Aziz Nesin. G'aroyib bolalar (roman)  ( 97154 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 B


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:42:14

—   Voy boyoqish-ey! Ishqilib sog'ayib ketsin-da! Dadam yana bir nima demoqchi bo'lib endi og'iz juftlagan ham ediki, qo'shni xonadan chiqib kelayotgan Ziyobey bilan xotiniga ko'zi tushdi. Dadam nima deyishini bilolmay qoldi. Oxiri:
—   Iya-iya-iya... O'zlari ham shu yerda ekanlar-da! — deb yubordi.
—   Senga bir kutilmagan sovg'a tayyorlab qo'ymoqchi bo'luvdik!
—   Chindan ham bu kutilmagan sovg'a bo'ldi, — dedi oyim jilmayib.
Hammalari dasturxonga o'tirishdi.
—   Metin uxlab qoldimi? — so'radi dadam saldan keyin.
—   Ha, uxlab qoldi, — dedim shosha-pisha. — O'ziyam bahona topaman deb rosa charchadi. Sochini bugun ham oldirgani yo'q. Esidan chiqibdi. To'g'risi¬ ni aytsam, urushib beradilar, deb sizga yolg'on gapirmoqchi bo’lib turgan edi.
Dadam o'shqirib berdi.
—   Bemahalda nima qilib yuribsan? Bor, joyingga yot!
Xullas, Metin ertangi jazodan qutilib qoldi. Ahmad, tez-tez xat yozib tur. Yaxshi tilaklarimni qabul qilgaysan.
Zaynab Yolqir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:42:24

Bayram konserti

Istanbul, 24-arel, 1964-yil.

Zaynab do'stim!
16-martda yozgan xatingdan keyin sendan yana bir otkritka oldim. Otkritkada mendan ranjiganga o'xshaysan, oldingi xatingga kechikib javob yozganim uchun sen ham shunday qilyapsanmi, debsan. Mutlaqo unday emas. Biz ham 23-aprel kechasiga tayyorlanib yurgan edik. Shuning tashvishi bilan vaqt juda tez o'tib ketdi. Mana, kecha bir amallab qutulib oldik. Go'yo yelkamdan tog' ag'darilganday bo'ldi. Darhol xatga o'tirdim.
Konsertimiz zap antiqa o'tdi. Bilasanmi nimaga? Juda qiziq hangomalar bo'ldi. Eng ko'p malomatga qolgan ham men bo'ldim. Konsert uchun asosan uchinchi sinf o'qituvchisi javobgar edi. Musiqa o'qituvchisi ashula bilan o'yin qismini o'z zimmasiga oldi. O'zimizning o'qtiuvchimiz esa konsert kechasida ko'rsatish uchun bitta pyesa yozib berdi.
Men bir narsaga hayronman — kattalar nuqul o'z kasblaridan nolishadi, ko'ngillari boshqa sohani qo'msab yuradi. Mana, dadamni olib ko'raylik. Yana ozroq o'qiganimda katta shoir bo'lib ketardim, deydi bizga. Dadam hozir ham tinch yurmaydi. Xiyol bo'sh qoldi deguncha she'rga unnab ketadi. Amakim ham shunday. Qo'lida texnik hunari bor-u yana vrachlikni orzu qiladi. O'qituvchimizning bo'lsa yozuvchilikka ko'ngli sust ketgan. Ko'pincha bizga u: «Allaqachon yozuvchi bo’lib ketardim-u, lekin nasib qilmagan ekan-da», deydi. Bundoq o'ylab qarasam, hamma birovning hunarini orzu qilarkan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:42:31

