Aziz Nesin. G'aroyib bolalar (roman)  ( 97396 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 B


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:40:39

—   Qirq sakkizdan uyog'ini ko'chiraverdim. Tavakkalda.
Ertasiga o'qituvchi yozma ishlarimizning natijasini o'qib berdi. Turkon bilan menga a'lo qo'yibdi.
—   Endi men sizlarga sinfdoshingiz Murodning yozma ishini o'qib bermoqchiman, — dedi u kutilmaganda. — Mana, eshitinglar, Birinchi savol: «Bolani kasaldan saqlash uchun nima qilmoq kerak?» Javob: «Tez eskirmasligi, bejirim va ozoda bo'lishi uchun ularni ehtiyot qilish, vaqti-vaqti bilan dazmollab tu¬rish kerak».
Hamma sharaqlab kulib yubordi.
—   Jim bo'linglar! Endi ikkinchi savolga o'taman. «Kasalning oldini olish uchun bolaning o'zi nima qil¬mog'i kerak?» Mana, Murodning yozgan javobi: «Uni tez-tez cho'tkalab turish kerak. Changini qoqib bo’lgach, qoziqqa ilib qo'ying. Mavsumi o'tgandan keyin esa bo'xchaga tugib, sandiqqa solib qo'yish kerak. Mabodo u qattiq kirlangan bo'lsa, qaynoq suvga solib, sovun bilan ishqalab yuvish, keyin oftobda yoyib quritish lozim».
Kulaverib bolalarning ichagi uzilayozdi. Murod¬ning sha'niga har xil kesatiq gaplar yog'ilib ketdi. Boyoqish qattiq o'sal bo’ldi.
—   Axir bu gaplarni men o'zim to'qiganim yo'q, kitobdan olib yozdim-ku, — dedi u oxiri yigiamsirab.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:40:46

—   Ha, balli, kitobdan ko'chirgansan, bilaman, — dedi o'qituvchi. — Ammo shunda ham yanglishibsan. «Bola tarbiyasi» o'rniga «Kiyim-boshga qarash» degan bobni ko'chiribsan.
—   Zaynab menga shundoq degan edi.
O'qituvchi yalt etib menga qaradi.
—   Iya, Zaynab, o'rtog'ingga ko'chirmachilikni o'rgatganing yetmaganidek, yana aldaysanmi ham?
Endi orqaga chekinib bo’lmaydi. Shuning uchun:
—   Men hecham aldaganim yo'q, afandim, — dedim. — Savollarga kitobning qaysi betidan javob topish mumkinligini aytib berdim, xolos.
O'qituvchimiz Murodning kitobini ochib ko'rgan edi, masala ravshan bo'ldi.
—   Baribir buni oyingga aytib bermasam bo'lmaydi, — deb o'qituvchi menga po'pisa qildi.
Oyimni maktabga chaqirib, nima yomonlik qilganimni aytishdi. Kechqurun uyda toza dashnom eshitdim. Dadam:
—   Juda noma'qul ish qilibsan, qizim, chakki bo'pti, — deb koyib berdilar.
Yaxshiyamki o'sha kuni buvam biznikida edi. Buvam jonimga ora kirdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:40:55

—   Bo'ldi endi, bolamni ko'pam koyiyvermanglar, — dedim buvam yonimni olib. — O'rtog'iga aytib bergan bo'lsa nima qipti, osmon uzilib yerga tushibdimi? O'zi kitobdan ko'chirib olmapti-ku, axir.
—   Birovga aytib berdi nima-yu, ko'chirib oldi nima, ikkoviyam bir go'r, — dedi oyim hovuridan tushmay.
—   Bas endi, bo'ldi... Maktabda bu ishni kim qil-magan deysan...
Metin luqma tashladi:
—   Lekin hammayam qoiga tushavermaydi-da.
Ilojim qancha, bo'lar ish bo'ldi endi. Shundoq
bo'lsayam o'rinsiz ta'nalar eshitib, dilim xufton bo'ldi. Ayniqsa, Metinning gap-so'zi oshib tushdi. Ikki gapning birida nuqul: «Chakki bo'pti-da. Buni eplagan odam qiladi. Qo'lga tushib, sharmanda bo'lishning nima keragi bor!» deb piching qiladi.
Xatingni kutaman. Iloji boricha to'laroq yoz. Maylimi?
Xo'p, yaxshi qol. Senga muvaffaqiyat tilab:
Zaynab Yolqir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:41:07

Uy qaysi holatda

Istanbul, 26-fevral, 1964-yil.

