Aziz Nesin. G'aroyib bolalar (roman)  ( 97319 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 B


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:39:24

Dadam bizga pichoq o'ng qo'lda, vilka esa chap qoida turishi kerak, deb tayinlab qo'ygan edi. Lekin nechog'lik harakat qilmay, hecham uddasidan chiqolmadim. Oxiri o'zimga o'ng'ayini qildim — vilkani o'ng qoiga olib, ovqatimni yeyaverdim. Dadam o'zi aytganday qilib pichoqni o'ng, vilkani esa chap qoida tutgan holda tarelkasidagi go'shtni kesmoqchi bo’ldi. Go'sht pichoqdan qochdi shekilli, bir sakrab stoldagi apelsinlarning ustiga chiqib oldi. Lekin haliyam o'zim durust ekanman — ovqat paytida ko'pam xijolat bo’lganim yo'q. Dasturxondan turayotib, bu mash-mashaning tugaganiga xursand bo’lganimdan chuqur uh tortib qo'ydim.
Ovqatdan keyin mehmon qahva ichib o'tirgan edi, to'satdan menga o'girilib:
—   Nechanchi sinfda o'qiysan, jiyan? — deb so'rab qoldi.
—   Afandim, beshinchida o'qiyman, afandim, — deb tutilmay javob berdim.
«Afandim» so'zini tirkab, oyim bilan dadamni rozi qildim chamamda. Sekin ikkovlariga qarab qo'ydim. Jilmayib o'tirishgan ekan.
—   Xo'sh, necha yoshdasan?
—   Afandim, o'n birga chiqdim, afandim.
—   Katta bo'lganda kim boimoqchisan?
—   Afandim, yozuvchi bo'laman, afandim.
—   Barakallo...

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:39:32

Oyimning labi qimirlagandek bo'ldi. Rahmat aytish esimdan chiqibdi, shuni shipshitayotganini payqadim. Mehmon dadamga bir nima deb turgan edi, shartta gaplarini bo'ldim.
—   Afandim, rahmat, afandim.
Mehmon o'rinsiz tashakkurning sababini tushu-nolmadi. Biroz o'ylanib turganch: «Arzimaydi», deb qo'ydi.
Fato'shning antiqa ishlari haqida senga oldin ham yozgan edim. O'sha kuni u yana hunar ko'rsatdi.
Ovqatdan keyin oyim dasturxonni yig'ishtirib olayotgan edi, bir dona banan yerga tushib ketdi. Fato'sh darrov uni yerdan olib stolga qo'ydi.
—   Yerga tushgan narsani hozir yeb bo'lmaydi-a, oyi? — dedi u oyimga qarab. — Mehmon ketgandan keyin o'zim yeyman.
Fato'shning bema'ni gapini eshittirmaslik uchunmi yoki uning tilini tiyib qo'ymoqchi bo'libmi, harholda dadam ikki-uch marta qattiq yo'talib qo'ydi.
—   Mehmonning oldida yo'talganda og'izga qo'l tutib turish kerak, dada, — dedi Fato'sh yana bilag'onlik qilib.
—   Ha, Fato'sh! Nima deyapsan o'zing? — arang jilmaydi dadam.
Singlim yana aql o'rgatdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:39:41

—   Uyga mehmon kelganda «ha» deb bo’lmaydi, dada. Ayb bo'ladi.
Mehmon o'rnidan turdi. Dadam bilan oyim uni mashinasigacha kuzatib chiqishdi. U jo'nab ketgach, uyga qaytib kirishdi.
—   Uh, meni sharmanda qildilaring! — dedi dadam xunobi oshib.
—   Men senlarga tayinlab aytgan edim-ku, axir!— unga qo'shildi oyim.
Fato'sh hayron bo’ldi.
—   Axir men mehmonning oldida nonni butunicha yemadim-ku?
O'sha kuni kechgacha o'zimizni qo'yarga joy topolmay yurdik.
Zaynab, xat bilan senga bir rasm ham yuboryapman. Butun sinf bilan tushganmiz. Sendan keyin kelgan yangi o'qituvchi ham shu yerda bor.
Senga katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Ahmad Tarbay.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:39:54

Yomon odat

Anqara, 16-fevral, 1964-yil.

