Aziz Nesin. G'aroyib bolalar (roman)  ( 58797 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 21 B


ZUBAIR  19 Mart 2010, 01:38:12

Miyaga o'rnashib qolgan darslarni unutish qiyin bo’larkan. Bu ish faqat Damirning qo’lidan keldi, xolos.
Bir kuni darsga maktab direktori kirib qoldi.
Tarix darsi edi. Direktor darslarni qanday o'zlashtirayotganimizni bilmoqchi bo'ldi shekilli, Damirni o'rnidan turg'izib, qator savollar berdi:
—   O'rta asr madaniyati nima?
Damir indamadi. Direktor boshqa savolga o'tdi:
—   Kitob bosishni kim kashf etgan?
Damirdan sado chiqmadi. Direktor uning aiochiligini bilardi, shuning uchun hayron bo'ldi:
—   Ha, nima bo'ldi, nega indamaysan?
—   Hammasini unutdim, — dedi Damir.
—   Bo'lmasa Amerika qanday kashf etilganini so'zlab ber.
—   Unutdim, afandim.
—   Uyg'onish davri deb nimaga aytiladi?
—   Esdan chiqardim, afandim.
—   Bu qandoq gap, hech narsa esingda qolmapti, — xunobi oshib dedi direktor. — Xo'sh, nimani bilasan o'zi, shuni gapirib ber.
—   Hozir hech narsa bilmayman. Bilganlarimni esdan chiqarib yubordim.
—   Ha, nechuk?
—   Yangi o'qituvchimiz shundoq dedilar, eski o'qituvchingiz nimani o'tgan bo'lsa, endi hammasini unutib yuboringlar, deb aytdilar.

Qayd etilgan


ZUBAIR  19 Mart 2010, 01:38:42

Direktor meni chaqirdi.
—   Hindistonga dengiz yo'lini birinchi bo’lib kim ochgan?
Ana xolos! Aksiga olib, shu topda kashfiyotchining ismini unutib qo'yibman. Aslida tilimning uchida turibdi-yu, lekin hecham eslayolmadim. Damir boya jo'rttaga aytgan bo’lsa, men rostakamiga unutgan edim.
—   Esimda yo'q, afandim, — dedim oxiri noiloj. Direktor ko'zoynagining ustidan o'qituvchiga bir qarab qo'ydi-da, indamay sinfdan chiqib ketdi. Go'yo hech nima bo’lmaganday, o'qituvchi darsni kelgan joyidan boshlab yubordi:
— Xo'sh, yovuz Salim sultonga kelsak...
Tanaffusda bolalar Damir ikkovimizni o'rab olib, tasanno aytishdi. Aslida esa Hindistonga dengiz orqali boradigan yo'lni kim kashf etgani mutlaqo yodimdan ko'tarilgan edi.
Mendagi bu parishonxotirlik kasali boshimga yana ko'p savdolar soldi. Mana, yana bir shingilini eshit. Juda sharmanda bo’ldim.
Voqea bunday bo’ldi. O'zing bilasan, maktabda ota-onalar kengashi, oila-maktab ittifoqi degan narsa bor. Bir kuni ota-onalar majlisidan keyin qo'lbola konsert qo'yib berishga ahd qildik. Menga deklamatsiya qismini topshirishdi.
Ilgarigi o'qituvchimiz bir darsda qo'yni juda maq-tab gapirgan edi. Qo'y g'oyat foydali jonivor, sut beradi, yog' qiladi, go'shti lazzatli bo'ladi, junidan matolar to'qiladi, terisidan issiq po'stin chiqadi, suyaklarida ilik bo'ladi, uning qiyi o'g'itning zo'ri hisoblanadi, deb aytgan edi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  19 Mart 2010, 01:39:16

O'sha kuni darsdan chiqiboq bitta she'r yozib tashlagan edim. Mana o'sha she'rim:
QO'Y
Dumbasi borjiqqa moy,
Yelini-chi, sutga kon.
Mayingina juni bor,
Kiyimbop ekan obdan.
Sop chiqadi shoxidan,
Go 'shti — lazzat uyasi,
Terisi po 'stin berar,
O'g'itman, der qiyisi.
Ko'klam kelsa qo'zilar,
Suyakka ilik to'plar.

