Aziz Nesin. G'aroyib bolalar (roman)  ( 97340 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 21 B


ZUBAIR  19 Mart 2010, 01:43:07

Keyin nima keladi, eslayolmayman... Zora lop etib esimga tushsa, degan xayol bilan yana ikki-uch marta shuni qaytarib aytdim. Bo'lmadi. «Onaning» deyman-u ignasi yurmay qolgan plastinkaga o'xshab u yog'iga o'tolmayman. Vujudimni qaltiroq bosdi. «Onaning... Onaning...» deb yigiamoqdan beri bo’lib turgan edim, qo'qqisdan o'zim yozgan satrlar miyam¬ga kelib qoldi. Tavakkal qilib buyog'ini ulab ketdim:
Onaning... Onaning... Onaning...
Dumbasi borjiqqa moy,
Yelini-chi sutga kon,
Mayingina juni bor...
O'qituvchimiz ham satrlarni ketma-ket yetkazib turibdi. Oldin undan eshitganimni qaytaraman-da, keyin o'zimnikini tirkab yuboraman.
Ey, jabr-ujafo, kurash...
Sop chiqadi shoxidan,
Go'shti — lazzat uyasi,
Og'itman, der qiyisi, he-ey!

Qayd etilgan


ZUBAIR  19 Mart 2010, 01:43:27

Deklamatsiyani tugatdim-u o'zimni ichkariga urdim. Gulduros qarsaklardan maktabimiz chayqalib ketdi.
—   Nima qilib qo'yding axir, Ahmad? — dedi o'qituvchimiz siniq ovoz bilan.
—   Ilojim qancha, afandim, — dedim unga qarab.— Odamzod bilgan narsasini darrov unutib yubora olmas ekan, juda qiyin bo’larkan.
Yana bir nima deydigan bo'lsam, alamimdan yig'lab yuboraman. O'pkam to'lib turibdi. O'qituvchi ikkovimiz cho'loqlanib yo'lga tushdik. Yana mix kirib ketishidan qo'rqib, zo'rg'a oyoq bosaman.
—   Katta iste'doding bor ekan-ku, o'g'lim, — dedi uyga qaytgach dadam. — Kuldiraverib hammaning ichagini uzding-ku.
Oyim uning gapiga qo'shildi:
—   Ko'zda yoshim qolmadi kulaverib. Naq jinni bo'layozgandim-a...
She'rlarni yanglishib aralash-quralash qilib yubor-ganimni hech kim sezmabdi. Hamma jo'rtaga qilyapti, deb o'ylabdi.
Xullis, Zaynab, keyingi kunlarda shunaqa mashmashalar bo'ldi.
Sening dadang ham maktabda nuqul a'lo olib o'qiganmi, deb so'rabsan. Yo'q, dadam, afsuski, a'lochi bo'lmagan. Nega desang, u o'qimagan. Agar maktabga qatnagan bo’lganida menga a'lo baholar bilan o'qiganman, deb aytgan bo’lardi, albatta.
Men zavq bilan o'qiydigan xatlaringni kutaman. Sog' bo'l.
Sobiq sinfdoshing Ahmad Tarbay.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:00:20

Ishlagan — tishlaydi

Anqara, 26-noyabr, 1963-yil.

Do'stim Ahmad!
Menga hamisha shunaqa uzundan uzoq xatlar yozaver. Xo'pmi? Uzundan uzoq deganimni ko'nglingga olma, aslida uni bir zumdayoq o'qib chiqdim. Sinfda bir-ikki bolaga ham o'qib bergan edim, toza miriqib kulishdi.
Bu tomonlarda salqin tushib qoldi. Endi oldimizdagi maydonda o'ynamay qo'ydik. Maktabdan kelib, darslarimni tayyorlayman, oyimga qarashib yuboraman. Opamning bunaqa ishlarga hushi yo'q. Supurgini ko'rsa o'takasi yoriladi. Uning eng yaxshi ko'rg'an ishi — oshxonaga kirib olib, pirojniy yoki keks pishirish. Ammo opam oshxonaga kirsa, oyim yurak o'ynog'ida yuradi. Nega deganda, opam bir kun oshxonaga kirgudek bo'lsa, oyim bir haftagacha qiynaladi — hamma narsa ostin-ustin bo'lib ketgani uchun qo'ygan buyumini joyidan topolmaydi.
Shu opamni uzatmoqchi bo'lib yurishuvdi, fotihasi buzildi. Keyingi paytlarda uyimizda hammaning og'zida shu to'y masalasi edi. Ukam Metinning bir og'iz so'zi opamning fotihasini buzdi-qo'ydi...
Ba'zan kechqurunlari dadamning o'rtoqlari biznikiga to'planishadi yoki biz ularnikiga chiqamiz. Xullas, haftada kamida ikki kun mehmondorchilik bo’ladi. To'rt og'ayni bir joyga yig'ildi deguncha, dar¬rov Zaynalbeydan gap ochiladi. Zaynalbey deganlari — bu dadamlar ishlaydigan idoraning xo'jayini.
— Jonimga tegdi shu gap. Nuqul Zaynalbey, Zay¬nalbey deysizlar. Boshqa gap qurib qolganmi axir, — deydi oyim norozi bo'lib.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:00:31