Jigarim Zaynab!
12-fevralda ichiga rasm solib yuborgan xating uchun katta rahmat.
Sinfingda bo'lib o'tgan ko'ngilsiz voqeadan qattiq ranjibsan. Ha, haqlisan. O'rtog'ingga yaxshilik qila-man deb o'zing yomonotliq bo'libsan. Murodni eslasam, boyoqishga ham achinaman, ham qilgan ishi uchun undan o'pkalayman.
Sinfimizdagi Husaynni taniysan-a? Murodga o'xshab Husayn ham yaqinda toza kulgi bo'ldi. Ammo u aybini birovga to'nkagani yo'q. Chunki mard bola u. Ilgari senga ham yozgan edim. Bir kuni joy talashib daraxtdan yiqilib tushganida kim uni itarib yuborganini hech kimga aytmagan edi.
Sen Istanbulda o'qib yurganingda Husaynlarning uyiga hech borganmiding? Torgina kulbada turishadi. Uylarini ko'rmagan bo'lsang ham, turmushlari juda nochor ekanini bilsang kerak. Men uiarnikiga har zamonda borib turaman, shuning uchun uylaridagi ahvoldan yaxshi xabardorman. Katalakka o'xshagan ikkita kichkina xonada yetti jon turishadi. Shu joy tanqisligi sababmi yoki qattiq muhtojlikdanmi, ishqilib, uylarida hecham halovat yo'q. Menga o'zini yaqin tutib, Husayn ba'zan oiladagi nochorlikdan hasrat qilib gapiradi. Bechoraning holiga achinaman. Ayrim kunlari maktabga qovog'i shishib, ko'zi qizargan holda keladi. Bilamanki, o'sha kuni uyda yana janjal bo'lgan. Husayn ko'pam ochilib-sochilib yurmaydi, ammo odamovi ham emas.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:41:14

Yaqinda Husayn maktabga yana ikki qovog'i shishib keldi. Yig'laganini birovga sezdirmaslik uchun jimgina joyiga borib o'tirdi, hech kim bilan gaplash-madi ham. Shu orada qo'ng'iroq chalinib, dars bosh-lanib ketdi.
Til darsi edi. O'qituvchi otlarning kelishiklarda turlanishini tushuntirib berdi. Kelishiklarni yodlab ham oldik; bosh kelishik, qaratqich, tushum, o'rinpat va chiqish kelishiklari.
Kelishiklarni yaxshilab tushuntirib bergach, o'qi¬tuvchi Damirni turg'izib, «Oltin derazali uy» hikoyasini o'qishga buyurdi. Ushbu hikoyani o'zing ham bilsang kerak. Qisqacha mazmuni shunday. Bir o'rmon bo'larkan. Shu o'rmon ichidagi kichkinagina kulbada chol-kampir turisharkan. Ularning bitta qizi bo'larkan. Juda kambag'al bo'lib, qo'l uchida kun ko'risharkan. Har kuni qizcha kechki payt ostonaga chiqib qarasa, uzoqdan bir uy ko'rinib turarkan. Uyning derazalari oltinday tovlanib, juda chiroyli ko'rinarkan. Qizchaning shunday ajoyib uyga havasi kelibdi, nima bo'lsayam uni bir ko'rmoqchi bo'libdi. Kunlardan bir kuni uyidan chiqib, o'sha tomonga qarab yuraveribdi. Yo'l yuribdi, yoi yursayam mo'l yuribdi, oxiri o'sha joyga yetib boribdi. Lekin shu payt to'satdan atrofga qorong'i tushibdi. Qizcha o'rmon ichida uxlab qolibdi. Bir mahal uyg'onib qarasa, o'zi kelgan tomonda yana bir uy charaqlab yotganmish. Uning ham oynalari xuddi oltinga o'xshab yalt-yalt etib turganmish. Qizcha oldiniga hayron bo'libdi, ke-yin bu uy o'zlariniki ekanini, oftob nuri tushib, shunaqa yaraqlab turganini tushu-nibdi.
Damir hikoyani o'qib bo'ldi:
— Qani, qissadan hissa nima? — so'radi o'qituv¬chi. Bizni kutmay, o'zi javob berdi: — Har kim o'z turmushidan nolimasligi kerak. Hikoyadagi qizchaga o'xshab, biz ham ko'pincha o'zimiz yashab turgan hayotning qadriga yetmaymiz. Undan sal uzoqlashgan taqdirdagina o'zimiz qanchalik baxtli, turmushimiz qanchalik soz ekanini anglab yetamiz. Demak, kim qanday uyda yashayotgana bo'lsa, uning uchun eng soz uy o'sha.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:41:21