Aslida direktor bosilib chiqqan biror pyesani sahnaga qo'yaveringlar, deb tayinlagan edi-yu, ammo o'qituvchimizga bularning hech qaysisi ma'qul bo'lmadi. O'zi yeng shimarib ishga tushib ketdi. Yangi pyesa ham tayyor bo'ldi. Juda ayanchli chiqibdi.   
Yaxshisi, senga buning qisqacha mazmunini aytib bera qolay. Xulqi yomon bir bola bo'ladi. Ota-onasini juda bezor qilib yuboradi. Bola maktabdan qochadi, ishdan quviladi va yomon yo'lga kirib ketadi. Bu sharmandalikka chidayolmagan ona olamdan o'tadi. O'g'il otasini qiynab, pul olib yuradi. Bermaydigan bo'lsa, do'pposlaydi. Kunlardan birida u jinoyat ustida qoiga tushib, qamalib ketadi. Qamoqdan ancha tuzalib chiqadi. Butun qilmishlari uchun kechirim so'ragani to'g'ri otasining oldiga boradi. «Otajon, meni kechi-ring, gaplaringizga kirmadim, nasihatlaringizga quloq solmadim, mana, oqibatda sharmanda bo'ldim. Endi hammasiga tushundim. O'tinaman, meni kechiring!» deb yolvoradi. Qaddi bukchayib qolgan ota: «Ota degan hamisha o'g'ilning gunohidan o'tadi. Men ham seni kechirdim, o'g'lim. Parvardigorga iltijo qil, o'z dargohida kechirsin», deb ho'ngrab yig'lab yuboradi. Ammo yuragi buni ko'tarolmay, yerga yiqiladi-da, joni uziladi.
Pyesa chindan ham juda qayg'uli edi. Uni o'qiyot-ganimizda sinfda hamma bir-bir yig'lab oldi.
—   Boshqa biror yengilroq pyesa qo'yganimiz ma'qul emasmi, afandim? — deb so'radim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:42:41

O'qituvchimiz meni qattiq jerkib:
—   Bu nima qiliq, Ahmad?! Yana mahmadanalik qilyapasanmi? — dedi.
Holbuki buni men butunlay boshqa maqsadda so'ragandim. Betimizga soqol-mo'ylov yopishtirib, katta odamlarga taqlid qilib yurgandan ko'ra maktab hayotidan biror nimani sahnalashtirib, o'zimizga mosroq rollarda chiqqanimiz yaxshi emasmi, deb ayt-moqchi edim. Ammo maqsadimni tushuntirolmab-man.
Sahnaga soqol-mo'ylov yopishtirib chiqqan bolalar xuddi sirkdagi liliputlarga o'xshab qoladi. Buni ilgari ham ko'p ko'rganman. Katta odamning rolida chiqqan bola qanchalik yaxshi o'ynamasin, baribir zalga kulgi bo'ladi. U qanchalik jiddiy gapirsa, tomoshabinlar shunchalik ko'p kuladi. Bas, shunday ekan, birato'la kulgili asarni ko'rsatib qo'ya qolsak bo'lmaydimi? Men shuni aytmoqchiydim. O'qituvchimiz koyib bergach, indamay qo'ya qoldim. Pyesa besh kishiga mo'l yozilgan ekan.
—   Noqobil o'g'il rolini sen o'ynaysan, Ahmad. O'ziyam senboproq, qotirasan, — dedi o'qituvchi.
Damirga ota, Minega esa ona roli topshirildi.
Hamma o'z rolini yaxshilab yodlab oldi. Uch-to'rt marta repetitsiya ham qilib ko'rdik. So'nggi repetitsiya kuni rosa yomg'ir quydi. O'zing bilasan, maktab tomidan yomon chakka o'tadi. Yomg'ir naq sahnaning tepasidan chelaklab quygandek bo'ldi. Hammayoq ivib ketdi. Polga qatorasiga chelak, tog'ora va kastryullar qo'yib chiqdik.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:42:49

Konsert programmasiga bitta xitoycha raqs nomeri ham kiritishibdi. O'yinchilar gruppasida men ham bor ekanman. Musiqa muallimimiz allaqaysi maktabda xitoycha raqsni ko'rib diliga tugib qo'ygan ekan, shuni o'ynaydigan bo'ldik.
—   O'zimizning «Zaybek»ni o'ynasak bo'lmaydi¬ mi? — deb so'radim o'qituvchidan.
«Qachon konsert bo'ladigan bo’lsa nuqul «Zaybek»ni o'ynaysiz, biror yangi narsa ko'rsatish ham kerak axir», degan javobni oldim.
—   Bo'lmasa biz tengi xitoy bolalari ham konsert qo'yganda o'zimizning «Zaybek»ka tushishadimi?
—   Masxarabozlik qilma! — urishib berdi musiqa muallimi.
Ammo men «Zaybek»ni o'ynab turgan xitoy bolasini bir zum tasavvur qildim-u miyig'imda kulib qo'ydim. Chamamda, xitoy bolalari ham shunday. Xitoycha raqsga tushganimizni ko'rishsa bormi, rosa qiyqirib kulishsa keragov.
Tomdan chakka o'tib turibdi-yu, biz paqir-tog'oralar o'rtasida oxirgi marta repetitsiya qilib oldik. Xitoycha raqsning zalvoridan pol taxtalarining beli bukilib ketdi.
—   Bu senga «Zaybek» emas, xitoycha raqs bo'ladi, hadeb osmonga qarab irg'ishlayverma. Xitoylarning o'yini og'ir-vazmin bo'ladi, ular keskin harakat qilishmaydi, — dedi menga tanbeh berib musiqa o'qituvchimiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:42:54