Yozgan she'rim eski o'qituvchimizga juda ma'qul bo'ldi. U, ota-onalar majlisidan keyin konsert bo'ladi, o'shanda albatta o'qib berasan, deb tayinladi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  19 Mart 2010, 01:39:35

O'zimda yo'q suyunib ketdim. Shundan keyin she'rni puxta yodlab olmoqchi bo'ldim. Besh-olti kungacha shu ish bilan ovora bo'ldim. Maqsad — o'zim yozgan she'rni konsert paytida sharillatib o'qib berish edi. Ammo omadim kelmadi — meni konsertga chiqarmoqchi bo'lgan o'qituvchimiz lop etib bosh-qa maktabga ishga o'tib ketdi. Uning o'rniga kelgan yangi o'qituvchi mening tayyorgarligimdan xabar topgan ekan, she'rni o'z qulog'i bilan eshitmoqchi bo'ldi. O'qib berdim.
—   Bu she'ring mutlaqo yaramaydi, — dedi u. — Ilgari o'qigan narsalarni miyadan chiqarib tashlanglar, deb aytgan edim-ku, axir. Boshqa she'r beraman, konsertda shuni deklamatsiya qilasan.
U menga o'qish kitobini ochib «Vatanim» degan she'rni ko'rsatdi:
—   Mana shuni yodlab ol. Konsertda yaxshilab deklamatsiya qilasan!
Ammo yodlashga vaqt qani! Majlis ertaga belgilangan. Bir kunda uni yodlab bo'ladimi. «Vatanim» she'rini sen bilsang kerak. O'qish kitoblarimiz bir xil bo’lsa, o'sha sahifani ochgin, ko'rasan. Topolmasang, mana o'qib ko'r:

Qayd etilgan


ZUBAIR  19 Mart 2010, 01:39:55

VATANIM
Ey, zarrin liboslarga zap o'ralib olgan,
Ey, bo'liq boshoqlar-u bog'-rog'larga to'lgan
Va osmon bo’yi doston bitgan vatanim, hey!
Ey, o'sha buyuk insonni bergan onaning,
Ey, jabr-u jafo, kurash, imon hamda nolaning
Va Sinon bitgan cho'ng qubbaning vatani, hey!
Xullas, «ey» bilan boshlanib, «hey» bilan tugaydigan oddiy bir she'r! Ammo qanchalik harakat qilmay, vaqt juda oz bo'lgani uchun uni yaxshi yodlab ololmadim.
Ertasiga maktabga kelishim bilan o'qituvchimiz:
—   Qani, konsertdan oldin bir repetitsiya qilib ko'raylik-chi. O'qi she'rni, eshitamiz, — deb qoldi.
O'zim bilganimcha o'qib bergan edim, unga ma'¬qul bo'lmadi:
—   Yaramaydi. She'r degan bunday deklamatsiya qilinmaydi, — dedi u norozi bo'lib.
Yana qaytarib deklamatsiya qildim. Baribir unga yoqmadi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  19 Mart 2010, 01:40:08

