Aziz Nesin. G'aroyib bolalar (roman)  ( 97101 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 21 B


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:02:37

Dadam tutaqib ketib, o'shqirib berdi:
—   Ha, endi dadang senga yolg'onchi bo'lib qoldimi?
Metin ho'ngrab yig'lab yubordi.
—   Yo'q, unaqa demoqchi emasman, — dedi u piqillab. — Axir o'zingiz har kuni Zaynalbey ishyoqmas, Zaynalbey ahmoq, Zaynalbey ovsar deysiz-ku. Bo’lmasa nega uning qo'sha-qo'sha fabrikasi, shirkati, idora va magazinlari bor? Mashinasiyam ko'p, uylariyam ko'p. O'g'liyam o'ziga o'xshagan, yomon o'qigan.
Yig'i zo'raygan sari Metin avjga chiqdi:
—   Endi maktabga bormayman. Zaynalbeyga o'xshab boy bo'laman. Qo'l ostimda unikidan ham ko'p odam bo'ladi. Hammasini ishlataman. Serg'ayrat, o'qimishli odamlarni men ham idoramga ishga olaman.
Metin joyiga kirib ketdi. Gapining oxirini o'sha yerdan eshitdik.
Dadamning ko'ngli buzildi.
—   Mayli, o'g'lim, bilganingni qil. O'qiging kelmayotgan bo'lsa, mayli, o'qima.
Hozircha xo'p deyaylik, degan ma'noda o'rtoqlariga ko'zini qisib qo'ydi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:02:49

Oyim Metinni yuz-qo'lini yuvishga olib ketdi.
—   Hamma ayb o'zimizda,— dedi dadamning o'rtog'i.— Bola-chaqaning oldida andisha qilmay gapiraveramiz. Bular bor joyda hamma gapni ham gapirib bo'lavermaydi.
Shu yerda o'tirgan xotini unga ko'zi bilan meni imo qilib ko'rsatdi.
Yana biri luqma tashladi:
—   Jiyanning gapida jon borga o'xshaydi. Chindan ham shuncha yil o'qib, biz nima bo'ldik... Zaynal¬ beyga yollandik, xolos.
Metinning xulqi nega o'zgarib qolganini oyim ouan dadam yaxshi bilishardi. Hammasiga Zaynalbeyning o'g'li, ya'ni opamning bo'lajak qallig'i sabab bo'ldi. Shu voqeadan keyin oradan bir necha kun o'tgach, fotihani buzishdi. Opam ishga kirdi. Hozir binoyidek ishlab turibdi. O'ziyam bolg'usi kuyov bolaga ko'ngli yo'qroq ekanmi, harholda hozirgi mus-taqil hayotidan mamnun ekanligini ko'rib yuribman.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:03:03

Metin ichidagi gaplarni to'kib solgan kunining ertasidan boshlab o'qishga ketdi. Hozir u ipakdek muloyim bo'lib qolgan. To'yni barbod qilgani uchun yuragi biroz g'ashlandi shekilli, uyda qo'ydek beozor yuradi. Darslaridan ham yetishib oldi. Uy ichidagilarning hammasi bilan murosani tikladi-yu, lekin menga hamon ola qarab yuribdi. Ha, qattiq xafa bo'lganga o'xshaydi. Nega deganda, o'sha paytda uni qo'llab-quvvatlamadimda. Aslida-ku men ham xuddi shu fikrda edim-a, ammo uning qo'llagan usuli menga to'g'ri kelmasa nima qilay. Hay, mayli, tez kunlarda yarashib ketarmiz. Shunga umid qilib yuribman.
Xatni kechki ovqatdan keyin yozyapman. Endi uyqu kelyapti, yota qolay. Ertaga dam olish kuni. Oyim Metin ikkovimizni bolalar teatriga olib boraman degan
O'rtoqlarimning hech qaysisini unutganim yo'q. Hammangizni sog'indim. Ba'zan birga tushgan rasmlarimizni ko'rib, sizlarni bir-bir eslab o'tiraman. Hamma o'rtoqlarga salom ayt. O'zingga ham katta muvaffaqiyatlar tilayman.
O'rtog'ing Zaynab Yolqir.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:03:53

Fidoyi bolalar

Istanbul, 30-noyabr, 1963-yil.