Mumkin qadar salmoq bilan, vazmin o'yinga tush-moqchi bo'laman-u, ammo «Zaybek» qon-qonimizga singib ketgani uchun beixtiyor osmonga sapchib ketaman.
—   Namuncha sakrayverasan, Ahmad? Xitoy ruhiga mos kelmaydi bu. Xitoylarning harakati mayin bo'ladi.
—   Yaxshi, lekin xitoy ruhi menga mos kelmasa, nima qilay? Men bunga o'rganmagan bo'lsam...
Musiqa o'qituvchimiz pianinoda jo'r bo'lib turdi, biz raqsga tushdik. Yana bir joyga kelganda to'satdan sakrab yuborgan edim, o'qituvchi irg'ib o'rnidan turdi-da, menga qarab yugurdi. Yo'lda chakka to'la paqirga qoqilib ag'darilib tushdi. Hammayog'i shalabbo bo'ldi. Toza qiyomat ko'tarildi. Xullas, kechga yaqin ma'lum bo’ldiki, so'nggi repetitsiyamiz muvaffaqiyatli o'tibdi.
Konsert kuni ham yetib keldi. Yuragimiz taka-puka bo'lib, parda orqasidan zalga mo'ralaymiz. Tumonat odam yig'ilgan. Biz sahnada saf tortib turibmiz. Hammasi bo'lib ellik bolamiz. Sinflarimiz ham har xil.
Mana, parda ochildi. Saf tortib «Mustaqillik marshi»ni aytdik. Keyin kattaroq bolalar orqaga o'tdi. Birinchi va ikkinchi sinf o'quvchilari «Bugun — yigirma uchinchi aprel» degan qo'shiqni boshlab yuborishdi. Qo'shiq tugagach, zalda qarsaklar yangrab ketdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:43:01

Keyingi aytilgan qo'shiq musiqa o'qituvchisiga sira ma'qul bo'lmadi.
—   Bu qanday o'zboshimchalik? Nima qilib qo'ydinglar?! Qo'shiqni ikki kishi ijro etishi kerak, deb aytmovdimmi? Olomon qilib yubordilaring-ku! — deb koyib berdi u parda orqasidan.
Xitoy raqsiga navbat keldi. Likopcha ko'tarib. sahnaga qizlar chiqishdi. Egnilarida guldor yubka bilan kalta ko'ylak. Bizlar ham qizlar bilan oldinma-ketin sahnaga chiqdik. Qosh-ko'zimizga qozonkuya surtib, labimizning tepasiga qora mo'ylov qo'ndirib olganmiz.
Musiqa o'qituvchimiz pianinoni boshlab yubordi. Likopcha ushlagan qizlar goh egilib, goh turib oramizdan o'tib yurishibdi. Shu o'rtada to'satdan bir falokat yuz berdi. O'qituvchining pand-u nasihatlari paqqos yodimdan ko'tarilib, sakrab yuboribman shekilli, chirigan pol taxtasining orasi ochilib, o'yinchi qizlardan birining etagini qisib oldi. Biz o'lib-qutulib muqom qilyapmiz-u, u bo'lsa etagini tortish bilan ovora. Yana bir sakrab ko'ray-chi zora boyoqishning etagi chiqsa, degan xayolda oldiga kelib bir irg'ib tushdim. Polning og'zi ochilishga ochildi-yu, ammo raqqosamiz yubkasini tortib ololmadi. Bechora jon-jahdi bilan bir silkingan edi, shir etib yubkasi tushib ketdi. Bo'ldi kulgi, bo'ldi kulgi.
—   Parda! Pardani yopinglar! — deb qichqirdi musiqa o'qituvchimiz sahna ortidan turib.
Gulduros qarsaklar ostida parda tushirildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:43:07

