Aslida direktor bosilib chiqqan biror pyesani sahnaga qo'yaveringlar, deb tayinlagan edi-yu, ammo o'qituvchimizga bularning hech qaysisi ma'qul bo'lmadi. O'zi yeng shimarib ishga tushib ketdi. Yangi pyesa ham tayyor bo'ldi. Juda ayanchli chiqibdi.
Yaxshisi, senga buning qisqacha mazmunini aytib bera qolay. Xulqi yomon bir bola bo'ladi. Ota-onasini juda bezor qilib yuboradi. Bola maktabdan qochadi, ishdan quviladi va yomon yo'lga kirib ketadi. Bu sharmandalikka chidayolmagan ona olamdan o'tadi. O'g'il otasini qiynab, pul olib yuradi. Bermaydigan bo'lsa, do'pposlaydi. Kunlardan birida u jinoyat ustida qoiga tushib, qamalib ketadi. Qamoqdan ancha tuzalib chiqadi. Butun qilmishlari uchun kechirim so'ragani to'g'ri otasining oldiga boradi. «Otajon, meni kechi-ring, gaplaringizga kirmadim, nasihatlaringizga quloq solmadim, mana, oqibatda sharmanda bo'ldim. Endi hammasiga tushundim. O'tinaman, meni kechiring!» deb yolvoradi. Qaddi bukchayib qolgan ota: «Ota degan hamisha o'g'ilning gunohidan o'tadi. Men ham seni kechirdim, o'g'lim. Parvardigorga iltijo qil, o'z dargohida kechirsin», deb ho'ngrab yig'lab yuboradi. Ammo yuragi buni ko'tarolmay, yerga yiqiladi-da, joni uziladi.
Pyesa chindan ham juda qayg'uli edi. Uni o'qiyot-ganimizda sinfda hamma bir-bir yig'lab oldi.
— Boshqa biror yengilroq pyesa qo'yganimiz ma'qul emasmi, afandim? — deb so'radim.