Qadrli Zaynab!
Xatingni olganimga ikki kun bo'ldi. O'sha kuniyoq javob yozgim bor edi-yu, lekin o'qituvchi uyga ko'p vazifa berib yuborgani uchun ulgurolmadim. Shunga ko'ra endi javob yozyapman.
Yangi o'qituvchi menga ma'qul bo'lib boryapti. Direktor sinfimizga kirib qolganda, Damir nima hunar ko'rsatganini senga aytib bergan edim. O'shanda hammamiz Damirning sho'ri quridi, deb o'ylagan edik. Yo'q, o'qituvchi unga hech qanday chora ko'rmadi. O'zimning ham o'takam yorilib yurgan edi. Aksi bo'lib chiqdi. Hozir u men bilan juda yaxshi munosabatda.
So'nggi paytlarda fidoyilik mavzusi o'qituvchi-mizning og'zidan tushmy qoldi. Fidoyilik haqida eshitgan-bilgan gaplarini aytib beradi-da, keyin:
—   Xo'sh, buni qandoq tushundinglar? Bu haqda nima deysiz? Qissadan hissa nima? — deb bizdan fikr so'raydi.
O'qituvchimizga men nega ma'qul kelib qolganimning sirini aytaymi? Men hamisha uning ko'nglidagi gapni topib aytaman — qissadan chiqadigan hissani topib gapiraman. U hikoyasini boshlashi bilanoq ko'zlangan muddaoni sezib olaman-da, so'raganda darrov javobni yopishtiraman. Bundan u juda mamnun. Har safar javobidan keyin: «Ofarin, Ahmad!» deb qo'yadi, so'ngra:
—   Sizlar ham hayotda mana shunday fidoyi bo’linglar, bolalar! — deb butun sinfga o'git beradi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:04:10

Kunlardan birida shu mavzuda qattiq tortishib qoldik.
O'qituvchining ko'ngliga qarab javob beraverish meni nihoyatda zeriktirib yubordi. Bir hikoya aytib bergan edi, shuni o'z bilganimcha ta'riflamoqchi, bu haqda o'zimning fikrimni bildirmoqchi bo'ldim.
Bunisi ham fidoyilik haqida edi. Men senga uning qisqacha mazmunini gapirib beray.
Urush payti. Qishloq maktabi. Qishloqda bizning askarlarimiz turibdi. Bizlar tengi bir bola dushmanni ko'rishi bilan askarlarimizga xabar qilishi kerak. U shu haqda topshiriq oladi. Bola bir daraxtga chiqib olib, kuzatib turadi. Uzoqdan dushman ko'rinadi. Bolakay shosha-pisha yerga tushib, qishloq tomonga yuguradi. Yo'lda o'q yeb yaralanadi. Ammo shunga qaramay chopib ketaveradi. Qishloqqa yetib olgach, komandirga dushman kelayotganini aytadi va yiqiladi. Shu yerning o'zida joni uziladi.
—   Qani, Ahmad, tur o'rningdan, — dedi o'qituvchi odati bo'yicha. — Xo'sh, bu hikoyaning biz uchun qanday tarbiyaviy ahamiyati bor?
—   Oldin bitta savolim bor, afandim, — dedim o'rnimdan turib. — Shu voqea chindan ham bo'lganmi o'zi yoki fidoyilikka namuna sifatida uni kattalar ichidan to'qiganmi?
O'qituvchi mendan buni kutmagan edi. Shuning uchun ancha dovdirab qoldi. Nima deyishni bilmay biroz o'ylanib turgach:

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:04:22

—   Bu bilan nima demoqchisan?— dedi jahl aralash. — Birov buni ichidan to'qiganmi yoki bo'lgan voqeami — senga buning nima daxli bor?
—   Agar shu bo'lgan voqea bo'lsa ishonish qiyin.
—   Nimaga?
—   Dushmanni kuzatib turish — bu muhim topshiriq. Kelib-kelib o'n bir yashar bolaga shu ish topshiriladimi? Nima, boshqa odam yo'qmidi? Men shunisiga hayron bo'lib turibman. Qolaversa, bolalarning kelajagi uchun hayot-mamot jangi ketayotgan bir paytda yosh bolaga harbiy topshiriq berib, uni...
—   Bu shunchaki badiiy bir hikoya, albatta, — dedi o'qituvchi so'zimni bo'lib. Keyin butun sinfga murojaat qildi: — Xo'sh, Ahmadning gapi to'g'rimi? Sizlar nima deysiz?
Qiy-chuv ko'tarildi. «Noto'g'ri, noto'g'ri», degan ovozlar eshitildi.
Chingiz degan bola dik etib o'rnidan turdi.
—   Bizlar ham fidokor bo'lmog'imiz kerak, afandim. Hikoya bizni shunga o'rgatadi.
Xuddi aqlli gap aytganday kerilib menga qarab qo'ydi.
Mening yonimni olgan yolg'iz Damir bo'ldi.
—   Men ham Ahmadning fikriga qo'shilaman, afandim.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:05:36