—   She'rni she'rdek o'qish kerak, bo'tam. Bu senga ko'chada o'tgan-ketgandan adres so'rash degan gap emas. Joyiga qarab ovoz yangrab chiqishi yoki mayin bo'lishi lozim. Ba'zan pardani titratib bos. Lozim bo'lsa ovozing ipakdek mayin bo'lsin, keragida esa arslondek na'ra tort. Shuni ham aytib qo'yayki, she'r o'qiyotganingda chap qo'lni belga tirab, o'ng qo'lni to'g'riga uzatib tur. Innaykeyin, «hey» degan undov kelganida oyog'ing bilan polni qattiq do'pillatib ur. Mana, hozir senga ko'rsataman, ko'rib qo'y. She'r deklamatsiya qilish mana bunaqa bo'ladi.
O'qituvchimiz she'rni o'zi aytganidek qilib o'qib berdi. «Hey» degan joyga kelganida o'ng oyog'ini dast ko'tarib, polni zarb bilan bir tepdi.
—   Gap degan bundoq bo'pti. G'animlarning boshini yanchib, yer bilan yakson qilmoqchi bo'lgan odamdek, bor kuching bilan polni tepishing kerak.
Aytganini qildim. Ammo xayol oyoqqa ketib, she'rning ba'zi misralarini unutib qo'ya boshladim. Aslida-ku o'z bilganimcha deklamatsiya qilaverganimda hecham yanglishmasdim-a...
She'rni aytgan usulida boplab o'qib berdim-u, ammo tepinishlarim unga yoqmadi. Har gal polni dukillatib tepganimda: «Qattiqroq, qattiqroq tep! Poshna bilan, poshna bilan!» deb turdi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  19 Mart 2010, 01:40:36

Ko'p urinib ko'rdim, baribir ko'ngli to'lmadi. Oxi-ri sabri chidamadi:
—   Mana, qarab tur, yana bir marta ko'rsatib beraman!
O'qituvchi «hey» deb o'kirganicha polni gursillatib bir tepgan edi, sinfning deraza oynalari sharaqlab ketdi.
—   Ana, ko'rdingmi endi. Turk o'g'loni depsinganida yer mana shunday larzaga kelmog'i kerak. Ha, shundoq bo'lsin.
—   Sizday qilolmayman, o'qituvchi. Chunki siz eng kamida yuz kilo kelasiz, men bo'lsam bor-yo'g'i qirq ikki kiloman, — javob berdim unga o'zimni oqlash uchun.
Mehnati zoye ketdi, aytganini hecham eplolmadim. Qattiq darg'azab bo'ldi. Yana bir gal: «Va osmon bo'yi doston bitgan diyorim, hey!» deganicha jahl bilan oyog'ini ko'tarib polga bir urgan edi, qattiq dodlab yubordi.
O'zing yaxshi bilasan, sinfimizning pollari chirib ketgan. Shu chirigan taxtalardan bid sinib, oyog'i kirib qolipti. Darhol yordamga keldim. Ikkovlashib oyog'ini kovakdan zo'rg'a tortib oldik. Shovqinni eshitib, boshqa o'qituvchilar ham chopib kelishdi. Hamma: «Nima bo'ldi, tinchlikmi?» deb so'raydi.
—   Endi ko'rdingmi, bo'tam, — dedi o'qituvchi bir oyog'ini sudrab tashqari chiqar ekan. — Oyoq har gal yerga tekkanida hammayoq larzaga kelsin, xuddi yer qimirlaganga o'xshab chayqalib ketsin.