Qadrdon do'stim Ahmad!
Xatga qo'shib yuborgan rasmingni oldim. Qanchalik suyunganimni bilsang edi! Sinfdosh o'rtoqlarimning hammasini yana bir ko'rganday bo'ldim.
Suratda yoningda turgan qiz Mine bo'lsa kerak. Husayn uni to'sib olibdi, zo'rg'a tanidim. Yashar bo'lsa Chingizning odatini qilib, eng oldinga o'tib olibdi. Shu suratni yuborb, zap ish qilibsan-da. Juda xursand bo'ldim. Ammo rasmdan Damirni topolmadim. Harholda suratga tushmagan bo'lsa kerak, yangi o'qituvchingiz ancha yoshga borib qolgan odam ekan, ko'rinib turibdi.
Men ham senga rasm yuboryapman. Ukam bilan birga tushganmiz. Qo'shni bola o'zining apparatida olgan edi.
Mana shu hafta men uchun og'ir keldi — quruq tuhmatga qoldim. Hech qanday asos bo'lmagan holda badnom bo'ldim. Aslida-ku, mendan ham o'tgan joyi bor-a, lekin...
Voqeani bir boshdan gapirib beray. Mana, eshit.
O'qituvchimiz birovdan yozma ishni ko'chirib olgan yoki shpargalka ishlatgan bolalarni juda yomon ko'radi. Ko'chirmachilik — yaxshi o'qiyotgan o'rtoqqa nisbatan xiyonatdir, deydi nuqul. Esi butun odam bu ishni qilmasligi kerak, ko'chirmachilik mug'ambirlarga xos narsa ekan.
Dadamning ham fikri shu. Birovdan ko'chirib yozish yomon odat, bu bilan o'qituvchini emas, o'zingni aldaysan, deydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:40:00

Dadam jo'ralari bilan yig'ilib qolishsa, nuqul mak-tab yillarini eslab o'tirishadi. Yaqinda yana shunday bo'ldi. O'sha kuni buvam ham biznikida edilar. Ulfatlar o'qish yillarini eslab o'tirishgan edi, Nurton baqaloqning dadasi to'satdan:
—   Hov, esingizdami, algebra o'qituvchisi Sabribey bo’lardi. O'shaning etagiga boplab shpargalka osib qo'yuvdik-a? — deb qoldi.
—   Voy, bu nimasi? Qani, biz ham eshitaylik, — yalindi xotini.
—   Rahmatli Sabribeyni hamma kal deb chaqirardi. O'zi litseyda bizga algebradan dars berardi. Imtihonda yuragimizni hovuchlab o'tirardik. Juda johil odam edi. Buning ustiga: «Mening imtihonimda hech kim shpargalka ishlatolmaydi. Bunaqa mardi hali tug'ilmagan», deb kerilib ham yurardi. Bizga imtihon savollarini berganidan keyin bir joyda o'tirmas, nuqul oldimizda o'ralashib yurardi. Bir kuni imtihon ketayotgan edi, ichimizdan bir bola...
—   Najdod so'takmidi o'sha? — uning gapini bo'ldi dadam.
—   Balli, Najdod so'tak qiluvdi bu ishni. Hozir qayergayam elchi bo’lib ketgan. O'sha Najdod masalaning tayyor javobini kitobdan ko'chirib, kal Sabrining orqa etagiga qadab qo'ydi. Orqasida bir parcha qog'oz osilib yotganidan kal Sabrining mutlaqo xabari yo'q. Bolalarning hammasi ishga tushib ketdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:40:06