O'qituvchi yana butun sinfga yuzlandi:
—   Qani, aytinglar-chi, nima uchun Ahmad bilan Damirning fikri boshqa?
Chingiz yana sapchib turib, chiyillab ketdi:
—   Ularga tekkan kasal bu, afandim. Doim o'zlarini ko'rsatmoqchi bo'lishadi.
Shu payt tanaffusga qo'ng'iroq chalinib qoldi.
—   Bu haqda tanaffusdan keyin yana gaplashamiz - dedi o'qituvchimiz chiqa turib.
Zaynab, rostini aytsam, shu topda qo'ng'iroq chalinib qolganiga juda suyundim. Aks holda qizishib ketib, o'qituvchimizga biror og'ir gap aytib qo'yishim ham mumkin edi.
Darsdan chiqdik. «Ha, bilag'on, qalaysan endi!» — dedi Chingiz kesatib. «Bedavo kasalga yo'liqqan!» — deb Salima yana yaramga tuz sepdi. Kim biladi, balki chindan ham katta ketvorgandirman. Ammo hikoya¬ning o'zi menga yoqmagan bo'lsa nima qilay axir...
Fidoyilik haqida juda ta'sirchan qilib yozilgan edi u aslida. Hikoya hammamizga shu qadar singib ketibdiki, katta tanaffusda hovliga chiqib «urush-urush» o'ynadik. Bolalar daraxtlarning tepasiga chiqib olishdi. O'sha yerdan turib dushmanga qarata pulemyotlardan tarillatib o't ochildi. Hovlidagi daraxtlar bizga kamlik qilib qoldi. Ba'zilarimizga kuzatish nuqtasi yetmadi. Men derazadagi panjaraga osilib, devorga chiqdim. Keyin vodoprovod quvuridan yurib, yo'g'on xodaning ustiga minib oldim. Tanlagan joyimdan mamnun bo'ldim. Bundoq qarasam, ro'paramdagi akatsiya daraxtining ustida Chingiz bilan Husayn joy talashyapti. Ikkovi adi-badi aytishib turishibdi. «Topshiriq senga emas, menga berildi!» — deb baqiradi Husayn.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:06:33

Birdan Husaynning dodlagan ovozi eshitilb qoldi. Hammamiz yerga tushib yugurdik. O'qituvchilar ham chopib kelishdi.
— Daraxtda nima qilib yuruvding o'zi? — o'shqirib berdi ikkinchi sinf o'qituvchisi.
—   Dushman askarlaridan ko'z-quloq bo’lib turgan edim.
Bu gapni eshitib, u rosa hayron bo'ldi.
—   Esing joyidami? Bu yerda dushman nima qiladi?
Haytovur, Husayn yengil yiqilgan ekan, yarasini bog'lab qo'yishdi. Chingiz boyoqish qo'rqib ketganidan qo'l-oyog'i qaltiraydi. Ayb Chingizda ekanini hammamiz bilib turibmiz. Ammo Husayn mard bola ekan, uni sotmadi. O'qituvchi: «Nega yiqilding, kim itarib yubordi?» — deb so'roqqa tutgan edi, Husayn: «Ayb o'zimda, oyog'im toyib, yiqilib tushdim», — deb turib oldi.
Husaynning bu harakati meni jiddiy o'ylantirib qo'ydi. Tanaffusdan keyin yana darsga kirdik. Fikr-xayolim hamon Husaynda edi, o'qituvchi tag'in boy-agi gapni so'rab qoldi.
—   Biror kishi boshqalarga o'zini ko'rsatib qo'yish yoki nom chiqarish uchun fidoyilik qiladigan bo'lsa buni chin ma'noda fidoyilik deb bo'lmaydi, — dedim shartta o'rnimdan turib.
Men bu bilan Husaynning chinakam mardligini nazarda tutgan edim.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:06:47