Qayd etilgan


ZUBAIR  19 Mart 2010, 01:40:58

O'qituvchi chiqib ketganidan keyin bundoq oyog'imga razm solib qarasam, ishning pachavasi chiqipti, hadeb heylayverib tovonni shishirib qo'yibman.
Konsert naq ikki soat davom etdi.
Men o'zim yozgan «Qo'y» she'rimni salkam bir oy yod olib yurgan edim. Shuning uchun ham uning satrlari miyamga qattiq o'rnashib qolgan ekan, hadeb esimga tushaveradi. «Vatanim» she'rini yodlab yurganimda ham beixtiyor o'zimning satrlarim ko'z oldimda turdi. Bu yangi she'rni bir amallab yodlab oldim-u, lekin hadeb oyoq ko'taraverganim uchun satrlarini adashtira boshladim. Aftidan, oyoqqa zo'r berib, miyani ishdan chiqarib qo'yganga o'xshayman.
—   Navbating keldi! Tez bo'l, sahnaga chiq! — deb bolalar meni orqamdan turtib sahnaga chiqarishdi.
Zal ota-onalar bilan liq to'la ekan. O'qituvchimiz sahna ortida bizga suflyorlik qilishi kerak.
Men sahnaga chiqdim. Mehmonlarga boshimni silkib, salom berdim. Ammo boshimni qimirlatishim bilanoq deklamatsiyaning sarlavhasi xayoldan qochdi. Bu qanday bedavolikki, Zaynab, shu topda miyamga o'zimning «Qo'y» she'rim kelsa bo'ladimi! Men tushmagur ilgari yodlab olgan narsalarimni unutish o'r-niga, yangi o'rgangan she'rimni esdan chiqarib o'tiribman-a.
Qanchalik mushkul ahvolda qolganimni o'zing bir tasavvur qilib ko'r. Men sahnadan turib zalda o'tir-ganlarga termulaman, ular esa menga. Xullas, ancha vaqtgacha bir-birimiz bilan ko'z urishtirib turaverdik.

Qayd etilgan


ZUBAIR  19 Mart 2010, 01:41:21

Xayriyat, o'qituvchimiz jonimga ora kirdi — orqadan she'rning nomini pichirlab aytdi. Darhol ovozimning boricha «Vatanim!» deb qichqirdim. Uyog'i yana esda yo'q. Nima qilish kerak? Indamay turgan bilan bo'lmaydi. Sarlavhani yana bir qaytaray, zora ungacha buyog'i esga tushib qolsa, degan maqsadda yana bir marta «Vatanim!» deb hayqirdim Yana jim bo'ldim. Zalda qarsaklar yangradi. Hayron bo'ldim. «Vatanim!» deganimda nimaga chapak chalishganiga tushunolmadim. Shu payt yana o'qituv-chimizning nim ovozi eshitildi. Kelgan joyidan bosh¬lab yubordim. Ammo oldingi gal tomoqqa qattiq kuch berib qo'ygan ekanman shekilli, ovoz chiqmay qoldi, xirillab, zo'rg'a «Ey!» deyoldim, xolos. Yana cha-pakvozlik bo’ldi. Ochig'i, gangib qoldim. Miyamda satrlar bir-biriga qorishib ketdi. Zo'rg'a o'zimni qoiga olib, deklamatsiyani boshlab yubordim. Bolalar keyin gapirib berishicha, bu ajoyib she'rni shundoq deb boshlabman:

VATANIM!
Ey, zarrin liboslarga zap o'ralib olgan,
Ey, bo'liq boshoqlaru bog'-rog'larga to’lgan
Va doston bo’yi osmon bitgan vatanim, hey!

Qayd etilgan


ZUBAIR  19 Mart 2010, 01:41:50

«Hey»ni aytgan zahoti polni zarb bilan bir tepgan edim, turgan joyimda bir gaz osmonga sakratib yubordi. Bilasanmi, nimaga? Boya o'qituvchi bilan repetitsiya qilayotganimizda poshnadagi mix joyidan ko'chgan ekan, bilmabman. O'sha mix shu topda shart etib tovonga kirib ketsa bo'ladimi?! Ko'zimdan o't chaqnab ketdi. Tovonimga birov bigiz qadab, o'pkamni teshib yuborgandek bo’ldi.
Azobning zo'rligidan yod bo’lib qolgan satrlarni ham paqqos unutdim-qo'ydim. Men nima ahvoldaman-u tomoshabinlar qiyqirib kulishadi. O'qituvchidan madad kelar, degan umidda o'qtin-o'qtin orqaga o'girilib qarab qo'yaman. O'qituvchi holimni sezdi, shivirlab aytsa baribir qulog'imga kirmasligini fahmlab, ovozini bemalol qo'yib yubordi:
«Ey, o 'sha buyuk insonni bergan onaning».
Darhol ilib ketdim.
— Ey, o'sha buyuk insonni bergan onaning... Onaning... Onaning...

Qayd etilgan