deb nasihat qilgan edi. Ayniqsa, uning bir gapi hecham esimdan chiqmaydi. «Jabrdiyda Anatoliyaga ma'rifat nurini olib borishin-giz kerak!» degan edi. O'shanda hammamiz buni eshitib, qattiq ta'sirlangan edik.
—   Men sizni taniyman, afandim,— dedim o'zimni tutolmay. — O'tgan yili bizning maktabimizga kelgan edingiz. Sizni Istanbulda ko'ruvdim.
—   Ha, shundaymi... Nevaram o'sha yerda o'qiydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:33:00

Shirinsuxan mehmonning gaplarini yana eshitgim keldi. Chetroqqa borib o'tirdim. Keyin nima bo'ldi degin? Butun orzu-umidlarim puchga chiqdi. Mana, Ahmad, gapga quloq sol.
Bir o'g'li bor ekan, o'zi o'qituvchi emish. Sha-harda katta bo'lgani uchun qishloq havosi unga to'g'ri kelmasmish. Qolaversa, uy-joyli ekan. Xotini ameri-kalikmish. Yosh xotini bilan Anatoliya qishloqlarida tentirab yursa, ayb bo'larmish. Katta idoralarda bir-ikkita oshna-og'aynisi bor ekan, shularning yordami bilan o'g'lini Istanbulda olib qolibdi. Maktabda o'qituvchilik qilayotgan ekan. Ammo bu maktab o'g'liga uzoqlik qilayotganmish. Mashinada bir soat yurish kerak ekan. O'g'li shu vajdan qiynalib qolibdi. Uyga yaqinroq joyda uch-to'rtta maktab ham bor ekan. O'g'lini shulardan biriga joylashtirib qo'yish maqsadida Anqaraga kelgan ekan. Buvamning yaqin oshnasi shu sohada ishlarkan. Buvam o'shanga bir og'iz gap aytsa, boyoqishning ishi to'g'ri bo'lib ketarkan.
Gapini eshitib, qonim qaynab ketdi. Odobsizlik bo'lsa ham shartta betiga aytdim.
—   Afandim, bu ahvolda jabrdiyda Anatoliyaga ma'rifat nurini kim olib boradi?
U gapimga tushunmadi yoki o'zini tushunmaganlikka oldi.
—   Nima dedingiz, qizim? Buvam o'shqirib berdi.
—   Bor, ishingni qil! Qahva olib kel! Qahva keltirib, xonadan chiqib ketdim. Vannaxonaga kirsam, kir yuvishayotgan ekan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:33:06

Sekingina ikki bo'lak sovun oldim. Tog'orada qaynoq suv turgan ekan, sovunni shunga tashladim. Birpasda sovun erib ketdi. Tog'orani ko'tarib koridorga chiqdim. Lattani tog'oraga tiqib, hamma zinalarni birma-bir artib chiqdim. O'zimga qulay bo'lishligi uchun ishni birinchi qavatdan boshladim. Bundoq qarasam, Metin yuqorida turgan ekan.
—   Ha, nima qilyapsan? — dedi u hayron bo'lib.
—   Damingni chiqarma, keyin ko'rasan.
Boshqa odam toyib ketmasin, degan maqsadda tepaga chiqib qarab turdik.
Mehmon o'rnidan turdi. Metin ikkovimiz ichkari kirdik. Buvam bilan dadam uni eshikkacha kuzatib qo'yishdi. Qo’l berib xayrlashishdi.
—   Xo'p, xayr, afandim.
—   Yaxshi boring, beyafandim.
—   Biror xizmatlari bo'lsa, hamisha tayyormiz, afandim...
Gapi bo'g'zida qoldi. Chap qoii yuqoriga ko'tarilib, qattiq chayqalib ketdi. Buvam bilan dadam ichkari kirib ketishdi.
—   Uydan chiqib, nega o'ynoqlab ketdi u? — dedi buvam dadamga qarab.
Darhol javob berdim:
—   Ishi o'ngidan kelgani uchun xursand bo'lib ketgandir-da, buva.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:33:20

Metin ikkovimiz yugurib balkonga chiqdik. Bun¬doq qarasak, binoning eshigi oldida ikkita oyoq cho'zilib yotibdi. Mashinasi shu yerda ekan, shofyori yugurib keldi. Shofyor zo'r jurnalistni arang turg'izdi, keyin qo'ltig'idan olib, mashinaga o'tqazib qo'ydi.
Metin o'sha kuni rosa yayrab kuldi. Undan ko'ng-lim to'q, hech kimga aytmaydi. Ammo o'zimni vahm bosdi — bechoraning boshi yorilsa nima bo'lardi? Harholda omadi bor ekan, mayib bo'lgani yo'q.
Anchadan keyin uyga qaytib kirdim. Dadamning qo'lida gazeta.
—   Ha, gap nimada edi? — ko'zini ochdi buvam.
—   Chalasi qolmovdi. Gapni tugatgan edingiz.
—   Ha, darvoqe... Xo'sh, atom urushi bo'larmikin? Dadam bir nimalar haqida gapirdi, keyin boyagi mehmonning kimligini so'radi.
—   So'rab nima qilasan uni, o'giim. Har qanday vaziyatda ham oyog'ini to'rt qilib yuradiganlardan...
—   Buva, iltimosi nima bo'ladi, o'rtog'ingizga aytib qo'yasizmi?
—   Odamning yuzi issiq bo'ladi, qizim. Va'da berib qo'ydim, endi bajarish kerak.
Buvam kursiga bemalol suyanib oldi. Bu gal fikrga toldi chamamda. Dadam oyoq uchida yurib, tashqari chiqib ketdi.
Sen oldingi xatingda gapim ko'payib ketdi, degan ekansan. Meniki senikidan oshib tushdi. Mana, ko'rdingmi?!
Senga va hamma o'rtoqlaringga salomlar yo'llayman. Hammangizga muvaffaqiyat tilab:
Zaynab Yolqir.

P.S. O'sha mashhur jurnalist o'tgan yili maktabi-mizda gapirganda azbaroyi ta'sirlanib ketganimdan ko'zyoshi to'kib olgan edim. Endi bunaqa gaplarni eshitsam, sirayam yig'lamayman.
Z. Y.

Qayd etilgan