Shundan keyin gap boshqa mavzuga ko'chadi. Lekin oradan sal o'tmay yana Zaynalbey tilga tushib qoladi. Hammalari uni yomonlab ketishadi.
Zaynalbeyning yana ikki-uch joyda idorasi bor ekan. O'zi juda badavlat emish. Buning ustiga mol-dunyosi kun sayin ortib borayotganmish. Zaynalbey aslida ishlamaydigan, qovoqbosh bir odam ekan. Boshlang'ich maktabni zo'rg'a amal-taqal qilib bitirgan ekan.
Dadamning oshnalaridan biri Zaynalbeyga elat bo’larkan. O'sha bir voqeani gapirib berdi.
—   Zaynalbey aslida bizdan o'n yosh katta, — dedi u. — U uchinchi sinfda o'qib yurganida, men endigina maktabga qatnay boshlagan edim. Demak, bir sinfda necha yildan o'tirib chiqqanini xomcho't qilib chiqish mumkin. Men boshlang'ich maktabni bitirganimda u hamon to'rtinchi sinfda o'qirdi. «O'g'ling shu yerning o'zidan domla-imom bo'lib chiqadi», deb odamlar uning otasini kalaka qilishardi. O'sha kezlari Zaynalning soqol-mo'ylovi sabza urib, yigitcha bo'lib qolgan edi. Bir kuni deng, maktabga inspektor kelib qoldi. To'g'ri Zaynal o'qiydigan sinfga kiribdi. O'qituvchisi yoshgina yigit ekan. Inspektor bundoq qarasa, mo'ylovli Zaynal o'tiribdi-yu, yoshgina yigit tik turibdi. «Nega o'rningdan turding, o'g'lim, o'qituvching hech nima demadi-ku», — debdi inspektor o'qituvchi yigitga. U o'sal bo'lib, qip-qizarib ketibdi. Zaynalday befarosat, qovoqbosh bolani ko'rmaganman.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:00:46

—   Nima, hozir o'zgarib qolganmi? Ilgarigidan beshbattar miyasi suyulib ketgan-ku, — deydi dadam.
«Kunduzi chiroq yoqib topib bo’lmaydigan ovsar», «Tentaklar ichida dunyo chempioni...» Va hokazo, va hokazo.
—   Sendan o'qib odam chiqmaydiganga o'xshaydi, yaxshisi, ko'zim tirikligida yonimda yur, savdo-sotiqni o'rgan, — deb otasi uni maktabda qaytarib olibdi. Shu-shu Zaynal savdo ishlariga sho'ng'ib ketibdi. Tez fursatda katta boylik orttiribdi.
Ularning gapiga qaraganda, Zaynalbey o'taketgan dangasa, alifni kaltak deyolmaydigan qovoqbosh odam bo'lsayam, uning zo'r bir qobiliyati bor ekan — u odam ishlatishni qiyvorarkan. Zaynalbeyning qo'sha-qo'sha idora va shirkatlarida bir talay me'mor, injener, advokat, vrachlar ishlarkan.
—   O'qimagan ham ma'qul ekan. Xo'sh, bizlar o'qib nima bo'ldik? Oxiri shu savodsiz Zaynalbeyga kelib yalindik-da. Mana endi unga ishlayapmiz, — deydi shunda dadam chuqur uh tortib.
Zaynalbeyning kaltabinligi hammaning og'ziga tushgan ekan. Bir payt u yonida odamlari bilan Felemenkka safar qilgan ekan. Bu yerda u ancha turib qolibdi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:01:08