Ammo Sabribey bir joyda tek turmay, paytavasiga qurt tushgan odamday nari borib, beri keladi. Shuning uchun orqasidagi qog'ozda bor narsani ko'chirib olish xiyla mushkul bo'ldi. Buning ham yoiini topdik, birortamiz uni gapga chalg'itib turamiz-da, boshqalar ko'chirib oladi. Mening ishim yurishmay qoldi — endi ko'chira boshlaganimda qimirlab qoladi. Oxiri uyoq-buyoqqa jilpanglab, Sabribeyda shubha tug'dirdim. Meni qo'lga tushirmoqchi bo'ldi shekilli, tepamga kelib, hech narsa bilmagan kishiday orqasini o'girib turaverdi. Men ham boplab ko'chirib oldim.
Ishini bitirganlar qog'ozini topshirib, birin-ketin chiqib ketishdi. Qo'ng'iroq chalingach, qolganlar ham sinfdan chiqishdi. Buni qarangki, Sabribeyning orqasidagi shpargalkani olib qo'yish hech qaysimizning esimizga kelmabdi. Sabribey yozma ishlarni yig'ishtirib olgach, orqasidagi qog'ozni likillatib to'g'ri o'qituvchilar xonasiga kirib ketdi.
Xullas, aybdor topilmabdi. Sabribey yumshoq ko'ngil odam ekan, ko'p yalinishganidan keyin bolalardan yangidan imtihon olibdi.
—   Usmon qassob esingda bormi? Uniyam boplab qo'lga tushirgan edik-a? — dedi ulfatlardan yana biri.
Usmon qassob deganlari tarix o'qituvchisi ekan. Bu odam, aksincha, bir joyda qimir etmay o'tirarkan-u, ammo ko'zi xuddi o'tkir projektorga o'xsharkan. Hamma narsani shundoqqina ko'rib turarkan. Shuning uchun imtihon bo'lib qolsa, oldingi qatorda o'tirgan bolalar nuqul past baho olisharkan. Orqada o'tirganlarning ishi durust bo’larkan: ular oldingi qatorda o'tirgan bolalarning orqasiga kitobni qo'yib, bemalol ko'chirib olishaverarkan..

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:40:13

Navbat dadamga keldi.
—   Nofis quruqning imtihoni yodingizdami?
—   Ha, anavi pashsha voqeasimi? Unutib bo'ladimi uni...
Ma'lum bo'lishicha, Nofiz quruq deganlari kimyodan dars berarkan. Ko'zi ojiz bo'lgani uchun uzoqni yaxshi ko'rolmas ekan. Bir kuni imtihonlardan oldin o'quvchilardan biri katta-katta pashshadan tutib, qutichaga joylab olibdi. Imtihon boshlanibdi. Haligi bola yupqa qog'ozdan shpargalka tayyorlapti, keyin uni ingichka ip bilan pashshaning oyog'iga bog'lab, uchiraveripti. Ma'lumki, yuki bor pashsha uzoqqa ucholmaydi, bir ko'tarilib, bir qo'nadi. Bolalar pashshani tutib, shpargalkani ko'chirib olishar, keyin esa boshqa tomonga uchirib yuborisharkan. Hammalari shunday qilishibdi. Bir payt to'satdan eshik ochilib sinfga litsey direktori kirib kelibdi. Tasodifni qaraki, oyog'iga shpargalka bogiangan bir pashsha ikki marta havoda gir aylanibdi-da, to'g'ri borib direktorning tepakaliga qo'nibdi.
—   Sizlarga hech narsa bo'lmadimi o'shanda? — so'radi Metin.
—   Bir bolani maktabdan haydashmoqchi bo'li-shuvdi, arang qutulib qoldi.
—   O'sha o'rtog'imiz hozir professor bo'lgan, — qo'shimcha qildi Nurtonning dadasi.
—   Siz ham maktabda shu ishni qilganmisiz, beyafandim? — so'rashdi buvamdan.
—   E, qaysi maktab ko'rgan bola shpargalkani bilmaydi, janoblar, — deb buvam boshqa bir voqeani gapirib berdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:40:21

Kimyodan og'zaki imtihon ketayotgan ekan. ichkariga uch kishidan kirib turishibdi. Navbat buvamga kelibdi. Ikki o'rtog'i bilan ichkari kiribdi. Ikkitasi orqaroqda-yu, bir bola oldinda turgan ekan. O'sha eng oldinda turgan bola sinfning eng qoloq o'quvchisi ekan. O'qituvchining savollariga sirayam javob berolmabdi. Nimani so'ramasin, churq etmay turaveribdi. Buni ko'rib o'qituvchining xunobi oshibdi. Qani, osonroq narsani so'raychi, zora javob bersa, degan fikrda stolda turgan grafinni ko'rsatibdi-da: «Xo'sh, buning ichidagi nima?» deb so'rabdi. Bola bezrayib turaveribdi. Shunda orqaroqda turgan o'rtog'i g'ijinib: «To'nka», debdi sekingina.
—   Grafinda nima bor, o'g'lim?
—   To'nka, afandim...
O'sha kuni eshitgan gaplarim meni qattiq o'ylantirib qo'ydi. Ertasiga tanaffusda voleybol o'ynab tur¬gan edik, o'qituvchimiz ham bizga qo'shildi. O'yindan keyin dam olib o'tirgan edik, miyamdan nari ketmay turgan savolni o'qituvchiga berdim.
—   Nima, shpargalka deysanmi? Bu ishni men ham qilganman, albatta. Ammo bir o'zim emas, — deb javob berdi o'qituvchi. — Sinfimizda bir a'lochi bola bo'lardi. Bir kuni yozma imtihon paytida o'sha bola hammamizdan oldin ishini yozib tugatdi-da, tashqari chiqib ketdi. Keyin katta karton qog'ozga butun javoblarni yozib, tayoqqa ilibdi. Hovli tomondagi derazaning oldiga borib, tayoqni baland ko'tarib turdi. Biz ham javoblarni boplab ko'chirib oldik...