Shundan keyin turli raqslar o'ynaldi, qo'shiqlar aytildi. Eng oxiri spektaklga navbat keldi.
O'qituvchilarimizning o'zi bizni grim qilib chiqdi. Mine oyisining eski kiyim-boshini kiyib olgan edi, naq liliput kampirning o'zi bo'ldi-qoldi. O'qituvchi burnimning tagiga quyuq qilib yelim yopishtirgach, ketmonning sopidek yo'g'on mo'ylovni qo'ndirib qo'ydi. Yelimning kuchi yetmay mo'ylov tushib ketdi.
Ustoz yana bir enlik yelim surtib qo'ygan edi, mo'ylovim joyiga tushdi. Damirning ikki betini yelimlab, ustidan paxta yopishtirishdi. Ota rolida chiqqanidan keyin soch-soqoli oppoq bo'lishi kerak edi-da. Grimni bir amallab tugatdik. Shu payt o'qituvchimiz to'satdan:
—   Damir juda yosh ko'rinyapti. Ko'zoynak taqib olmasa bo'lmaydi, — deb qoldi.
Holbuki repetitsiyalarda bu haqda gap bo'lgani yo'q edi. Shu topda qayoqdan ko'zoynak topib bo'ladi? Xayriyat, direktor jonimizga oro kirdi. Ko'z-oynagini olib, Damirga berdi.
—   Lekin ehtiyot boi, tag'in sindirib-netib qo'yma. Agar shu bo'lmasa, hech narsani ko'zim ko'rmaydi, — dedi u Damirni ogohlantirib.
Ko'zoynak Damirni xuddi mitti cholning o'zi qilib qo'ydi.
—   Voy-bo', ko'zim qamashib ketyapti-ku, hech narsani ko'rmayapman, — nolib qoldi Damir.
Gapi to'g'ri ekan. Parda ochilganda sahnaga chi-qaman deb boshini devorga qattiq urib oldi. Orqa¬sidan itarib-surib, bir amallab sahnaga chiqarib yubordik.
Harqalay, spektaklning birinchi pardasi ancha yaxshi o'tdi. Zalda yangragan qarsaklar buning yaqqol isboti bo'ldi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:43:15

Ikkinchi parda boshlandi. Men onamni, ya'ni Mineni savalab turibman. Otam boimish Damir menga nasihat qilishi kerak. Bir payt bundoq qarasam, Damir bizni ko'rmayapti. Tomoshabinlarga orqasini o'girib olib, devorga qarab monolog o'qiyapti. Har ikki gapining birida:
—   Hoy zolim bola, bu nima qilganing, axir? Seni shu umidda boqib katta qilganmidik-a? — deb devor¬ga nola qilyapti.
—   Buyoqqa qarab gapir, biz orqangda turibmiz, — sekin shivirladim qarshisidan chiqib.
Men onamni kaltaklab turganimda Damir uni qo'limdan qutqarib olishi kerak edi. Lekin Damir yana bizni payqamadi, ko'zbog'lag'ich o'ynayotgan boladay qo'li bilan paypaslab qoldi.
—   Urma, urma onangni! Onaga qoi ko'tarib bo'lmaydi, oqpadar! To'xta deyman! — eshik tomonga qarab baqiradi u.
Biz o'ng yog'ida turibmiz-u u bo'lsa chapga qarab bo'kiradi. Zora ovozimni eshitib, biz tomonga o'giril-sa, degan niyatda kinoda ko'rganlarimni ishga soldim.
—   Xa-xa-xa! Uraman! Urayotgan bo'lsam men birovnimas, o'z onamni uryapman!
Damir ovozimni payqab, biz turgan tomonga o'girildi-yu, lekir darrov yo'qotib qo'ydi.
—   Hoy bola, urma deyapman senga! Ilohim onani urgan qo'llaring sinib tushsin!
Yana uni bu tomonga qaratish uchun xanda otaman:
—   Xa-xa-xa!

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Iyul 2010, 10:43:21

Xullas, Damirdan ish chiqmaydiganga o'xshaydi. Bizni topib olishiga ko'zim yetmay qoldi. Noiloj Mineni Damirning oldiga sudrab keldim.
—   Hoy oqpadar deyman...
—   Bu tomondamiz, ota, bizga qarab qo'y.
Damir farosatli bola emasmi, darhol vaziyatni tushundi.
—   Betingni ko'rgani ko'zim yo'q, oqpadar. Men otang bo'laman. Kerak bo'lsa menga o'zing qara!
Pyesadan tamoman chetga chiqib ketdik.
—   Kimga qarab gapiryapsan, ota, axir men orqangda turibman-ku...
—   Harholda senga emas. Toqatim yo'q sen bilan gaplashgani...
—   Bo'lmasa devorga gap uqtiryapsanmi?
—   Sendan ko'ra shu devor ma'qul. Gapirsang, tushunadi.
—   Sening o'rningga tosh tug'sam bo'lmasmidi,
kunimga yarardi, evoh, — deb yerda ingrab yotgan Mine ham jon berdi.

Qayd etilgan