Keyin jo'nab ketishayotgan ekan, sheriklariga qarab:
—   Felemenk degani ham yaxshi mamlakat ekan, menga juda yoqdi. Endi Gollandiyani bir borib ko'rish kerak, ajoyib joy deyishadi, — debdi.
Polshada ham xuddi shu voqea ro'y bergan ekan.
—   Men Polshaga keldik, desam, bu yer Lahiston ekan-da. Endi shuning jazosiga Polshani ham bir ko'rib kelmasam bo'lmaydi, — deb toza kulgi bo'lgan ekan.
Tunov kuni biznikida yana Zaynalbeyning ustidan kulib o'tirishgan edi, Metin to'satdan:
—   Bu odam shu qadar ahmoq, ishyoqmas, kaltabin ekan, qandoq qilib boy bo'lgan bo'lmasa? — deb gap qotib qoldi.
—   Kattalarning ishiga yosh bolalar aralashmaydi, ayb bo'ladi, — dedi oyim Metinga tanbeh berib.
—   Sen hali yoshsan, bunaqa narsalarga tushun-maysan, — ochig'ini ayta qoldi dadam.
Opamni mana shu Zaynalbeyning o'g'liga unash-tirib quyishdi. To'g'rirog'i, ikkala tomon quda bo'lish haqida kelishib oldi.
Opamni hech ko'rganmisan? Menga sirayam o'xshamaydi. Ya'ni men unga o'xshamayman. Juda barno qiz.
Bu haqda bizlarga birov og'iz ochgani ham yo'q. Opamning o'ziyam churq etmadi. Ammo chala-chulpa gaplarni eshitib yuribmiz. Uydagilar g'imirlab qolganini dastlab Metin sezdi. Oyim biror yumush qil-sayam og'zidan ashula tushmaydigan bo'lib qoldi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:01:35

Opamning bo'lsa boshi osmonda. Buni bizdan yashirmoqchi bo'ladi-yu, lekin xatti-harakati bilan sirni oshkor qilib qo'yadi.
—   Eshitdingmi, opamizni yaqinda unashtirisharmish, — deb qoldi bir kuni Metin.
—   Yaxshi gap, unashtirisbaverishsin.
—   Kimgaligini bilasanmi?
—   Kimga ekan? — o'zimni go'llikka solib so'radim.
—   Zaynalbeyning o'gliga.
Indamagan edim, xafa bo'ldi.
—   Ha, eshityapsanmi? Zaynalbeyning o'g'liga berisharmish.
—   Xo'sh, nima qipti? Nega achchig'ing kelyapti?
—   Nima qipti emish-a! Bundan chiqdi, sen ham ularning tomonida ekansan-da?
—   To'yi bilan mening nima ishim bor.
Metin uyda hammadan ko'ra ko'proq mening gapimga ishonardi. Shuning uchun battar tutaqib ketdi.
—   Nimaga ishing bo'lmaydi? Men xohlamayman. Bo’lmagan gap bu!
Yana ko'pirib ketmasligi uchun indamay qo'ya qoldim. Ukam ichidagi gaplarni to'kib soldi:
—   Zaynalbeyni o'zlari nuqul ho'kizga o'xshagan odam, kallasi yo'q, deb aytishardi-ku! Nima, opamni kelib-kelib shu ho'kizning o'giiga berishadimi?
—   O'giining yo'rig'i boshqa.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:01:46

—   Ho! Nega boshqa bo’larkan? Hatto litseyni ham tugatolmapti-ku. Otasi uyiga o'qituvchi yollab, pulning ko'chi bilan zo'rg'a guvohnoma olib bergan ekan. Keyin o'gliga endi o'qishni yig'ishtir, o'glim, bo’lmasa miyang suyulib, savdo ishiga yaramay qolasan, debdi. Xo'sh, yolg'onmi shu? Dadamning o'rtoqlari aytishdi, o'z qulog'im bilan eshitganman.
—   Bu gapni zinhor oyimga ayta ko'rma, Metin. Harholda kattalar bizdan ko'ra ko'proq narsani bilishadi, — dedim uni bir oz sovitish uchun.
—   Ha, bilaman, sen ham shularning yonini olasan, — dedi Metin zarda qilib. — Ammo dadamga hayronman.
—   Nega?
—   Nega emish! Bu qandoq gap o'zi — ham Zay¬nalbeyni yomonotliq qilishadi, ham o'shaning idorasida ishlashadi.
Metin shartta o'girilib chiqib ketdi. Ko'zyoshini ko'rsatgisi kelmadi, chamamda. Chunki oxirgi jumlani gapirganida o'pkasi to'lib turgan edi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:01:59