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:40:26

Ertasi kuni o'qituvchi oilashunoslik darsidan yozma ish oladigan bo'lib qoldi. O'ng tomonida Turkon, chapda esa Murod o'tiradi. Murodni bilsang kerak, qaysi bir xatimdayam uni senga gapirib bergan edim. O'qituvchi chaqirib qolsa, menmi, deb anqovsiraydigan bola-chi? Endi esingga tushdimi? Murod sinfdan o'tolmay, o'tgan yili sheriklaridan qolib ketgan. Endi biz blan o'qiyapti. O'zi ancha tirishqoq bola-yu, lekin miyasiga dars kirmaydi. Ammo yaxshigina o'rtoq u. O'sha kuni Turkon ham nimagadir dars qilmay kelgan ekan. Yozma ish bo'-lishini eshitib, ikkovi mendan najot so'rab qolishdi.
— Shpargalka uzatolmayman-u, ammo kerak bo'lsa sekin aytib turishim mumkin, — dedim ularga.
O'qituvchi savollarni aytib turdi, hammamiz yozib oldik. Mana o'sha savollar:
«Bolani kasaldan saqlash uchun nima qilmoq kerak?»
«Kasalning oldini olish uchun bolaning o'zi nima qilmog'i kerak?»
«Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan o'yinlar bilan o'yinchoqlarni aytib bering?»
«Jismoniy jazoning biror tarbiyaviy ahamiyati bormi?»
Kecha kechqurun va bugun ertalab oilashunoslik kitobi qoiimdan tushmagan edi, shuning uchun qaysi savolga qaysi betdan javob topish mumkinligini bila-man. Bundoq qarasam, Turkon kitobni tizzasiga qo'yib olgan ekan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:40:33

—   Elliginchi sahifani ochinglar. Elliginchidan ellik ikkinchi betgacha ko'chiraveringlar, — sekin shipshib qo'ydim Turkon bilan Murod ikkoviga.
O'zim ham ishga kirishib ketdim.
—   Meni laqillatibsan-ku, — deb qoldi bir payt Murod.
—   Ha, nima bo’ldi?
—   Elliginchi betda suyak haqida yozilgan-ku!
—   Keyingi sahifani och!
—   Ochib ko'rdim. Mushak, qon tomirlari bor ekan. Partaning tagida ushlab turgan kitobiga ko'z qirimni tashladim. Qo'lidagi «Anatomiya» darsligi ekan.
—   Bunga balo bormi? «Oilashunoslik»ni ol!
Murod boshqa kitobni olib shipillatib yoza ketdi.
Saldan keyin Turkon ikkovi ishni topshirib chiqib ketishdi. Orqalaridan men chiqdim.
—   Menikida elliginchi bet umuman yo'q ekan, — deb qoldi bir payt Murod.
—   Nega endi? Albatta bo'lishi kerak, — dedim hayron bo'lib.
—   Yo'q, xudo haqqi. Qirq sakkizdan oltmish to'rtgacha ko'rinmadi.
Keyin kitobni ko'rsatdi. Gapi to'g'ri chiqdi. Aytgan betlari chindan ham yo'q edi. Buning evaziga oldingi bobdan ikkita berilibdi. Harholda kitobni muqovalash paytida xato ketgan ko'rinadi.
—   Xo'sh, keyin nima qilding?

Qayd etilgan