Shundan keyin u hikoyadan bir jumlani o'qib berdi. Ichida «uy» degan so'z bor ekan.
—   Qani Husayn, sen ayt-chi, shu jumlada «uy» so'zi qaysi kelishikda kelgan?
Orqa partada o'z yog'iga o'zi qovurilib o'tirgan Husayn o'qituvchining gapini eshitmadi. O'rnidan turishga turdi-yu, lekin churq etib og'iz ochmadi.
—   Uy qaysi kelishikda, Husayn?
Husayn endi savolni eshitdi, ammo boshqacha tushundi.
—   Yaxshi deb bo’lmaydi, afandim, — dedi u o'ksinib. O'qituvchi tayoqdek qotib qoldi.
—   Nima deyapsan o'zing? Men sendan «uy»ni so'rayapman?
Bolalarning oldida ahvolidan nolib, kalaka bo'lishni istamagan Husayn:
—   Yaxshi emas, afandim, — dedi o'pkasi toiib.
—   Nega endi yaxshi emas?
— Hech qachon yaxshi bo'lmagan... Hozir ilgarigidan ham battar.
Husayn nima demoqchi bo’lganini yolg'iz men tushunib turibman. Bolalar bo'lsa nima gapligiga tushunmay kulib yotishibdi.
—   Nimaga battar bo'larkan?
Husaynning tomog'iga bir narsa qadalganday, ovozi titrab ketdi.
—   Chunki... chunki uyning egasi bizni ko'chaga haydayapti. Ijara haqini berolmovdik.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:41:33

Sinfda kulgi ko'tarildi. Husayn joyiga o'tirib, ikki qo'li bilan boshini changallab oldi.
O'qituvchi jumlani yana qaytarib o'qidi: «Qizcha uzoqdan oltin derazali uyni ko'rdi».
—   Qani, Damir, sen javob ber. Shu jumlada uy qaysi kelishikda?
—   Tushumda, afandim.
—   Xo'sh, qaysida ekan?
Bu gal ham Husayn tushunmadi. Damirning javobini o'zicha yo'ydi.
—   Tushida ekan, afandim.
Yana kulgi bo'ldi. Husayn tushum kelishigini «tushim» deb eshitgan edi.
Husaynning ko'nglidan nima kechayotganini o'qi-tuvchi juda kech fahmladi. Keyin mavzuni o'zgar-tirishga majbur bo’ldi.
—   Kim qayerda yashayotgan bo’lsa, shunga shukur qilishi kerak. Biz qaysi uyda turgan bo'lsak, o'sha uy biz uchun hisoblanadi.
Kechqurun maktabdan qaytishimizda Husaynni yupatib keldim.
Anqarada ob-havo qalay? Bizda yana sovuq turdi. Kecha ozroq qor yog'gan edi, darrov erib ketdi. Biz turgan uyning holati chakki emas-u, lekin men noroziman — zaldagi katta pechka men yotgan xonani yaxshi isitmaydi. Xo'sh, sizlarniki qalay?
Xatingni kutaman, Zaynab.
Seni bir umr esdan chiqarmaydigan o'rtog'ing:
Ahmad Tarbay.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:41:50

Yolg'on gapirma

Anqara, 16-mart, 1964-yil.

