Erkaklar katta zalda o'tirishgan ekan. Stol toia har xil noz-nematlar. Atamanning otasi bilan gaplashib o'tirgan dadam bizni ko'riboq ensasi qotdi.
— Oyingning bir o'zini tashlab kelibsanlar-da?! Metin o'ylab-netib o'tirmadi:
— O'zlari shu yoqqa yubordilar-ku.
— Bular hazratlariga tegishlimi? — deb so'radi Atamanning dadasi.
— Ha, shundoq.
— Umri bilan bergan bo'lsin... Ha, nima deyotgan edim? Esimga tushdi... Shu men ziqna odamni yomon ko'raman. Men sizga aytsam, xotin zoti ziqna bo'larkan... Masalan, bizning xotinni olib ko'raylik. Bozordan apelsin oladigan bo'lsa, ikki xilini tanlaydi. Biri yaxshisi-yu, biri yomon. Eng pachoq, eng arzon apelsinni ataylab xizmatkorlarg oladi. Ularga shunisi ham bo'laverarmish. Ho'v xotin, bu bema'niligingni tashla, xizmatkor ham senga o'xshagan odam, das-turxon hammaga bitta bo'lishi kerak, deb kaminangiz toza nasihat qildi, bo'lmadi. Xotin kishiga gap uqtirib bo'lmas ekan. Bu ishing odamgarchilikdan emas, desam ham tushunmaydi. Ho'v xotin, sen apelsindan o'n qurush yulib qoladigan bo'lsang, ro'zg'orga ikki yuz liralik zarar keltirishing mumkin. Chunki shu ar-zimagan narsa bilan xizmatkorning nafsoniyati og'riy-di, oxiri u idish-tovoq yuvayotganida ikki yuz lira tu-radigan chinni laganni paq etib tashlab yuboradi-da, qo'limdan tushib ketdi, deb bahona qiladi. Ming marta aytdim bu gapni. Qani buning fahmi yetsa...
— Bor, oyingning oldiga jo'nalaring! — haydab berdi dadam bizni.