O'sha kundan boshlab Metin tamoman o'zgarib qoldi. Ilgarigidan ham bebosh, qo'rs va badjahl bolaga aylandi. Biror kun yo'qki o'qituvchilari undan shikoyat qilishmasin. O'taketgan to'polonchi, yalqov bola, degan ta'nalar yog'ilib ketdi. O'qishi juda pasayib ketibdi. Dadam qattiq tashvishga tushib qoldi. Metinga yaxshilikcha nasihat qilib ko'rdi, bir-ikki marta savalagan ham bo’ldi, baribir foydasi tegmadi. Buning ustiga Metin maktabdan qochadigan odat ham chiqardi. Oyim uni ertalab maktabga eltib qo'yadi. Metin bo'lsa u ketishi bilan juftakni rostlaydi. Dadam ming shirin muomala qilgani bilan u churq etmay yer chizib turaveradi.
Bir kuni uni gapga solib, ko'nglidagilarni bilib olmoqchi bo’lgan edim:
—   Bunaqa ishlarga sen aralashma, hali yoshlik qilasan, — deb jerkib berdi.
Metinni deb uyimizdan halovat yo'qoldi. Oyim tez-tez ko'zyoshi qilib oladigan, dadam esa qovog'ini solib yuradigan bo’lib qoldi.
Bir kuni kechqurun Metin uyga kelmadi. Qosh qorayib, kech bo’ldi hamki, undan darak yo'q. Hammamiz uni qidirishga tushdik. Surishtirmagan joyimiz qolmadi. Noiloj uyga qaytdik. Dadamning o'rtoqlari ham xavotir olib, biznikiga kelishdi. Oyim «endi nima qilaman», deb yum-yum yigiaydi. Erkaklar Metinni yana qayerdan surishtirish mumkinligini o'ylab o'tirishibdi. To'satdan qo'ng'iroq chalindi. Hamma duv etib eshikka yugurdi. Eshikni ochsak, Metin ekan. Undan xavotirlanib, hama yuragini hovuchlab o'tiribdi-ku, Metinning bo'lsa parvoyi palak. O'rtoqlari: «Kelganida hozir urishma, qo'y», deyishgani uchun dadam noiloj indamadi. Hamma o'z ishi bilan ovora bo'lib o'tiraverdi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:02:19

Birpasdan keyin dadam Metinni yoniga chaqirib, unga nasihat qildi.
—   Maktabdan qochadigan, darslarini qilmaydigan bolaning oxiri voy bo'ladi, o'giim, — dedi dadam muloyimlik bilan. — Kimki mehnatsevar bo'lsa, o'sha odam ko'p pul topadi, keyin uning rohatini ko'radi. Sen yosh paytingda ko'p ishlashing, ya'ni o'qishing kerak, toki katta bo'lganingda rohat-farog'atda yashagin.
Dadamning gapi hamisha shu. O'rtoqlari ham uni quvvatlab gapirishdi.
—   Mehnatning tagi rohat, jiyan. Ishlagan — tishlaydi.
—   Ha, omadning kaliti ham mehnatda.
Qovog'ini uyub, yerga qarab turgan Metin birdan hushyor tortdi:
—   Mehnat qilinsa, qancha pul ishlab topsa bo'ladi?
—   Kim ko'p ter to'ksa, o'sha ko'p pul topadi.
—   Xo'p, ko'p ter to'kkan kishi Zaynalbeychalik badavlat bo'la oladimi?
Hamma jim bo’ldi. Metin bu bilan nima demoqchi bo'lgani ravshan edi.
—   Bizlar ham bir payt senga o'xshagan bola bo'lganmiz, — dedi dadam saldan keyin noqulay jimlikni buzib. — Bizlar ham bolalik nimaligini tushunamiz. Ammo biz bolalik paytimizda...
Metin gapni cho'rt kesdi:
—   Ter to'kib dars qilmagan odam ko'p pul topadi.

Qayd etilgan