Ahmad!
26-fevralda yuborgan xatingga kechikib javob qay-tarayotganim uchun uzr. Bilasanmi, biz hozir 23-aprelda bo'ladigan kechaga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Menga ko'p narsani yuklab qo'yishgan. Bir tomondan, shu kechaning tashvishi, ikkinchi tomondan, darslar ham ko'payib ketdi. Xullas, senga o'z vaqtida javob yozolmadim. Lekin Husaynga ikki enlik xat yubordim. Husaynning boshiga tushgan kulfatni eshitib, qattiq qayg'urdim, buni sen orqali bilganimni aytmasdan, ko'nglini ko'tarib qo'ydim.
Senga javob yozishga vaqt topolmay yurgan kezlarim qiziq-qiziq gaplar bo'lib o'tdi. Shulardan birini senga gapirib beray. O'zi Metinga taalluqli narsa.
Metinning goh-gohda dadamga yolg'on gapirib qo'yadigan odati bor. Dadam buni sezib qolsa juda jahli chiqib ketadi. Keyin esa uni yoniga olib, qattiq nasihat qiladi.
—   Nima qilsang qilgin-u, lekin yolg'on gapirmagin, o'g'lim, — deydi dadam bunday paytlarda. — Yolg'onning urug'i serob bo'ladi. Arzimagan narsada aldasang, buni yashirish kattaroq yolg'onni o'ylab topishga majbur bo'lasan. Innaykeyin, sirim oshkor bo'lmasin deb bundan ham kattaroq yolg'onni ishlatasan. Mayda yolg'ondan hamisha katta yolg'on kelib chiqadi. Shuning uchun zinhor yolg'on gapirma, hamisha rostgo'y bo'l!
Dadam shunday deb aytadi-yu, lekin Metinni yol¬g'on gapirishga o'zi majbur qiladi. Nega deganda Metinning pashshadek gunohi dadamga tuyadek bo'lib ko'rinadi. Ukam bechora keyin rosa so'kish eshitadi. Shuning uchun ham u yolg'on ishlatib, dadamning do'q-po'pisasidan qutulsam deydi. Lekin baribir oxiri sir ochilib, rosa gap eshitadi-ya...

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:41:56

—   Dadamga nima deb bahona qilsamikin? — deb qoldi bir kuni Metin menga termulib.
Xabarim bor, bir necha kundan beri dadam Metinga bugun albatta sochingni oldirib kel, deb tayinlaydi. Metin bo'lsa o'yin bilan ovora bo’lib, nuqul buni esidan chiqaradi. O'sha kuni ertalab ishga ketayotib, dadam:
—   Ishdan qaytgunimcha sochingni oldirib kel, bo'lmasa xafa qilaman, — deb Metinni qattiq koyib bergan edi.
—   To'g'risini ayt, vaqtim bo’lmadi, de. Yolg'on gapirsang baribir mising chiqadi, — deb maslahat berdim.
—   To'g'risini aytsam, dadam urishib beradilar... Bergan pulingizni yo'qotib qo'ydim, deb aytay-mi-a?
—   Esing bormi o'zi? Bir martayam shunaqa deb qo'lga tushgan eding-ku. Yo'qotdim degan puling yoningdan chiquvdi.
—   Kitob oldim, desammikan-a?
—   Rostini aytaver yaxshisi.
—   Yoki sartaroshxonada odam ko'p ekan, navbat tegmadi, deb aytaymi?
Topgan bahonalariga o'zining ham ko'ngli to'lmadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:42:03

Dadamning Ziyobey degan oshnasi bor. O'sha kuni kechqurun shu kishi xotini bilan mehmonga kelib qolishdi. Dadamni anchadan beri ko'rmagan ekan, sog'inib kelibdi. Ammo kech kirib, qorong'i tushdi hamki, dadamdan darak bo’lmadi.
—   Birpas o'tiringlar, hali zamon kelib qoladi, — deb oyim mehmonlarni gapga solib o'tirdi. Ammo dadamdan darak bo'lavermagach, oyimning o'zi g'ulg'ulaga tushdi.
—   Bunaqa odati yo'q edi. Namuncha kech qoldiykin-a?
—   Kim biladi, balki ish-pishi chiqib qolgandir, — dedi Ziyobey oyimni tinchitib.
—   Hayronman, ishi chiqsa xabar qilguvchi edi.
Metin ikkovimiz ovqatni yedik. Yana ancha vaqt o'tdi. Metin ham o'rniga kirib yotdi. Mehmonlar endi ketamiz deb turishgan edi, birdan eshik taqillab qoldi.
—   Ana, keldi! — dedi oyim sapchib o'rnidan turib.
—   Biz bekinib olamiz, ko'rib hayron bo’ladi, — deganicha mehmonlar yugurib narigi xonaga kirib olishdi. Oyim borib eshikni ochdi.
—   Qayerda yuribsan? Tinchlikmi o'zi? Rosa xavotir oldik-ku.
—   Ziyobey kasal ekan. Ko'rib kelyapman, — dedi dabdurustdan dadam.
—   Shundaymi? Namuncha qolib ketding bo'lmasa?
—   Og'ir yotgan ekan. Oldida birpas o'tirdim.

Qayd etilgan