Ertasi kuni o'qituvchimiz shu xususda boshqa bir hikoyani gapirib berdi. Bir kambag'al bola bo'larkan. Bolaning onasi yotib qoladi. Unga dori kerak, uyda esa pul yo'q. Bola dori sotib olish uchun o'g'rilik qiladi, uni tutib olishadi. O'rtog'i esa butun aybni o'z bo'yniga oladi. U qutulib ketadi.
Yana bilag'onlik qilyapti, deb o'ylamasliklari uchun bu gal indamay qo'ya qoladim, fikrimni aytmadim. Vaholanki, ushbu hikoyada g'irt tentaklikning nomi fidoyilik deb ko'rsatilgan edi.
O'qituvchilarimiz kelishib olishibdi. Bizning sinf bian 5-«B» sinfi o'quvchilari o'rtasida eng yaxshi insho uchun konkurs o'tkaziladigan bo'ldi. Inshoning mavzusi — fidoyilik. Bu konkurs maktabda katta shov-shuv ko'tarib yubordi. Hamma kim g'olib chiqishini bilgisi keladi. O'qituvchimizga qolsa, konkursda men yutib chiqishim kerak. Bunga uning imoni komil. Men shu inshoda fidoyilik haqida o'z bilganlarimni yozishga jazm qildim. O'ziniyam naq uch kun yozdim. Tayyor bo'lgach, uydagilarga o'qib berdim. Yozganlarim hamisha dadamga ma'qul bo'lardi, lekin bunisi unga yoqmadi. Amakimga ham o'qib beruvdim, ensasi qotdi.
Aslida yozgan inshomning mazmuni bunday. Bir bolaning ukasi og'ir betob bo’lib qoladi. Bola bundan qattiq ezilib yuradi. Ukasining og'irini yengil qilmoqchi bo'ladi, lekin ilojini topolmaydi. Oxiri o'ylab-o'ylab bir yo'l topadi. Har kuni o'ringa yotar chog'ida: «E xudo, ukamni o'z panohingda asra. Dardini menga bera qol, roziman», deb pichirlaydigan bo'ladi. Kunlardan birida kechasi u tush ko'radi. Bahaybat bir dev: «Mana, qilgan duoing ijobat bo'ldi. Qani, joningni menga taslim qil!» — deb turgan emish. «Men ukamga fidoyilik qilmoqchi bo'luvdim, jonimni olma!» — deb bola qichqirib yuboradi. Onasi uyg'onib ketadi. Ko'rpang ochilib qolibdi, yotnon tush ko'rgan bo'lsang kerak, o'giim, deb uning ustini yopib qo'yadi. Bola yana uxlab qoladi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:07:18

Fidoyilikni qandoq o'ylashimni tushuntira olibmanmi? Men bu inshoda fidoyilik uchun qilinadigan fidoyilik ustidan kulmoqchi bo'lgan edim.
To'rtinchi va beshinchi sinf o'quvchilarini katta zalga to'plashdi. O'qituvchilar ham yig'ildi. Bizning sinfimizdan olti, 5-«B» dan esa besh bola konkursda qatnashadigan bo'ldi. Qur'a tashlandi. Nomerimizni bilib oldik. Men sakkizinchi bo'lib inshoni o'qib berdim. Direktor bilan o'qituvchilarning yuzi burishganday bo'ldi, demak, ma'qul kelmapti. Lekin zaldagi bolalar eng ko'p menga chapak chalishdi. Hamma o'z inshosini o'qib bergach, o'qituvchilar baho chiqa¬rish uchun boshqa xonaga o'tishdi.
Ular chiqib ketishi bilan zalda to's-to'polon ko'tarildi. Har kim yonidan rezinka rogatkani oldi, o'zaro otishma boshlandi. To'g'risini aytsam, shu kunlarda rogatka maktabimizda rasm bo'lib qolgan. Rogatkasiz yurmaydigan o'g'il bola yo'q. O'qini qog'ozdan qilishadi-yu, lekin tekkan joyi biram achishadiki... Men o'zim bu masalada sal noshudroq-man, otgan o'qim hecham mo'ljalga tegmaydi. Hatto tosh irg'itishni ham bilmayman. O'rtoqlarim nuqul meni qiz bolaga o'xshab tosh otasan, deb kalaka qilishadi.

Qayd etilgan